Главная страница
Навигация по странице:

  • Birinchidan

  • Ikkinchidan

  • Uchinchidan

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница20 из 142
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   142

    Tayanch iboralar:


    Erkin iqtisodiy hududlar, iqtisodiyot, kapital, investor, infartuzilma, eksport.

    Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:






    29 Mahmudov N.M., Eshov M.P va boshqalar. Jahon iqtisodiyotiga integratsiya. O„quv qo„llanma. T.: TDIU, 2011. 200 b.

    1. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolar barcha davlatlar tajribalarida kuzatilib, ularning hal etilish uslublari, vaqti va imkoniyatlari bo„yicha bir-biridan farqlanadilar.

    2. EIHXRA – MARSEZ rahbarlarining fikriga ko„ra, EIHlarni tashkil etish va yaxshi faoliyat yuritishi uchun bir qator muhim dastlabki shart-sharoitlarni ta‟minlash talab etiladi.

    3. O„zbekistonda ham EIZlarni tashkil etish bo„yicha muayyan tajribalar to„plangan bo„lishiga qaramay, bu borasida hal etilishi lozim bo„lgan daolzarb muammolar ham mavjud.

    Nazorat uchun savollar:


    1. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda qanday muammolarni bilasiz?

    2. EIHXRA MARSEZ rahbarlarining fikriga ko„ra, EIHlarni tashkil etish va yaxshi faoliyat yuritishi uchun qanday dastlabki shart-sharoitlarni ta‟minlash zarur?

    3. Jahon amaliyotida aksariyat EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bilan bog„liq qanday muammolarni aytib bera olasiz?

    4. “EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bilan bog„liq muammolarni hal etish bo„yicha qanday takliflar bera olasiz?

    5. O„zbekistonda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bilan bog„liq muammolarni hal etish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

    6. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda asosiy muammolar sifatida qaysilarni ko„rsatib bera olasiz?



      1. Erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish muammolari



    EIHlarga to„g„ridan-tug„ri xorijiy investitsiyalarni xorijiy firmalarning asta- sekin milliy iqtisodiyotga integratsiyalashuv usuli sifatida qarash mumkin. Shu sababli EIHni rejalashtirish bosqichidayoq chet el firmalarining mahalliy tadbirkorlar bilan bevosita va teskari aloqalarini o„rnatish imkoniyatlarini ko„zda tutish zarur. Bunday aloqalar mahalliy xomashyo tovarlarini, komponentlarni, yarimfabrikatlarni, majmuaviy asbob-uskunalarni va xizmatlarni olish imkoniyatini ta‟minlashi zarur. Mahalliy resurslarga ega bo„lish imkoniyati xorijiy investorlar uchun muhim rag„bat hisoblanadi. Biroq, EIHda faoliyat ko„rsatayotgan xorijiy investorlar uchun bunga amalda erishish ancha qiyin bo„lishi va katta vaqtni talab etishi mumkin. Mazkur omilga katta e‟tibor bergan holda, EIH loyihachilari quyidagi jihatlarni hisobga olishga urinadilar.

    Birinchidan, xorijiy investorlar tomonidan xarid qilinishi mumkin bo„lgan ko„pgina mahalliy resurslar mamlakatda kamyob hisoblanadi. Xorijiy investorlarning bozorga kirib kelishi natijasida talabning o„sishi esa vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin. Agar gap yaqin istiqbol to„g„risida ketayotgan bo„lsa, xorijiy investorlar o„z shaxsiy manfaatlariga bo„ysunib, resurslar evaziga yuqoriroq narhlar to„lab ushbu tanqislikni bartaraf etishlari mumkin. Lekin, bu inflyasiya jarayonlari rivojlanishini tezlashtirishi va mamlakatda faoliyat ko„rsatayotgan boshqa firmalar uchun resurslar tanqisligi muammosini keskinlashtirishi mumkin. Uzoq

    muddatli rejada EIHda faoliyat yuritayotgan firmalar tomonidan qo„shimcha talab mahalliy tovar yetkazib beruvchilarni ushbu yangi talabni qondirish uchun ishlab chiqarish quvvatlarini ko„paytirishga majbur etadi. Lekin, bunday jarayon bir necha yil davom etadi.

    Ikkinchidan, mahalliy resurslarning sifati va texnologik darajasi xorijiy firmalar tomonidan ushbu resurslarga bildirilayotgan standartlarga mos kelmasligi mumkin. Ushbu muammoga xorijiy investorlar mahalliy resurslardan foydalangan barcha hollarda duch keladilar. Vaqt o„tishi bilan mahalliy tovar yetkazib beruvchilar asta-sekin o„z ishlab chiqarishining texnologik darajasini ko„tarib boradilar. Biroq, ushbu texnologik takomillashtirish avtomatik ravishda ro„y bermaydi. Agar texnologiya darajalari o„rtasidagi tafovut kattta bo„lsa, xorijiy investorlar mahalliy tovar yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni uzishga va zonadagi faoliyatini o„zining an‟anaviy yetkazib beruvchilariga tayangan holda davom ettirishga qaror qilishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, EIHlardagi xorijiy firmalar va undan tashqarida faoliyat yuritayotgan mahalliy korxonalar o„rtasida iqtisodiy va texnologik aloqalarni o„rnatish usullari, rag„batlari va tashkiliy shakllari tizimi zarur.

    Uchinchidan, EIHlarda faoliyat yuritayotgan xorijiy firmalar va mahalliy korxonalar o„rtasida to„g„ridan-to„g„ri aloqalarni o„rnatish uchun kerakli xarajatlar miqdori va darajasini hisobga olish zaruriyati. Mahalliy firmalar o„ylamasdan xorijiy firmalarni, xaridorning texnik standarilariga mos keluvchi va yetarli miqdorda mavjud bo„lgan tovarlar va xizmatlar bilan ta‟minlaydi degan fikrga borish noto„g„ridir. Bunday vaziyat kamdan-kam uchraydi. Bu esa zonadan tashqrida faoliyat yurituvchi mahalliy korxonalarni ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga va texnologik darajasini ko„tarishga, shuningdek, ushbu korxonalar va zonada faoliyat yuritayotgan xorijiy firmalar o„rtasida ishlab chiqarish aloqalarini ta‟minlashga jiddiy sarmoyalar kiritish zarurligini anglatadi. Bunday investitsiyalar butun iqtisodiyotga foyda keltiradi (agar shunday yo„l bilan rivojlangan firmalar tovarlar va xizmatlarni mahalliy bozorga ham yetkazib bersa). Ushbu muammoni hal qilish, balki avval ko„zda tutilmagan moliyaviy xarajatlarni talab etadi, bu esa erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilishga yo„naltiriladigan investitsiyalar hajmini ko„paytiradi.

    Yuqorida ko„rsatilgan muammolarning mavjudligi xomashyo resurslari va moliyalashtirishning yetishmasligi, mahalliy korxonalarning past texnik darajasi, mahalliy tovarlar va xizmatlarning past sifati erkin zonada faoliyat yuritayotgan xorijiy firmalar va undan tashqaridagi mahalliy korxonalar o„rtasida aloqalarni o„rnatish masalasini hal etishning murakkabligini belgilaydi. Bundan kelib chiqadiki, dastlabki bosqichlarda mahalliy bozorlarga kirish imkoniyati potensial xorijiy investorlar uchun kuchli sabab bo„la olmaydi. Shunga qaramay, uzoq muddatli istiqbolda mahalliy resurslarga ega bo„lish imkoniyati ular uchun muhim omil bo„lishi mumkin.

    EIHlarda xorijiy firmalarni mahalliy resurslar bilan ta‟minlashni rivojlantirish uzoq muddatli tadbirlar toifasiga kiradi va potensial investorlarning hech bo„lmaganda kamchiligi bunday resurslarni ishlab chiqishda ishtirok etishga hozirligiga shubha qilmaslik kerak. EIHlarning loyihachilari, ko„pincha, mazkur hududlarning xorijiy ishtirokchilari uchun asosiy ustunliklardan biri bo„lib, EIH

    tashkil qiluvchi mamlakat hukumati tomonidan berilgan moliyaviy yoki boshqa rag„batlar darajasi hisoblanadi, deb o„ylaydilar. Haqiqatan ham birinchi EIHlarni tashkil etishda shunday bo„lgan edi. Biroq, o„tgan o„n yilliklar mobaynida jahonda EIHlarning soni shunchalik ko„payib ketdiki, xorijiy investorlar uchun nisbiy ustunliklar (soliq imtiyozlari, subsidiyalar, importni bojxona to„lovlaridan ozod qilish, qisman bojsiz eksport qilish va boshqalar) ko„p hollarda, balki butunlay o„zining rag„batlantiruvchi xususiyatlarini yo„qotdi30.

    Umumiy imtiyozlar guruhidagi ko„pgina imtiyozlar amalda shunchaki hisoblanadi va miqdoriy jihatdan nolga teng. Masalan, soliq to„lash bo„yicha 10 yillik imtiyozli davrning berilishi davlat budjeti uchun moliyaiy yo„qotish hisoblanmaydi, chunki bunday imtiyoz bo„lmaganda, investorni, balki, EIH qiziqtirib qolmasdi. Tajriba ko„rsatishicha, maxsus imtiyozlar xorijiy firmalarning zonalarda ishtirok etish to„g„risidagi qaror qabul qilish jarayonida faqat ikkinchi darajali rolni o„ynaydi. Juda yaxshi holatlarda bunday imtiyozlar juda kam, ko„pincha, amalga oshirilmaydigan qo„shimcha foyda keltiradi. SHu bilan birga, maxsus imtiyozlarni joriy qilish uchun xarajatlar salmoqli bo„lishi mumkin, chunki, ulardan ko„p sonli potensial firmalar foydalanishi mumkin.

    Jahon EIHlar bozoridagi raqobatda ishtirok etmoqchi bo„lgan mamlakat jahon talablari darajasida yoki undan ham yuqori darajada rag„batlar va imtiyozlar taqdim etishi zarur. Jahon EIHlar bozorida bunday yondashuv zonalardagi mavjud iqtisodiy ustunliklarga nisbatan ham qo„llaniladi31.

    Jahon tajribasini o„rganish shuni ko„rsatadiki, hech bir EIH tegishli infratuzilmasiz, ya‟ni obodonlashtirilgan hudud, telkommunikatsiya tarmog„i, suv, elektroenergiya, aeroportga chiqish, mahalliy va xorijiy xodimlar uchun uy-joy sharoitlarisiz muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsata olmaydi. Investorlar tomonidan 15-20 yil oldin nisbiy ustunlik deb baholangan sharoitlar (yaqin joylashgan xalqaro aeroport, yaxshi telefon aloqasi) hozirgi paytda boshlang„ich shartlar hisoblanadi, ular qondirilmagan hollarda xorijiy firma zonada ishtirok etish masalasini, hatto, ko„rib chiqmaydi ham. Moddiy va iqtisodiy imtiyozlarni asta-sekin o„rtacha ko„rsatkichlarga keltirish shuni tasdiqlaydiki, taqdim etilayotgan ikki guruh imtiyozlari zonalarga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun uzoq vaqt jiddiy sabab bo„la olmaydi. Ular investor tomonidan sarmoyalar kiritish yoki kelgusida sarmoyalar kiritish to„g„risidagi ijobiy qaror qabul qilish uchun faqat dastlabki shart bo„la oladi. Kapitalni EIHga kiritish to„g„risidagi oxirgi qaror investorning taktik va strategik fikr-mulohazalariga bog„liq bo„ladi.

    Agar avval boshidanoq EIHlar, ularda ham xorijiy, ham mahalliy korxonalarni joylashtirishga yo„naltirilishiga tayanadigan bo„lsak, EIHlarga milliy firmalarni va investorlarni jalb qilish shartlarini ham ishlab chiqish zarur. Birinchi qaraganda, milliy investorlarni jalb qilish unchalik qiyin emasday ko„rinadi, chunki, ular zonada taqdim etilgan rivojlangan infratuzilmadan va imtiyozlardan foydalanishdan manfaatdor. Biroq, amaliyot ko„rsatishicha, butunlay boshqacha holat ham bo„lishi





    30 Рыбаков С.А. Особые экономические зоны в России. Налоговые льготы и преимущества. / С.А.Рыбаков, Н.А.Орлова. М.: Вершина, 2006. 248 с.

    31 Рыбаков С.А. Особые экономические зоны в России. Налоговые льготы и преимущества. / С.А.Рыбаков, Н.А.Орлова. М.: Вершина, 2006. 248 с.

    mumkin. Milliy investorlar ko„pincha kutishni, yoki dastlabki vaqtlarda qiziqish bildirib, so„ngra zonada ishtirok etishdan voz kechishi mumkin. Buni shunday tushuntirish mumkinki, ular uchun zonada mahalliy firmalarga notanish bo„lgan ish sharoitlarida faoliyat yuritish qiyinchiliklari zonaning real afzalliklaridan ustun kelishi mumkin. Ular uchun o„zlari foydalanib turgan ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarish usullaridan yangi ishlab chiqarish, texnologik va tashkiliy sharoitlarda ishlash usullariga o„tish juda qiyin kechishi mumkin.

    Shunday qilib, EIHlar loyihasini ishlab chiqishda, mazkur EIHda muvaffaqiyatli ish faoliyati yuritishi mumkin bo„lgan mahalliy korxonalarni jalb qilish masalasiga yetarlicha e‟tibor berish zarur.

    Jahonda EIHlarni tashkil qilinishi va faoliyat ko„rsatishi bo„yicha to„plangan ulkan tajribaga qaramay, amaliyot tasdiqlashicha, hozirgi vaqtga qadar bunday o„ziga xos milliy-xalqaro xo„jalik tuzilmalarining universal iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqilmagan. Bu eng avvalo, EIHlarni tashkil qilish turli maqsadlarga egaligi tufayli ularda turli iqtisodiy sharoitlar va cheklovlar mavjudligiga asoslanadi. Ayni vaqtda jahonning turli mintaqalarida o„nlab va yuzlab EIHlar shakllantiriladi. Obyektiv ravishda ular orasida zonalararo raqobat yuzaga keladi va qulay investitsion muhitni tashkil qilish va ushbu zonalarga xorijiy va milliy investorlarni jalb qilish maqsadida rag„batlar va soliq imtiyozlarni unifikatsiya qilish tendensiyasini namoyon etadi.

    EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda ular faoliyatini tartibga solish va rag„batlantirish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bunda EIHlarni davlat tomonidan tartibga solish shakllari va usullarini takomillashtirishning quiydagi asosiy yo„nalishlari ajratiladi:

    1. Soliqqa tortish tizimini takomillashtirish.

    2. EIHni bojxona tartibga solishni takomillashtirish.

    3. EIHda moliyaviy o„zaro munosabatlar mexanizmini takomillashtirish.

    4. Zonaning maqsadli yo„nalishiga qarab investitsion siyosat ustuvorliklarini ishlab chiqish.

    5. EIH faoliyatini axborot ta‟minoti tizimini shakllantirish va rivojlantirish.

    Ko„pchilik EIHlarda (erkin bojxona va erkin omborlardan tashqari) soliq siyosati EIH hududida iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy, faol qo„llaniluvchi usuli hisoblanadi.

    Sanoati rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko„rsatishicha, EIHning soliq siyosati, uning butun iqtisodiy faoliyati singari o„z budjetiga asoslanadi. U zona hududida joylashgan jismoniy va yuridik shaxslarning soliq tushumlari; homiylar yordami (ayniqsa zonani tashkil qilishning dastlabki bosqichida); davlat tomonidan qo„llab- quvvatlash mablag„lari; ma‟lum darajada bojxona yig„imlari, zona budjetiga EIH direksiyasi (ma‟muriyati)ning o„z xo„jalik-tadbirkorlik faoliyatidan olingan mablag„lardan tushumlar kabi turli manbalar hisobidan shakllantiriladi. Budjetni davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash mablag„lari, odatda tekinga emas, balki ko„pincha uzoq muddatli kreditlar shartlarida beriladi.

    EIHda joylashgan korxonalarning davlat budjeti bilan barcha moliyaviy munosabatlari zona ma‟muriyati va zona budjeti orqali amalga oshiriladi. Bu EIHning iqtisodiy mustaqilligining muhim omili va xo„jalik faoliyatini samarali

    boshqaruvining muhim sharti hisoblanadi.

    EIHda soliq siyosatini ishlab chiqishda qator shartlarni hisobga olish zarur:

    1. O„rnatilgan imtiyozlar tizimi EIH faoliyat sohasining ustuvorligi ham uning asosiy maqsadlari va vazifalariga muvofiqligiga bog„liq bo„lishi kerak.

    2. Imtiyozlar miqdori imkoniy minimal xalq xo„jalik yo„qotishlari (masalan, budjetga to„lovlarning kelib tushmasligi, kredit foizlarini pasaytirilishi) va tegishli shakldagi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdan maksimal samara orasidagi diapazondagi hisob-kitoblar asosida aniqlanishi kerak.

    3. EIHda o„rnatiladigan imtiyozli soliqlar va ulardan ozod qilish tartiblari ma‟lum davr mobaynida amal qilish va odatda qayta ko„rib chiqilmasligi kerak. Soliqlar moliyaviy va budjet munosabatlarining bir qismini tashkil qiladi, shu sababli EIHda davlat soliq siyosatini shakllantirishda barcha turdagi zonalarning davlat bilan munosabatlarini aks ettiruvchi zonalashtirishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqish kerak. Lekin bunda EIHda soliqqa tortish tartibi va Davlat budjetiga soliqlar va to„lovlar stavkalari darajasi har bir aniq holatda EIHning ixtisoslashuvi va xususiyatlari (uning hududida ishlab chiqarish quvvatlarining, infratuzilmaning va moddiy-texnik ta‟minotning boshqa omillarining mavjudligi)ni hisobga olgan holda aniqlanishi mumkin.

    Har bir aniq EIHning o„ziga xos xususiyatlarga egaligiga qaramay, jahon amaliyotida soliq tizimini shakllantirishning ma‟lum bir xalqaro standartlari mavjud bo„lib, ulardan O„zbekistonning EIHlarining jahon zonalar bozoridagi raqobatbardoshligini ta‟minlash uchun foydalanish shart hisoblanadi.

    Milliy EIHlarda moliyaviy munosabatlar mexanizmi hozirgi vaqtda shakllanish bosqichida turibdi. Uni shakllantirish uchun EIH faoliyatini moliyalashtirishning turli manbalaridan kompleks foydalanish nazarda tutiladi. Bunda xususiy milliy va xorijiy investitsiyalardan, mahalliy resurslardan, EIH mintaqalarining va u yerda istiqomat qiluvchi aholining o„z mablag„laridan maksimal foydalanish hisobiga davlat mablag„laridan foydalanishni har tomonlama cheklashga intilish zarur. Ushbu manbalar o„rtasidagi nisbat zonaning hayotiylik sikli bosqichlarini hisobga olgan holda undagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlanib borishiga mos ravishda o„zgartirilishi zarur. Dastlabki bosqichlarda davlatning ko„magi ancha katta bo„lishi, keyingi bosqichlarda esa u mahalliy moliyalashtirish manbalari hisobiga kamaytirib borilishi mumkin.

    O„zbekistonda EIHlarga investitsiyalarni jalb etish borasida bir qator muammolar kuzatiladi. Vaholanki, bugungi kunda ularda ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etish uchun muhim bo„lgan bir qator imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilgan. Biroq, berilgan imtiyoz va preferensiyalarning o„zi EIHlarga investitsiyalarni jalb etish uchun yetarli bo„la olmaydi. Bunga bir qator muammolar ham o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

      • EIH joylashgan mintaqada qulay investitsiya muhitini tashkil etiuvchi omillarning yetarli darajada shakllanmagnaligi va rivojlanmaganligi (transport- logistika, axborot texnologiyalari, muhandislik- kommunikatsiya infratuzilmalarining talb darajasida emasligi;

      • Suv, gaz, elektr energiyasi kabilar bilan uzluksiz ta‟minot tizimining

    rivojlanmaganligi;

      • malakali, zamonaviy tajriba va ko„nikmaga ega kadrlarning etishmasligi;

      • mahalliy xomashyo va yarimfabrikatlar sifatining talab darajasida emasligi yoki ularni tayyorlash texnologiyasining eskirganligi;

      • ekologiya va atrof-muhitning qoniqarli darajada emasligi;

      • korrupsiyaning mavjudligi va ta‟sirining yuqoriligi.

    Shu sababli EIHlarga investitsiyalarni jalb qilishda hududlardagi muammolarni bartaraf etish, ularning ham investitsiya salohiyatini o„rganish, hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Quyidagi jadvalda O„zbekiston bo„ylab hududlarning yetakchi tarmoqlari va investitsiyalar kiritilishi mumkin bo„lgan ustuvor tarmoqlari to„g„risidagi ma‟lumotlar keltirilgan.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   142


    написать администратору сайта