Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница23 из 142
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142

Erkin iqtisodiy hududlarning tasniflanishi. Turlicha erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilishiga ta‟sir etuvchi omillar



Jahon tajribasi shuni ko„rsatmoqdaki, hozirgi kunda erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi hududiy-xo„jalik boshqaruvining eng samarali modellaridan biri hisoblanib, ular mamlakatning alohida olingan iqtisodiy hududlarini investitsiyalar va ilg„or tajribalarga keng ochib bermoqda.

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida EIHlarning oddiy, tovarlar savdosi bilan bog„liq shakldan, nisbatan murakkab ommaviy iste‟mol mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan yangi tovarlarni loyihalash va ishlab chiqarish, turli xildagi xizmatlarni ko„rsatish kabi shakllariga o„tilmoqda.

EIHlarga xos xususiyat quyidagilarda namoyon bo„ladi:

    • birinchidan, EIH davlatning asosiy qismi;

    • ikkinchidan, bu hududda to„liq imtiyozlar tizimi bo„ladi;

    • uchinchidan, bu hudud faqatgina bojxona soliq va boshqa nazorat turlaridan “erkin” hisoblanadi;

-to„rtinchidan, EIH rezidenti barcha nazorat turlaridan ozod degan ma‟noni bermaydi;

-beshinchidan, EIHga jiddiy yondashuv natijasida u tashqi savdo umumiqtisodiy fan va texnika, fan va texnologiya sohasidagi muamolarni echishga yordam beradi.

EIHlarni tashkil etish alohida mintaqa va hududlar iqtisodiyoti rivojlanishining aniq iqtisodiy vazifalarini hal etish, strategik ahamiyatga ega bo„lgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan bo„ladi. Bu esa uning mamlakatni uzoq muddatli (10-30 yillik) rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda muhim omil bo„lib xizmat qilishini ta‟minlaydi.

EIHlarni tashkil etish mamlakatning mavjud hududiy-georafik joylashuvi, iqtisodiy, tabiiy, mehnat resurslari, tarmoq xususiyatlari, infratuzilmaviy holati, texnologik modernizatsiyalashuvi, rivojlanish salohiyati va darajasi kabilarga bog„liq holda amalga oshiriladi.

Yuqorida sanab o„tilgan omillarga bog„liq holda shuni aytish kerakki, ko„pchilik EIHlar xorijiy mamlakatlar bilan chegaradosh hududlarda joylashadi, shuningdek, dengiz savdo portlari, magistral temir yo„l, avtomobil yo„llari tarmog„i, aeroportlarga ega yoki unga yaqin hududlar, shakllangan sanoat, ilmiy va madaniy markazlar, tabiiy resurslar to„plangan hududda joylashgan bunday EIHlar eng samarali faoliyat ko„rsatadi.

Ayrim hollarda EIHlarni yangi o„zlashtirilgan hududlarda joylashtirish maqsadga muvofiq bo„ladi. Bunday hududlar sanoat rivojlanmagan, ishlab chikarish va ijtimoiy infratuzulma mavjud bo„lmagan holda ham yirik davlat ahamiyatiga ega bo„lgan dasturlarni amalga oshirish (masalan, mamlakatning yonilg„i energetika, mineral xomashyo bazasini mustahkamlash) maqsadida tashkil etiladi.

EIHlarni tasniflash ularning rivojlanish tarixi bilan bog„liqdir.

EIHlarni tasniflar ularning tarixiy jarayonlar asosida vujudga kelgan turlarini o„rganish, aniqlash, ularning mazmun-mohiyati, maqsadi, ahamiyati, o„ziga xos xususiyatlarini bilish va asoslashga imkon beradi.

Bu esa bir turdagi va dastlabki tashkil etilgan EIHlarning yanada rivojlangan EIHlarga aylanishi, keyingi yangi avlod turlarining tashkil etilishi va rivojlanib borishiga ham keng yo„l ochib beradi.

EIHlarni tasniflash bugungi kunda jahon iqtisodiyotida mavjud bo„lgan turlarini tavsifiy va sifat belgilari, umumiy jihatlari bo„yicha guruhlash va ajratishni nazarda tutadi.

EIHlarni tasniflash mavjud turli-tuman EIHlarni tartiblash, aniq farqiga borish maqsadida, guruhlash – turkumlash asosida amalga oshiriladi.

EIHlarni turkumlash – nafaqat, ularga qisqacha tavsif berish, balki, ularning rivojlanish evolyutsiyasi, shakllanish va faoliyat yuritish jarayoni hamdir. Bu EIHlar rivojlanishining, oddiy shakllaridan murakkab shakllarga o„zgarib borishidagi juda uzoq yo„lidir.

Ilmiy adabiyotda turli xil turkumlash mezonlari berilgan.

Jumladan, jahon iqtisodiy tizimida EIHlarni turkumlashda quyidagi mezonlarga e‟tibor beriladi:

  1. Milliy iqtisodiyotga integratsiyalanganlik darajasi bo„yicha.

  2. Tashkiliy usuli bo„yicha.

  3. Egalik xususiyati bo„yicha.

  4. Faoliyat turi yoki funksional maqsad bo„yicha.

Ushbu tasniflanishni quyidagi 3.1-rasmda ko„rish mumkin.

Keltirilgan mezonlar bo„yicha tasniflangan EIHlar tarkibida milliy iqtisodiyotga integratsiyalanganlik darajasi bo„yicha tasnifiga alohida to„xtalib o„tish o„rinlidir. 3.1-rasmda keltirilganidek, EIH integratsiyalanganligi darajasi bo„yicha 2 turga bo„linadi: anklav (yopiq) va integratsiyalashgan. Anklav hududlar faoliyat mexanizmi o„xshashligiga qaramasdan tamoyillari, maydon kattaligi va faoliyat yo„nalishi bo„yicha bir-biridan farq qiladi.

Birinchi yo„nalishga imtiyozli soliq va bojxona tartibi qo„llaniladigan ayrim korxonalarni hududini qoplovchi hududlarni kiritish mumkin. Bunday hududlar Meksikada nisbatan keng tarqalgan bo„lib ularda makiladoras – eksport korxonalari, AQSh chegaralari bo„ylab joylashgan holda faoliyat yuritadi. Xuddi shunday tamoyillar asosida Daminikan Respublikasida, Gaitida va Vengriyada EIHlar tashkil etilgan.

Ikkinchi yo„nalishga maydoni bir necha o„n gektardan bir necha yuz gektargacha bo„lgan yopiq hududli katta bo„lmagan industirial anklavlar kiradi. Bunday hududlar Janubiy-Sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida va Shimoliy Afrika davlatlarida tuzilgan. Bir qancha tumanlarni va butun shaharlarni qamrab oluvchi yirik ko„lamli hududlar uchinchi yunalishni tashkil etadi. Bunday yondashuv avvalam bor Xitoy va Xindiston, shuningdek, Shri-Lanka, Mavriki va boshqa mayda davlatlarda uchraydi.

Anklav EIHlar erkin konvertatsiyalashadigan valyutani ishlash uchun barcha

ishlab chiqariladigan mahsulotni eksport qilishga yo„naltirilgan. Bunday hududlar mamlakatning boshqa qismiga nisbatan mustaqilligi tovarlar va odamlarni ularni chegarasi orqali o„tishining maxsus tartibi orqali ta‟minlanadi. Iqtisodiy mustaqillik esa bu hududlardagi maxsus iqtisodiy iqlim (ma‟muriy va iqtisodiy usullar yordamida) bilan ta‟minlanadi.

Anklav hududlar, odatda, mamlakat hududidan tabiiy ravishda ajralgan joylarda tashkil etiladi (orollar, yarim orollar, dengiz kurfazlari va boshqalar), lekin shaharlar ichida yoki regionlar ichida ham tuzilishi mumkin. Har qaysi holda ham anklavning tashkil etilishi hududning yuridik mustaqilligini nazarda tutmaydi.

Integratsiyalashgan EIHlarning o„ziga xos belgisi shundan iboratki, ular mamlakatning ichki iqtisodiyoti, uning ichki hududlari bilan yaqin iqtisodiy aloqalarga ega bo„ladi. Eksport salohiyatini rivojlantirish muammolarini hal etishdan tashqari, bu zonalar mahalliy sanoatning texnologik darajasini oshirish, chiqarilayotgan mahsulotning sifati va raqobatbordoshliligini oshirish vazifalarini ham hal qiladi.

Anklav ko„rinishidagi hududlardan farqli o„laroq integratsiyalashgan hududlar, ko„p jihatdan, oraliq mahsulotlarni import qilishga emas, balki, milliy mahsulotlarni, komponetlarni va yarim tayyor mahsulotlarni ishlatishga qaratilgan bo„ladi. Jumladan, Braziliyadagi “Manaus” hududida tayyor mahsulot tarkibidagi milliy komponetlar ulushi 40-90%ni tashkil etgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 90%dan ortig„i ichki bozorda iste‟mol qilinadi. AQShning tashqi savdo hududlarida 80% xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar AQShning ichki hududlaridan keltiriladi va o„z navbatida, 90% ishlab chiqarilgan mahsulot mamlaktning ichki hududlariga etkzib beriladi.

Integratsiyalashgan hududlar milliy va xalqaro iqtisodiyot bilan uzviy bog„langan holda nisbatan erkinroq faoliyat rejimiga ega. Ular ayniqsa xalqaro mehnat taqsimotiga qo„shilgan rivojlangan bozor iqtisodiyotili mamlakatlarga xos. Integratsiyalashgan hududlar globallashgan bozor iqtisodiyotiga juda mos keladi. Bu hududlarda mamlakat hududi bo„yicha unifikatsiyalangan iqtisodiy va huquqiy tartib qo„llaniladi. Qoida tarikasida bu hududlar avval anklav sifatida tashkil etilgan bo„lsa keyinchalik bu hududlardagi xo„jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati diversifikatsiyalashgan.

1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   142


написать администратору сайта