Главная страница
Навигация по странице:

  • Innovatsiya markazi

  • Tijorat

  • Texnologik qutb

  • Tijorat inkubatori

  • Ilmiy-texnik park

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница31 из 142
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142

    Tayanch iboralar:


    Erkin iqtisodiy hududlar, savdo-ishlab chiqarish hududlari, eksport-ishlab chiqarish hududlari, import hudud, sanoat parklari, agropolis.

    Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


    1. Savdo-ishlab chiqarish hududlarini tashkil etish iqtisodiyotning sanoatlashuv darajasining yuksalib borishi mahsuli bo„lib, bugungi kunda mazkur hududlarning keng turda tashkil etilishi va rivojlanishi kuzatilmoqda.

    2. Savdo-ishlab chiqarish hududlarini tashkil etishga, asosan, rivojlanayotgan hamda o„tish iqtisodiyotidagi davlatlarda faol tashkil etilishi kuzatilmoqda. Ular tarkibida import o„rnini bosuvchi, eksportga yo„naltirilgan sanoat-ishlab chiqarish hududlarining tashkil etilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

    3. Hozirgi vaqtga kelib agropolislarni tashkil etishga rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar jiddiy e‟tibor qaratib kelmoqda. Bu esa dunyo aholisi o„sib borayotgan va resurslar (yer, suv, kapital) chelangan sharoitda ularning oziq-ovqat va qishloq xo„jaligi mahsulotlariga bo„lgan ehtiyojlarini ta‟minlash, jahon bozorida narxlar barqarorligini saqlab turish, tashqi savdo va xalqaro kapital harakatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



    Nazorat uchun savollar:


    1. Savdo-ishlab chiqarish hududlarini tashkil etish va rivojlantirishdan maqsad nima?





    45 www.stat.uz/qishloq xo„jaligi 2018/

    1. Bugungi kunda savdo-ishlab chiqarish hududlarining qiysi turlari tashkil etilishi rivojlanib bormoqda?

    2. Eksport-ishlab chiqarish hududlarining maqsadi va ahamiyati nimalardan iborat?

    3. Import-ishlab chiqarish hududlarining maqsadi va ahamiyati nimalardan iborat?

    4. Agropolislar qanday xususiyatlarga ega va ular qanday muammolarni hal etishga ko„mak beradi?

    5. Sanoat-ishlab chiqarish hududlarining fzalliklarini tushuntirib bering.



      1. Texnik-tadbiq etish hududlari va ularning xususiyatlari. Texnik-tadbiq etish hududlari turlari: texnoparklar, texnopolislar, ilmiy park, innovatsiya

    markazi, ilmiy-texnik parklar
    Texnika-tadbiq etish hududlari hozirgi zamon jahon iqtisodiyotida raqobatbordoshlikning asosiy omili bo„lgan tovarning narxi, shuningdek, uning sifati, yangiligi, fan taraqqiyoti yutuqlarini o„zida qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Bu tendensiya eksport sanoat hududlarining faoliyati xarakteriga ham o„z ta‟sirini o„tkazmasdan qolmadi. Natijada ko„pgina eksport-sanoat hududlari texnika-tadbiq hududlariga aylana boshladi. Texnik-tadbiq etish hududlarining ko„rinishlari sifatida texnologik, ilmiy parklar, texnopolis, yangi va yuqori texnologiyalarni rivojlantirish hududlarini qayd etish mumkin. Texnik-tadbiq hududlari yangi texnalogiyalar va yuqori texnalogik ishlab chiqarish turlarini rag„batlantirish maqsadida tuziladi.

    Bunday hududlar uchinchi avlod hududlari hisoblanadi (70-80 yillar). Ular stixiyali tarzda hosil bo„ladi yoki maxsus ravishda davlat yordamida yirik ilmiy markazlar atrofida tashkil qilinadi. Ularda yagona soliq va moliyaviy tizimdan foydalanuvchi milliy va xorijiy tadqiqotchilik, loyiha, ilmiy-ishlab chiqarish firmalari jamlanadi.

    Texnik-tadbiq etish hududlarini muvaffaqiyatli tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim:

    - hududda nufuzli universitetning yoki boshqa kuchli ilmiy tekshirish bazasiga ega bo„lgan ilmiy markazning mavjudligi;

    - rivojlangan ishlab chiqarish bazasiga ega bo„lgan ilmiy parkning mavjudligi;

    - investitsion xatarni oshirishga mo„ljallangan venchur (ham milliy ham chet el) kapitalini jalb etish imkoniyatlari mavjudligi;

    - ishlash va dam olish uchun qulay geografik va iqlim sharoitlari.

    Texnoparklar – ilmiy texnologiya zonalari III avlod zonalaridir. Hozirgi AQSh adabiyotlarida ularni texnoparklar deb ataydilar. Bunday zonalar barcha moddiy va mehnat resurslarini, texnologiyani sanoatga tezkor joriy qilish uchun safarbar etish maqsadida tuzildi.

    Texnologik park deganda subekt tadbirkorlik shartini taminlovchi zamonaviy bozor standartlariga javob bergan zarur kompleks xizmatlari tushuniladi. Texnopark esa zamonaviy dunyo talabiga javob beruvchi bozordir. Texnoparklar kichik biznes rivjlanishida katta o„rin tutadi.

    Zamonaviy texnologik parklar birinchi bo„lib AQShda 1960-yillar oxirlarida paydo bo„ldi, lekin ularning shiddat bilan o„sishi 1980-yillarda ko„zatildi. AQShning ilmiy parklari bu yirik ilmiy tekshirish institutlari va universitetlari yaqinida joylashgan yuqori texnologiyali korxonalar kontsentratsiyalashgan hududlardir. AQSh ilmiy parklarining rivojlanish xususiyati shundan iboratki, avvalida, bir qancha faktorlar-iqtisodiy, ijtimoiy, geografik va boshqalar, hisobiga o„z-o„zidan paydo bo„lgan. Masalan, Stendford universiteti yaqinidagi Santa-Klara shahri yonida “Silikon vohasi” texnologik parki paydo bo„lgan. U AQShdagi eng katta ilmiy- texnologik hudud bo„lib jahon miqiyosidagi hisoblash texnikasi va kompyuterlar ishlab chiqarishining 20% ni beradi. AQShda taxminan 200 dan ortiq texnoparklar mavjud bo„lib, ularda 140 ming ishchi va 45 ming olim ishlaydi. Shunga o„xshash texno parklar Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Shvetsiyada ham tashkil etilgan.

    Yaponiyada ilmiy-texnik markazlar texnopolis deb yuritiladi. Yaponiyada bir necha o„nlab texnopolislar mavjud. Texnopolislarni tuzish bo„yicha davlat dasturi quyidagi maqsadlarni ko„zda tutgan edi:

    • sanoatni markazdan chekka hududlarga ko„chirish;

    • mahalliy universitetlar faoliyatini ilmiy izlanishlarni intensifikatsiyalash hisobiga faollashtirish;

    • sanoat ishlab chiqarishini fan yutuqlariga asoslangan va energiya tejaydigan texnologiyalarga yo„naltirish;

    • tadbiq etish jarayonini jadallashtirish.

    Bu maqsadlarga erishish uchun turli xil kredit va soliq rag„batlari ko„zda tutilgan edi. Masalan, yuqori texnologiyaga ega bo„lgan korxonalarga faoliyatining birinchi yilida dastgohlar qiymatining 30 %ni va bino hamda inshootlar qiymatini 15% ni amortizatsiya qilishga ruxsat berilgan. Shu bilan birga davlat ilmiy tekshirish harajatlarining uchdan bir qismini o„z zimmasiga shu hududda joylashgan ilmiy labaratoriyalar va mahalliy firmalar hisobiga olgan.

    AQSh texnoparklari va Yapon texnopolislarining asosiy yutug„i – bir joyda mujassamlashgan ilmiy ishlab chiqarish muhitini yaratganlikdan iboratki bu doimo ilg„or texnologiyalarni, yuqori malakali mutaxassis va tadbirkorlarni rag„batlantiradi va doimo mahalliy, zamonaviy ilmiy tekshirish, o„quv va tijorat tashkilotlarning yordamiga erishadi.

    Texnoparklar sanoati rivojlangan mamlakatlardan asta-sekinlik bilan rivojlanayotgan mamlakatlarga ham qadam qo„ya boshladi – Hindiston, Malayziya, Xitoy, Singapur, Tayvan va boshqa mamlakatlar. 2004-yil ularning soni 450 dan oshdi.

    Faoliyat turi va pirovard mahsuloti bo„yicha tenoparklar ilmiy (faoliyat mahsuloti amaliy va fundamental izlanishlar natijalari), ilmiy-texnikaviy (mahsulot

    – tajribaviy namunalar va kichik hajmdagi ishlab chiqarilgan mahsulotlar), ilmiy- sanoat (yuqori texnologiyalardan foydalanish hisobiga zamonaviy mahsulotlarni yoppasiga ishlab chiqarish).

    Texnoparklarning eksport-ishlab chiqarish hududlaridan farqi shundan iboratki, ularda urg„u kichik venchur tadbirkorlikni rivojlantirishga beriladi. Soliq va

    moliyaviy imtiyozlar firmalar faoliyatining birinchi eng riskli bosqichida qo„llaniladi. Maxsus soddalashtirilgan hisobga olish tartibi hisobiga venchur kompaniyalarini tuzish onsonlashadi, kichik firmalarning tashkiliy muapmmolari bilan shug„ullanadigan muhsus ma‟muriy tuzilmalar tashkil etiladi. Kapitalning tashqaridan kirib kelishi, texnoparklar tarkibida kichkina firmalarni moliyalashtiriuvchi investitsiya fondlarining tashkil etilishi texnologik yechimlarni eng samarali yo„l bilan ommaviy ishlab chiqarish darajasiga etkazishga yordam beradi. Firmalar xodimlariga imtiyozli asosda yetakchi olimlar maslahat beradi, asbob uskunalar va universitetlarning kutubxona fondlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Qo„shma tijorat loyihalarida ishtirok etish hisobiga universitetlar daromadlarini ko„paytiradilar va bitiruvchi talabalarni ish joyi bilan ta‟minlaydilar. Ilmiy xizmatchilarga bunday hududlarda eng qulay turmush sharoiti yaratiladi.

    Texnoparklarning funksional xususiyati turli mamlakatlarda turlichadir. Agar Fransiyada ular kichik biznesni otaliqqa olishga mo„ljallangan bo„lsa, Germaniyada urg„u texnologiyalarni sanoatga tadbiq etishga, firmalar o„rtasida texnologiyalar almashinishiga beriladi. Xuddi shunday yondashuv Buyuk Britaniya texnoparklarida ham mavjud.

    Texnologik parklarning keng tarqalganligi, ularning tashkiliy shakillarining xilma xilligi texnoparklarning turli regionlarda, turli maqsadlarni hal etishga qaratilganligidir. Bu esa faqatgina fan va texnika taraqqiyoti yutuqlarini tadbiq etish va yoyish bilan chegaralangan emas. Texnoparklar quyidagi vazifalarni hal etadi:

    • sanoat tuzilmalarini qayta qurish;

    • mahalliy resurslarni mobilizatsiya qilish;

    • qoloq mintaqalarning hali ochilmagan imkoniyatlarini ochish;

    • raqobatbardosh mahsulotlarni chiqarish va boshqalar.

    Texnoparklar innovatsion jarayonning barcha pog„analarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratadi – yangilikni yaratish va uni ekspertizasidan tortib, toki tovar mahsulotini ommaviy ishlab chiqarib, uni bozorda keng joylashtirishgacha. Texnoparklar tadbirkorlarni o„qitish, texnologik transfer markazlari bo„lib xizmat qiladi va bundan tashqari, keng miqyosda fan-texnika xizmatlarini ko„rsatadi.

    Agar ilmiy parklar to„g„ri tashkil qilinsa va qulay joyda joylashtirilsa, regional o„sishning markaziga aylanib butun regionning bevosita va bilvosita samarali o„sishini ta‟minlaydi. Ilmiy parklarda iqtisodiy o„sish samarasini belgilovchi omil shundan iboratki, ularda infratuzilmaga qo„yilgan har bir so„m ishlab chiqarishga xususiy investitsiyalar hajmini bir qancha barobar (20 barobargacha) oshirishga imkon beradi, ishlab chiqarishni o„ziga qo„yilgan qo„yilmalar esa qo„shni sohalardagi talabni o„sishini faollashtiradi va park hududidan tashqarida bo„lgan ishlab chiqarish turlarini ham rivojlantiradi. Shu bilan birga ilmiy park operatori tomonidan investitsion loyihalarni saralab olinishi hisobiga, ishlab chiqarish imkoniyati birligiga maksimal darajada innovatsion samara olinishiga erishiladi. Natijada, parklar texnoindustrial o„zgarishlarning tezligi va yo„nalishiga ijbiy ta‟sir ko„rsatuvchi dastakka aylanadi. Yangi korxonalarni paydo bo„lishini, real sektor rivojlanishini va alohida hudud bo„yicha zamonaviy ishlab chiqarishni rag„batlantirish hisobiga parklar bir vaqtning o„zida yangi ishchi o„rinlarini yaratishni ham ta‟minlaydilar.

    Umumlashgan holda bu soliqqa tortish bazasini kengaytiradi va buning natijasida turli darajadagi budjetlarning daromadlari o„sadi.

    Texnoparklar hozirgi vaqtda boshqacha tuzilishga ham ega. Bunday xilma-xillik quyidagi hududlar olib borilayotgan faoliyati talabi va maqsadlariga javob beradi.

        1. Ilmiy park (Science park). U universitet va ilmiy markazlar yonida qurilgan bo„ladi. Ularning asosiy maqsadi ilmiy taraqqiyotni yanada rivojlantirish, hech qanday moddiy tovar ishlab chiqarmaydi. U yetarlicha katta hudud bo„lib, unda turli o„lcham va rivojlanish bosqichidagi fan sig„imkorligi yuqori, ilm ko„p talab qiladigan firmalar joylashgan bo„ladi. Ular unchalik katta bo„lmagan ishlab chiqarishni mahalliy ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy-texnologik izlanishlari asosida yo„lga qo„yish imkonini beradi.

        2. Innovatsiya markazi (Innovation centre). Bunday markaz asosiy maqsadi markazdan tashqarida ishlovchi, lekin, bozorda o„z o„rniga ega bo„lgan tadbirkorlarni (texnologiya, moliya va savdo-sotiq savollarga javob berish) qo„llab-quvvatlashdan iborat. U iqtisodiy tarkibi uncha katta bo„lmagan hudud doirasida kichik, yangi tashkil etilgan kompaniyalar uchun mo„ljallangan.

        3. Tijorat parki (Commercial park). Bunday park o„z nomi bilan ishlab chiqarish, ko„riklar tashkil etish, tayyor tovarga qo„shimchalar kiritish bilan shug„ullanadi.

        4. Texnologik qutb (Tehnology polus). Bu o„zidan jiddiy tuzilishga ega zonani namoyish etadi. Yuqori malakali ishchi kuchi, inkubator xizmatlari, bank va boshqa xizmat turlarini o„z ichiga oladi.

        5. Texnologik hudud (Tehnology zircum). Bu yuqoridagi zonaning barcha xususiyatlari va rivojlangan qism, shunigdek, ilmiy parkni o„z ichiga oladi.

        6. Tijorat inkubatori (The business-incubator). Sanoat parkidan farqli o„laroq, bu hudud qayta tashkil etilgan korxonalar ishini qayta rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Ularning ixtiyoriga yaxshi haq evaziga korxona ijarasi va qo„shimcha xizmatlar (telefaks, kompyuter, komunikatsiya va h.k) menejmentni qo„llab- quvvatlaydi. Tijorat inkubatoriga yangi ishchi a‟zolarni taklif etish, odatda, yangi korxona ochilishi bilan bog„liq bo„ladi. Berilgan muddat tugashi bilan ular o„z ish joyini yangi ishchilarga bo„shatishlari kerak.

        7. Ilmiy-texnik park (Science-teshnology park). Bu park bir nechta korxonalar birlashmalaridan tashkil topgan bo„lib, ilmiytexnik park maqomini manzarasi va qurilish jihatidan oladi. Bu hudud faqat tovar ishlab chiqish va o„rganish joyi emas, balki, ishchilarning yashash joyi hisoblanadi. Bu hududda yashash muddati chegaralanmagan. EIHning bu ko„rinishlari hammasi emas. Ilmiy-texnik parklarning samaradorligini belgilovchi mezon bu yangi texnologiya, yuqori malakali mutaxassislar va tadbirkorlarni bir joyda to„plash, ularni o„quv-tadqiqot va tijorat tashkilotlari tarmoqlari orqali qo„llab-quvvatlovchi mahalliy muhitning yaratilishidir.

    BMT tadqiqotlari natijalariga qaraydigan bo„lsak, hozirda EIHning o„nlab turlari mavjud. Demak, shunday xulosaga kelamizki, EIHlar barcha xilma-xillik natijasida, hatto, eng talabchan investor talablarini qondira oladi. Ularning keng imkoniyati davlat muhtoj bo„lgan tarmoqning rivojlanishiga olib keladi. Masalan, savdo-ombor hududlari foydalanilmayotgan joylarni ishlatishda, eksport hududlari tovar va

    xizmatlarni yetkazib berishda foydalaniladi.

    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142


    написать администратору сайта