Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
Erkin iqtisodiy hududlarni alohida mezonlari bo‟yicha tasniflashMilliy iqtisodiyotning integratsiyalanganligi bo‟yicha Tashkiliy usuli bo„yichaEgalik turiga qarab Funktsional maqsadiga ko„raAnklav Hududiy Davlat Savdo Integratsiyalash- gan Funktsional Xususiy Savdo ishlab chiqarish Aralash Texnik-tadbiq etish 3.1-rasm. Erkin iqtisodiy hududlarning alohida mezonlari bo„yicha tasnifiXizmat ko„rsatuvchi hududlar Kompleks hududlar Tashkil etish usuliga qarab ikki turdagi hududlar farqlanadi: hududiy va funksional EIHlar. Hududiy – ajratilgan teritoriyali hududlar bo„lib u yerda faoliyat yurituvchi rezident kompaniyalar faoliyat turidan qattiy nazar xo„jalik yuritishning imtiyozli tartibidan foydalanadi. Funksional – imtiyozli tartib hududi bo„lib, ma‟lum turdagi faoliyatga qo„llaniladi uning xususiyatlari 1-bobning 1.6-paragafida alohida keltirib o„tilgan. Egalik turiga (mulk shakliga) qarab EIHlarni davlat, xususiy va aralash turlariga bo„lish mumkin. Jahon amaliyotida eng ko„p qo„llaniladigan egalik shakli bu aralash turdagi EIHdir. Biroq, keyingi vaqtlarda mahalliy yoki chet el xususiy kapitali borgan sari kattaroq rol o„ynamoqda va EIHda xususiy mulkning ulushi ortmoqda. Bu tendensiya nainki rivojlangan davlatlarda balki rivojlanayotgan mamlakatlarda va o„tish iqtisodiyotili mamlakatlarda yorqin namoyon bo„lmoqda. Ko„pchilik EIHlarda davlatga faqatgina yer va infratuzilma obyektlari tegishli bo„lib asosiy xo„jalik subyektlari sifatida mahalliy va chet el xususiy kompaniyalar faoliyat yuritadi. Shuni ham takidlab o„tish joizki, keyingi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy EIHlar tashkil etilayaptiki ko„pchilik infratuzilma obyektlarini tashkil etishni va hududni boshqarishni o„z zimmalariga olmoqdalar. Shunday qilib davlat egaligi bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda va shuningdek, Xitoy, Vetnam va Markaziy Yevropaning o„tish iqtisodiyotili b‟azi-bir mamlakatlarida katta rol o„ynasada, EIHlarni rivojlanishida xususiy mulk, xususiy kapital borgan sari yetakchi rol o„ynamoqda. Funksional vazifasiga qarab EIHlarni quyidagi turlarini farq etish mumkin: Savdo hududlari. Savdo-ishlab chiqarish hududlari. Texnik-tadbiq etish hududi. Xizmat ko„rsatuvchi hududlar. Kompleks hududlar. Quyidagi paragarflarda ularning mazmuni, xususiyatlari, faoliyat mexanizmi va asosiy yo„nalishlarini ko„rib chiqamiz. Shuni ham qayd etib o„tish lozimki, bir qator ilmiy adabiyotlarni o„rganish asosida EIHlarni tasniflash asosida quyidagi turlarga ajratilishini kuzatish mumkin: |