Главная страница
Навигация по странице:

  • 6.4-rasm.

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница67 из 142
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   142

    Tayanch iboralar:


    Bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona organi, markirovka, qadoqlash, import, bojxona rejimi, tovar, birka, etiketka, erkin iqtisodiy hududlar.

    Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


    1. EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvini olib borish tegishli huquqiy-me‟yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi va bu jarayonning qonuniyligini ta‟minlashga bojxona organlari javob beradi. Shu sababdan EIHlarda import (eksport) qilinadigan tovarlarga bojxonarasmiylashtiruvini amalga oshirish belgilangag tartibda amalga oshiriladi.

    2. EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvida asosiy qo„llaniladigan terminlar mazmuni va ular bilan bog„liq holdagi bojxona rejimi tegishli me‟yoriy hujjatlarda ko„rsatib o„tilgan bo„lib, amalga oshiriladigan bojxona munosabatlarini tashkil etish va olib borish o„rnatilgan tartibdagi qoidalar asosida bajariladi.

    3. Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ularning pasporti, birkasi, leybli, etiketkasi, markirovkasi, tegishli idishi va transport idishi mavjudligi hamda ular haqidagi to„liq ma‟lumotlardan iborat bo„lgan holdagi qadoqlanishi belgilangan standartlarga to„liq javob berishi nazoratdan o„tkazilgan holda amalga oshiriladi.

    Nazorat uchun savollar:


    1. EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvida qanday terminlarning eng ko„p qo„llanilishini va ularning mazmunini aytib bering.

    2. O„zbekiston Respublikasida tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qanda me‟yoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi?

    3. Bugungi kunda O„zbekiston Respublikasida EIHlarda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qanday tartiblar asosida amalga oshiriladi va ularning ahamiyati nimalardan iboratligini tushuntirib bering.

    4. EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvida qanday muammolar uchrashi mumkin va ularni hal etish bo„yicha qanday takliflar bera olasiz?

    5. EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona organlarining qanday iqtisodiy faoliyat ko„rsatkichlarini bilasiz?

    6. EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi mutaxassislardan, sizningcha, nimalar talab etiladi?



      1. Erkin iqtisodiy hududlarda bojxona rasmiylashtiruvi asosidagi bojxona to„lovlari


    Bojxona chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o„tkazilishi kerak.

    Bojxona nazorati O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta‟minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan, xavfni boshqarish tizimi qo„llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir.

    Bojxona chegarasidan olib o„tiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta‟minlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o„tkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui bojxona rasmiylashtiruvi

    hisoblanadi.

    Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas.

    Bojxona kodeksining 13-moddasiga muvofiq, bojxona chegarasi orqali olib o„tiladigan har qanday ko„char mol-mulk, shu jumladan, O„zbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qog„ozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari, transport vositasi tovar hisoblanadi.

    O„zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovar yohud bojxona hududida erkin muomalaga chiqarilgan yoki ushbu Kodeksga muvofiq shunday maqomga ega bo„lgan tovar O„zbekiston tovaridir.

    Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko„rsatilmagan tovar, shuningdek, ushbu Kodeksga muvofiq chet el tovari maqomini olgan tovar chet el tovaridir.

    Tovarlarni va yo„lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan vosita transport vositasidir. Transport vositasi har qanday suv kemasini, havo kemasini, avtotransport vositasini, temir yo„l transport vositasini (temir yo„lning harakatdagi tarkibini, temir yo„l harakatdagi tarkibining bir qismini) yoki konteynerni, shuningdek, ularning o„z konstruktsiyasiga muvofiq texnik pasportlarida yoki texnik formulyarlarida nazarda tutilgan ehtiyot qismlarni, anjomlarni va uskunalarni, suyuqlik saqlash idishlaridagi yoqilg„i-moylash materiallarini, sovutuvchi va boshqa xil texnik suyuqliklarni, agar ular mazkur transport vositalari bilan birga tashilayotgan bo„lsa, o„z ichiga oladi.

    EIHlarda tovarlarning rasmiylashtiruvida “shartli chiqarib yuborilgan tovarlar” tushunchasi ham qo„llaniladi.

    Shaxsning belgilangan talablar va shartlarga rioya etish majburiyatlariga bog„liq tarzda tovarning chiqarib yuborilishi shartli chiqarib yuborish hisoblanadi.

    Quyidagilar shartli chiqarib yuborilgan tovarlar deb hisoblanadi:

    1. bojxona to„lovlarini to„lash bo„yicha imtiyozlar berilganligi munosabati bilan foydalanilishi va tasarruf etilishi cheklangan tovarlar;

    2. boj olinmaydigan savdo, bojxona hududida qayta ishlash, vaqtincha olib kirish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar;

    v) bojxona to„lovlari shartli bojxona qiymatini aniqlash asosida to„langan tovarlar;

    g) bojxona to„lovlari davriy bojxona to„lovlari shaklida to„langan tovarlar;

    1. zarur hujjatlar (bundan muvofiqlik sertifikati va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlar mustasno) va ma‟lumotlar taqdim etilmagan tovarlar;

    2. bojxona to„lovlarini kechiktirib yoki bo„lib-bo„lib to„lashga ruxsat berilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga muvofiq rasmiylashtirilgan tovarlar.

    Mazkur moddaning ikkinchi qismi “a” bandida ko„rsatib o„tilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan faqat bojxona to„lovlarini to„lash bo„yicha imtiyozlar berish shartlariga muvofiq bo„lgan maqsadda foydalanilishi mumkin. Mazkur tovarlardan ular nima maqsadda shartli chiqarilgan bo„lsa, faqat o„sha maqsadda foydalanilishi lozim. Bojxona to„lovlari bo„yicha berilgan imtiyozlar to„langan taqdirda shartli

    chiqarib yuborilgan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo„l qo„yiladi.

    Mazkur moddaning ikkinchi qismi “d” bandida ko„rsatib o„tilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlarni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan, ularni sotish yoki o„zga usulda boshqa shaxsga o„tkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va xavfsizligi tekshirilishi munosabati bilan belgilangan hollarda esa, har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) taqiqlanadi.

    Tovarlar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo„lsa, shartli chiqarib yuborishning shartlari bo„yicha majburiyatlar bajarilgunigaqadar shartli chiqarilgan hisoblanadi.

    Bojxona organlari faoliyatini tashkil etishda bojxona to„lovlari muhim o„rin tutadi. Shunga ko„ra, ularning turlarini bilish muhim ahamiyatga ega (6.4-rasm).


    6.4-rasm. Bojxona organlari faoliyatini tashkil etishda bojxona to„lovlarining turlarini aniqlash
    Bojxona rasmiylashtiruvi va to„lovlarida bojxona rejimlariga amal qilinadi. Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o„tish maqsadlariga bog„liq holda ularning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rejimlarining quyidagi turlariga muvofiq amalga oshiriladi:

    1. eksport;

    2. reeksport;

    3. vaqtincha olib chiqish;

    4. bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash;

    5. erkin muomalaga chiqarish (import);

    6. reimport;

    7. vaqtincha olib kirish;

    8. bojxona hududida qayta ishlash;

    9. vaqtincha saqlash;

    10. bojxona ombori;

    11. erkin ombor;

    12. erkin bojxona zonasi;

    13. boj olinmaydigan savdo;

    14. bojxona tranziti;

    15. yo„q qilish;

    16. davlat foydasiga voz kechish.

    Bojxona rasmiylashtiruvi va to„lovlarida bojxona rejimlariga amal qilingan holda amalga oshiriladi. Bu jarayon bojxona infratuzilmasining samarali ishlashiga ko„p jihatdan bog„liq (6.5-rasm).



    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   142


    написать администратору сайта