Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница30 из 142
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, erkin savdo hududi, erkin bojxona hududi, omborxona hududlari, erkin portlar va bojsiz savdo do„konlari, boj, tovar, savdo, eksrort, import.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. Savdo hududlari EIHlar avlodining dastlabkisi sifatida yuzaga kelib, bugungi kunda ham yangi turlarining paydo bo„lishi va faol rivojlanishi bilan alohida ajralib turadi. Savdo hududlari boshqa turdagi EIHlardan farqli ravishda eng uzoq tarixga va ko„p bosqichli rivojlanishga ega EIH hisoblanadi.

  2. Savdo hududlarining rivojlanishi boshqa turdagi EIHlarning rivojlanishini ham rag„batlantiradi, shuningdek, ularning rivojlanish daraajasini ham ko„rsatib turadi. Boshqa turdagi EIHlarga nisbatan savdo hududlarining barcha turlarini har bir mamlakatda tashkil etish mumkin, qulay va samaralidir.

  3. Savdo hududlari turlari o„ziga xos funksiyalarni bajarib, milliy va jahon iqtisodiyoti rivoji va o„zaro integratsiyasini ta‟minlashning muhim va xalqaro vositasi hisoblanadi.



Nazorat uchun savollar:


  1. Savdo hududlarini tashkil etishdan maqsad nima?

  2. Savdo hududlarining qanday turlari mavjud?

  3. Savdo hududlarining eng faol rivojlanishda bo„lgan turlarini aytib bering va uning sabablarini izohlang.

  4. O„zbekistonda savdo hududlarining qanday turlari tashkil etilgan va ular faoliyatiga qanday baho berasiz?

  5. Savdo hududlarining qaysi turi eng qadimiy va eng zamonaviy EIH hisoblanadi?

  6. Savdo hududlarining tashkil etilishi va rivojlanishiga qanday muammolar salbiy ta‟sir ko„rsatadi?



    1. Savdo-ishlab chiqarish hududlari va ularning xususiyatlari



Savdo-ishlab chiqarish hududlari ikkinchi avlod hududlariga kiradi. Ular savdo hududlarining evolyutsiyasi natijasida paydo bo„ldilar: ular uchun ajratilgan hududga faqatgina tovarlar emas, balki, kapital ham kiritilib, ular faqatgina savdo bilan emas, balki, ishlab chiqarish bilan ham shug„ullana boshlaganlaridan buyon yuzaga keldilar.

Ular, o„z navbatida, qaysi bozor turi ko„proq namoyon bo„lishidan kelib chiqqan holda quyidagilarga bo„linadilar:

  • import o„rnini bosish hududlari (mahsulot mamlakat ichki bozorida iste‟mol qilishga muljallangan);

  • eksport hududlari (mahsulot tashqi bozorga yunaltirilgan);

  • eksport-import o„rnini bosish hududlari (aralash ta‟minot).

Savdo-ishlab chiqarish hududlari maxsus bojxona tartibiga ega bo„lgan hududlarda tuziladi va ular katta soliq va moliyaviy imtiyozlardan foydalanadilar. Odatda, tayyor kiritilayotgan tovarlar, xomashyo va materiallar ustidan nazorat minimal hajmda bo„ladi va ular ustidan nazorat bilan cheklaniladi. Bunday olib kirish, kiritish bojlari va soliqlardan ozod qilinadi (bojxona shaxodatnomasi uchun

to„lovdan tashqari). Savdo-ishlab chiqarish hududlarida yaratilgan tovarlarni uchinchi mamlakatlarga chiqarish bu mamlakatlar uchun oddiy import bo„lib, improt qiluvchi mamlakatda amal qiluvchi qoida va tartiblar asosida amalga oshiriladi. Bojxona tartibi va kiritish bojxona to„lovlari mahalliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi. Tovar va xizmatlarni EIH joylashgan mamlakatga yetkazib berish ushbu mamlakatning bojxona qonunchiligiga mos ravishda amalga oshiriladi, ya‟ni savdo- ishlab chiqarish hududidan kiritilayotgan tovar bojxona tozalash amaliyotini belgilangan bojxona to„lovlari to„lash bilan amalga oshiriladi. Agar yetkazib berilayotgan mahsulot qiymatining bir qismi mahalliy xomashyo va materiallarga to„g„ri kelsa bojxona to„lovini mikdori hisoblanganda u mahalliy komponentlar miqdoriga kamaytiriladi.

Birinchi erkin sanaoat eksport yo„nalishidagi hudud 1959-yilda Irlandiyadagi Shennon aeroportida tuzilgan edi. Transatlantik yo„nalishlar ochilib samolyotlarning Shennonda qo„nib o„tishiga ehtiyoj qolmagandan so„ng aeroportning yopilishi va ishchilarning ishsiz qolishi xavfi tug„ildi. Shuning uchun Irlandiya hukumati sanoat, savdo va turizmga chet el investorlarini jalb etish uchun bojxona to„lovlarisiz tartibni kiritdi. Irlandiya kompaniyalaridan biriga 1959-yilda Shennon aeroporti atrofida 300 ta qo„shimcha ish joyini tashkil etish uchun 15 gektarli maydonda mahsus hudud tashkil etish vazifasi yuklatildi. Ammo, hududning muvaffaqiyatli faoliyati qo„yilgan maqsadlardan ziyoda natijalar berdi. Hozir hududda 90 dan ortiq firma faoliyat yuritib ularning korxonalarida 24 000 dan ortiq kishi ish bilan band.

Eksport-ishlab chiqarish hududlari ko„pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda jadal suratlar bilan tashkil etilmoqda. Ular orasida eng samarali faoliyat ko„rsatayotgan EIHlar Janubiy-Sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida va Lotin Amerikasi mamlakatlarida joylashgan.

Eksport-ishlab chiqarish hududlaridagi asosiy ishlab chiqarish yo„nalishlari quyidagilardir: televizorlar, musiqa markazlari, video va audio magnitafonlar, dividi pleyrlar, elektor asbob uskunalari (muzlatkichlar, changyutkichlar, havo sovutgichlar, kir yuvish mashinalari va boshqalar), kompyuterlar, avtomobil qisimlari, tayyor kiyim kechak, oyoq kiyimlari va hakazo. Bunday ixtisoslashishning asosida investorlarning foyda ko„rishdagi natijaga tezroq erishish maqsadi yotadi. Lekin, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, chet el kapitalining bu hududlardagi faoliyati rivojlanayotgan mamlakatlarda yangi turda ishlab chiqarish yo„nalishlarini rivojlantirish va mustahkamlash, sanoatning ayrim sohalarini modernizatsiyalash, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko„paytirishd, ichki bozorni to„ldirishda muhim ahamiyatga ega.

Import o„rnini bosuvchi hududlar ba‟zi-bir rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqa turdagi hududlar bilan birinchi navbatda kompleksi erkin iqtisodiy hududlar bilan birga tashkil etilmokda (masalan Braziliyadagi Manaus hududi).

Aralash (eksport-import) hududlari nisbatan keng tarqalgan. Odatda, ular eksport-ishlab chiqarish xudulari evalyutsiyasining natijasi bo„lib ular rivojlanishining ma‟lum bir bosqichida xaudud rezidentlariga o„z mahsulotini mamlakat ichki bozorida ham realizatsiya etishga ham ruxsat berilganda paydo bo„ladi. Hozirgi vaqtda bunday hudular rivojlanayotgan mamlakatlarda keng

uchraydi: Misr, Senigal, Meksika, Xindiston, Koreya Respublikasi va hakozo.

Bunday hududlarning yorqin misoli 1971-yilda Janubiy Koreyada tashkil etilgan “Masan” eksport-sanaot hududidir. U 94 gektarni egallagan. Hududda 34 ming kishini ish bilan ta‟minlagan 77 kompaniya ishlamoqda. Tahminan chiqarilayotgan mahsulotning 60 %i elektron va elektrotexnik sanoat ulushiga, 15 %i mashinasozlik sanoati ulushiga to„g„ri keladi. Ichki bozorda umum ishlab chiqarishning uchdan bir qismi iste‟mol qilinadi.

Savdo-ishlab chiqarish hududlarining alohida shakli bu sanoat parklaridir. Sanoat parklari ikki turga bo„linadi: bojxona eksteritorial statusiga ega bo„lgan va bunday statusga ega bo„lmagan.

Eng ko„p uchraydigan savdo parklarining maydoni 300-400 gektarni tashkil etadi. Ko„pgina “nuqtaviy” hududlardan farqli o„laroq er uchastkasini birlamchi obodonlashtirish, infratuzilma obyektlarini qurish va eksplotatsiya qilish yani ishlab chiqarish bino va inshoatlari, ijtimoiy madaniy maishiy obektlarni qamragan holda sanoat parklarida qabul qiluvchi tomon tarafidan amalga oshiriladi. O„z navbatida, ushbu obe‟klardan foydalanuvchi sanoat firmalari o„zlarining faoliyatini ijarachilar sifatida amalga oshiradi.

Unchalik katta bo„lmagan (maydoni 50 gektargacha) sanoat parklarining eng ko„p tarqalgan hudud bu Karib hafzasi va Markaziy Amerikadir. Yirik sanoat parklari esa Meksika, Sharqiy Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida keng uchraydi. Masalan, Taylanddagi sanoat parklarining kattaligi 2 000 gektargacha etadi. Agropolis qishloq xo„jaligi va qishloq xo„jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug„ullanadigan va investorlarni o„ziga jalb qiluvchi, turli imtiyozlarga ega sanoat maydonchasi. Ular qishloq xo„jaligi va agrosanoat rivojlanishi uchun raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan EIH lar hisoblanadi. Agropolis agroparklar

deb ham nomlanadi.

Dunyo aholisining ellik foizidan ko„prog„i shaharlarda yashaydi. Aholining o„sishi, urbanizatsiya va oziq-ovqatga bo„lgan global talabning kuchayishi kabi turli omillar tobora o„sib bormoqda. Shuning uchun qishloq xo„jaligi aholisi oziq-ovqat bilan bog„liq cheklovlarga javoban, agrosanoat parklari tashkil etish oziq-ovqat xavfsizligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi.

Agroparklar shuningdek, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv tizimlariga kirish va zamoaviy harakatlarni rag„batlantirish, yanada ko„proq raqobatbardosh bo„lish, EIH larning qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Sanoat parklarini qishloq xo„jaligi qiymatini oshirish va raqobatbardoshlik vositasi sifatida qo„llash, ham sanoatlashgan, ham rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo„llanilib kelmoqda.

Biz Hindiston va Xitoy mamlakatlarini ushbu jarayonga eng ko„p ishongan va o„zida tadbiq etayotgan mamlakatlar qatorida ko„rishimiz mumkin. Hindistonda agrosanoat parklarini rivojlantirish 1980-yillarning oxiriga kelib, bir qator moliyaviy obyektlar va institutsional rivojlanish hisobiga shakllana boshlagan, shuningdek, bu yo„nalish iqtisodiyotiga ham ko„plab ijobiy natijalarni olib keldi. Ushbu mamlakatlarda agrosanoat parklari iqtisodiy taraqqiyotni rag„batlantirish, mahsulot sifati va xilma-xilligini oshirish va umumiy infrastruktura bilan investorlar uchun xavfni kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan. Agrosanoat parklari agrofirma va

agrosanoatning birlashtirilgan va ixtisoslashgan infratuzilma hisoblanadi.

Qishloq xo„jaligi va agrosanoat parklari markaziy boshqaruvi tizimiga ega bo„lgan industrial maydon: odatda, 10 dan 160 gektargacha bo„lgan shahar yerlarni egallaydi. Agrosanoat parklari quyidagicha hududiy jihatdan taqsimlanadi:

- agro-ekologiya (ilmiy-texnikaviy park) yoki ilm-fan va texnika (texnopol) ga alohida e‟tibor berishi mumkin. Masalan: Agosfera agro-ekologik parki, Meksika joylashgan. Uning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlash, yig„ish, qadoqlash va tarqatish jarayonlarida agro-ekologik prinsiplarni hisobga olgan holda, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo„ljallangan sanoat parkidir44. Parkdagi hosil bo„lgan chiqindilar biogazni biomassa yoki biologik yoqilg„i sifatida ishlatish uchun qayta ishlatiladi;

- agrofirma va agrosanoat sohalaridagi ehtiyojlarni qondirish uchun tuzilgan hududlar, shu jumladan, o„ziga xos bo„lgan hudud (masalan, organik mahsulotlar) uchun mo„ljallangan umumiy, ixtisoslashtirilgan obyektlar;

  • umumiy obyektlar: dam olish joylari, sport maydonchalari, oziq-ovqat kortlari va turar joylar (ishchilar, stajyorlar, tashrif buyuruvchilar va h.k.);

- yig„ma infrastruktura obyektlar: odatda, yo„llar, elektr ta‟minoti, telekommunikatsiya, suv va kanalizatsiya kabi yaxshi bazaviy infratuzilmani qo„llab- quvvatlash va qo„llab-quvvatlashni o„z ichiga oladi.

Xalqaro tajriba shuni ko„rsatadiki, agroparklar oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlaydigan muhim sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga iqtisodiy turtki berishi mumkin. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda agrosanoat parklarining o„ziga xos hususiyatlari:

  • qishloq xo„jaligi mahsulotlarini saqlash, sotish, tarqatish tizimini modernizatsiya qilish;

  • turli xil savdo shakllarining yagona platformasiga - ulgurji va chakana, jismoniy va yuridik shaxslarga e‟tibor berish;

  • qishloq xo„jaligi mahsulotlari marketingi va barqaror sotish mexanizmlarini ishlab chiqish;

  • barcha bozor ishtirokchilari uchun adolatli narxni belgilash;

  • oziq-ovqatning jismoniy va iqtisodiy imkoniyatlarini yaratish;

  • hududlarni qishloq xo„jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahsulotlar bilan ta‟minlash;

  • ijtimoiy-iqtisodiy va tarmoqli davlat dasturlarini qo„llab-quvvatlash.

O„zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik meva-sabzavot ishlab chiqaruvchisi bo„lib, katta salohiyatga ega. Uning tadbiqi, nafaqat, ichki talabni qondirishga, balki, eksport hajmini sezilarli darajada kengaytirishga imkon beradi. Shu maqsadda respublikamizda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-3843-sonli Qarori bilan tashkil etilgan “Buxoro-agro” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo„nalishlari quyidagilardan iboratdir:

  • zamonaviy issiqxona xo„jaliklarini, jumladan, gidroponika texnologiyalarini






44 http://www.fao.org/3/a-i6862e.pdf

qo„llagan holda, klaster usuli asosida tashkil etish uchun to„g„ridan-to„g„ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb etish, shuningdek, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil;

  • hududning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida qishloq xo„jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ishlashni chuqurlashtirish va ularning eksport hajmini oshirish;

  • qishloq xo„jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning urug„dan to mahsulotni bozorga yetkazib berishgacha bo„lgan to„liq jarayonini tashkil etishni rag„batlantirish;

  • ko„chatzorlar, shuningdek, birlamchi urug„chilikni tashkil etish uchun sharoitlar yaratish orqali issiqxona xo„jaliklarini talabi katta, yuqori hosildorlikka ega bo„lgan qishloq xo„jaligi ekinlari urug„ va ko„chatlari bilan ta‟minlashning samarali mexanizmlarini joriy etish;

  • logistika xizmatlari ko„rsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish subyektlariga ular tomonidan etishtirilgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda ko„maklashish;

  • issiqxona xo„jaliklarini tashkil etishda zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni, muqobil issiqlik energiyalardan foydalanishni keng joriy etish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo„yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning xulosalari xalqaro darajada e‟tirof etilishini ta‟minlash chora-tadbirlarini ko„rish;

  • issiqxona xo„jaliklari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda, jumladan, ular tomonidan “Buxoro-agro” EIZ hududida faoliyat yuritayotgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o„tashda ishtirok etish.

Zamonaviy issiqxona xo„jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish O„zbekistonda yil davomida qishloq xo„jaligi mahsulotlarini etishtirish va eksport qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bugungi kunda O„zbekistonning qishloq xo„jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish salohiyatini yuqori texnologiyali qishloq xo„jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo„yicha va eksportga yo„naltirilgan davlatlar bilan solishtirganda, birmuncha past ekanligini kuzatish mumkin (3.8-rasm). Bugungi kunda qishloq xo„jaligi mahsulotlarining iste‟molchilarga etib borishidagi ko„plab yo„qotilishga yo„l qo„yilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo„jaligi tashkiloti (FAO) ma‟lumotlariga ko„ra, ushbu yo„qotishlar o„rim-yig„im, saqlash, qadoqlash, tashish, infratuzilmalar yoki bozor mexanizmlari, shuningdek, institutsional va huquqiy asoslar bilan bog„liq. Afsuski, bu holat ko„pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilmoqda va oziq-ovqat

xavfsizligiga salbiy ta‟sir ko„rsatmoqda.


3.8-rasm. O„zbekiston va xorijiy davlatlarning qishloq xo„jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmi, 2018-yil45.

Agropolislar mazkur muammolar yechimida zamonaviy texnologiyalarni qo„llash imkoniyatlariga ega markazlar sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular yordamida yil davomida O„zbekiston aholisini arzon va sifatli qishloq xo„jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlash hamda ularni eksport qilish hajmini yanada oshirib borish imkoniyati ta‟minlanadi.

1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   142


написать администратору сайта