1-Мавзу. Кириш+. Maruza Amaliy mashgulotlar
Скачать 135 Kb.
|
5311900 – “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” bakalavr ta’lim yо’nalishi uchun «Neft va gaz quduqlarini sinash» fani
Asosiy adabiyotlar 1. Мищевич В.И.Сидоров Н.А.Справочник инженера по бурению. Том. 2., Москва. Недра. 1973. 2. Булатов А.И., Басарыгин В.С. Заканчивание скважин. Москва. О.А.О. Недра сервис. 2000. 3. Murtozayev A., Shodiyev R., Qorayev F. Quduqlarni tugallash. O’quv qo’llanma. Toshkent. TDTU. 2006. 4. “Neft va gaz qazib olishning texnologiyasi va texnikasi” Darslik; N.N.Maxmudov, T.R.Yuldoshev / O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. T.: 2015. Elektron resurslar 1. www.oilandgaslibrary.com. 2. www.Oilgas.ru 3. www.gubkin.ru 4. www.ziyo.net Fanning maqsadi va vazifalari Fanni o'rganishdan maqsad – neft va gaz quduqlarini burg‘ilab bo’lingandan keyin, quduqni ishga tushurishdan oldin quduqda bajariladigan sinash ishlarini bajarish. Mahsuldor qatlamni tog‘ jinsining granulometrik tarkibi haqidagi ma’lumotlarni aniqlash, mahsuldor qatlamlarni ochish usullarini o‘rganish, ayniqsa, qatlamni birlamchi ochishda yuvuvchi suyuqlikni ta’siriga alohida e’tibor berish, quduq konstruksiyasini tanlash va loyihalashni o‘rganishni ta’minlashdan iborat. Fanning vazifasi – quduq konstruksiyasi, mahsuldor qatlamni tog‘ jinsining granulometrik tarkibi haqida, himoya quvurlari sonini va ularni tushirish chuqurligi tanlash, burg‘ini va himoya quvurlari diametrini tanlash, himoya quvurlari va ularni birikmalari, quduqlarni himoya quvurlari bilan mustahkamlash tavsifini o‘rganish. “Neft va gaz quduqlarini sinash” o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - Neft va gaz quduqlarini tuzilishi va turlari haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi kerak; - talaba quduqlarni ishga tushirishdan oldin o‘tkaziladigan sinash tadbirlarini to‘g‘ri tanlay bilishi va kungilsiz holatlarni oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqa olishi kerak; - talabalar mustaqil ravishda quduqlarni sinash, o‘zlashtirish, tugallash ishlarini mustaqil bajarish malakalariga ega bo‘lishi kerak. Fanning asosiy bo’limlari va ularda o’rganiladigan muammolar “Neft va gaz quduqlarni sinash” fani quyidagi asosiy bo’limlardan iborat: Kirish. O’zbekistonda neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi. Mustaqillik natijasida erishilgan yutuqlar. Fanning mohiyati. Neft va gaz konlari kollektorlarining xarakteristikasi. Mahsuldor qatlam tog‘ jinsining granulometrik tarkibi. Jinslarni g‘ovakligi va solishtirma yuzasi. Tog‘ jinslarini o‘tkazuvchanligi. Mahsuldor qatlamni ochish haqida tushuncha. Mahsuldor qatlamlarni ochish usullari. Mahsuldor qatlamlarni ochish uchun burg‘ilash eritmasini tanlash. Mahsuldor qatlamni birlamchi ochish texnologiyasi. Maxsuldor uyumga «kirish» usullari. Kirish usullarining qulayligi va noqulayligi. Qatlamni birlamchi ochish uchun yuvuvchi suyuqlikni tarkibini va xossasini tanlash. Qatlamni birlamchi ochishda yuvuvchi suyuqlikni ta’siri. Yuvuvchi suyuqlikni tarkibini va hossasini tanlash. Qatlamni ochishda atrof muhit muhofazasi. Qatlamlarni birlamchi ochishda mehnat muhofazasi. Quduq konstruksiyasini loyihalash. Quduq konstruksiyasini tanlash va loyihalash. Himoya quvurlari sonini va ularni tushirilish chuqurligini tanlash. Burg‘ini va himoya quvurlari diametrini tanlash. Himoya quvurlari va ularni birikmalari. GOST 632 – 80 bo‘yicha himoya quvurlarini tayyorlanishi. Standart bo‘yicha himoya quvurlarini o‘zaro birikishi va ularning turlari. Quvurlarni mustahkamlik xarakteristikasi va ularni birikmalari. Quduqlarni himoya quvurlari bilan mustahkamlash. Himoya tizmalarini quduqqa tushirish, sementlash, quduqni burg‘ilash, o‘zlashtirish va ishlatish jarayonida ishlash sharoiti. Himoya tizmalarini mustahkamlikka hisoblash. Quduqqa himoya tizmasini tushirish. Tamponaj materiallari. Tamponaj materiallarining vazifalari. Tamponaj materiallarini turlari. Tamponaj materiallarining tayyorlanishi. Quduqdagi qatlamlarni ajratish. Qatlamlarni ajratishdan maqsad va uning vazifalari. Qatlamlarni ajratish sifatiga qo‘yiladigan talablar. Qatlamlarni ajratish sifatiga ta’sir qiluvchi omillar. Fanning boshqa fanlar va ishlab chiqarish bilan bog’liqligi “Neft va gaz quduqlarini sinash” fani tanlov fani hisoblanib, 4-semestrda o'qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika) umumkasbiy fanlar (chizma geometriya, muhandislik grafikasi, umumiy geologiya, geodeziya, neft va gaz kon geologiyasi, neft va gaz ishi asoslari, yunalishga kirish) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab qilinadi. Neft va gaz sanoati rivojlanishi, mamlakatni yoqilg‘i bilan ta’minlash konchilar oldidagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Jumladan neft konlarini ishlatish samaradorligini oshirish alohida o‘rin egallaydi. Bu fanni o‘rganmasdan turib, quduqlarni sinash, o‘zlashtirish va tugallash ishlarini amalga oshirish, neft va gaz konlarini ishlatish qiyin. Shuning uchun fan tanlov fanlardan bo‘lib, texnologik tuzilishining ajralmas qismi hisoblanadi. Президентимиз Шавкат Мирзиёев таъкидлаганидек очилган углеводородлар захираси 10-15 йил ичида 2 баробар камайишини айтиб ўтдилар. Ушбу ҳолатдан келиб чиқиб 2017-2021 йил оралиғида углеводродлар қазиб чиқаришни ошириш бўйича бир қатор вазифаларни белгилаб берди. Маълумотларга кўра, 10 йил давомида Ўзбекнефтгаз компаниясида: - Табиий газ қазиб чиқариш 1,4 баробарга яъни 2007 йилда 59 млрд газ қазиб олинган,2017 йилга келиб эса бу кўрсаткич 42,3 млрдни ташкил қилган. - Нефт қазиб чиқариш 3.8 баробарга камайган, яъни 2007 йил 3 млн тоннани ташкил қилган бўлса, 2017 йилга келиб 0.8 млн тоннани ташкил қилган - Газкондеасат қазиб чиқариш эса 28 % га камайган, яъни 1.8 млн ўрнига 1.4 млн тонна конденсат қазиб олинган. 2018 йил 29 ноябрь маълумотларига кўра табиий газ қазиб чиқаришни 5.2 млрдга ошириб, умумий газ қазиб чиқришни 61 млрд га етказилади. Сўнги 22 ой ичида 10 та нефть газ конлари очилиб саноат миқёсида углеводород маҳсулот олинди. - Устюр ҳудудида 2та газконденсат кони (Бескала ва Қуйи Сургул) Бухоро-Хиева ҳудудида 7та газконденатс кони (Шортак, Марварид, Топичаксой, Чордарвоза, Андакли, Тумарис, Жанубий Кульбешкак) Фарғона ҳудудида 1та нефтгазконденсат кони (Учтепа) |