Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
2.1-jadval.AQSh, Xitoy va Rossiya Federatsiyasida EIHlarni tashkil etish maqsadlari
O„zbekiston Respublikasida 1996-yil 25-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq EIHlarni tashkil etish maqsadlari bo„lib quyidagilar hisoblanadi: Mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish. Ushbu maqsad yo„lida chet el kapitalini jalb qilish. Hamda istiqbolli texnologiyalarni jalb qilish. Va boshqaruv tajribasini jalb etish. Belorusiya davlatida amaldagi qonunchilikka ko„ra, EIHlar quyidagi maqsadda tashkil etiladi: Belorus Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga va alohida ma‟muriy-hududiy birliklarga ta‟sir ko„rsatish maqsadida; Yangi va yuqori texnologiyalarga va EIHlarni tashkil etishda belgilanadigan boshqa maqsadlarga asoslangan eksportga yo„naltirilgan va import o„rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va rivojlantirishga investitsiyalani jalb etish maqsadida26. Demak, qonunchilikda mamlakatda EIHlarni tashkil etish maqsadlarini ko„rsatish uning muhim jihatlaridan biri hisobalanadi. AQShda 1930-yillarda tashkil etilgan tashqi savdo hududlari mamlakatdagi Buyuk depressiyadan keyingi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilash, ishsizlik darajasini pasaytirish, milliy sanoatning jahon bozoriga chiqishida raqobatbardoshligini ta‟minlash maqsadlari bilan paydo bo„lgan. Buning natijasida bugungi kunda AQShda tashqi savdo hududlarining dengiz yoki okeanga chiqish imkoniga ega shtatlarida kontsentratsiyalashuvi yuz berdi. Masalan, Texas shtatida – 32 ta, Nyu-York shtatida – 16 ta, Florida shtatida – 21 ta, Koliforniya shtatida – 17 ta shunday hududlar faoliyat ko„rsatmoqda. Yoki tashqi savdo hududlarining suv kanallariga chiqish imkoni mavjud bo„lmasa-da, lekin, yirik sanoat komplekslari joylashgan shtatlarda (Ogayo – 9 ta, Indiana – 6 ta, Illinoys – 8 ta, Arizona – 7 ta va Michigan – 7 ta) mavjudligi va rivojlanganligini kuzatish mumkin. Bu esa ayrim manbalarda, so„nggi ma‟lumotlarga ko„ra, mamlakatda mavjud 266 ta EIHlar soniga nisbatan ushbu shtatlarda 46 %dan ziyod EIHlar joylashganligidan dalolat beradi. Mazkur hududlarning rivojlanishi mamlakatdagi qonunchilikdan tashqari, Jahon savdo tashkiloti, Bojxona ittifoqi va boshqa xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, guruhlar tomonidan qabul qilingan xalqaro hujjatlarga muvofiq ta‟minlanib kelmoqda. Yuqorida ta‟kidlanganidek, Xitoyda EIHlar faoliyatini huquqiy tartibga solib turuvchi alohida qonun majud emasligi sababli EIHlarda korxonalar faoliyati, xorijiy kapitalni jalb etish, tashqi savdo, bojxona va soliq munosabatlarini tartibga solishda umumqabul qilingan qonunlarga hamda Xitoy Davlat Kengashi tomonidan qabul qilingan Qaror va Nizomlarga asoslanishini chiqaradi. 26 Belorus Respublikasining 1998-yil 7-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi “213-Z-sonli Qonuni, 3- modda. |