Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница44 из 142
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142

Tayanch iboralar:


Investitsiya muhiti, iqtisodiy tuzilma, investitsiya loyihasi, risk, investor, valyuta, Jahon banki, investitsion jozibadorlik.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. Investitsiya muhitini baholash uning investitsyalarni jalb etish uchun qanchalik jozibali ekanligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan ham har bir davlat o„z investitsiya muhitini baholash va uning natijasi asosida investitsiya muhitining yanada qulayligini oshirishga doimo alohida e‟tibor qaratib keladi.

  2. Investitsiya muhitini baholashda har bir davlatda e‟tiborga olinadigan alohida mezonlar ishlab chiqilgan. Shuning bilan birga jahonda turli xalqaro tashkilotlar, reyting agentliklari tomonidan ham davlatlar investitsiya muhitini baholash amaliyoti mavjud. Bu esa investitsiya muhitining xolis subyektlar tomonidan xorijiy investorlar uchun jozibadorligini haqqoniy baholash ishonchini uyg„otadi.

  3. Xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan investitsiya muhitini baholashda turli omillar hisobga olinib, ularning investitsiya muhitiga ko„rsatuvchi ta‟siridan kelib chiqib turlicha balllarda baholash tizimi ishlab chiqilgan. Jumladan, dunyoning bir qator rivojlangan davlatlari, masalan, Shveytsariya, Germaniya kabi qator mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xolatini baholash uchun har biri 0 – qoniqarsiz va 4 – o„ta qulaygacha bo„lgan balli shkala bo„yicha baholanadigan 15 ta muhim ko„rsatkichni hisobga oladigan “BERI” (business environment risk index)ni qo„llaydi.



Nazorat uchun savollar:


  1. Investitsiya muhitini baholashning obyektiv zarurligi nimalardan iborat?

  2. Investitsiya muhitini baholashda tez o„zgaruvchan va nisbatan barqaror omillar nimalardan iborat?

  3. Qaysi xorijiy davlatlarning investitsiya muhitini baholash tizimini bilasiz?

  4. “Xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan investitsiya muhitini baholashning zarurligi nimalardan iborat?

  5. Investitsiya muhitini baholash bo„yicha qanday xalqaro tashkilot va reyting agentliklarini bilasiz?

  6. “Investitsiya muhitini baholashda qanday ko„rsatkichlardan foydalaniladi,

“BERI” va ICOR ko„rsatkichlari nima maqsadla qo„llaniladi?

    1. Erkin iqtisodiy hududlarda imtiyozlar turlari (tashqi savdo, soliq, moliyaviy, ma‟muriy imtiyozlar)



Hozirgi kunda, fan va texnika taraqqiyoti ta‟sirida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvining chuqurlashib borishi XX asrning so„nggi choragida jahon xo„jalik tizimining rivojlanishida globallashuv va xalqaro integratsiya jarayonlarining jadallashuviga olib keldi. Buning natijasida milliy iqtisodiyotlarning jahon bozoriga bog„liqligi kuchaydi va tashqi iqtisodiy faoliyat iqtisodiy o„sish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning eng asosiy shartlaridan biriga aylandi. Mana shunday sharoitda har bir mamlakat o„zining iqtisodiy salohiyati va nisbiy afzalliklariga tayanib eksport salohiyatini oshirib borishga va shu orqali jahon xo„jalik tizimida o„ziga xos va munosib o„rin egallashga harakat qiladi.

Jahon xo„jalik tizimi rivojlanishidagi bunday yangi tendensiyalar xalqaro iqtisodiy munosabatlarning turli shakllarini vujudga kelishiga va taraqqiy topishiga olib keldi.

Ilmiy nashrlarda va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisobotlarda turli xil imtiyozlar va yengilliklar taqdim etilgan zonalarni tavsiflashda “Erkin iqtisodiy zonalar” atamasidan foydalaniladi. Ko„plab mamlakatlarda qo„llaniladigan maxsus iqtisodiy qoidalar, dastaklar, maxsus mamuriy qonunlar ushbu hududlarni muayyan huquqiy va xo„jalik tartibidan ozod qilmaydi, balki, uni yyengillashtiradi, tadbirkorlikni rag„batlantiruvchi imtiyozlarni taqdim etadi.

Jahon amaliyotiga ko„ra, turli mamlakatlarning o„z hududida EIHlarni tuzishda mahalliy va chet el kapitaliga bojxona, soliq va boshqa moliyaviy hamda ma‟muriy imtiyozlar taqdim etadi. Ma‟lum turdagi hududga ma‟lum turdagi imtiyoz va rag„batlar beriladi. Bu imtiyoz va rag„batlarni berishdan maqsad qandaydir aniq masalani hal etish (masalan, ishlab chiqarish infrastrukturasini ayrim turlarini jadal suratlar bilan tashkil etish) yoki ayrim turdagi faoliyatni rag„batlantirish (masalan, eksport ishlab chiqarishini yaratish, bank, informatsion xizmatlarni ko„rsatish va boshqalar), yohud EIHga investorlarning ma‟lum turini jalb etish (masalan, kichik yoki yirik kompaniyalar) dan iborat.

Turli xildagi erkin iqtisodiy hududlarning umumiy xarakterga ega bo„lgan tomoni, qulay investitsion muhitni yaratishidadir. U o„z ichiga bojxona, moliyaviy, soliq imtiyozlarini oladi. EIH shu yoki boshqa mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun qabul qilingan umumiy rejimga nisbatan afzalliklarga ega. Har xil mamlakat hududidagi imtiyozlar va stimullar bir-biridan farq qiladi, ammo ular mohiyatan bir- biriga o„xshash.

Erkin iqtisodiy hududni tashkil qilish natijasida paydo bo„lgan tajriba shuni ko„rsatadiki, ularning har biri uchun o„ziga mos keluvchi imtiyozlar va stimullar mavjud. Iqtisodiy adabiyotlarda imtiyozlarni to„rtta asosiy guruhga bo„lib ko„rsatishadi (4.4-rasm).

1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   142


написать администратору сайта