Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница36 из 142
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   142

Tayanch iboralar:


Investitsiya muhiti, investitsion salohiyat, investitsion jozibadorlik, investitsiya resursi, investitsion faollik, erkin iqtisodiy hududlar, investitsiya.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda investitsiya muhiti muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan investitsiya muhitining jozibadorligini oshirish doimo eng muhim vazifalardan bo„lib qolaveradi.

  2. Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma‟lum bir mintaqaga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta‟minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ekologik, shart- sharoitlar majmuasi tushuniladi. Investitsion jozibadorlik – mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion risk darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir. Investitsion jozibadorlik holati investitsion faollikka o„z ta‟sirini ko„rsatadi va u hal etuvchi omil sifatida baholanadi.

  3. Investitsiya muhiti investitsiyaon jozibadorlik va investitsion faollikni o„z ichiga olib, o„z navbatida, investitsion jozibadorlik hal etuvchi o„rinni egallaydi va u

iqtisodiyotning investitsion salohiyati va ungi kiritiladigan investitsiyalarning investitsion risk darajasidan tashkil topadi.

Nazorat uchun savollar:


  1. EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda investitsiya muhitining o„rni va ahamiyati nimada?

  2. Investitsiya muhiti deganda nimani tushunasiz?

  3. Investitsiya muhiti nimalardan iborat va uning jozibadorligini oshirish uchun nimalarga e‟tibor qaratilishi lozim bo„ladi?

  4. Investitsion jozibadorlik deganda nimani tushunasiz va uning tarkibi nimalardan iborat?

  5. Investitsion salohiyat mazmunini aytib bering va uning tarkibiy qismlariga izoh bering.

  6. EIHlarga investitsiyalarni yanada faol jalb etish uchun mamlakatimizda qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?



    1. Investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillar



Mamlakat, xususan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti ularning investitsion salohiyati va investitsion faolliyat orqali ta‟minlanadi. Investitsiya muhitining asosiy unsurlaridan biri bo„lgan investitsion jozibadorlik investitsion salohiyat va investitsion risklarning o„zaro aloqasi natijasida shakllanadi. Shu munosabat bilan iqtisodiyotda amalga oshiriladigan investitsiyalar uchun qulay sharoit investitsion jozibadorlik hisoblanadi.

Albatta, bu yerda xorijiy investor u yoki bu mamlakatda o„z kapitalining xavfsizligini ta‟minlash masalalariga, birinchi navbatda, e‟tiborini qaratadi. Shundan keyin, u o„z kapitalidan foyda olishning qanchalik samaradorligi haqida o„ylab ko„radi. Investor uchun xavf tug„diradigan xatarlar mamlakat investitsiya muhiti jozibadorligiga ham salbiy ta‟sir ko„rsatadi.

Investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillarni turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha yoritish bilan ifodalanganlik holatlari kuzatiladi.

Bu esa investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillarni turlicha talqin etish bilan bevosita bog„liq ekanligiga asoslanadi.

Jumladan, ayrim manbalarda investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi omillarni ijobiy va salbiy ta‟sir etuvchi omillarga ajratgan holda, boshqalarda ta‟sir etish yo„nalishlariga ko„ra yoki manbalariga ko„ra va boshqa maqsadlarga asoslanib farqlanishlarni keltirish holatlari kuzatiladi.

Investitsiya muhiti holatiga quyidagi muhim omillar ta‟sir ko„rsatadi:

  1. Eng avvalo, mamlakat investitsiya siyosatining yo„nalishlari va samarasi.

  2. Mamlakat ichkarisidagi siyosiy barqarorlik. Mamlakatda siyosiy barqarorlik hukm sursa, investitsiya muhitining boshqa omillari ham o„z ahamiyatini namoyish eta oladi.

  3. Mintaqadagi yaqin qo„shnichilik munosabatlari. Bu ham mamlakatning siyosiy ahvoliga katta ta‟sir ko„rsatadi va tadbikorlik faoliyatida muhim sanaladi.

  4. Huquqiy-me‟yoriy hujjatlarning mavjudligi. Hukumatning investitsion

munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan qonun-qoidalarining mukammallik darajalari.

  1. Mamlakatning tabiiy resurslar salohiyati. Investitsion muhit jozibadorligini oshiruvchi omillardan asosiysi – bu mamlakatdagi mavjud tabiiy boyliklardir. Agarda tabiiy resurslar salohiyati yuqori bo„lsa, o„sha mamlakatga investitsiyalar ko„proq jalb etiladi.

  2. Mamlakatning mehnat salohiyati. Biror-bir iqtisodiyotga investor investitsiya kiritishdan avval, o„sha erning mehnat salohiyatini ham o„rganadi. Mehnat salohiyati deganda, mamlakatdagi ishchi kuchining tarkibi, soni, qiymati, bilimi, malakasi, tajribasi kabilar nazarda tutiladi.

  3. Investitsion jamg„armalar. Investitsion jamg„armalar jamg„armalarning maxsus turi hisoblanib, iste‟mol zaruriyatlari uchun sarflanmaydi. Bu jamg„armalarning asosiy maqsadi daromad keltiradigan aktivlarni investitsiyalashdir. Jamg„armalarning bunday turi iste‟mol maqsadlarda ishlatiladigan zaruriy jamg„armalardan keyin hosil qilinadi. Bunday jamg„armalarning hajmi (salmog„i) jamiyatning turmush darajasiga va aholisining daromad darajasiga bog„liq bo„ladi.

Investitsion jamg„armalar uzoq muddatli va qisqa muddatli bo„lishi mumkin. Uzok muddatli qo„yilmalar yoki uzoq muddatli aktivlar kapital bozorida moliyaviy resurslarning manbaasi hisoblanadi. Qisqa muddatli jamg„armalar pul bozorida yoki qisqa muddatli majburiyatlar bozorida qatnashadi.

  1. Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati. Mamlakat ishlab chiqarish salohiyati deganda, asosan, nima ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi nazarda tutiladi. Bunda sanoatning qaysi tarmog„i hududda rivojlanganligiga ham e‟tibor beriladi.

  2. Mamlakatning iste‟mol salohiyati. Mamlakatning iste‟mol salohiyati o„rganilganda aholining xarid qobiliyatiga baho beriladi.

  3. Mamlakatning innovatsion salohiyat. Innovatsion salohiyatni aniqlash orqali hududdagi yaratuvchanlik qobiliyati, yangilikka intiluvchanlik va uni o„zlashtirish salohiyati tahlil qilinadi.

  4. Mamlakatning moliyaviy salohiyati. Mamlakatning moliyaviy salohiyatini o„rganilganda o„sha erdagi moliyaviy institutlar, muassasalar faoliyati tahlil qilinadi.

Lekin, investitsiya muhitiga turli omillar ta‟sir ko„rsatishi nuqtai nazaridan kelib chiqib, ushbu omillarga guruhlashtirilgan ko„rinishda o„rganish va baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa investitsiya muhitiga qaysi guhurdagi omillari ta‟siri qay darajada ekanligini to„g„ri aniqlash hamda unga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga muvofiq, investitsiya muhiti holatini belgilovchi omillarning kengaytirilgan tarkibini quyidagi 4.2-jadval orqali ifodalash maqsadga muvofiqdir.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   142


написать администратору сайта