Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
2.2-jadval.O„zbekistonda hududlarning yetakchi tarmoqlari va potensial investitsiya takliflari32
32 O„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo„mitasi ma‟lumotlari asosida ishlab chiqildi.
O„zbekistonda EIHlarni rivojlantirishda chet el investitsiyalarni ushbu jarayonga faol jalb qilishga ustuvor ahamiyat berilmog„i lozim. EIHlarning mamlakatning iqtisodiy o„sishiga erishishidagi ishtirokini oshirishda, ish bilan bandlik, mahalliy xomashyolarga tayangan holda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va xorijga eksport qilish, mamlakatning valyuta va to„lov balansini mustahkamlash, tashqi savdo, innovatsion texnologiyalar bo„yicha aloqalarini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar, jumladan, to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni EIHlarga jalb etish hajmini yanada ko„paytirish, ular yo„nalishini va tuzilmasini to„g„ri tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalash uchun taklif etilayotgan loyihalar, shunday ishlab chiqarish turlari va korxonalari tezda o„zini qoplab, yuqori darajada iqtisodiy va texnologik samara keltirishiga erishish lozim. Bunday holatda investitsiyaning tezda qaytarilishi va qanchalik samaradorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu investistion jarayonni jonlantirish uchun turtki berish, keyinchalik esa investitsiyalash uchun afzal tarmoqlar va xo„jalik yuritish subyektlarini tanlashga imkoniyat yaratish mumkin. O„zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi hududlarda qulay investitsiya muhitini, bir qator makroiqtisodiy omillarini keskin darajada kuchaytirilishini taqozo etadi. Bu sohada ro„y berayotgan jarayonlar voqealarning shiddatli almashinuvi bilan izohlanadi. Hududlarning iqtisodiy o„sishini va qulay investistion muhitni yaratish va qo„llab-quvvatlash, jadallashtirishda hal qiluvchi rolni ishlab chiqarish investitsiyalari o„ynashi kerak. EIHlar hududlarning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda uni yanada rivojlantirishga xizmat qilmog„i lozim. Faqat investitsiyalar bazasidagina asosiy kapitalni yangilash hamda shu asosda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va sifatini yaxshilash evaziga mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin. Bunda EIHlar muhim omil bo„lib xizmat qiladi. |