Главная страница
Навигация по странице:

  • Xarajatlar

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница54 из 142
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   142

    5.3-jadval.


    Avtomobil transportida yuk tashish tannarxining tarkibiy tuzilishi, tashish tannarxidagi ulushi %


    Xarajatlar nomi

    O„zbekiston

    Yevropa Ittifoqi

    Yoqilg„i

    37-40

    16-20

    Moylash materiallari

    2-2,2

    3

    Haydovchining ish haqi

    15-16

    52-55

    Shina xarajatlari

    2-2,5

    1-1,1

    Amortizatsiya ajratmalari

    10-12

    5-6

    Soliq va yig„imlar

    6-7

    2

    Boshqa xarajatlar

    20-21

    16

    Mamlakatimiz dengiz va okean portlariga bevosita chiqish imkoniyatiga ega emas. Shu munosabat bilan 1996-yil aprelda “TRASEKA” dasturiga muvofik idoralararo ishchi guruhi tuzilib, bu guruh transport koridorlarini tashkil qilish va ularni umumlashtirish masalalarini hal qildi. Ulardan kuyidagi transport koridorlari qurilishi amalga oshiriladi:

    • Tashkent Ashgabad – Turkmanboshi porti Baku porti.

    • Almata Toshkent Istambul avtomagistrali.

    • Markaziy Osiyo mamlakatlari Sharqiy Xitoyning portlaridan birigacha.

    • Markaziy Osiyo mamlakatlari – Tedjen – Seraxs – Mashhad – Bandar Abbas porti (Eron).

    • Markaziy Osiyo mamlakatlari – Eron Islom Respublikasi – Turkiya Istambul porti. Bugungi kunda xalqaro yuk tashuvlari bilan shug„ullanayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari quyidagi transport koridorlaridan foydalanib kelmoqdalar:

    1. yo„lak Boltiqbo„yi davlatlari portlari yo„nalishida (tranzit bilan Qozog„iston va Rossiya orqali) – Klaypeda (Litva), Riga, Liepaya, Ventspils (Latviya), Tallin (Estoniya);

    2. yo„lak – Belarus va Ukraina orqali (tranzit bilan Qozog„iston va Rossiya orqali) Chop (Ukraina) va Brest (Belarus) chegara o„tishlari, keyinchalik Yevropaga;

    3. yo„lak – Ukrainaning Ilichevsk portiga (tranzit bilan Qozog„iston va Rossiya orqali), Qora dengizga chiqish bilan;

    4. yo„lak – Gruziyaning Poti va Batumi portlariga (tranzit bilan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali), Qora dengizga chiqish bilan, TRASEKA yo„lagi deb nom olgan;

    5. yo„lak Eronning Bandar-Abbos portiga (tranzit bilan Turkmaniston orqali)

    Fors ko„rfaziga chiqish bilan;

    1. yo„lak Sharqiy yo„nalishda Xitoy orqali (tranzit bilan Qozog„iston orqali) Sariq dengizga;

    2. yo„lak sharqiy yo„nalishda Uzoq Sharqning Naxodka va Vladivostok portlari orqali (tranzit bilan Qozog„iston va Rossiya orqali) Sariq dengizga.

    3. yo„lak Turkiya va Yevropaga (“Baku-Axalkalaki-Kars” yangi temir yo„lida tranzit bilan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali);

    Hozirgi kunda yana quyidagi yo„nalishlar rivojlantirilmoqda:

    • Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyo yo„nalishida (Turkiyaning Mersin porti orqali tranzit bilan Turkmaniston va Eron orqali);

    • Xitoy portlariga (tranzit bilan Qirg„iziston orqali) Sariq, Sharqiy-Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlariga chiqish bilan.

    Xalqaro ekspertlarning baholariga ko„ra, loyiha amalga oshirilgan yo„lakning o„tkazish qobiliyati, ichki tashishlarni hisobga olmasdan, 12-14 mln. tonna yukkacha etadi hamda Shanxaydan Lissabongacha uzluksiz er usti aloqasi imkoniyati paydo bo„ladi. Tomonlar Andijon, O„sh va Qashg„ar o„rtasidagi xalqaro avtomobil yo„lini qayta qurish va rivojlantirish bitimini imzolagan.

    • Afg„on muammosi tartibga solinishi munosabati bilan tranzit bilan Afg„oniston orqali Eronning Bandar-Abbos va Chaxbahor portlariga chiqadigan janubiy muqobil transport yo„laklarini ishlab chiqish bo„yicha yangi istiqbollar ochilmoqda.

    Mamlakatimizning logistika ko„rsatkichlari indeksiga nazar tashlasak, eng yuqori natijalar aynan infratuzilma va o„z vaqtida yetkazib berish indikatorlarida nisbatan ijobiyligini kuzatish mumkin (5.4-jadval). Ushbu ko„rsatkichlar Xitoyda o„rtacha 4,07 ni, Singapurda 4,14 ni, qo„shni Qozog„iston Respublikasida esa 2,75 ni tashkil etadi.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   142


    написать администратору сайта