Главная страница
Навигация по странице:

  • Davlat LKI o„rni Bojxona Infra

  • Kuzatuv

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница55 из 142
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   142

    5.4-jadval.


    Qiyoslanayotgan davlatlarning logistika ko„rsatkichlari indeksi (LKI)57



    Davlat

    LKI

    o„rni


    Bojxona

    Infra- tuzilma

    Xalqaro tashuvlar

    Logistik raqobat

    Kuzatuv va nazorat

    O„z vaqtida etkazish

    O„zbekiston

    118

    2.32

    2.45

    2.36

    2.39

    2.05

    2.83

    Qozog„iston

    77

    2.52

    2.76

    2.75

    2.57

    2.86

    3.06

    Singapur

    5

    4.18

    4.20

    3.96

    4.09

    4.05

    4.40

    Tailad

    45

    3.11

    3.12

    3.37

    3.14

    3.20

    3.56

    Xitoy

    9

    3.94

    4.10

    4.05

    4.00

    4.03

    4.29

    Jahon mamlakatlar tajribasiga ko„ra, logistika markazlari faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish quyidagi yo„nalishlar bo„yicha olib borilishi lozim:

    1. Biznes jarayonlarida zahiralarni quyidagilar hisobiga qisqartirish:





    57 Jahon bankining logistik ko„rsatkichlar indeksi yillik hisoboti ma‟lumotlari 2016 y. https://lpi.worldbank.org/international/global

    • zahiralarni ulgurji va chakana savdo o„rtasida qayta taqsimlash hamda ulgurji bo„g„inlarda to„plash;

    • zahira holatlarini nazorat qilishning zamonaviy texnologiyasini qo„llash;

    • ishtirokchilarning zahiralarni o„z vaqtida to„ldirib borish masalasida yuksak darajada muvofiqlashib borishi.

    Joriy zahiralar ham, sug„urta zahiralari ham qisqarib boradi. Joriy zahiralar – qulay o„lchamdagi to„plamlarning belgilangan muddatida yetkazib berilishi hisobiga amalga oshiriladi. Sug„urta zahiralari tovarlarning yagona taqsimot omborida to„planishi hisobiga kamaytiriladi. Masalan, agar 100 ta do„kon bitta taqsimot ombori atrofida birlashtirilsa va bu erda sug„urta zahiralari to„plansa, u holda kvadrat ildiz qonuniga ko„ra, zahiralarning umumiy hajmi xizmat ko„rsatish bo„yicha barqarorlikka zarar yetkazmagani holda 10 marta kamayadi.

    1. Xizmatlar bozorida logistika vositachisi hisoblangan korxonalarning maydonlari va hajmidan yuqori darajada foydalanish. Masalan, tovar o„tkazish bo„g„inlarining logistik qulayligi do„konlar maydonlarining tarkibini sezilarli darajada o„zgartirib, savdo maydonchalari hisobiga ko„paytiradi. Bularga ushbu hisoblarga ko„ra erishiladi:

    • umumiy zahiralar miqdorining keskin qisqartirilishi va ularning kattagina qismini do„konlardan ulgurji bo„g„inlarga ko„chirish hisobiga;

    • tayyorlov jarayonlarining bir qismini qadoqlash, tamg„alash, narxlarini belgilash va boshqalarni tovar harakatining oldingi bosqichlariga ko„chirish hisobiga.

    1. Sarmoyalarning aylanishini tezlashtirish. Bularga talablarni bevosita joylashtirish va ularni bajarish jarayonlarini vaqti bo„yicha nazorat qilish hisobiga erishiladi.

    2. Transport xarajatlarini qisqartirish, ishtirokchilarning yuqori darajada transportdan foydalanish masalasida muvofiqlashuvlari hisobiga erishiladi.

    3. Yuklarni ishlash, shu jumladan, qo„l mehnati xarajatlarini kamaytirish. Logistika markazlari faoliyatidan foydalanishdagi samaralar to„plami, odatda,

    ko„rsatib o„tilgan ko„rsatkichlar samaralarining yig„indisidan ortadi. Bu shu bilan izohlanadiki, logistika jihatidan tashkillashtirilgan tizimlarda vujudga kelgan bozor uchun kerakli yukni yetkazib berishni ta‟minlash qobiliyati, zarur sifatda, kerakli miqdorda, belgilangan muddatda, kerakli joyga, eng oz miqdordagi xarajatlar bilan yetkazib berishning vujudga kelishi bilan izohlanadi.

    EIHlar tashkil etilishi mintaqaviy rivojlanishni yanada maqbullashtirish, tashqi bozorlarga yo„naltirilgan yuqori samarali ishlab chiqarishlarni joylashtirish, logistika va transport infratuzilmasining zamonaviy tizimlarini joriy etish siyosatini amalga oshirish yo„lida yangi qadamdir.

    O„zbekiston Respublikasi bir qator asosiy transport konvensiyalari va xalqaro shartnomalariga qo„shilgan bo„lib, transport koridorlarini diversifikatsiyalash ishlari davom etmoqda.

    Umuman olganda, mamlakatimizda logistika infratuzilmasini rivojlantirish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:

    • mamlakatimizning Farg„ona vodiysi, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Navoi, Buxoro hududlarida logistika hablari yaratish va logistika va transport tizimiga

    xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq;

    • mamlakatimizda zamonaviy logistika markazlarini barpo etish va ulardan samarali foydalanish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish;

    • mahalliy, eksport-import va tranzit tovar aylanmasini rivojlantirishga ko„maklashuvchi logistika markazlari tashkil etishni o„z ichiga oluvchi mamlakat transport infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratish;

    • O„zbekistonning geografik joylashuvi zamonaviy ombor komplekslari va logistika markazlari tarmog„i rivojlanishida strategik muhim jihat bo„lib, yuklarni tashish bilan bog„liq xarajatlarni kamaytirish hamda ishlab chiqarish va savdo kompaniyalari logistikasini samarali tashkil etish imkonini berishi mumkin.

    O„zbekistonda transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirishda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalasiga ham alohija e‟tibor qaratilmoqda.

    Xususan, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PF-5349-sonli Farmoni mamlakatda sohada bir qator quyidagi muammolarni hal etishga huquqiy yechim topish maqsadida qabul qilindi:

    • birinchidan, telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, mamlakatning olis aholi punktlari telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta‟minlanmasdan qolmoqda, mobil aloqa va Internet tarmog„ining sifati aholi ehtiyojlarini qondirmayapti;

    • ikkinchidan, davlat boshqaruvi tizimiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etishda yagona texnologik yondashuvning samarali amalga oshirilmaganligi sababli idoraviy axborot tizimlari va resurslari alohida- alohida joriy qilinmoqda, buning oqibatida ularni yagona axborot makoniga integratsiyalash jarayoni murakkablashmoqda;

    • uchinchidan, elektron tijoratda integratsiyalashgan savdo va marketing platformalari, internet-do„konlar, to„lov tizimlarini, shuningdek, logistika tizimlarini joriy etishga yetarlicha e‟tibor qaratilmayapti, bu iqtisodiyot va tadbirkorlik rivojlanishi, chet el investitsiyalari jalb qilinishi to„xtatib turilishining sabablaridan biri bo„lmoqda;

    • to„rtinchidan, davlat axborot tizimlari va resurslarida axborot xavfsizligini va axborotni muhofaza qilishni ta‟minlash ishlarining zaif tashkil etilganligi axborotdan ruxsatsiz foydalana olish, ma‟lumotlar bazalarining butunligi va maxfiyligini buzish imkoniyatini oshirmoqda;

    • beshinchidan, ko„plab davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari tomonidan aholiga ko„rsatiladigan xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirish, byurokratik tartib-taomillarga barham berish, qog„oz hujjat aylanishini kamaytirishga qaratilgan axborotlashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish loyihalarini amalga oshirish masalalariga yetarlicha e‟tibor berilmayapti;

    • oltinchidan, pochta aloqa xizmatlari va logistika tizimini modernizatsiya qilish, pochta aloqasi milliy operatori faoliyatining sifat jihatdan yangi uslublarini joriy etish va bozorda uning faoliyati mavqeini oshirishga doir ta‟sirchan choralar ko„rilmayapti;

    • yettinchidan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi IT- texnologiyalar rivojlanishining tezkor sur‟atlarini hisobga olmayapti, shuningdek, ta‟lim berishning ilg„or uslublarini joriy etish uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta‟lim muassasalari bilan samarali muloqotni tashkil qilish imkonini bermayapti;

    • sakkizinchidan, elektron hukumat, elektron tijorat, elektron davlat xizmatlari ko„rsatish tizimi, ularning shaffofligi va ochiqligi, shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanishida ancha ilgarilab ketgan mamlakatlarning tajribasini chuqur o„rganish va joriy etish bo„yicha tizimli ish olib borilmayapti.

    Farmonda raqamli iqtisodiyotni o„stirishda elektron tijoratni rivojlantirish va shunga muvofiq ravishda port va logistika infratuzilmasini rivojlantirishga ham urg„u berilgan. Bunda O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo„nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

    • axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va qo„llash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda munosabatlarni tartibga solish, elektron hukumatni joriy etish, axborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;

    • “oxirgi milya” tamoyili bo„yicha Internet tarmog„idan keng polosali foydalanishni kengaytirish, multiservisli aloqa tarmoqlari texnologiyalari, mobil aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, logistika va pochta aloqasi xizmatlari orqali telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;

    • davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy etish, idoralararo o„zaro elektron hamkorlikni tashkil qilish, yagona elektron reestrlar va ma‟lumotlar bazalarini, «yagona darcha» tamoyili bo„yicha elektron davlat xizmatlari ko„rsatish tizimlarini shakllantirishga yagona texnologik yondashuv amalga oshirilishini ta‟minlash;

    • davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilishga ko„maklashish, raqamli iqtisodiyot o„sishini rag„batlantirish, shu jumladan, ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;

    • shahar va hududiy infratuzilmani, shu jumladan, kelgusida integratsiyalashgan, “aqlli” va “xavfsiz” shahar yagona kompleksiga birlashtirgan holda uy-joy kommunal xizmat ko„rsatish, transport logistikasini, shoshilinch xizmatlarni boshqarishning zamonaviy intellektual tizimlarini joriy etish va rivojlantirish;

    • texnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy raqobatbardosh va eksport uchun mo„ljallangan dasturiy mahsulotlar hamda xizmatlarning mahalliy ishlab chiqarilishini rivojlantirishni rag„batlantirish, shart-sharoitlar yaratish va investitsiyalarni jalb qilish;

    • yetakchi xorijiy kompaniyalar va ta‟lim muassasalarining eng yaxshi amaliyoti asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida strategik va loyiha boshqaruvi, menejment, marketing bo„yicha ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni,

    kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil qilish;

    • kiberxavfsizlikni ta‟minlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni ta‟minlash bo„yicha kompleks choralarni amalga oshirish, shaxsiy va biometrik ma‟lumotlarni yig„ish, qayta ishlash va saqlash bo„yicha texnologiyalarning qo„llanishini tartibga solishda ishtirok etish;

    • taqdim etilayotgan telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarining yuqori sifatini ta‟minlash maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshirish;

    • axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini qo„llash va rivojlantirish masalalari bo„yicha, shu jumladan, texnik standartlar, reglamentlar joriy etilishini tashkil qilish, shuningdek, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiradigan boshqa yo„nalishlar bo„yicha xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

    Shuningdek, Farmonga ko„ra:

    1. 2018-yil 1-iyundan:

    tadbirkorlik subyektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmog„idagi elektron savdo maydonchalari orqali, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro„yxat bo„yicha ayrim tovarlardan tashqari, tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega;

    tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qat‟i nazar, chakana savdo hisoblanadi;

    1. axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarini jalb qilish, o„z IT-infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, Vazirlik xodimlarini moddiy rag„batlantirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg„armasi mablag„lari hisobidan amalga oshiriladi;

    v) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg„armasi mablag„lari hisobidan Vazirlik xodimlarining mehnatiga haq to„lash shartlari Vazirlik hay‟ati tomonidan aniqlanadi;

    g) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas‟ul bo„lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo„lmagan miqdorda belgilanadi;

    d) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga mas‟ul bo„lgan bo„linma rahbarlari har yil yakunlari bo„yicha Vazirlik qarori asosida axborot tizimlari, elektron davlat xizmatlari va axborotlashtirishni joriy etish rejalari va dasturlarining o„z vaqtida, to„liq va sifatli bajarilganligi uchun, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg„armasi mablag„lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda mukofotlanadi.

    5.1-rasm. AKT sohasining YaIM dagi ulushi, % da58

    O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 14-may kuni “Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Qarori mamlakat iqtisodiyotining sohalarini rivojlantirish, mahalliy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish, Internet tarmog„i orqali jahon bozoriga milliy mahsulotlarni sotish, to„lov tizimlarini takomillashtirishdagi o„rnini hisobga olib, elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.

    Qarorda jahondagi eng ilg„or tajribani qo„llash masalasi zarurligi keltirilgan. Jumladan, ushbu qaror ilovasida 2019-2020 yillarda mamlakatimizda internet-

    do„konlar uchun logistika infratuzilmasi yaratilishi ko„zda tutilgan.

    Shuningdek, 2019-yilning 1-iyuliga qadar FedEx, DHL, UPS va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda O„zbekistonda ularning hududiy nuqtalarini (mintaqaviy xablarni) yaratish masalasi ustida ishlanadi. Kutilishicha, bu elektron savdo orqali mahsulot eksporti hajmini oshirish imkonini beradi.

    2019-yilning 1-oktabriga qadar esa Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O„zavtotrans” va boshqa tashkilotlar internet-do„konlar bilan ishlovchi yetkazib berish xizmatlarini rag„batlantirish choralarini ishlab chiqishadi va tasdiqlashadi.

    2020-yilning 1-apreligacha davlat va xususiy sektor hamkorligi tadbiq etilgan logistika infratuzilmasi yaratilishini tasdiqlovchi me‟yoriy hujjat tayyorlanadi. Bu infratuzilmada, eng olis hududlarda yashovchi aholi ham internet-do„konlardan tovarlarni tez va qulay olishlarini ta‟minlash uchun hududiy logistika markazlari paydo bo„ladi.

    Hozirda ham ayrim onlayn savdo platformalari orqali turli tovarlar olish mumkin. Agarda onlayn xarid borasida tajribangiz yetarli bo„lmasa, u holda




    58 O„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo„mitasi ma‟lumotlari.

    tovarlarga “Terabayt.uz” sayti orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

    Bundan tashqari, 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida” Qarorida unda mamlakatda elektron tijoratning to„laqonli bozorini yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to„siq bo„layotgan qator muammo va kamchiliklar ham ko„rsatib o„tilgan.

    Ya‟ni, ular:

    • birinchidan, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning amaldagi tizimi soha taraqqiyotining jadal sur‟atlardagi o„zgarishlariga mos kelmaydi va o„z navbatida aholi keng qatlami va tadbirkorlik subyektlari uchun elektron tijoratdan foydalanish imkonini ta‟minlamaydi;

    • ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozorlarda to„liq raqobatlashish, shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish imkonini bermayotgan elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilishning eskirgan byurokratik to„siqlari saqlanib qolmoqda;

    • uchinchidan, elektron tijoratni rivojlantirishga yo„naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni lozim darajada yo„lga qo„yilmagan, bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish va tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining to„xtab turishiga olib kelmoqda;

    • to„rtinchidan, mahalliy to„lov tizimlarining mashhur xorijiy analoglari bilan integratsiyasi yo„qligi, mamlakat tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat sohasidagi yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan to„liq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, shuningdek, mahalliy bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta‟sir qilmoqda;

    • beshinchidan, elektron tijorat imkoniyatlari va afzalliklarini, jumladan, tovarlar (xizmatlar) uchun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish darajasi pastligicha qolmoqda, bu esa xufyona iqtisodiyot hajmining oshishiga va davlat budjetiga soliq tushumlarining kamayishiga olib kelmoqda;

    • oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish tizimi elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini kengaytirishni rag„batlantirmaydi, bu esa Internet tarmog„i orqali mahsulotlarni xufyona ayirboshlash hajmi oshishiga olib kelmoqda, shuningdek, ushbu sohaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishni cheklamoqda.

    Qaror asosida:

    • elektron tijorat orqali sotiladigan tovarlar (xizmatlar) uchun ularning umumiy qiymatidan majburiy 15 foizli oldindan to„lov to„lash talabi bekor qilindi;

    • elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan, tegishli bo„lgan avtomobil transportida O„zbekiston hududi bo„ylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yo„lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno;

    • 2018-yil 1-iyuldan boshlab Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reestrini

    (Milliy reestr) yaratildi. Bunda Milliy reestrni yuritish elektron shaklda onlayn rejimda amalga oshiriladi va Milliy reestrga ixtiyoriy va bepul asosda tovar (xizmat)larni elektron tijorat orqali sotishdan olgan daromadlari umumiy sotilgan tovarlar (xizmatlar) hajmining kamida 80 foizini tashkil etuvchi, shu jumladan, elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari, tovarlarni yetkazib berish, elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash xizmatlarini ko„rsatuvchi yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar kiritiladi. Milliy reestr elektron tijorat ishtirokchilari to„g„risidagi yagona elektron axborot bankini yaratit, yuritadi;

    • Milliy reestrga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar 2 foiz stavka bo„yicha yagona soliq to„lovini to„lovchilar hisoblanadi;

    • 2018-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   142


    написать администратору сайта