Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница19 из 142
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   142

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, qonun, huquqiy asos, farmon, qaror, me‟yoriy hujjat, Ma‟muriy kengash, Direksiya, mulk, mehnat shartnomasi.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. O„zbekiston Respublikasida EIHlar faoliyati O„zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi 220-I-sonli Qonuni bilan tashkil etiladi, tartibga solinadi va muvofiqlashtiriladi. Shuningdek, boshqa qonun hujjatlari yordamida ham tartibga solib boriladi.

  2. O„zbekistonda amaldagi qonunchilikka muvofiq erkin savdo zonalari erkin ishlab chiqarish zonalari va erkin ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tashkil etilishi mumkin. Mazkur EIZlar faoliyatini Ma‟muriy kengash nazorat qilib boradi hamda Direksiya o„z vakolati doirasida uni ta‟minlashga xizmat qiladi.

  3. “EIZlar O„zbekiston Republikasi Prezidenti Qarori bilan tashkil etiladi hamda ular faoliyati Vazirlar mahkamasi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.



Nazorat uchun savollar:


  1. O„zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuni qachon tashkil etilgan?

  2. O„zbekiston Respublikasida EIHlar faoliyati qanday qonun hujjati asosida tashkil etiladi va amalga oshiriladi?

  3. O„zbekiston Respublikasida EIHlar faoliyati yana qanday qonun hujjatlari asosida muvofiqlashtirib boriladi?

  4. O„zbekiston Respublikasida EIHlar faoliyati qanday me‟yoriy hujjat asosida tashkil etiladi?

  5. O„zbekiston Respublikasida EIHlar faoliyati qanday organ tomonidan muvofiqlashtirib boriladi?

  6. O„zbekiston Respublikasida EIHlarda yuridik shaxslardan ro„yxatdan o„tkazilishi va faoliyat yuritishi tartibi nimalardan iborat?



    1. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishda vujudga keladigan turli muammolar va ularni hal qilishning asosiy yo„nalishlari


Erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish jamiyatning turli doiralarida bunday hududlarni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi, ularning vazifalari va maqsadlari, joylashtirish mintaqalari va boshqalar to„g„risida qizg„in bahslarni keltirib chiqaradi. Ushbu muhokamalar tabiiy, zaruriy va mamlakat hayotidagi yangi hodisani tasdiqlash jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Ilg„or siyosiy va ijtimoiy tashkilotlar, hukumat, alohida siyosiy arboblar va ishbilarmonlik doiralari vakillari tomonidan qo„llab-quvvatlash mamlakatda erkin iqtisodiy hududlar konsepsiyasiga ham hayotiylik, ham ishchanlikni bag„ishlashi mumkin.

Istalgan tashkil etilayotgan EIH ishlab chiqilgan kompleks rivojlanish rejasiga, ya‟ni barcha xo„jalik obyektlarini rivojlantirish, iqtisodiy aloqalarda teng huquqli ishtirok etuvchi xar xil mulkchilik (davlat, kooperativ, aksiyadorlik, qo„shma, yakka tartibdagi) shakllariga asoslangan yangi ishlab chiqarish munosabatlarini vujudga keltirish rejasiga ega bo„lishi zarur. Dasturning asosiy maqsadi davlat, tijorat va xorijiy kapitaldan, aholi mablag„laridan kompleks foydalanish, ishbilarmonlik, moliyaviy va huquqiy tuzilmalarni faollashtirish asosida zonani dinamik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishdan iborat bo„lishi zarur28.

1991-yilda tashkil etilgan EIH Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasining (EIHXRA

  • MARSEZ)ning ta‟sis etilishi EIHlarni boshqarish, qonuniy-me‟yoriy baza va





28 Абдурахманов К.Х., Абдуллаев А.М., Дадабаев Ш.Х. Региональная экономика и управление. Т.: 2007. С. 739.

moliyaviy-xo„jalik infratuzilmasini yaratish, loyihalarni amalga oshirish usullarini ishlab chiqish tashabbuslarini qo„llab-quvvatlashda katta ahamiyatga ega bo„ldi. EIHXRA – MARSEZ rahbarlarining fikriga ko„ra, EIHlarni tashkil etish va yaxshi faoliyat yuritishi uchun quyidagi dastlabki shart-sharoitlarni ta‟minlash zarur:

    • katta kapitalga ega, o„z zimmasiga zonani yaratish dasturining ijrosi uchun to„liq moddiy mas‟uliyatni oluvchi yirik aksiyadorlik jamiyatlarining (davlat kapitali ishtirok etgan) mavjudligi;

    • zonani rivojlantirish vazifalarini hal etish uchun zaruriy hajmda valyuta tushumlarini jalb qilishni ta‟minlovchi maxsus garov-sug„urta investitsion fondi (sug„urta jamiyati)ni tashkil qilish;

    • zona budjetini shakllantirishni ta‟minlovchi, budjet va kredit mablag„larini ishlatilishini nazorat qiluvchi, Davlat budjeti bilan o„zaro munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi zona Markaziy bankini yaratish;

    • mintaqaviy va davlat darajalarida maxsus zonaviy qonunchilikni ishlab chiqish; ushbu qonunchilik hujjatlari zonada soliqqa tortish, litsenziyalash, bank faoliyati, garov huquqi, konsessiyalarni taqdim qilish, mehnat va ijtimoiy masalalarni tartibga solishi zarur;

    • zona rahbariyati (masalan, zona kengashi) va mahalliy (mintaqaviy) hokimiyat organlari o„rtasida funksiyalarni ajratish, ular o„rtasida mulkka egalik va uni taqsimlash, narxni shakllantirish masalalarini xal qilish, soliqqa tortish, litsenziyalash, turli imtiyozlarni taqdim etish tartibi muammolari bo„yicha shartnomaviy munosabatlarni o„rnatish (qabul qilish);

    • respublika organlari tomonidan aniq iqtisodiy zonalarni rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash, ushbu dasturlarda EIH tomonidan respublika manfaatlari nuqtai nazaridan hal etiluvchi masalalar ko„zda tutiladi, davlat kapital qo„yilmalari va subsidiyalari hajmi aniqlanadi, imtiyozlar va ularni olish muddatlari o„rnatiladi;

    • mintaqaviy va mahalliy hokimiyat tuzilmalari tomonidan o„zlari ega bo„lgan ma‟lum bir huquqlarni, eng avvalo moliyaviy-xo„jalik faoliyat sohasidagi huquqlarni erkin iqtisodiy hududlarni boshqarish organlariga, shuningdek, zonalarda joylashgan alohida ishlab chiqarishlar, korxonalar, firmalarga topshirilishi.

EIHlarni tashkil etishda ularning ishtirokchilari – xorijiy va milliy investorlar to„g„risidagi masalani hal etish muhim hisoblanadi. Aynan ishtirokchilar tarkibi mamlakat iqtisodiy hayotida ushbu yangi xo„jalik yuritish shaklining muvaffaqiyatini yoki omadsizligini belgilab beradiki, ular, eng avvalo, hududlarga sarmoya kiritmoqchi bo„lgan investorlarning reaksiyasiga bog„liq. Jahon tajribasini tahlili ko„rsatishicha, EIHlarning loyihachilari, nafaqat, xorijiy va milliy investorlar uchun rag„batlantiruvchi omillarning farqlanishi bilan bog„liq qiyinchiliklarga, balki bunday rag„batlantirishlarning teskari, ba‟zan esa o„zaro qarama-qarshi tavsifi bilan bog„liq murakkabliklarga ham duch keladilar. Xorijiy sarmoyador uchun asosiy rag„bat bo„lishi mumkin bo„lgan holat (masalan, ichki bozorga chiqish imkoniyati) milliy sarmoyadorlar uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo„lishi mumkin.

EIHlarni tashkil etuvchilarning faoliyatini murakkablashtiruvchi yana bir omil shundan iboratki, ular, xorijiy va milliy investorlar tomonidan rag„batlar va qiziqtiruvchi sabablar har xil tushunilishi mumkinligini tasavvur eta olmaydilar.

Masalan, hududlarda yaxshi rivojlangan infratuzilma mahalliy investorlar uchun kapital qo„yilmalar kiritish uchun katta rag„batlantiruvchi kuchga ega bo„lishi mumkin, xorijiy investor uchun esa bunday “rag„bat” zonaga investitsiyalarni kiritish bo„yicha qaror qabul qilishning majburiy dastlabki sharti bo„lib hisoblanadi. Bunda xorijiy investor uchun boshlang„ich qadam bo„lib, hududdagi infratuzilma darajasi emas, balki, o„z mamlakatida yoki boshqa xorijiy mamlakatlardagi infratuzilma darajasi va sifati hisoblanadi. Mahalliy investorlar ma‟lum bir aniq zonada tashkil etilgan shart-sharoitlarni juda ilg„or va texnik jihatdan zamonaviy deb (masalan, boshqaruv tizimi) qabul qilishlari mumkin bo„lsa, ayni vaqtda xorijiy investorlar ancha keskin qarashlarga ega bo„lishi mumkin. Ushbu ziddiyat yengib bo„lmas holat bo„lib, zonalar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda uni e‟tiborga olish zarur29.

Bugungi kunda O„zbekistonda EIZlarni tashkil etish borasida muayyan tajribalar to„panilgan va orttirilgan. Biroq, mavjud yaratilgan shart-sharoitlar va ulardan foydalanish darajalari o„zaro bir-biriga muvofiq emasligi EIZlar rivoji va samaralarini kutilganidek ta‟minlash imkonini bermayapti. Bunga bir qator o„ziga xos muammolar ta‟sir ko„rsatishini keltirib o„tish mumkin. Xususan:

    • milliy iqtisodiyotning dunyo mamlakatlarining jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi jarayonidagi kabi faol emasligi, bunga, eng avvalo, iqtisodiyotning ochiqligi bugungi kun talabi darajasida ta‟minlanilmaganligi ta‟sir ko„rsatishi;

    • milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashda EIZlar ishtiroki imkoniyatlaridan to„la foydalanilmayotganligi, bunga soliq imtiyozlari va preferensiyalarining yaratilganligining o„zi yetarli bo„lmasligi amaliy o„z tasdig„ini topganligi;

    • EIZlargi ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishdagi faollikning sustligi, bunga JIZ direksiyasi, mahalliy hokimlik va vazirliklar, tegishli davlat tashkilotlarining tashabbuslari va amaliy harakatlari juda sust holda bo„lib kelganligi salbiy ta‟sir ko„rsatganligi;

    • EIZlar jozibadorligi va uni oshirishning o„zi bilan EIZlarga investitsiyalarning kirib kelishi faollashmasligi, bunda EIZ joylashgan viloyat va mamlakat iqtisodiyoti jozibadorligi, bozor va boshqa infratuzilmalarning mavjudligi, qulayligi va rivojlanganligi kabilarning ham jiddiy ta‟sir ko„rsatishini inobatga olish zarurligi;

    • EIZ rivojida mamlakat kredit reytingining yuritilishi va uning ijobiyligini ham ta‟minlashning zarurligi;

    • valyuta konvertatsiyasi va tashqi savdo balansi, tashqi qarz kabilarning ham ijobiy hal etilganlik holati;

-mamlakat eksport salohiyatini o„stirish imkoniyatlari, asoslari va unda EIZlarning tutgan o„rnini oshirishga qaratilgan islohotlarning samaradorligi va shu kabilarni keltirib o„tish mumkin.

1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   142


написать администратору сайта