Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
1.4-rasm. EIHlarni tashkil etishning hududiy va funksional yondashuvlariHududiy yondashuv asosida EIHlarni tashkil etishdan ko„zlangan asosiy maqsad ma‟lum mintaqaning rivojlanish muammosini hal etishdan iborat va bunda ishtirok etuvchi va taqdim etilgan imtiyozardan foydalanuvchilar bo„lib EIHdagi korxona va tashkilotlar hisoblanadi. Funtsional yondashuv asosida EIHlarni tashkil etishdan ko„zlangan asosiy maqsad iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va alohida ustuvor sohani rivojlantirishlardan iboratdir. Ushbu yo„nalishda faoliyat ko„rsatuvchilarga taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanuvchilar bo„lib joylashgan joyidan qat‟iy nazar ma‟lum turdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanadigan korxona va tashkilotlar hisoblanadilar. Tayanch iboralar:Erkin iqtisodiy hududlar, hududiy EIHlar, funksional (nuqtali) EIHlar, rezident, imtiyoz, korxona. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:Jahon amaliyotida EIHlarni tashkil qilishda ikki xil yondashuv: hududiy va funksional yondashuvga asoslaniladi. Hududiy – ajratilgan territoriyali hududlar bo„lib, u erda faoliyat yurituvchi barcha rezidentlar faoliyat turidan qat‟iy nazar xo„jalik yuritishning imtiyozli tartibidan foydalanadi. Funksional (nuqtali) – firma mamlakatning qaysi tumanida joylashishidan qat‟iy nazar tadbirkorlik faoliyatining ma‟lum ko„rinishlari uchun qo„llaniladigan imtiyozli rejimdan foydalanishi mumkin. Nazorat uchun savollar:Jahon amaliyotida EIHlarni tashkil qilishda qanday yondashuvlar mavjud? Jahon amaliyotida EIHlarni tashkil qilishda hududiy va funksional yondashuvga asoslanilanishdan maqsad nima? EIHlarni tashkil qilishda hududiy yondashuv nimalarni o„z ichiga oladi? EIHlarni tashkil qilishda funksional yondashuv nimalarni o„z ichiga oladi? EIHlarni tashkil qilishda hududiy va funksional yondashuvlarning farqi nimalardan iborat? EIHlarni tashkil qilishda hududiy va funksional yondashuvda nimalarga asoslaniladi? Tavsiya etilayotgan adabiyotlar:Бекмуродов А.Ш., Қориева Ё.К., Нематов И.У., Набиев Д.Ҳ., Каттаев Н.Т. Хорижий инвестициялар. Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2010. – 196 б. Бондарев А.К. Международние экономические отношения: Учебник/ А.И.Евдокимов, А.К.Бондарев, С.М.Дроздов; Под ред. А.И.Евдокимов. – М.: Проспект, 2013. – 656 с. Воловик Н.П. Международная практика создания специальных экономических зон. – М.: ИПЕИ, 2016. – 99 с. Мировая экономика /М.В. Пашковская, Ю.П. Господарик. – 4-е изд., перераб. И доп. – М.:Университет “Синергия”, 2017 – 768 с. Мировая экономика и международные экономические отношения. Учебник под ред. А.С.Булатова. 3-е изд., стер. – Москва: КНОРУС, 2017. – 916 с. Мотовиц Т.Г., Мотовиц Р.В. Свободные экономические зоны: становление и развитие. Монография. – Хабаровск: изд-во Тихоокеан. гос. ун- та, 2017. – 170 с. Приходко С.В., Воловик Н.П. Особие экономические зоны. – М.: ИЕПП, 2007. – 268 с. Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – 176 b. Фуршчик М.А., Шутова А.В. Особие экономические зоны: опыт и перспективы. – М.: Медиа Инфо Групп, 2014. – 216 с.
|