Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница5 из 142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, soliq imtiyozlari, bojxona tartibi, bojxona nazorati, anklav, maxsus iqtisodiy hudud, iqtisodiyot.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. EIHlar mazmunini ochib berishga bo„lgan katta qiziqish bugungi kunga qadar davom etmoqda. Shu sababdan turli iqtisodchi-olimlar va mutaxassislar tomonidan uning mazmunini yoritib berishga bo„lgan urinish va va tadqiqotlar hamda ta‟rifini

keltirishga oid amaliy harakatlar davom etib kelayotganligini ko„rish mumkin.

  1. EIHlar shunday geografik hududki, unda mamlakatda qabul qilingan xo„jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to„lash va bojxona tartibi joriy etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo„lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo„llanilmaydigan ma‟lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi. Shunga ko„ra, EIH mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir.

  2. EIHlarga xos muhim jihat shundan iboratki, u erdagi rag„batlantirishlar, imtiyozlar (soliq, bojxona, ma‟muriy), litsenziyalash, vizalarni rasmiylashtirish, bank faoliyatlari, mulkchilik munosabatlariga oid yengilliklar EIH joylashgan mamlakatning boshqa hududlarida aynan amal qilmaydi.



Nazorat uchun savollar:


  1. EIHlar mazmunini ochib berish bo„yicha mahalliy va xorijiy iqtisodchi- olimlar tomonidan berilgan qanday ta‟riflarni bilasiz va ularning mohiyatini qanday izohlaysiz?

  2. EIHlar mazmunini ochib berish bo„yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan qanday ta‟rif va qarashlarni bilasiz?

  3. Xalqaro me‟yoriy hujjatlarda EIHlar mazmuni qanday jihatlarni o„zida mujassam etgan holda talqin etilgan?

  4. O„zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonunida EIHlarga qanday ta‟rif berilgan?

  5. EIHlar mazmunini ochib berish bo„yicha mahalliy va xorijiy iqtisodchi- olimlar tomonidan berilgan ta‟riflar bilan tanishib chiqqan holda siz ushbu atamaga qanday ta‟rif berasiz?

  6. EIHlar mazmunini ochib berish bo„yicha mahalliy va xorijiy iqtisodchi- olimlar tomonidan berilgan ta‟riflar bilan tanishib chiqqan holda aytinchi, nima uchun ushbu atamaga hanuzgacha yagona ta‟rif ishlab chiqilmagan?



    1. 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142


написать администратору сайта