Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
5.6-jadval.2011-2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish Dasturining asosiy ko„rsatkichlari59
59 Djumaniyazov Sh.R., Umarov Q.E. Ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni takomillashtirish yo„llari. // www.bdm.uz.
Ta‟kidlash lozimki, mamlakat itisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda tayanch nuqtalardan hisoblangan erkin iqtisodiy hududlar (EIH) ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlashtirishda alohida o„ringa ega. Jumladan, mamlakatimizning Navoiy viloyatida tashkil etilgan “Navoiy” EIIZ va uning tranzit va transport-logistika xizmatlarini yo„lga qo„yish barobarida ishlab chiqarish infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo„lgan avtomagistrallar, yuk tashish terminallarida qator ishlar olib borildi. Navoiy shahridan 3,5 kilometr uzoqlikda Navoiy xalqaro eroporti joylashgan bo„lib, uning xizmatlaridan “Korean Eyr” va “Moskoviya” (Rossiya) kabi xalqaro yuktashuvchi kompaniyalar foydalanadi. Xozirgi kunda ushbu aeroport bazasida xalqaro intermodal logistika markazi faoliyat yuritmoqda. Navoiy xalqaro aeroporti O„zbekiston Respublikasining geografik markazida joylashgani bois tashqi savdo yuk tashuvlarini optimallashtirish va yuklarga qayta ishlov berish, tashqi savdoning transport xarajatlarini kamaytirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etmokda. Bundan tashkari, 2007 yilda ishga tushirilgan Toshguzar-Boysun-Qumqo„rg„on temir yo„li Navoiy shahri temir yo„l raz‟ezdiga yaqin bo„lib, janubiy yo„nalish bo„yicha Afg„oniston, Pokiston, Hindistonga to„g„ridan-to„g„ri chiqish imkonini beradi. EIIZning bevosita “E-40” avtomobil magistraliga yaqinligi eng qisqa yo„l bilan Yevropa va Xitoyga chiqish imkonini beradi. Shuningdek, bu erdan o„tadigan temir yo„llar orqali Markaziy Osiyo, MDH, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va Fors ko„rfazi bozorlariga kirish imkonini yaratib berdi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlanishining uzluksizligini ta‟minlash maqsadida, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo„l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to„g„risida”gi Qarori asosida 2015-2019 yillarda “O„zbek milliy avtomagistrali” tarkibiga kiruvchi respublikadagi avtomobil yo„llari qismlari va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo„llarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda yo„l tashkilotlarining ishlab chiqarish bazalarini texnik rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli ro„yxati tasdiqlandi (5.7-jadval). |