Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница50 из 142
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   142

Tayanch iboralar:


Logistika, tijorat logistikasi, san‟at.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


      1. Logistika yuzaga kelish sababi va tarixiga ko„ra juda katta qiziqish uyg„otuvchi soha hisoblanadi. Bugungi kunda iqtisodiyotni va uning tarmoqlarini, jahon iqtisodiyotini logistikasiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Logistika o„ziga xos tizimda ishlovchi soha sifatida yangidan-yangi qirralari nomayon bo„lib kelayotgan iqtisodiyotning ajralmas bir tarkibiy qismidir. Buni uning yuzaga kelish va qo„llanishi tarixi ham asoslaydi.

      2. Logistika atamasining mazmunini ochib breshi bo„yicha ko„pniga asarlar yaratilgan bo„lib, ularda logistika so„zining kelib chiqish tarixlari ham ochib berilgan. Shunga ko„ra, aytish mumkinki, Qadimgi Afinada maxsus amal “logist” yoki ijtimoiy o„z-o„zini boshqarish amaldori bo„lgan (eramizgacha V asrda 30 ga yaqin). Logistlar har yil qura tashlash yo„li bilan belgilanganlar, ularning vazifasi vakolati tugagan boshqa amaldorlarning hisobotlarini tekshirish va bu hisobotlarni faxrli fuqoralar Kengashida tasdiqlashga topshirishdan iborat bo„lgan. Kengashning qarori yakuniy bo„lgan.

      3. Shuningdek, logistikadan boshqa sohalarda, jumladan, harbiy sohada ham keng foydalanilgan. O„z navbatida, logistikaning mavjud imkoniyatlari bugungi kunda uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizning barcha sohalarida keng va samarali foydalanish mumkinligini ko„rsatmoqda.



Nazorat uchun savollar:


  1. Logistika so„zining lug„aviy ma‟nosi nimani anglatadi?

  2. Logistika so„zi qachondan qo„llanila boshlagan va uning tarixi haqida

nimalarni bilasiz?

  1. Logistikaning turli sohalarda, turli maqsadlarda qo„llanilishi sabablari va maqsadlari haqida nimalarni bilasiz?

  2. Logistika, sizningcha, qanday ma‟noni bildiradi va undan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?

  3. Logistika atamasi qachondan va nima maqsadda harbiy sohada qo„llanilgan?

  4. Logistika bugungi kunda EIHlar rivojida qanday ahamiyat kasb etadi?



    1. Logistika tamoyillari, tizimi va logistika xizmatlarini tashkil etishning ahamiyati



Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo„llangan va yetarli ijobiy natijalarga asos bo„lgan ilmiy-amaliy yo„nalishlar, vositalar va usullargina iqtisodiyotni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishning murakkab qiyinchiliklariga barham berishga qodir. Shu bois, so„nggi yarim asrdagi tadqiqotlar ko„rsatishicha, xorijiy bozor munosabatlari muvozanatli tashkil etilishi va barqaror rivojlanishi logistik oqimlarning ilmiy-amaliy asoslanganligiga bog„liq. Logistik oqimlarni tartibga solishda konsepsiya va logistik tizimlardan foydalaniladi.

Logistika tizimi va konsepsiyalarning amaliyotda qo„llanish xususiyatlariga alohida e‟tibor qaratish va ularning tashkiliy-boshqaruv xususiyatlarini izchil o„rganish milliy tadbirkorligimizdagi muammolar yechimiga sezilarli ta‟sir ko„rsatishi shubhasiz. Fikrimizcha, konsepsiyalar tarkibiga tizimlarning kiritilishi tasniflash xususiyatlarini oydinlashtirishga yordam beradi (5.1-jadval).

Shu bois amaliyotda keng qo„llanilayotgan tizimlar quyidagi konsepsiyalarga tartiblashtirildi: ehtiyojlar resurslarini rejalashtirish; “mayda” ishlab chiqarish va uning talabga moslashishi.

Logistik tizimlar guruhlanishida, ko„pincha, logistik oqimlarning xususiyatlari asos hisoblanadi. Ayni chog„da logistik oqimlarning tashkil etilishida makrologistik yoki mikrologistik tizim, etaklovchi va itaruvchi tizim, berilgan resurslar asosida oqimni belgilash tizimi yoki zarur natija uchun tegishli resurslarni jalb qilish tizimi kabilar ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilgan.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   142


написать администратору сайта