Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница52 из 142
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   142

Tayanch iboralar:


Logistika, logistika tizimi, logistik konsepsiya, logistik operatsiyalar, moddiy resurs, ombor, zahira, logistik tsikl.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. Logistika tizimi logistika tamoyillari va okntseptsiyasi asosida faoliyat ko„rsatadi. Logistika tizimini shakllantirish turli davlatlarda turlicha yondashuvlar va mexanizmga asoslanadi. Bu esa logistika tizimining ishlash samaradorligida namoyon bo„lishi bilan farqlanishlarni keltirib chiqaradi.

  2. Logistika tizimi logistik konsepsiyalar asosida amal qilib, har bir konsepsiya boshqasidan amal qilish sohasi va xususiyatlari bilan farqlanadi. Ularning yaxlit holda namoyon bo„lishi umumiy logistik tizimni hosil qiladi. Logistik tizim birdaniga shakllanadigan tizim emas, shu boisdan u vaqt o„tgan sari yangada takomillashib kelayotgan tizim hisoblanadi.

  3. Logistika tizimi logistika xizmatlarini samarali tashkil etish va amalga oshirishga asoslangan bo„lib, uning samaradorligi logistika xizmatlarining sifati va ahamiyati yanada ortib borishida namoyon bo„ladi. Shunga ko„ra, logistika xizmatlari ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo, omborxona va boshqa xo„jalik tizimlari uchun birdek yuqori sifatda ko„rsatilishi bilan ahamiyatlidir.



Nazorat uchun savollar:


  1. Logistika tizimi qanday shakllanadi?

  2. Logistika tizimi nimalarni o„z ichiga oladi?

  3. Logistika tizimi va logistika konsepsiyasi o„rtasida qanday bog„liqlik mavjud?

  4. “Logistika xizmatlari qanday xizmatlardan tashkil topgan va uni kimlar amalga oshiradi?

  5. Logistika xizmatlari qanday operatsiyalari bilan boshqa xizmatlardan ajralib turadi va ularning ahamiyati nimalardan iborat?

  6. Logistika xizmatlarini ko„rsatishning samaradorligini oshirishda nimalarni e‟tiborga olish va qanday muammolarni hal etish lozim, deb hisoblaysiz?



    1. Logistika infratuzilmasi va uning erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirishdagi ahamiyati


Ma‟lumki, har bir mamlakatning milliy iqtisodiyotini rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilishda xorijiy investitsiyalar bilan bir qatorda ushbu tarmoqlarga xizmat ko„rsatuvchi mavjud infratuzilma holatining o„rni beqiyosdir. Infratuzilma kompleksi iqtisodiyotimizning butun tuzilmasi tayanadigan poydevordir. Respublika butun xalq xo„jalik kompleksi ishining uyg„unligi, uning samaradorligi, shuningdek, chet el sarmoyalarini jalb qilish va o„zlashtirish imkoniyati butunlay infratuzilma tizimi rivojining holatiga va darajasiga bog„liqdir.

Shunday ekan, infratuzilmaning dolzarbligini ko„rib chiqish uchun, avvalo, unga ilmiy-iqtisodiy kategoriya sifatida yondoshish lozim.

“Infratuzilma (struktura)” atamasi ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarda nisbatan

yangi bo„lib, (iqtisodiyotga oid adabiyotlarda XX asr 80 yillardan ishlatilib kelinayapti) u lotincha “infra” so„zi bilan rus tilidagi “struktura”, ya‟ni o„zbekcha “tuzilma” so„zlarining birlashmasi sifatida ishlatiladi. Lotincha “infra” – ostidagi, tagidagi, tubidagi ma‟nolarni anglatadi.

“Infratuzilma – takror ishlab chiqarishni ta‟minlovchi umumiy sharoitlar tizimi, iqtisodiyot tarkibini shakllantiruvchi sohalar va aholi hayotiy ta‟minoti samaradorligi uchun xizmat ko„rsatuvchi texnik-texnologik, tashkiliy-iqtisodiy, informatsion, ijtimoiy va boshqa o„zaro aloqador tizim majmuasidir”54.

Infratuzilma moddy ne‟matlar ishlab chiqaruvchi hamda xizmat ko„rsatuvchi tarmoqlarning faoliyat yuritishlari uchun shart-sharoitlar yaratib beruvchi “yordamchi iqtisodiy vosita” sifatida namoyon bo„ladi.

Yuqoridagilar asosida aytish mumkinki, infratuzilma – bu ishlab chiqarish va insonlarning turli faoliyatida shart-sharoitlar yaratib beruvchi iqtisodiyotning tarmoqlar majmuasidir va albatta, ijtimoiy mehnat taqsimoti mahsulidir. U moddiy va nomoddiy sohaga xizmat qiladi (ishlab chiqarish infratuzilmasi va ijtimoiy infratuzilma)55.

Shu ma‟noda aytish mumkinki, tadqiqot obekti hisoblangan ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infratuzilma transport, aloqa, ombor xo„jaligi, yo„l xo„jaligi, suv va energetika ta‟minoti kabilarni o„z tarkibiga oladi. Mamlakatimizda tarkibiy o„zgartish va modernizatsiya ishlari davom etar ekan, avvalo, bu borada ishlab chiqarishning uzluksiz faoliyat olib borishini ta‟minlashda ishlab chiqarish infratuzilmasining roli muhim. Shu sababdan ham, ishlab chiqarish infratuzilmasi tarmoqlarini butun choralar bilan qo„llab-quvvatlashimiz, moddiy, moliyaviy va valyuta resurslari cheklanganligiga qaramay, ularni rivojlantirishga ayamasdan sarflashimiz kerak.

Hozirgi infratuzilma tizimini bozor iktisodiyoti sharoitida amal qilayotganini ta‟kidlagan xolda uni kuyidagicha guruhlash mumkin (5.2-jadval).
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   142


написать администратору сайта