Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница7 из 142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142


1.2-rasm. EIHlarning rivojlanish bosqichlari



1.2-rasmdan ko„rinib turibdiki, jahon tarixida EIHlar dastlabki tashkil etilgan ko„rinishlaridan to bugungi kunga kelib shakllangan turlarining yuzaga kelishigacha bo„lgan vaqtlar EIHlarning 4 ta avlodidan iborat davrni o„z ichiga olar ekan.

Shunday qilib, bugungi globallashuv jarayoni talablariga ko„ra dunyodagi EIHlar soni doimiy ravishda ortib boradi, ularni tashkil qilishdagi geografik chegaralari kengayadi, ularning shakli o„zgarib boradi: tashqi savdo hududlaridan eksport-ishlab chiqarish va kompleks hududlarga. Xo„jalik faoliyati mohiyati tovar ayrboshlashdan tovar ishlab chiqarish tomon boradi, xizmat ko„rsatishning oddiy turlaridan ilmiy darajada murakkab bo„lgan turlariga o„zgarib boradi. Yuqoridagilarni ko„rib, shuni xulosa qilish mukinki, EIHlar milliy iqtisodiyotni jahon xo„jaligi bilan integratsiyalashuvida muhim omilga aylandi.

Dunyo amaliyotida EIHlar o„tgan asrning 50 yillarning oxiri va 60 yillarning boshlarida ko„pgina mamlakatlarda paydo bo„ldi. 90 yillar o„rtalariga kelib, statistik ko„rsatkichlarga ko„ra, dunyo bo„yicha 1200 ga yaqin EIHlar mavjud bo„lgan.

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, erkin savdo, kapital, soliq, bojxona, iqtisodiyot, integratsiya, sanoat, texnologiya.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. EIHlarning ildizi qadim o„tmishga borib taqaladi, ya‟ni 2200 yillar

muqaddam, eramizdan avvalgi 166 yilda grek davlati Delosda birinchi marotaba hujjat asosida, savdoni yengillashtarish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar tashkil qildilar. Bu erkin iqtisodiy zonalar, Sharq va G„arb o„rtasidagi savdo aloqalarini birlashtiruvchi vazifani bajargan. U erdagi savdogarlar soliqlardan, bojlardan va ma‟muriy rasmiyatchiliklardan ozod etilgan.

  1. EIHlarning rivojlanib borishi natijasida XX asr oxiriga kelib, jahon ishlab chiqarishining 10 %i, jahon savdo aylanmasining 30 %i EIH orqali o„tgan va jahon kapital aylanmasining qariyb yarmi EIHlar orqali amalga oshirilgan.

  2. EIHlarning dunyoning 140 dan ortiq mamlakatida tashkil etilganligi hamda uning uzoq tarixga ega bo„lishiga qaramay, o„tgan asrning 50 yillaridan boshlab jadal rivojlanib kelayotganligi ularning jahon iqtisodiyoti rivojini ta‟minlashda muhim o„rin egallashiga o„z ta‟sirini ko„rsatmoqda.



Nazorat uchun savollar:


  1. EIHlarni tashkil etishning dastlabki vaqti qaysi davrlarga borib taqaladi?

  2. EIHlar rivojlanishi tarixida o„ziga xos bosqichlar nimalardan iborat bo„lgan?

  3. EIHlar rivojlanish tarixida tadbirkorlarga qanday imtiyoz va qulayliklar taqdim etilgan?

  4. EIHlar dastlabki tashkil etilishi va rivojlanishida qaysi davlatlar alohida o„rin egallagan va sababi nimada?

  5. EIHlar rivojlanishining so„nggi bir necha o„n yillikdagi tarixi haqida nimalarni bilasiz?

  6. EIHlar rivojlanishida MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlari qanday o„rin egallaydi?



    1. 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142


написать администратору сайта