Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница29 из 142
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   142

3.7-rasm. Dunyo portlarining Top-10 taligi reytingi43



E‟tiborli tomoni shundaki, dunyo portlarining Top-10 taligi reytingida barcha portlar Osiyo mamlakatlari (Xitoy – 7 ta, Singapur, Janubiy Koreya va BAA – 1 tadan) portlari egallaganligini ko„rish mumkin. Top-20 talikning 16 tasida Osiyo mamlakatlari portlari o„rin olganligi ham e‟tiborga molikdir.

Mana shu kabi imtiyozlar berilgan ekan, erkin portlarda o„z tadbirkorlik faoliyatingizni yuritishingiz mumkinki, bunda biror-bir faoliyatga investitsiya kiritish foydadan holi emas, albatta. Agar hozirgi texnika taraqqiyoti davrida aynan shu sohaga investitsiyalar kiritilsa, u o„z samarasini bermasdan qolmaydi.

Eng sodda erkin savdo hududiga maxsus bojxona to„lovlarisiz savdo do„konlarini (“dyuti fri”) kiritish mumkin. Bojxona tartibi nuqtai nazaridan ular xuddi mamlakat chegarasidan tashqaridagidek ko„riladi. Bu erda amal qiluchi bojxona rejimiga ko„ra, tovarlar bojxona to„lovi va soliqlar olinmagan holda sotiladi. Bunday do„konlarda tovarni faqatgana chakana usulda va faqatgina chet elga chiqib ketayotgan jismoniy shaxslarga sotish ruxsat etiladi.

Bojsiz savdo do„konlari boj olinmaydigan savdo do„konlari deb ham nomlanib, tovarlarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablariga va shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida realizatsiyaqilish uchun mo„ljallangan savdo obyekti hisoblanadi. Boj olinmaydigan savdo do„konining hududi savdo zallarining, yordamchi binolarning va do„kon omborining hududlarini o„z ichiga oladi.




Dunyodagi birinchi bojxona to„lovlarisiz savdo magazini 1947-yilda Shennon aeroportida (Irlandiya) tashkil etilgan bo„lib, unda farang atir upalari, irland kiyim kechaklari va boshqa kam hajmli tovarlar sotilgan. O„sha davrdan beri bunday savdo tizimi keng tarqaldi. Sotish hajmi bo„yicha eng katta bojxona to„lovlarisiz savdo markazlari bu Amsterdam, Dubay va Singapurdir.

Boj olinmaydigan savdo do„konining ishlashini ta‟minlash uchun zarur O„zbekiston tovarlariga boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi qo„llanilmaydi.

Boj olinmaydigan savdo do„konlari ikki turga bo„linadi:

  1. bojxona hududiga kirib kelayotgan va bojxona hududidan tashqariga chiqib ketayotgan jismoniy shaxslarga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki O„zbekiston tovarlarini O„zbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga, shu jumladan, joyning o„zida iste‟mol qilish uchun chakana sotishga mo„ljallangan, O„zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o„tadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do„koni;

  2. chet davlatlarning O„zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu tashkilotlarning chet ellik xodimlariga, shuningdek, ular bilan birga yashaydigan va O„zbekiston Respublikasi fuqarosi bo„lmagan oila a‟zolariga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini O„zbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga mo„ljallangan, O„zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo do„koni.

Savdo hududlarining yana bir turi erkin omborlar hisoblanib, erkin ombor maxsus jihozlangan va belgilangan joy bo„lib, u tovarlarni erkin ombor bojxona rejimida bojxona nazorati ostida saqlash uchun mo„ljallangan binolar hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni o„z ichiga oladi.

Erkin omborning ishlashini ta‟minlash uchun zarur O„zbekiston tovarlariga erkin ombor bojxona rejimi qo„llanilmaydi.

Boshqa tovarlarga zarar etkazishi mumkin bo„lgan yoki alohida saqlash sharoitlari talab etiladigan tovarlar bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoki erkin omborning bir qismi bo„lgan alohida binolarda qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioyaqilingan holda saqlanishi kerak.

Odatda, savdo hududlari bojxona anklavi sifatida tashkil etiladi. Savdo hududidagi korxonalar uning hududidan tashqaridagi korxonalar bilan bog„liq emas va ularning mahsuloti eksport uchun muljallangan bo„ladi. Savdo hududlarining davlat bilan bo„lgan munosabati valyuta tushimlaridan to„lov va ijara haqi bilan chegaralanadi, hududdan tashqaridagi korxonalar bilan munosabatlar esa tashqi savdo shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   142


написать администратору сайта