Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
2.1-rasm. Barqaror rivojlanish milliy mezonlariIqtisodiy mezonlar: tayyor mahsulot birligi hisobiga energiya va xomashyo sarfini kamaytirish; zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo„li bilan ishlab chiqarish samaradorligini yoki tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish; O„zbekiston Respublikasida bozorning xususiy sektorini rivojlantirishga ko„maklashish. Ekologik mezonlar: atrof-muhitning saqlanishiga va yomonlashishining oldini olishga ko„maklashish; tabiiy xomashyo sarfini va ishlab chiqarish chiqitlarini kamaytirish; xomashyodan takroriy foydalanishga va tiklanayotgan tabiiy resurslardan foydalanishga yo„naltirilgan texnologiyalarni joriy etish; atrof-muhitga salbiy ta‟sirni kamaytirish. Ijtimoiy mezonlar: aholining ish bilan bandligining o„sishiga va haqiqiy daromadlarining oshishiga ko„maklashish; loyihani amalga oshirishga jalb etilgan xodimlarning va loyiha amalga oshirilayotgan hududda yashaydigan aholining sog„lig„ini yaxshilash; aholining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalaridan xabardorligini oshirish. Tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasi barcha Barqaror rivojlanish milliy mezonlarini qondirishi shart emas, lekin, ko„rsatib o„tilgan mezonlarga muvofiq mamlakatning barqaror rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatmasligi kerak. Xitoyda EIHlar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etishga alohida e‟tibor qaratiladi. Mazkur holatda bu sohada huquqiy tartibga soluvchi bo„lib Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Davlat Kengashi faoliyat ko„rsatadi. XXR Davlat Kengashi mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni muvofiqlashtirish bo„yicha yetakchi davlat organi hisoblanadi. Hozirgi kunda xorijiy investitsiyalarga talluqli quyidagi qonunlar amal qilmoqda: “Xitoy va xorijiy kapitalidagi payli qo„shma korxonalar to„g„risida”gi XXR Qonuni (03.09.2016 yil) va uni tadbiq etish bo„yicha Nizom. “Kooperatsion (shartnomali) qo„shma korxonalar to„g„risida”gi XXR Qonuni (03.09.2016) va uni tadbiq etish bo„yicha Nizom. “Xorij kapitali korxonasi to„g„risida”gi XXR Qonuni (12.04.1986 yil – oxirgi o„zgarishlar bilan). “Xorijiy investitsiyalarni rag„batlantirish to„g„risida”gi XXR Davlat Kengashi Nizomi (11.10.1986 yil – oxirgi o„zgarishlar bilan). “Tashqi savdo to„g„risida”gi XXR Qonuni (12.05.1994 yil – oxirgi o„zgarishlar bilan). “Xitoy va xorijiy kapitalidagi payli qo„shma korxonalar umumiy investitsiyalar hajmi va Ustav kapitali nisbati to„g„risidagi Vaqtinchalik Nizom”, 01.03.1987 yil (XXR Bosh savdo-sanoato boshqarmasi tomonidan chop etilgan). “Xorijiy korxonalarning doimiy vakolatlarini ro„yxatdan o„tkazish to„g„risidagi Nizom” (XXR Davlat Kengashi Qarori bilan tasdiqlangan, №584, 19- noyabr 2010 y.) 2017-yildan boshlab Xitoyda “Sanoat tarmog„ida xorijiy investitsiyalar yo„nalishlari”ning umummilliy ro„yxati amal qiladi. Unda xorijiy investitsiyalar uchun 348 ta rag„batlantirish, 35 ta cheklovchi va 28 ta man etilgan tarmoqlari o„rin olgan. Ular qatorida 2017 yil iyun oyidan boshlab XXR Davlat Kengashi Devonxonasi Xabarnomasi bilan xorijiy investitsiyalarning turli cheklanishlar bilan bog„liq 39 ta tarmoqdan iborat 11 ta eksperimental erkin savdo zonalari uchun alohida ro„yxat (“salbiy ro„yxat”) kuchga kiritildi. Erkin savdo zonalaridagi boshqa tarmoqlar esa xorijiy investorlar uchun ochiq hisoblanadi. Kelgusida xorijiy investiyalar uchun milliy darajadagi iqtisodiyot tarmoqlarini, jumladan, xizmatlar ko„rsatish, ishlab chiqarish va tog„-kon sanoati sohalarini ochish ko„zda tutilmoqda. 2017-yil davomida XXRda erkin savdo hududlarini rivojlantirish bo„yicha quyidagi me‟yoriy hujjatlar qabul qilindi: XXR Davlat Kengashining Xabarnomasi, №23, 30.03.2017 yil – “Xitoy (Shanxay) eksperimental erkin savdo hududi (ShESH)da ochiqlik va islohotlarning har tomonlama chuqurlashtirilgan siyosatini nashr etish to„g„risida”. Mazkur dasturning maqsadi ShESHni 2020-yilga borib savdo va investitsiyalash, haqqoniy va samarali nazorat tizimi va qulay biznes muhitining umumqabul qilingan xalqaro qoidalariga muvofiq keluvchi jahon darajasidagi yuqori klassli erkin savdo hududiga aylantirish, shuningdek, “Pudin Sintsyu” tumani va Shanxay shahrida to„lig„icha keng qamrovli uchish islohotlarini amalga oshirish tajribasini yoyishdan iborat. XXR Davlat Kengashining Xabarnomasi, №51 05.06.2017 yil – “Erkin savdo hududlariga xorijiy investitsiyalar kirishini maxsus tartibga solish chora-tadbirlari (salbiy ro„yxat) nashri to„g„risida” (10.07.2017 yildan kuchga kirgan) – 40 ta faoliyat turi (oldingi (salbiy ro„yxat) nashrga nisbatan solishtirganda 10 ta faoliyat turi va 27 ta maxsus tartibga solish hisobdan chiqarilgan) 95 ta maxsus tartibga solishni (cheklangan va man etilgan) belgilab beradi. Man etilgan faoliyat turlari xorijiy investitsiyalar uchun yopilgan. Cheklangan sohalarda xorijiy investitsiyalar faoliyat olib borishlari uchun ruxsatnoma olish talab etiladi. “Salbiy ro„yxat”da ko„rsatilmagan faoliyat sohasidagi xorijiy investitsiyalar xitoylik va xorijiy investorlar tengligi tamoyili asosida erkin faoliyat olib borishlari mumkin. XXRqonunchiligidagiasosiyo‘zgarishlar: 2017-yilda va 2018-yil boshida Xitoyda Xitoy kompaniyalarining xorijiy investitsiyalarini cheklovchi dir qator huquqiy aktlar nashr etildi: “Markaziy bo„ysinuvdagi korxonalar xorijiy investitsiyalarini nazorat qilish va tartibga solish Qoidalari” (XXRning Davlat Kengashining Davlat mulkini nazorat qilish va boshqarish bo„yicha Komiteti buyrug„i bilan tasdiqlangan, №35, 07.01.2017 yil); “XXR korxonalari tomonidan xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish to„g„risidani Nizom” (№11, 26.12.2017 yil); “XXR RIDK (Rivojlanish va islohotlar bo„yicha davlat qo„mitasi), Tijorat vazirligi, Xalq banki ning xorijiy investitsiyalarning kelgusi yo„nilishlari va tartibga solinishi to„g„risidagi boshqaruv ko„rsatmalari” (XXR Davlat Kengashi Devonxonasi hujjati, №74, 04.08.2017 y.); “Xorijiy investitsiyalar uchun ta‟sirchan tarmoqlar Ro„yxati” (XXR RIDK buyrug„i bilan tasdiqlangan, №251, 31.01.2018 yil, 01.03.2018 yildan kuchga kirgan); “Xorijiy investitsiyalarni amalga oshirishga arialarni ro„yxatdan o„tkazish (tasdiqlash)ning vaqtinchalik Qoidalari” (XXR Tijorat vazirligi, Xalq banki va XXRning Davlat Kengashining Davlat mulkini nazorat qilish va boshqarish bo„yicha Komiteti buyryg„i bilan tasdiqlangan, №24, 18.01.2018 yil). 2017-yilda Xitoy iqtisodiyotiga jalb etiluvchi xorijiy investitsiyalarni tartibga solish sohasida quyidagi me‟yoriy aktlar qabul qilindi: XXR Davlat Kengashi Devonxonasi Xabarnomasi, №51, 05.06.2017 yil – “2017 yilga erkin savdo hududlariga) salbiy ro„yxat) xorjiy investitsiyalar kirishini maxsus tartibga solish chora-tadbirlari” nashri to„g„risida” (10.07.2017 yildan kuchga kirgan). “Sanoat tarmoqlariga xorijiy investitsiyalar yo„nalishlari ro„yxati” (XXR RIDK va Tijorat vazirligi buyrug„i bilan tasdiqlangan, №4, 28.06.2017 yil). XXR RIDK va Tijorat vazirligining 30.07.2017 yildagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta‟sis hujjatlarini ro„yxatdan o„tkazish va o„zgartirishning vaqtinchalik tartibini o„o„zgartirish to„g„risida”gi Qarori. Bundan tashqari, investorlar manfaatlarini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish doirasida 2018-yil 25-sentabrda Xitoy xalqaro iqtisodiy va tijorat arbitraj komissiyasi (CIETAC) mamlakatda birinchi marta Xitoy qonunchiligida, xususan, investitsion arbitarjni tartibga solishda mavjud bo„shliqlarni to„ldirishga qaratilgan “Xalqaro investitsion kelishmovchilik (spor)larni ko„rib chiqishning arbitraj Qoidalari”ni nashr etdi. Agar ilgari xitoylik investorlar kelishmovchiliklar paydo bo„lgan taqdirda faqat Investitsion kelishmovchiliklarni hal etish bo„yicha xalqaro Markaz (ICSID) bilan hisoblashishgan bo„lsa, endi ular uchun Xitoy arbitraj organlariga murojaat qilish imkoniyatlari ochildi. Hozirgi vaqtga qadar mazkur sohada asosiy huquqiy hujjat – “Xorijiy investitsiyalar to„g„risida”gi Qonun hali qabul qilinmadi (qonun loyihasi XXR Tijorat vazirligi tomonidan muhokama uchun 2015-yil 19-yanvarda nashr va taqdim etilgan). Muhokama hali davom etmoqda. Rossiya Federatsiyasida mazkur sohaga oid qonun 2005-yildan qabul qilingan. Ya‟ni Rossiya Federatsiyasining “Rossiya Federatsiyasida maxsus iqtisodiy hududlar to„g„risida”gi Qonuni 2005-yil 22-iyulda №116-FQ bilan qabul qilingan. Mazkur qonun 10 ta bob, 41 ta moddadan iborat. Qonunga o„tgan vaqt davomida 21 marta qo„shimcha va o„zgartirishlar kiritilgan – 2006-yil 3-iyundan boshlab 2017-yil 18-iyulga qadar sana bo„yicha. Rossiya Federatsiyasining “Rossiya Federatsiyasida maxsus iqtisodiy hududlar to„g„risida”gi Qonuniga muvofiq 1-bob (1-5-moddalar)da umumiy holat, 2-bob (6- modda)da RF hududida MIHlarni tashkil etish va amaldagisini tugatish tartibi, 3-bob (7-8-moddalar)da MIHlarni boshqarish, 4-bob (9-11-moddalar)da MIHlar rezidentlarining huquqiy holati, 5-bob (12-21-moddalar)da sanoat-ishlab chiqarish, texnik-tadbiq etish, turistik-rektatsion faoliyat yoki port MIHlarida faoliyat amalga oshirish to„g„risida kelishuv, 6-bob (6.1 va 6.2-boblar birgina shu bobda mavjud bo„lgan) o„z kuchini yo„qotgan, 7-bob (32-35-moddalar)da MIHlar joylashgan chegaralarda er uchastkalarini taqdim etish va ko„rsatilgan yer uchastkalaridan foydalanish tartibi, 8-bob (36-37-moddalar)da MIHlar hududlarida erkin savdo hududlarining bojxona protsedurasini qo„llash, 9-bob (38-39-moddalar)da MIHlar rezidentlariga kafolatlarni taqdim etish, 10-bob (40-41-moddalar)da yakuniy holatlar aks ettirilgan. Rossiya Federatsiyasining “Rossiya Federatsiyasida maxsus iqtisodiy hududlar to„g„risida”gi Qonunining 10-bobida keltirilgan yakuniy holatlar (41-42-moddalar)ga ko„ra, Rossiya Federatsiyasi hududida tashkil etilgan MIHlarning faoliyati to„xtalishi mumkin (41-modda asosida). Biroq, (42-moddaga muvofiq) mazkur holat Kaliningrad viloyatidagi MIH to„g„risidagi Federal Qonun va Magadan viloyatidagi MIH to„g„risidagi Federal Qonun bilan tartibga solinuvchi munosabatlarga taalluqli emasligi ham qayd etib o„tilgan. Belorus Respublikasida 1998-yil 7-dekabrda “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi “213-Z-sonli Qonun qabul qilinib, mazkur qonun 6 ta bob, 27 ta moddadan iborat. Ushbu qonunda mamlakatda faoliyat ko„rsatayotgan 6 ta EIHlar (“Brest”, “Minsk”, “Gomel-Raton”, “Vitebsk”, “Mogilev” va “Grodnoinvest” EIZlari) va erkin bojxona hududlari kabilarni tartibga solish bilan bog„liq munosabatlarning huquqiy asoslarini o„zida mujassam etgan. Mamlakatda faoliyat ko„rsatayotgan 6 ta EIHning dastlabkisi (“Brest” EIZsi) 1996-yilda, so„nggisi (“Mogilev” va “Grodnoinvest” EIZlari) esa 2002-yilda tashkil etilgan. Bundan tashqari, mamlakat Prezidenti tomonidan mavjud EIHlar maydonlarini o„zgartirsh va amaldagi farmonlarga o„zgartirish va qo„shimchalar kiritish bo„yicha bir qator tegishli farmonlar qabul qilingan. EIHlarni tashkil etish uchun zaruriy hujjatlar turli davlatlarda turlicha bo„lishi mumkin. Shuningdek, ularda umumiy o„xshashlik jihatlari ham kuzatilishini ta‟kidlab o„tmoq lozim. Belorus Respublikasining 1998-yil 7-dekabrda “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi “213-Z-sonli Qonuniga muvofiq, EIHlarni tashkil etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi shart: nomi, tashkil etilishi muddati, maqsadi, turi, o„ziga xos xususiyatlari, tashkil etilish va rivojlantirish choralari ko„rsatilgan EIHni tashkil etish to„g„risidagi Belorus Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi; EIH to„g„risidagi Nizom loyihasi; EIH boshqaruvi Ustavi loyihasi; EIHni rivojlantirishga mas‟ul shaxslar va tashkilotlar, uni moliyalashtirish manbalari ko„rsatilgan holdagi dastur loyihasi; EIH joylashishi nazarda tutilgan yerning chegaralari ko„rsatilgan yer-kadastr rejasi nuxsasi; EIH joylashishi nazarda tutilgan hududda yer tarkibi, mulkdorlar, ta‟sischilar hamda ijarachilar va foydalanuvchilar ro„yxati; EIH joylashishi nazarda tutilgan hududda joylashgan faoliyat ko„rsatayotgan yuridik shaxslar va yakki tartibdagi tadbirkorlar ro„yxati; EIH turi va tegishli hududdagi maxsus ekologik va iqtitsodiy shart-sharoitlari, uning moddiy va mehnat resurslari, kommkunikatsiyalar bilan ta‟minlangganligi, shuningdek, EIHning maxsus huquqiy rejimining nazarda tutilgan xususiyatlari moliyaviy-iqtisodiy asoslangan holda tashkil etilishining zarurligi va imkoniyatlarining texnik-iqtisodiy asosnomasi. Mazkur hujjatlar to„plangandan so„ng Belorus Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan qonunchilikda o„rnatilgan tartibga muvofiq Belorus Respublikasi Prezidenti huzuriga ko„rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun kiritiladi27. Belorus Respublikasi Prezidenti barcha huquqiy asoslar va zaruriy hujjatlar to„liq mavjud bo„lgan holatda EIHni tashkil etish bo„yicha farmonni imzolaydi. Shunga o„xshash EIHlarni tashkil etish tartibi va huquqiy asoslari boshqa mamlakatlar amaliyotida ham kuzatiladi va amalga oshiriladi. |