Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
Tayanch iboralar:Erkin iqtisodiy hududlar, qonun, huquqiy asos, xorijiy investitsiya, imtiyoz, preferensiyalar, texnologiya, ishlab chiqarish. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:Jahon amaliyotida EIHlar faoliyatini huquqiy tartibga solish maxsus qonun hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Bunda har bir mamlakat xalqaro xuquqiy me‟yorlarga amal qilgan holda EIHlar faoliyatini tartibga solib boradi. EIHlarni tashkil etish va faoliyatini huquqiy tartibga solish bo„yicha dastlabki rasmiy qonuniy hujjat birini bo„lib 1934-yilda AQShda qabul qilingan. Shuningdek, Xitoyda EIHlar faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish bo„yicha shu kunga qabar maxsus qonun hujjati mavjud bo„lmagan. Bu esa EIHlar faoliyatini maxsus qonun hujjati bo„lmagan taqdirda ham tartibga solish mumkinligini ko„rsatadi. EIHlar faoliyatini maxsus qonun hujjati bo„lmagan taqdirda boshqa hududlar vqa ularda faoliyat ko„rsatuvchi xo„jalik subyektlariga oid qonun hujjatlari bilan, shuningdek, EIHlar faoliyatiga doir alohida me‟yoriy hujjatlar bilan ham tartibga solib turish mumkin. Buni Xitoy tajribalari tasdiqlay oladi. Nazorat uchun savollar:EIHlarni tashkil etish va faoliyatini yo„lga qo„yishning huquqiy asoslarini yaratishdan maqsad nima? EIHlarni tashkil etish va faoliyatini yo„lga qo„yishda dastlabki qonun hujjati qachon va qaysi davlatda qabul qilingan? EIHlarni tashkil etish va faoliyatini yo„lga qo„yishning maxsus qonun hujjati bo„lmagan davlat qaysi? EIHlarni tashkil etish va faoliyatini yo„lga qo„yishning maxsus qonun hujjati bo„lmagan taqdirda davlat EIHlar faoliyatini tarday tartibga solib turadi? Rossiya Federatsiyasida EIHlarni tashkil etish va faoliyatini yo„lga qo„yishning huquqiy asosi qachon qabul qilingan? Belorus Respublikasida EIHlarni tashkil etish va faoliyatini yo„lga qo„yishning huquqiy asosi qachon qabul qilingan?
uchun zaruriy hujjatlar 1973-yil imzolangan Kiota konvensiyasida EIHlarning qanday hudud ekanligi va uning ta‟rifi nimani ifodalashiga aniqlik kiritilgan bo„lsa-da, biroq, erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va kengaytirish uni tartibga solishni ham taqozo etishi nuqtai nazaridan xalqaro darajada umumqabul qilingan standartlar hali ham mavjud emasligi bu sohadagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Kiota konvensiyasining maxsus D Ilovasi EIHlarni tashkil etish va faoliyat olib borish masalalarini tartibga solish, EIH hududida maxsus bojxona rejimini qo„llash borasida milliy qonunchilikka tartibni mustaqil o„rnatish huquqini beruvchi umumiy yondashuvlarni belgilab beradi. Shunga ko„ra, har bir davlat milliy qonunchiligida EIHlarga tegishli talablar belgilab beriladi, ularda ruxsat etilgan tovarlar turlari, ularning EIHlarda joylashgan vaqtida amalga oshiriluvchi operatsiyalar tavsifi belgilab beriladi. EIH ta‟sischisi-davlatning bojxona xizmati EIHning muvofiqligiga mos faoliyatini bojxona nazoratidan o„tkazib boradi. EIHlarga kiritilgan tovarlarga nisbatan ularni saqlash, qodaqlanishini yaxshilash yoki bozor sifatini oshirish maqsadida qayta ishlov berish yoki ularni jo„natish uchun tayyorlash maqsadida partiyalarga ajratish, qadoqlashni guruhlash, saralash va makalash, shuningdek, qayta qadoqlash kabilarga ham ruxsat etiladi. Bu kabi munosabatlar EIHlar faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda zaruriy huquqiy asosga jiddiy ehtiyojni keltirib chiqaradi. Shu sababdan xalqaro miqyosda EIHlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo„yicha bugungi kunda xalqaro standartlarning mavjud emasligi sababli har bir davlat o„z milliy qonunchiligi asosida EIHlar faoliyatini tartibga solib va rivojlantirib boradi. Bunda EIHlar faoliyatiga doir masalalarda xalqaro amaliyot va kelishuvlarga amal qilinishining ko„zda tutilgan bo„lishi EIHlar rivojida, xususan, ularga tadbirkorlar, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan O„zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonunining 2-moddasida erkin iqtisodiy zonalar to„g„risidagi qonun hujjatlari masalalari o„z aksini topgan. Ushbu moddada belgilanishiga ko„ra, erkin iqtisodiy zonalar to„g„risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O„zbekiston Respublikasining erkin iqtisodiy zonalar to„g„risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo„lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo„llaniladi. EIHlar faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish masalalari bo„yicha xorijiy davlatlar tajribalarini o„rganish ularda dastlabki EIHlar tashkil etilishi, rivojlanishi, ular faoliyatining qonunchilik asosida tartibga solinishi bo„yicha muayyan bilim, tasavvur va tushunchalarni hosil qilishga imkon beradi. EIHlarni tashkil etishda xalqaro konvensiyalarga amal qilish EIHlarni tashkil etgan davlatlar milliy qonunchiligida ham o„z aksini topishida namoyon bo„lishini taqozo etadi. Bundan ko„zlangan maqsad xalqaro me‟yorlarga muvofiqlikni ta‟minlash va xalqaro xavfsizlikni saqlashga amal qilishdan iboratdir. Shunga ko„ra, EIHlarni tashkil etgan har bir davlat Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmiga ham amal qilishi talab etiladi. Bu esa EIHlarda Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni ta‟minlashni ham nazarda tutadi. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi O„zbekiston Respublikasi hududida, mulkchilik shakllaridan qat‟iy nazar, yuridik shaxslar tomonidan xorijiy investorlarni jalb etgan holda jahon bozorida chiqindilar chiqarishning sertifikatlangan qisqartirishlarini sotib olishni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun asos yaratadi. Kioto Protokoli – Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o„zgarishi to„g„risidagi Hadli Konvensiyasi (IO„HK) 1997-yil 11-dekabrda qabul qilingan, O„zbekiston Respublikasi tomonidan 1999-yil 20-avgustda ratifikatsiya qilingan va 2005-yil 16-fevraldan boshlab kuchga kirgan bo„lib, “parnik effekti”ni hosil qiluvchi gazlarni atmosferaga chiqarishni qisqartirish mexanizmlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son Qaroriga muvofiq Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi bo„yicha (MRM) Idoralararo kengash tashkil etilgan. O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi bo„yicha Milliyorganhisoblanadi. Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o„z ichiga oladi. Birinchi bosqichda loyiha tashabbuskori tomonidan MRM Milliy organiga yozma ariza kiritiladi, arizaga MRM bo„yicha nazarda tutilayotgan investitsiya loyihasi to„g„risidagi umumiy axborot ilova qilinadi. Loyiha bo„yicha buyurtmanoma O„zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo„mitasi bilan kelishiladi. Zarurat bo„lganda, loyiha bo„yicha buyurtmanomaga kiritish uchun MRM Milliy organi tomonidan loyiha bo„yicha qo„shimcha axborot va hujjatlar so„rab olinishi mumkin. MRM Milliy organi loyiha bo„yicha buyurtmanoma taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda loyihani MRM doirasida barqaror rivojlanish milliy mezonlariga muvofiq amalga oshirish mumkinligini ko„rib chiqadi. Loyihani MRM doirasida amalga oshirish mumkinligi to„g„risidagi masala ijobiy ko„rib chiqilgan taqdirda MRM Milliy organi Idoralararo kengashga loyiha bo„yicha buyurtmanomani ma‟qullash uchun loyihani amalga oshirish mexanizmi bo„yicha xulosa hamda loyihani amalga oshirish uchun investor tanlash bo„yicha tanlov hujjatlariga asosiy talablar bilan birga kiritadi. Idoralararo kengash taklifni taqdim etilgan hujjatlar asosida ko„rib chiqadi va loyihani amalga oshirish mumkinligi to„g„risida yohud loyihani puxtalashtirish zarurligi to„g„risida qaror qabul qiladi. Loyihani amalga oshirish mumkinligi to„g„risida qaror qabul qilingan taqdirda Idoralararo kengash tomonidan, zarurat bo„lganda, ayni bir vaqtda investor tanlash bo„yicha tanlov komissiyasi tarkibi, tanlovni o„tkazish muddatlari va loyihani amalga oshirish uchun investor tanlash bo„yicha tanlov hujjatlariga talablar tasdiqlanadi. Idoralararo kengash tomonidan loyihani amalga oshirish to„g„risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda MRM Milliy organi uch kun muddatda loyiha tashabbuskorini rasmiy ravishda xabardor qiladi, xabarnomada loyihani amalga oshirishning tavsiya etilayotgan mexanizmini hamda loyihani amalga oshirish uchun investor tanlash bo„yicha tanlov hujjatlariga asosiy talablarni ko„rsatadi. Loyihani xalqaro moliya institutlari orqali amalga oshirish mexanizmini tanlashda loyiha-texnik hujjatlarni (LTH) tayyorlash, investorlarni, vakolatli operativ organlarni va chiqindilarning sertifikatlangan qisqartirishlari xaridorlarini tanlash tegishli xalqaro moliya institutlari tomonidan belgilangan tartibotlarga muvofiq amalga oshiriladi. MRM Milliy organi tomonidan tanlov asosida tanlab olish zarurligi ko„rsatilgan taqdirda loyiha tashabbuskori loyihani amalga oshirish uchun Idoralararo kengash tomonidan belgilanadigan muddatlar va talablarga muvofiq investor tanlash bo„yicha tanlov e‟lon qiladi. Ikkinchi bosqichda tashabbuskor tomonidan MRM Milliy organiga yozma ariza kiritiladi, unga quyidagilar ilova qilinadi: muzokaralar davomida erishilgan dastlabki va yakuniy qiyosiy jadvallar, loyiha tashabbuskori tomonidan tanlangan taklif ko„rsatilgan holdagi tanlov qatnashchilari takliflari; MRM tartibotlariga muvofiq ishlab chiqilgan rus va ingliz tillaridagi loyiha- texnik hujjatlar; loyihani amalga oshirishning oylar bo„yicha jadvali; Gidrometeorologiya xizmati markazining loyiha bo„yicha ijobiy xulosasi; O„zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo„mitasining loyiha bo„yicha ijobiy ekologik xulosasi. Quyidagilar Idoralararo kengash tomonidan loyihani baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi: loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va samaradorligi; loyihaning ekologiya talablariga muvofiqligi; texnologik asbob-uskunalarning zamonaviy sifat standartlariga muvofiqligi. Idoralararo kengash ikki hafta muddatda takliflarni taqdim etilgan hujjatlar asosida ko„rib chiqadi va loyihani amalga oshirishning mumkinligi to„g„risida qaror qabul qiladi. MRM bo„yicha loyiha amalga oshirilishi mo„ljallanayotgan investitsiya loyihasiga qo„shimcha deb hisoblangan taqdirda asosiy investitsiya loyihasini tayyorlash va ekspertizadan o„tkazish tartibi ana shunday loyihalar uchun tadbiq etiladigan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Asosiy investitsiya loyihasi bo„yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash tasdiqlangungacha yohud O„zbekiston Respublikasi va Xalqaro moliya institutlari o„rtasida o„zaro hamfikrlik to„g„risidagi memorandum imzolangungacha loyiha bo„yicha buyurtmanoma berish bosqichida MRM bo„yicha loyiha komponentini amalga oshirish yuzasidan Idoralararo kengashning ijobiy qarorini olish zarur. Idoralararo kengashning loyihani amalga oshirish to„g„risida ijobiy qarori qabul qilingan taqdirda MRM Milliy organi loyiha tashabbuskorini rasmiy ravishda xabardor qiladi va IO„HK Ijro etuvchi kengashiga loyiha bo„yicha ma‟qullash xati jo„natadi. MRM Milliy organidan ma‟qullash xati olingandan keyin MRM loyihasi tashabbuskori validatsiya (loyihani tasdiqlash to„g„risidagi qaror) qilish va keyinchalik loyihani IO„HK Ijro etuvchi kengashida MRM tartibotlariga muvofiq ro„yxatdan o„tkazish uchun tegishli Vakolatli organni tanlash bo„yicha mas‟ul hisoblanadi. Loyiha-texnik hujjatlar ekspertizadan ijobiy o„tkazilganda va Vakolatli operativ organ tomonidan tasdiqlanganda loyiha tashabbuskori Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga MRM loyihasini amalga oshirish to„g„risida Hukumat qarori loyihasini kiritadi. MRM loyihasi tashabbuskori shuningdek, chiqindilar chiqarishning kamayishi monitoringi, MRM talablariga muvofiq chiqindilar chiqarishning qisqarishini tasdiqlash va sertifikatlash bo„yicha tadbirlarning bajarilishi uchun javob beradi. Musaffo rivojlanish mexanizmi bo„yicha investitsiya loyihalariga nisbatan qo„llanadigan Barqaror rivojlanish milliy mezonlari quyidagi 2.1-rasmda aks ettirilgan. |