Главная страница
Навигация по странице:

  • Konsepsiya

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница51 из 142
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142

    5.1-jadval.


    Logistik konsepsiyalar va tizimlar tafsiloti


    Konsepsiya nomi



    Logistik tizim


    Qisqacha nomi


    Inglizcha tafsiloti


    O„zbekcha tafsiloti

    Ehtiyojlar, resurslarni

    1

    MRP-1 (MRP-1)

    Materials

    Requirements Planning

    Materiallar ehtiyojini rejalashtirish

    2

    DRP

    Distribution

    Mahsulotlar taqsimotini







    DRP

    Requirements

    Planning

    rejalashtirish

    3

    Djast in taym (LT)

    Just in time

    “Aniq muddat” - detallar

    talabini aniq hisobga olishning tashkiliy usuli

    4

    Kanban (Kanban)

    Kanban

    Oqimli ishlab chiqarish jarayonida mahsulot miqdorini operativ tartibga

    solish

    5

    OPT (OPT)

    Optimized production

    technologies

    Optimizatsiyalashgan ishlab chiqarish texnologiyalari

    6

    MRP-2 (MRP-2)

    Manufacturing Requirements

    Planning

    Ishlab chiqarish resurslarini rejalashtirish

    “Kam doirada”

    7

    LP (LP)

    Leal Production

    “Kam doirada” ishlab chiqarish konsepsiyali aralash tizimlar guruhi

    Talabga moslashuvchan

    8

    DDT (DDT)

    Demand Driven Techniques

    Talabga moslashish konsepsiyasi: 1.Buyurtmaning eng yuqori nuqtasini aniqlash.

    2.Shoshilinch moslashuv. 3.Uzluksiz to„ldirish.

    4.Zaxiralarni avtomatik to„ldirish.


    Logistikaning tizim sifatidagi dastlabki shakllanish davri “tortuvchi tizim” mezoniga asoslanilgan. “Tortuvchi tizim” texnologik operatsiyalarning qat‟iy grafigiga amal qilmaydigan, ayni chog„da detal va yarimfabrikatlarga bo„lgan talab taqsimot kanallari buyurtmasining zaruratiga qarab, tashkil etiladigan ta‟minlash tizimi hisoblanadi. Bu turdagi eng ommalashgan tizimlar jumlasiga “Aniq muddat I” va “Aniq muddat II”, “Nol zahirali ishlab chiqarish”, “Kanban tizimi” kabilar kiradi.

    “Aniq muddat tizimi”. Ushbu tizimning konseptual asoslari dastlab XX asr 50 yillarida “Tayota motors” (Yaponiya) kompaniyasidagi avtomobil sanoatida ishlab chiqilgan. U amerikaliklar tomonidan o„zlashtirila boshlangach, LT (Lz1- t Lte) deb nomlangan. XX asr 60 yillariga kelib, bu kompaniya mazkur logistik tizimni yangi avtomobil tayyorlashda tadbiq etish hisobiga asosiy logistik tsikl vaqtini bir oygacha qisqartirishga erishgan. Bu paytda avtomobil tayyorlash tsikli amerikaliklarda 6-9 oyni tashkil etgan.

    Tizimning ko„pchilik kompaniyalarga tadbiq etilishi tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot zahiralari kamayishiga, olib kelgan.

    Xarajatlarning tejalishiga, texnologik liniyadagi buzilishlar barham topishiga

    bozor talabidagi tebranishlarga moslashishiga olib kelgan.

    Moddiy xomashyolarni vaqtida va zarur miqdorda yetkazib berish tufayli mahsulot sifati yaxshilangan. Ombor binolarining bo„shagan qismlaridan boshqa ehtiyojlarni qondirishda foydalanilgan. Ushbu tizim ta‟minlash, ishlab chiqarish va sotish jarayonlaridagi zahiralar minimallashuvini muvofiqlashtirgan.

    “Aniq muddat II” konsepsiyasida esa, turli variantli kombinatsiyalarning zamonaviy integratsiyalashgan tizimi barpo etilgan va quyidagilar hisobga olingan:

    • logistik kanallardagi minimal zahiralar;

    • talab etadigan hajmdagi zairalar darajasiga tezkor moslashuv;

    • mahsulot sifati tsiklini boshqarish;

    • umumiy statistik nazorat;

    • zahiralarning kritik nuqtasidagina buyurtma berish va boshqalar. Bunda zahiralarni minimallashtirish uchun logistik operatsiyalar integratsiyalashgan, sifatning yuqori darajasiga, o„zaro ishonchga va samarali servisga erishilgan.

    Logistik operatsiyalarning tobora takomillashuvi “Nol zahirali ishlab chiqarish tizimi” darajasini ta‟minlagan. Bundan omborlardan voz kechish ko„zda tutilgan. Moddiy-texnika ta‟minoti va ishlab chiqarish texnologiyasi qo„shimcha ishlab chiqarish va zahiralarga barham bergan.

    Ushbu tizimning an‟anaviy yondashuvlardan farq qiluvchi ko„rsatkichlari jumlasiga quyidagilar kiritilgan:

    • moddiy resurslar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot zahiralarining nol zahiralari;

    • zahiralarni sug„urtalashning bekor qilinishi;

    • ishlab chiqarish tsiklining qisqarishi;

    • ta‟minot va tayyor mahsulot hajmining katta emasligi;

    • ishonchli ta‟minotchilar va tashuvchilar bilan munosabat o„rnatish; Nol defektli sifatni boshqarish falsafasi;

    • tayyorlash, ishlab chiqarish va mahsulot sotishning barcha bosqichlarini sinxronlashtiruvchi samarali axborot bilan qo„llab-quvvatlash.

    Tortuvchi tizimning eng takomillashgan shakli “Kanban” tizimi hisoblanadi. Ushbu tizim tebranuvchi takror ishlab chiqarish talablariga tez moslashuvchan va sug„urtalanadigan zahiralarsiz tashkil etilgan tizimdir. Uning natijasi ishlab chiqarishni qayta tashkil etishga moslashuvchanlik, raqobatbardoshlik ortishi, tannarx pasayishi ta‟minlanadi.

    Ayniqsa, bevosita texnologik jarayonlar davridagi sifatni nazorat qilish xususiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, sifatni nazorat qilishning Amerikada tadbiq etilgan tizimi amerikalik mutaxassis “Dening” sharafiga “Dining tsikli” nomi bilan shuhrat topgan. Tizim bora-bora asbob-uskunalar unumdorligini oshirgan holda ularning yuqori sifatda ishlashini tashkil etuvchi va ishlab chiqarish quvvatlari samarali ishlashini uyg„unlashtiruvchi tizimga aylandi.

    Yaponiya mashinasozlik korxonalaridagi raqobatbardoshlikni ta‟minlagan ushbu tizimning asosiy ko„rsatkichlari quyidagilar:

    • logistik tsiklning qisqarishi;

    • aylanma mablag„lar aylanuvchanligining jadallashuvi; Ishlab chiqarish

    zahiralariga ehtiyojning kamayishi; Tovar zahiralarining kamayishi;

    • sug„urtali zahiralardan voz kechish; Mahsulotlar sifatining yaxshilanishi. Ushbu tizim samaradorligining asosiy shartlari:

    • ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish;

    • ta‟minotchilarning boshlang„ich moddiy resurslari sifati nazorati;

    • ishonchli ta‟minotchilar bilan hamkorlik;

    • jamoa a‟zolarining mehnatga munosabatidagi yuksak axloqiylik.

    Mazkur tizim yuqorida ta‟kidlanganidek, tortuvchi tizimlar evolyutsiyasining yuqori bosqichi hisoblanadi. Agar “itaruvchi tizimlar” tafsilotiga to„xtalsak, ularning faoliyati “ehtiyojlar/resurslarni rejalashtirish” konsepsiyasiga asoslanadi. Bu konsepsiya asosidagi tizimlar ham XX asrning 50 yillarida shakllana boshlagan. Xususan, MRP-1, MRP-2, DRP-1, DRP-2 kabilar shular jumlasidandir (yuqoridagi 5.1-jadval). Ushbu ishlab chiqarish logistik tizimda nafaqat moddiy resurslar va yarim fabrikatlar, balki tayyor mahsulotlar ham distribyutorlar tarmog„igacha surib boriladi. Bunda ishlab chiqarishdagi uzilishlar, majburiy sug„urtaviy zahiralarga talabning o„zgarishi hisobga olinadi. Biroq aylanma mablag„lar aylanishining sekinlashuvi tannarx ortishiga olib keladi. Bu tizim “tortuvchi tizim”dagiga nisbatan ta‟minotchilar ishonchsizligi va talabning tebranuvchanligi sharoitida barqarorlikka intiladi. Qolaversa, bu tizimning zaif jihati shundaki, unda talabni kuzatishga doir e‟tibor har doim etishavermaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “itaruvchi tizim” quyidagicha ta‟riflanadi: “itaruvchi tizim” detallar, komponentlar va yarimfabrikatlarning oldingi texnologik operatsiyadan keyingisiga o„tishi qat‟iy belgilangan va rejalashtirilgan grafik asosida amalga oshiriladigan tizim. Uning dastlabki shakllaridan bo„lgan MRP-1 va MRP-2 asosan, moddiy resurslar oqimi ta‟minotini rejalashtirishga xizmat qiladi. MRP-1 ga XX asrda kompyuter ixtirosidan so„ng 50-60 yillarda asos solingan. O„tgan asrning 80 yillariga kelib esa, yillik savdo hajmi 15 mln. AQSh dollardan yuqori bo„lgan Amerika korxonalarining asosiy kismi, Buyuk Britaniyadagi har uchta korxonadan bittasi ushbu tizimdan foydalangan.

    Moddiy resurslarga zarurat iste‟molchilarning aniq buyurtmalari va qat‟iy ishlab chiqarish grafiklari asosida ta‟minlash, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari rejalashtirilgan. Bulardan so„ng logistik protseduralar va qoidalar tayyorlangan. Pirovard mahsulotning miqdori va tayyorlash muddati MRP faoliyati uchun asos bo„lgan, MRP faoliyatidagi ko„rsatkichlar esa, o„rta va uzoq muddatli istiqbolga mo„ljallangan bo„lib, qisqa muddatdagi o„zgarishlarga moslashishi qiyin kechgan.

    Bu esa, ortiqcha ishlab chiqarish va sug„urtalangan zahiralar yaratishni talab etgan. Logistik tsikl qisqarishi uchun iste‟molchi talabi o„zgarishiga qaror qabul qilish muhlati bir paytda hisobga olinishi kerak bo„lgan. Umuman, aylanma mablag„lar aylanuvchanligi pasaygan.

    MRP ning zaifliklariga MRP-2 da barham berilgan. Chunonchi:

    • zahiralar boshqaruvining logistik xarajatlarini rejalashtirishda moslashuvchanlik va talab o„zgarishiga zudlik bilan munosabatda bo„lish ta‟minlangan;

    • tizim tarkibida talabni boshqarish va istiqbolni belgilash blokining faoliyati yo„lga qo„yilgan;

    • tizimdagi logistik oqimni nazorat qilish uchun qiymati 10 mingdan 100 ming AQSh dollarigacha bo„lgan 100 dan ortiq amaliy dasturlar tadbiq etilgan.

    MRP-1 va MRP-2 tizimlari moddiy-texnika ta‟minotida va ishlab chiqarishni tashkil etishda ustuvorlik bilan tadbiq etilgan bo„lsa, distribyutsiya tizimida DRP-1 va DRP-2 tizimlari qo„llanilgan, DRP II tizimida logistik va marketing funksiyalari birgalikda rejalashtirilgan va moslashtirilgan:

    • bozor konyunkturasi istiqbollari ishlab chiqilgan;

    • zavod-ishlab chiqaruvchilarning mintaqaviy va markaziy omborlardagi zahiralari darajasi, ta‟minot miqdori va manzili rejalashtirilgan;

    • tayyor mahsulotlar zahiralarini boshqarish va saqlashdagi logistik xarajatlar optimallashtirilgan;

    • tayyor mahsulotlarni yetkazib berish muxlati qisqargan. DRP-1 tizimida quyidagi zaifliklarga ham yo„l qo„yilgan:

    • tovar o„tkazish tarmog„idagi har bir tayyor mahsulot kanalining to„liqligi va jo„natish istiqbolidagi aniq hisob zarurligi;

    • zahiralar rejalashtirilganda buyurtmalar tashish va ishlab chiqarish ko„rsatkichlarining o„zaro ishonchliligi talab etilishi;

    • ishlab chiqarish grafigi va taqsimot rejasidagi o„zgarishlar bilan bog„liq bo„lgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tebranishlarining mavjudligi;

    • distribyutiv tarmoqda tayyor mahsulotlar uchun sug„urtalangan zahiralar zarurligi.

    DRPning bunday zaifliklarini bartaraf etishda mahsulot taqsimotini boshqarishning ikkinchi avlodi bo„lgan DRP-2 dan foydalaniladi. Mahsulot taqsimotini boshqarishning ikkinchi avlodi bo„lgan ushbu tizimda:

    • tayyor mahsulot istiqboli;

    • talabning o„rtacha va uzoq muddatli istiqboli;

    • ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning o„rta va uzoq muddatli rejalari ishlab chiqilishi;

    • tizim tarkibidagi ombor xo„jaligi, xodimlarning tashkiliy asoslari, servisni boshqarish kabilar ishlab chiqarish dasturi bilan muvofiqligi;

    • real vaqt rejimida ishlashi kabilarning ahamiyati.

    MRP-1, MRP-2, DRP-1 va DRP-2 kabi logistik tizimlar ehtiyoj/resurslarni rejalashtirish konsepsiyasininng birinchi yo„nalishdagi tizimlari hisoblanadi. Ushbu konsepsiyaning rivoji “Talabga moslashish” konsepsiyasida namoyon bo„lgan. Bunda talabdagi o„zgarishni tez fursatda qondirish hisobga olingan. Buning uchun talab o„sishi kutilayotgan bozorlarni zahiralar bilan tez to„ldirish amalga oshiriladi. Integrallashgan tizimning logistik bo„g„inlari bo„lgan ishlab chiqaruvchilar, ulgurji vositachilar va chakana savdogarlarning o„zaro munosabatlari tartibga solinadi. Natijada quyidagi ustuvorliklarga erishiladi:

    • buyurtma jarayonlari ma‟lumoti asosidagi tayyor mahsulotni yetkazib berish grafigidagi taqsimotning zahiralarini yaxshiroq boshqarilishiga yordam beradi;

    • chakana savdoning sotuv hajmi va savdo zahiralarini bilish ishlab chiqaruvchilarga ta‟minotni aniq rejalashtirishni ta‟minlaydi;

    • iste‟molchilar talabidagi tebranishlarga ta‟minotchilar tezroq moslashadilar;

    • tavakkalchilik kamayadi va logistik jarayonlar samaradorligi oshadi.

    Mazkur konsepsiyaning amaliyotdagi tadbig„i turli variantlar va usullar ko„rinishiga ega bo„ladi:

    • buyurtmaning eng yuqori nuqtasini aniqlash (usuli) varianti;

    • shoshilinch moslashuv (usuli) varianti;

    • uzluksiz to„ldirish varianti.

    Ushbu variantlarning ustuvorlik xususiyatlarini tahlil etaylik.

    “Buyurtmalarning eng yuqori nuqtasini aniqlash” variantida ombordagi zahiraning ma‟lum nuqtasidan boshlab, ta‟minotchilarga qo„shimcha buyurtma beriladi.

    Bunday yondashuv logistik tsiklning to„xtovsiz ishlashiga asos bo„ladi, ya‟ni mazkur nuqtada mahsulotni ta‟minotchidan tashib etkazish hisobga olinadi. Ushbu variantning qo„llanilishi uchun zaruriy sharoit XX asr oxiriga kelib, axborot- kompyuterlar tizimi va telekommunikatsiyalar rivojidan so„ng yuzaga keldi.

    “Shoshilinch moslashuv” varianti. Bu variant taqsimlash tarmog„idagi tovarlar oqimini yaxshilash maqsadini ifodalaydi, ta‟minotchi bilan savdo korxonasi o„rtasidagi hamkorlikni takomillashtirishga qaratilgan. Buning uchun mahsulot yetkazib berishni tartibga solish va rejalashtirishga asosiy e‟tibor qaratiladi. Tartibga solishda savdo korxonalaridagi zahiralarni optimallashtirish ko„zda tutiladi. Tayyor mahsulot miqdori talab darajasida saqlanadi. Xaridorlar talabi darhol yoki tezda qondirilishi uchun shart- sharoit yaratiladi. Ushbu variantning ustuvorliklari shundaki, undan:

    • logistik tizimning talab o„zgarishiga moslashuv muhlati tejaladi;

    • muhim sotuv nuqtalaridagi zahiralar hajmi markazlanadi va to„ldirib turiladi;

    • ishlab chiqarish, mahsulotlarini yetkazish, buyurtmalarni to„ldirish muhlatlari va muddatlaridagi noaniqliklarga chek qo„yiladi;

    • integratsiyallashgan logistik tizim bo„g„inlaridagi hamkorlar faoliyatida o„zaro moslik o„rnatiladi;

    • zahiralarning aylanuvchanligi sezilarli darajada ortadi va boshqalar.

    Albatta, ushbu variantlar ustuvorliklariga erishishda quyidagilarga e‟tibor quchaytiriladi: tadbirkorlarning kichik partiyadagi tovar ishlab chiqarishga moslasha olishi; tadbirkor bilan savdo korxonalaridagi axborot almashuvining yuqori darajadaligi; zahiralar holatidagi nazoratning aniqligini ta‟minlash uchun shtrixlangan kodlashtirishga o„tishga.

    “Talabga moslashish” konsepsiyasining uchinchi varianti “Uzluksiz to„ldirish” deb nomlanadi. Ushbu variant “tez fursatda moslashish” variantining takomillashtirilishi asosida kelib chiqqan. Bunda ta‟minotchilar ulgurji va chakana savdo tashkilotlarining logistik rejalarida va kelishuvlarida sug„urtalangan zahiralarsiz buyurtma berish yo„lga qo„yiladi.

    Mazkur variant faoliyatida esa quyidagilarga e‟tibor qaratiladi: tayyor mahsulot oqimini ta‟minlash yuzasidan hamkorlarning o„zaro majburiyati qabul qilinadi; chakana savdo do„konlari ulgurji korxonalar yoki tadbirkorlarning bevosita o„zlari tomonidan uzluksiz ta‟minlanadi; turli taqsimot kanallaridan chakana savdo tarmog„iga jo„natilayotgan tovarlar oqimi to„g„risidagi ma‟lumotlarni qayta ishlash

    amalga oshiriladi. Natijada tadbirkorlar tomonidan tovarlar oqimidagi assortiment va zaruriy ehtiyoj miqdori aniqlashtirib turiladi. Ushbu variantdagi tovarlar oqimi to„g„risidagi ishonchli axborot, yuklarni ishonchli yetkazishdagi mas‟uliyatlilik kabilar samaradorlik ortishiga jiddiy ta‟sir qiladi.

    Yuqoridagi variantlar tahlili shuni ko„rsatadiki, samaradorlikning ortishi va talabga moslashuvidagi asosiy unsur vaqtni tejash hisoblanadi. Aynan, har bir tovarning chakana savdo tarmog„idagi barcha amaliy harakati va belgilari kombinatsiyasini anglab olish samarali faoliyatga xizmat qiladi. Yuqoridagi ikki variantning ijobiy jihatlarini takomillashtirish orqali “Zaxiralarni avtomatik to„ldirish” konsepsiyasi varianti ishlab chiqilgan.

    Takomillashgan variantda chakana savdo tarmog„idagilar xarajatlarini tejashga tadbirkorlarning zahiralarni boshqarishdagi ta‟siri ortishi tufayli erishiladi. Chunki bunda logistik zanjirdagi qatnashchilarning uzoq muddatli hamkorlik aloqalari yo„lga qo„yiladi. Ushbu variant – konsepsiya itaruvchi tizim guruhidagi eng so„nggi va ommalashgan variant-konsepsiya hisoblanadi.

    Tadbirkorlik nuqtai nazaridan logistik tizimlarning “itaruvchi” yoki “tortuvchi” deb guruhlanishi bilan bir qatorda ularning aralash xususiyatli tizimlariga ham e‟tibor qaratilishi zarur, deb hisoblaymiz. Ta‟bir joiz bo„lsa, ularni “aralash tizimlar” deb ham nomlash mumkin. Ana shunday aralash tizimlardan biri “Mayda hajmdagi ishlab chiqarish” konsepsiyasiga asoslangan tizim hisoblanadi.

    Ushbu tizim faoliyati uchun keng tarqalgan ishlab chiqarish jarayonlari asos qilib olingan. Unda ishlab chiqarishni tashkil etishda kam resurs, kam zahira va kam vaqt sarflanishiga erishish mezoniga amal qilinadi. Buning uchun yuqorida talqinlari keltirilgan “Aniq muddat”, “Kanban” va “MRP” tizimlari ijodiy rivojlantirilgan. Chunki, “Kanban” va “MRP”da moddiy resurslar zahirasi omborlarga qo„yilmasdan minimal sug„urta zahiralari ishlatiladi. Bunda mahsulot sifatining yuqoriligi ta‟minlanadi, kichik partiyali ishlab chiqarish quvvatlarini qayta jihozlash va ishga tushirish uchun qisqa vaqt talab etiladi, malakali xodimlar jalb etiladi, zahiralarning eng past ko„rsatkichlariga erishiladi.

    Qayd qilish joizki, ushbu tizimda moddiy resurslarni omborlarda saqlash, ularni omborga va ombordan tashish, ishlab chiqarish tsiklida kutish, resurslar oqimini qo„shimcha nazorat qilish kabi “foydasiz” operatsiyalardan voz kechiladi. Demak, sifat, kam sarflik, bozorga tez moslashuvchanlik, uskunalarni qayta jihozlashdagi osonlik kabilar “Mayda hajmdagi ishlab chiqarish” tizimi afzalliklari tarkibidan o„rin olgan.

    Xulosa qilib aytganda, har bir logistik tizimning o„ziga xos ustuvorliklaridan, turli tadbirkorlik tuzilmalari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda foydalaniladi.

    Logistika fani so„nggi yarim asrda shakllanib ulgurgan bo„lsa-da, tadbirkorlik amaliyotining muhim va samarali vositalaridan hisoblanadi. Ulardan milliy tadbirkorligimizda foydalanish uchun bevosita tadbirkorlik xususiyatlarini chuqur o„rganish, umumlashtirish va subyektning logistik oqimlaridagi ustuvorliklarini aniqlash lozim. Buning uchun esa, tizimiy yondashuvning nazariy va uslubiy jabhalarini chuqurroq va batafsil o„rganish zarur.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142


    написать администратору сайта