Главная страница
Навигация по странице:

  • 3.Ishlab

  • 4.Ijtimoiy

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница53 из 142
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   142

    5.2-jadval.


    Infratuzilma tarmoqlarini guruhlash jadvali56


    1. Bozor (makroiktisodiy) infratuzilmasi

    Asosiy bo„limlari:

    1. Marketing tizimining infratuzilmasi;

    2. Moliya va kredit infratuzilmasi;

    v) Axborot tizimining infratuzilmasi;

    g) Bozor institutlari infratuzilmasi.

    Vazifasi:

    Bozor tizimida tovar (xizmat)larning harakati va tadbirkorlikning rivojlanishi uchun umumiy sharoitlar yaratish orqali iqtisodiyotning samaradorligini oshirish va raqobat

    muhitini shakllantirish.

    2. Magistral infratuzilmasi

    Asosiy bo„limlari:

    -

    Vazifasi:

    Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini rivojlantirish va inson





    54 Говорин А.А. Инфраструктура современного предпринимателства: проблемы теории и практики. М.: ЗАО “Финстатпром”, 1999. С.53.

    55 Abdalova Z., Tojieva Z. Iqtisodiy geografiya. O„quv qo„llanma. T.: IQTISOD-MOLIYa, 2013. B.156-157 b.

    56 Oripov M.A., Yavmutov D.Sh. Infratuzilma asoslari. Ma‟ruzalar matni. Buxoro 2013. B. 85.




    taraqqiyoti uchun umumiy sharoit yaratish uchun xizmat

    ko„rsatish.

    Asosiy unsurlari

    Umumiy: temir va avtomobil yo„llari, havo va suv transportlari,

    suv, gaz va neft quvurlari elektr o„tkazgichlar aloqa va kommunikatsiya.

    3.Ishlab chiqarish infratuzilmasi

    Asosiy bo„limlari:

    1. hududiy bo„linmalari:

      1. mintaqaviy;

      2. mahalliy;

    v) korxona.

    1. Funksional bo„linmalari:

      1. tarmoq infratuzilmasi;

      2. tarmoqlararo.

    Vazifasi:

    Ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz yangilanishi,

    raqobatbardosh maxsulot ishlab chiqarish va zahiralardan samarali foydalanish uchun umumiy sharoitlar yaratish.

    4.Ijtimoiy (noishlab chikarish) infratuzilma

    Asosiy bo„limlari:

    Hududiy bo„linmalari:

    1. mintaqaviy;

    2. mahalliy;

    v) korxona.

    Vazifasi:

    Aholi va ishchi kuchini takror ishlab chiqishi va ularning sifat

    ko„rsatkichlarini oshirish uchun xizmat kiladi.


    O„zbekistonda ham real sektor tarmoqlarini rivojlantirish, mavjud texnika va tehnologiyalarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish faoliyati uchun zaruriy shart- sharoitlarni yaratish maqsadida infratuzimaning barcha tarmoqlariga alohida e‟tibor berib kelinmoqda.

    Bugungi kunda sanoatlashayotgan mamlakatlarda erkin iqtisodiy hududlarni eksportga yo„naltirilgan ishlab chiqarishni amalga oshirish yoki kengaytirish uchun tashkil qilishmoqda. Ushbu iqtisodiy islohotlar mamlakatimizda “2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasi”ning uchinchi, “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo„nalishlari” bandida tarkibiy o„zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish sifatida qayd etilgan.

    Bu yo„nalishda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmadagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarini tashkil etish, amaldagi zonalarning samaradorligini oshirish; yo„l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va boshqaruv tizimiga axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari ustuvor etib belgilangan.

    Angren-Pop temir yo„li barpo etilishi bilan mamlakatimizda yagona temir yo„l tizimi vujudga keldi va ushbu temir yo„li Buyuk Ipak yo„lidagi davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo„nalishlaridan biri bo„lmoqda.

    Logistika infratuzilmasini rivojlantirish, uning mazmuni va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ta‟sirini o„rgangan bir qator olimlar logistika infratuzilmasining mohiyati haqida turli xil fikrlarni bildirganlar.

    D. Bauersoksning fikricha, logistika infratuzilmasi ishlab chiqarish obyektlari, axborot vositalari, transport kompaniyalari va ularning imkoniyatlari, omborxonalar, yuklarni tashish, qadoqlash, inventarizatsiyani boshqarish, yuklarni yuklash va tushirish terminallari va chakana do„konlarga tegishlidir. Muallifning fikricha, logistika infratuzilmasini tashkil etishda ma‟lum geografik joylashuvi bo„lgan obyektlar (ombor komplekslari) sonini aniqlash va har bir joyda saqlanuvchi mahsulot zahiralarini hisoblash kerak. Shu bilan birga muallif, transport tarmoqlari, transport vositalari va transport kompaniyalarini o„z ichiga olgan transport logistika infratuzilmasini alohida qayd etadi.

    A.D. Chudakov logistika infratuzilmasi deganda moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilarning ta‟minot zanjiri ishtirokchilari, tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va mahsulot iste‟molchilarini tushunadi. Shu bilan birga, logistika infratuzilmasida muallif logistikaning barcha sohalarini (quyi tizimlarini) o„z ichiga olishini ta‟kidlaydi. Bular:

    • moddiy-texnik ta‟minot;

    • transport va saqlash;

    • inventarizatsiyani boshqarish;

    • marketing faoliyatidir.

    A.L.Nosov, o„z navbatida, logistika infratuzilmasini insonlarning ishlab chiqarish va ijtimoiy hayotini ta‟minlash uchun ishlab chiqilgan moddiy va texnik tizim, uni rivojlantirish esa, ishlab chiqarishga yo„naltirilgan investitsiyalar samaradorligi uchun asosiy shartlardan hisoblanadi deb ta‟kidlaydi. Muallif logistika infratuzilmasiga temir va avtomobil yo„llari, aloqa, turli xil transport, ombor xo„jaligi va turli xil inshootlarni kiritadi.

    Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, logistika infratuzilmasiga iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshiruvchi, logistika faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo„ladigan bino-inshoot, transport tizimlari, ishlab chiqarish obyektlari, yuk tashuvlari, omborxonalar majmuasi deb ta‟rif berish mumkin.

    Mamlakatimizda EIHlar va logistika markazlari faoliyatini rivojlantirish, ushbu jarayondagi muammolarni hal etish maqsadida rivojlangan mamlakatlarning logistika ko„rsatkichlari indeksi, logistika markazlari faoliyatini qo„llab-quvvatlash tajribasini tahlil qilish asosida qiyoslash, analiz, sintez usullari orqali ular faoliyatini rivojlantirish yo„nalishlarini keltirish mumkin.

    Iqtisodiy tadqiqotlar markazi mutaxassislarining tadqiqotlariga ko„ra, mamlakatimiz avtomobil transporti operatorlari tomonidan ko„rsatilayotgan yuk tashish xizmatlari tannarxi tarkibi rivojlangan mamlakatlarning o„xshash ko„rsatkicharidan juda farq qilar ekan. Ayniqsa, tannarx tarkibida yonilg„i, amortizatsiya xarajatlari, soliq va yig„imlar ulushi bir necha marotaba yuqori bo„lib,

    rag„batlantirishning eng samarali vositasi hisoblanuvchi haydovchilar ish haqi ulushi 3 barobardan ham kamroq ekan. Quyidagi 5.3-jadval ma‟lumotlariga ko„ra, tashish xarajatlarining asosiy moddalari transport vositalariga texnik xizmat ko„rsatish va yoqilg„i moylash materiallari hisobiga to„g„ri keladi. Respublika hududiy avtomobil transporti birlashmalarida ishlatilayotgan transport vositalarining eskirish darajasi ularning avtomobil transporti xizmati ko„rsatish bozoridagi raqobatga bardosh bera olmasligining asosiy sabablaridan biri bo„lib qolmoqda.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   142


    написать администратору сайта