Elmuradov B. E. SamDaqi katta oqituvchisi
Скачать 62 Kb.
|
Boshqaruvni raqamlashtirish sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ahamiyati. Elmuradov B.E. SamDAQI. katta o’qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada boshqaruvda iqtisodiy xavfsizlikning mamlakat taraqqiyotida tutgan o’rni, uni ta’minlashda qo’llaniladigan usullar va vositalar, mamlakat xavsizligi bilan o’zaro aloqadorligi hamda moliyaviy bozorni rivojlantirishga qo’shadigan hissasi bayon etilgan. Аннотация: В этом статье рассматривается роль экономической безопасности в развитии страны, методы, используемые для ее поддержания, ее связь с безопасностью страны и ее вклад в развитие финансового рынка. Abstract: This thesis examines the role of economic security in the development of the country, the methods used to maintain it, its relationship with the country's security and its contribution to the development of the financial market. Kalit so’zlar: Iqtisodiy xavfsizlik, tadbirkorlik muhiti, fond bozori, yer va ko'chmas mulk bozorlari, iqtisodiy xavfsizlik konseptsiyasi, omilli analiz, omilli matritsa, indikatorlar (ko’rsatkichlar), bank tizimi. O’zbekistonda bugungi kunda iqtisodiyotini raqamlashtirish masalalariga alohida urg’u berilayotganligi barchamizga ma’lum. Iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarni har tomonlama rivojlantirish, ko’zlangan marralarga erishish uchun axborotlarni raqamlashtirish va muammoli masalalarning o’z yechimlarini toppish bilan belgilanadi. Shunday ekan boshqaruv jarayonlarni, iqtisodiy ham ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlanishini ta’minlash, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, jahon moliya bozorlari qatoriga kirish bizning bosh maqsadlarimizdan hisoblanadi. Bu borada O’zbekistonida bir qancha islohotlar olib borilmoqda va yangidan yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda, sohalarga mos dasturlar ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Raqamli texnologiyalar kundalik hayotimizda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Boshqa sohalar qatorida boshqaruv sohasiga ham raqamli texnologiyalar jadallik bilan kirib keldi va butun jahon xalqlari tsivilizatsiyasidan ortda qolmaslik madsadida raqamli texnologiyalarini tadbiqini Respublikamiz iqtisodiyoti barcha sohalariga qo’llashni taqoza etmoqda. Raqamli iqtisodiyotning o‘sishi raqamli va mobil texnologiyalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bir qator bozorlarning rivojlanishi bilan bog‘liq jarayondir. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022-йил 28-январдаги “2022 - 2026-йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги ПФ-60-сон Фармонига мувофиқ, шунингдек, ахборот-коммуникaция технологиялари соҳасини янги босқичга олиб чиқиш бўйича устувор вазифаларни амалга ошириш, Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 20 сентябрдаги ПҚ-4464-сон қарори “Рақамли Ўзбекистон - 2030” стратегиясини тасдиқлаш ва уни самарали амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида” ги фармонлари, 2020 йил 6 октярдаги ПҚ-4851-сонли “Ахборот техно-логиялари соҳасида таълим тизимини янада такомиллаштириш, илмий тадқиқотларни ривожлантириш ва уларни ИТ-индустрия билан интегрaция қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорлари ҳамда мазкур фаолиятга тегишли бошқа меъёрий-ҳуқуқий ҳужжатларда белгиланган вазифаларни амалга оширишга ушбу мақола ҳам муайян даражада хизмат қилади. 1. «O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 3-iyuldagi PQ- 3832-son Farmoni. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 21- noyabrdagi PQ - 4022-son Qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2018-yildagi PQ-3832-son «O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishda malakali kadrlar tayyorlash. Raqamli iqtisodiyot – dunyo hamjamiyatlari iqtisodiyotida yangi yo‘nalish-lardan biridir. Shunday ekan, boshqaruv iqtisodiyotlarini raqamli iqtisodiyotga aylantirishga kirishish ayni muddaodir va iqtisodiy axborotlarni samarali yechim topishida asosiy jarayonlardan biridir. Raqamli iqtisodiyotning paydo bo‘lishi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va GLOBAL tarmoq ya’ni Internet tarmog‘isiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Raqamli iqtisodiyot uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: infratuzilma (qurilmalar, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya va boshqalar). elektron biznes (raqamli jarayonlar, tashkilotlarda). elektron tijorat (tovarlarni onlayn sotish ). Raqamli dunyoda tovarlarni va xizmatlarni tezda global bozorga chiqishi hamda dunyoning istalgan burchagidagi iste’molchilar uchun ochiq bo‘lishi lozimdir. Shunday ekan boshqaruvni raqamlashtirish sharoitida iqtisodiy axbo-rotlarni xavfsizligini ta’minlsh dunyo hamjamiyatlari o’rtasida asosiy muammo-lardan biri bo’lib qolmoqda. Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari majmuidir. Tarmoqlarning o‘zaro ta’siri va standart protokollardan foydalanishning o‘sishi bilan asosiy sanoat tizimlari va ishlab chiqarish tarmoqlarining axborot xavfsizligini ta’minlash zarurati o‘sib bormoqda. Natijada, xavfsiz kirish, ishonchli aloqalar, shuningdek uskunalarni ehtiyotkorlik bilan boshqarish va foydalanuvchini boshqarish tarmoqlarga kirish kiberxavfsizlikning ajralmas mezoniga aylanib bormoqda. Iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash tizimining maqsadi jamiyatning farovonligi bilan ajralib turadigan, aholining barcha iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishga imkon beradigan, uning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaydigan, jahon iqtisodiyotida barqaror mavqeini topishiga undaydigan, ichki va tashqi tahdidlardan ishonchli himoyasini ta'minlaydigan mamlakat iqtisodiy erkinlikning yuqori chuqisiga erishish deb hisoblanadi. Iqtisodiy axborotlarni xavfsizligini ta’minlash va ma’lumotlarni yo‘qotishdan himoya qilish, chunki yuborilgan ma’lumotlar avtomatik ravishda saqlanadi va nusxalari zahira serverlarga tashlanadi. Iqtisodiy axborotlarni xavfsizligini ta’minlash, faoliyatni samarali boshqarish uchun ko’plab imkoniyatlarni keltirib chiqaradi. Xavfsizlik muammolarini hal qilish uchun qurilmalarga Internetini shunday joriy etish kerakki, avtorizatsiya, ishonchliyligini tekshirish, foydalanishni boshqarish, mahfiylik va ishonchdan foydalanishda qulaylik saqlanib qoladigan tarzda samarali qo‘llash kerak. Iqtisodiy axborotlarga kirishni nazorat qilish va boshqarish, axborotlarni o‘g‘irligiga qarshi tizimlarni qo’llash, kirishni nazorat qilish, video nazoratlarni kuchaytirish hamda barcha xavfsizlik moslamalarini joriy qilish orqali iqtisodiy xavfsizliklarni ta’minlash mumkin. Aslini olganda, iqtisodiy xavfsizlik ham qaysidir ma’noda mamlakat xavfsizligining bir bo’lagi hisoblanadi. Iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish davlatning strategiyasi siyosati va iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi asosida amalga oshiriladi. Iqtisodiy xavfsizlikni rivojlantirish orqali moliyaviy bozorni yanada takomillashtirishimiz va rivojlantirishimiz mumkin bo’ladi. Iqtisodiy xavfsizlik o’z navbatida, ma’lum bir usullar yordamida ta’minlanadi. Bunda shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga oid axborotlarni topish va jamlashda omilli tahlil qilish usullaridan foydalaniladi. Shunday ekan iqtisodiy xavfsizlik ham bir tizim bo’lib, u bir qator o’zgaruvchi hodisalar bilan bog’liq holda amalga oshiriladi. Shuni aytish joyizki har qanday markazlashtirilgan iqtisodiy axborotlardan tuzilgan ma’lumotlar bazasi buzilishi va o‘zgartirilishi mumkin. Bunday vaqtda texnikaga, dasturlarga, tarmoqlarga axborotlarni buzilishini va o’zgartirishlarni maxsus to’siqlar qo’yish orqali xavfni oldini olish mumkin. Iqtisodiy axborotlarga tashqi to’siqlarni qo’yish bilan birgalikda, ichki to’siqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday vaqtda qo’yilgan har bir to’siqlar foydalanuvchiga mavjud axborotlardan foydalanishi uchun xavfsizlik kafolati sifatida ishlaydi. Ma’lumki sohalarga tegishli ixtiyoriy ko’rinishdagi axborotlarni xavfsizligini ta’minlashda bir qancha usullaridan amalda foydalanib kelinmoqda. Bunday xavfsizlikni ta’minlash usullarini quyidagilardan iborat: - axborot xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy usullari; - axborot xavfsizligini ta’minlashning biometrik usullari; - axborot xavfsizligini ta’minlashning dasturiy usullari; - axborot xavfsizligini ta’minlashning kriptografik usullari; -axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy usullarini keltirib o’tish mumkin. Yuqorida keltirib o’tilgan xavfsizlik usullaridan foydalanish orqali ma’lumotlarning yo‘qolishi, buzilishi, yo‘q qilinishi va ruxsatsiz ishlatilishidan himoya qilish uchun istalgan yaxlitlik, eksklyuzivlik, foydalanish imkoniyati va samaradorlik darajasi oshirishda xizmat qiladi deb ayta olamiz. Xulosa. Axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda dasturiy taminotni o’rni juda ham katta ahamiyatga ega. Dastur to’la qonligicha ishlashi uchun shaxsiy kompyuter minimal tizim talabiga jovob berishi kerak. Internet modernizatsiyalashtirldi va server uskunalar ishlab chiqildi. Shu bilan birga shunday g’oya yuzaga keldki, dasturdan foydalanishda xisoblash tizimlarini birlashtirish va undan yagona manba sifatida foydalanish. 2008 yildan boshlab (Cloud technology) Bulutli texnologiyalari so’zi dunyo miqiyosida keng tarqaldi. Birinchi qarashda «Bulutli texnologiyalar» tushunarsiz ko’rinsada: bu model o’zida biror bir tizmdagi (serverlar, ilovalar, saqlash tizmlari va xizmatlar) dan tez, qulay, samarali foydalanish imkonini beradi. Ortiqcha urinishlarsiz, tez va aniq taqdim etiladi faqatgina provaydir orqali tarmoqga ulanganda. Davlatning axborot xavfsizligini ta'minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta'minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborotni muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati darajasiga aylanganligi barchamizga ma'lum. AKT dan foydalanish muhimligini inobotga oladigan bo’lsak, axborot xavfsizligining eng maqbul usullaridan biri bu-Bulut texnologiyasidir. T.T. Jo'rayev, Sh.R. Qobilov, Sh.A. Allayarov, X.S. Asatullayev; - T.: Iqtisodiy xavfsizlik: Darslik / "Iqtisod-Moliya", 2020 G‘.M.Porsaev,B.Sh.Safarov,D.Q.Usmanova “Raqamli iqtisodiyot asoslari“(darslik) Toshkent – 2020. Источник:https://erohovastitch.ru/uz/lgotnaya-pensiya/teoriya-konomicheskoi-bezopasnosti-bazovye-koncepcii-ekonomicheskaya-bezopasnost-sushchnost-metody-oc.html «Raqamli O’zbekiston - 2030» Strategiyasini Tasdiqlash va uni Samarali amalga oshirish choratadbirlari to’g’risida ”O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son |