Главная страница
Навигация по странице:

  • 4-bob. ERKIN IQTISODIY HUDUDLARDA INVESTITSION MUHIT

  • Investitsiya

  • Investitsion jozibadorlik

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница34 из 142
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   142

    Tayanch iboralar:


    Kompleks hududlar, maxsus iqtisodiy hududlar, xalqaro erkin iqtisodiy hududlar, kapital, sanoat, eksport.

    Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


    1. Kompleks hududlar iqtisodiy o„sish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, aholi bandligini ta‟minlash kabi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish maqsadlarida tashkil etiluvchi hudud hisoblanadi.

    2. Kompleks hududlarning maxsus iqtisodiy hudud, xalqaro erkin iqtisodiy hudud va mintaqaviy hudud sintari turlari mavjud. Ular tarkibida maxsus iqtisodiy hudud tashkil etilishi nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turadi.

    3. Kompleks hududlarga xos umumiy xususiyatlar maxsus iqtisodiy hududlarda ko„proq namoyon bo„lib, uni Xitoyda faoliyat ko„rsatayotgan va faol rivojlanish tajribalariga ega 6 ta EIHni misol qilib keltirish mumkin.



    Nazorat uchun savollar:


    1. Kompleks hududlarni tashkil etish va rivojlantirishdan maqsad nima?

    2. Kompleks hududlarning qanday turlarini bilasiz?

    3. Maxsus iqtisodiy hududlar nima maqsadlarda tashkil etiladi va qaysi davlatlarda faol rivojlanishga ega?

    4. Xalqaro erkin iqtisodiy hududni tashkil etish zaruriyati va xususiyatlari nimalardan iborat?

    5. O„zbekistonda kompleks hududlarning qaysi turlarini tashkil etish va rivojlantirishni o„rinli deb hisoblaysiz?

    6. Jahon amaliyotida kompleks hududlar qachondan boshlab tashkil etilib kelinmoqda?



    Tavsiya etilayotgan adabiyotlar:


    1. Aндирианов В.Д. Россия: Экономический и инвестиционный потенциал.

    – M.: Экономика, 1999. 467 с.

    1. Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити, 2005. – 230 с.

    2. Мотовиц Т.Г., Мотовиц Р.В. Свободные экономические зоны: становление и развитие. Монография. – Хабаровск: изд-во Тихоокеан. гос. ун- та, 2017. – 170 с.

    3. Приходко С.В., Воловик Н.П. Особие экономические зоны. – М.: ИЕПП, 2007. – 268 с.

    4. Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – 176 b.

    5. Фуршчик М.А., Шутова А.В. Особие экономические зоны: опыт и перспективы. – М.: Медиа Инфо Групп, 2014. 216 с.

    4-bob.

    ERKIN IQTISODIY HUDUDLARDA INVESTITSION

    MUHIT XUSUSIYATLARI



      1. Investitsiya muhitining mazmuni, iqtisodiy faollikni ta‟minlashdagi ahamiyati


    Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o„sish sur‟atlari investitsiya muhitiga ko„p jihatdan bog„liqdir.

    Mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti yaratilishi xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb qilish, investitsiya faoliyatni rivojlantirish va samarali amalga oshirishning muhim asoslaridan biri hisoblanadi. O„zbekiston Respublikasida barqaror investitsiya muhitini yaratish va uning jozibadorligini oshirish davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishning ustuvor yunalishlaridan biridir.

    Mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish darajasi va shuningdek, olib borilayotgan investitsion faollikning o„sish sur‟atlari investitsion muhitga bog„liq bo„ladi. Investitsiya muhiti investitsiya resurslarini joylashtirish uchun umumiy mezon bo„lib, birinchi navbatda, kapital mablag„larning daromadliligini ta‟minlab beradi.

    Qulay investitsiya muhiti mamlakatga kapital olib kelishni rag„batlantiradi, investorlar faoliyati faolligi ko„tarilishiga xizmat qiladi aksincha bo„lsa, kapital oqib ketadi, investitsiya faoliyati susaya boshlaydi. Qaerda qulay investitsich muhiti mavjud ekan o„sha tomonga investitsiyalar oqimi tezlashadi. Darhaqiqat, investitsiyalar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuchdir.

    Xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish uchun zaruriy shart- sharoitlar yaratilishi talab etiladi, bunda davlat tomonidan barcha zaruriy choralar ko„riladi.

    Qaysi mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjud bo„lsagina o„sha davlat iqtisodiyotiga investitsiyalar qo„yilishi mumkin.

    Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko„paytirishning muhim omili hisoblanadi.

    O„z navbatida, investitsiya muhitiga doir quyidagi savollar tug„ilishi tabiiydir:

    1. Investitsiya muhiti o„zi nima?

    2. Investitsiya muhitining jozibadorligi nimalarga bog„liq?

    3. Investitsiya muhitiga qanday ta‟rif berish mumkin?

    4. Investitsiya muhitiga qanday omillar ta‟sir ko„rsatadi?

    5. EIHlarda investitsiya muhiti qanday ahamiyat kasb etadi va uning o„ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

    Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning ko„lami, yo„nalishlari va samaradorligi, bevosita, investitsiya muhitiga bog„liqdir. Shu sababdan mazkur iqtisodiy atamaning tub mohiyatini o„rganish, yoritish va asoslab berishga bo„lgan turli iqtisodchi-olimlar, mutaxassislarning qarashlari va o„ziga xos yondashuvlari orqali o„zaro ilmiy munozaralar hozirgi kunda ham davom etmoqdaki, bu, o„z navbatida, mazkur sohaga aloqador va unga qiziqish bildiruvchilar e‟tiborini o„ziga tortmasdan qolmaydi.

    Investitsiya muhiti EIHlarda yoki mamlakatning alohida hududida, shuningdek,

    alohida tarmoq, yo bo„lmasa, makrodarajada tashkil etilishi va amal qilishidan qat‟iy nazar umumiy va yagona mazmunda ta‟riflanishi lozim.

    Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiya muhiti mazmuni haqida turli talqindagi ta‟riflar keltirilgan. Bu esa unga yagona ta‟rif-talqin mavjud emasligidan dalolat. Shu sababni uning mazmuni, ahamiyatini o„rganish hozir ham dolzarb hisoblanadi.

    Shunga ko„ra, ushbu atamaning iqtisodiy mazmunini yoritish maqsadida quyidagi ayrim iqtisodchi-olimlar tomonidan bildirilgan ta‟riflarni tadqiq etish asosida investitsiya muhitiga quyidagicha ta‟rif berish mumkin:

    Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma‟lum bir mintaqaga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta‟minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ekologik, shart- sharoitlar majmuasi tushuniladi.

    Sodda qilib aytganda, investitsiya muhiti investitsiyalash bilan bog„liq munosabatlarni amalga oshirish mumkin bo„lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini o„zida aks ettirgan voqelikdir.

    Investitsion muhit holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishi talab etiladi.

    Shu bilan birga investitsion faoliyatni amalga oshirish shart-sharoitlarini ifodalovchi investitsiya muhiti quyidagilardan iboratdir:

    • investitsion faollik;

    • investitsion jozibadorlik (investitsion salohiyat va investitsion risk darajasi). Investitsion muhitning tarkibiy tuzilishi quyidagi 4.1-rasmda o„z aksini topgan.

    Investitsion jozibadorlik – mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion risk darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir.




    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   142


    написать администратору сайта