Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница66 из 142
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   142

Tayanch iboralar:


Boj, bojxona ishi, bojxona organi, Bojxona qo„mitasi, erkin iqtisodiy hududlar, xalqaro shartnoma, eksport, import, bojxona nazorati, bojxona rasmiylashtiruvi, tashqi savdo.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. EIHlari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishda boshxona ishi muhim o„rin egallaydi. Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda faol qatnashuvchi EIHlar bojxona nazorati va rasmiylashiruvi munosabatlariga tortiladi. Bu EIHlarda eksport-import operatsiyalarining bajarilishi bilan bog„liq holda yuzaga keladi.

  2. O„zbekistonda EIHlarda bojxona ishini tashkil etish O„zbekiston Respublikasining Bojxona Kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi. Bu esa bojxona ishini tashkil etishda asosiy o„rinni amalga oshiruvchi davlat bojxona xizmati, soliq qonunchiligi, tashqi iqtisodiy faoliyat va boshqa qonun hujjatlariga ham amal qilinishi talab etiladi.

  3. Bojxona organlarining bojona nazorati, rasmiylashtiruvi va to„lovlarni undirish bilan bog„liq faoliyati ularning fiskal, taqsimlash va rag„batlantirish funksiyalari asosida amalga oshiriladi. EIHlarda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi bojxona maqsadlariga muvofiq holda amalga oshiriladi. Bu esa bojxona rejimlariga

amal qilish va bojxona majburiyatlarini bajarish mas‟uliyatini keltirib chiqaradi. Shuni ham ta‟kidlash lozimki, O„zbekistonda bojxona ishini tshkil etish va amalga oshirishda yuqori turuvchi organ Davlat bojxona qo„mitasi hisoblanadi.

Nazorat uchun savollar:


  1. EIHlarda bojxona ishi qanday ahamiyat kasb etadi?

  2. Bojxona ishi deganda nimani tushunasiz?

  3. Bojxona ishida qanday operatsiyalar amalga oshiriladi?

  4. Bojxona maqsadlari nimalardan iborat va uning ta‟minlanishida bojxona munosabatlari ishtirokchilarining asosiy funksiyalari haqida nimalarni bilasiz?

  5. EIHlarda bojxona ishi qanday qonun hujjatlari asosida tashkil etiladi va nazorat qilinadi?

  6. Bojxona organlarining asosiy vazifalari va funksiyalarni bilasiz?



    1. Erkin iqtisodiy hududlarda bojxona rasmiylashtiruvi va uning tartibi



Erkin iqtisodiy hududlarda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish, Davlat budjetiga bojxona to„lovlarini o„tkazish bojxona organlarining iqtisodiy faoliyatlaridan hisoblanadi (6.3-rasm).

EIHlarda ishlab chiqarish faoliyatida zarur bo„lgan qiymatliklar, aktivlarni import qilishda ularning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga muvofiq markirovka qilinishi amaldagi qonunchilikka ko„ra amal qilinishi talab etiladi. Bunda O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-fevraldagi “Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart bo„lgan import qilinadigan iste‟mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish Qoidalari to„g„risida”gi 22-sonli Qarorida tasdiqlangan 1- ilovaga muvofiq bajarilishi zarurdir.

6.3-rasm. Bojxona organlari iqtisodiy faoliyatining ko„rsatkichlari

Mazkur Qaror asosida tasdiqlangan umumiy qoidalar “Iste‟molchilarning

huquqlarini himoya qilish to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 29-yanvardagi “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to„g„risida”GI PQ- 1913-sonli Qaroriga muvofiq ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart bo„lgan import qilinadigan iste‟mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish shartlarini belgilaydi.

2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo„llaniladi:

  • birka – og„irligini, borish joyini, tayyorlanishini, tarkibini, egasini yoki boshqa ma‟lumotlarni belgilash uchun tovarni ishlab chiqarish vaqtida qo„yiladigan yozuv yozilgan (qog„oz, yog„och, karton, charm, metall va boshqalardan tayyorlangan) plastinka;

  • leybl – ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ip yoki tasma yordamida tovarga mahkamlanadigan, yozuv yozilgan yorliq;

  • markirovka – import qilinadigan tovarning iste‟mol upakovkasidagi va (yoki) idishdagi matn, rasmlar yoki ma‟lumot beruvchi belgilar;

  • stiker etiketka yoki upakovkaga kirmagan qo„shimcha ma‟lumotlarni joylashtirish uchun xizmat qiladigan maxsus elim qatlamli etiketka;

  • idish o„zida mahsulotni joylashtirish uchun buyumni ifodalaydigan upakovkaning asosiy elementi;

  • transport idishi mustaqil transport birligini hosil qiluvchi idish;

  • upakovka mahsulotni shikastlanish va nobudgarchilikdan, atrof-muhitni ifloslanishdan himoya qilishni ta‟minlaydigan vosita yoki vositalar majmui, shuningdek, mahsulotning aylanish jarayoni;

  • iste‟mol upakovkasi transport idishi funksiyasini bajarmaydigan, iste‟molchiga mahsulot bilan birgalikda tushgan idish;

  • etiketka – tovarni ishlab chiqarishda ishlab chiqaruvchi korxonaning savdo markasi, nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati va (yoki) tovar to„g„risidagi boshqa ma‟lumotlar ko„rsatilgan holda unga yopishtirilgan chizmali va matnli belgi;

  • formulyar, pasport tovar to„g„risidagi ma‟lumotlar yoziladigan varaq (daftar). O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-maydagi “O„zbekiston Respublikasiga iste‟mol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi 127-sonli Qaroriga 1-ilovaga kiritilgan hamda tovarning bir qismi bo„lgan va uning qiymatga kiruvchi iste‟mol upakovkasida bevosita chakana savdoga tushadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart. Iste‟molda bo„lgan tovarlarni markirovka qilish ushbu Qoidalarga muvofiq umumiy asoslarda amalga

oshiriladi.

Quyidagilar:

  • yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan o„z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan va ishlab chiqarish yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo„ljallanmagan tovarlar;

  • xorijiy davlatlarning O„zbekiston Respublikasidagi diplomatik va konsullik

vakolatxonalari, xalqaro va hukumatlararo tashkilotlar, xorijiy davlatlarning ushbu tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan rasmiy tarzda (xizmat doirasida) foydalanish uchun, shuningdek, ularning xodimlari uchun olib kiriladigan tovarlar;

  • ko„rgazma namunalari, sinash, tadbiq etish va marketing uchun namunalar sifatidagi tovarlar ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan davlat tilida majburiy markirovka qilinmaydi.

Davlat tilidagi markirovkaning mahsulotga standartlashtirish bo„yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi sertifikatlashtirish bo„yicha akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat tilidagi markirovka ushbu Qoidalarga muvofiq iste‟molchi uchun to„liq va ishonchli bo„lishi kerak.

Tovarning asosiy iste‟mol xususiyatlari va tavsifi, shuningdek, ishlab chiqaruvchi korxonaning markirovkasidagi boshqa ma‟lumotlar ushbu Qoidalarga muvofiq markirovkada davlat tilida ko„rsatilishi kerak.

Quyidagilarga:

  • davlat tilidagi markirovkaga ishlab chiqaruvchi korxonaning boshqa tillardagi markirovkasida mavjud bo„lmagan qo„shimcha ma‟lumotlar kiritilishiga;

  • davlat tilidagi markirovkada bayon qilingan ma‟lumotlarning boshqa tillardagi ishlab chiqaruvchi korxonaning markirovkasiga muvofiqligini tahlil qilish imkonini bermaydigan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan qo„yilgan markirovka yuzasiga tovarning upakovkasiga stikerni yelimlash usuli bilan tovarni davlat tilida markirovka qilishga yo„l qo„yilmaydi.

Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart bo„lgan import qilinadigan iste‟mol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Import qiluvchi davlat tilida markirovka qilinishi shart bo„lgan tovar O„zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgunga qadar import qilish yuzasidan o„zi tuzadigan kontrakt shartlarida tovarni davlat tilida markirovka qilish talabini nazarda tutishi kerak.

Tovarni “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimida rasmiylashtirish uni tovardagi markirovka bilan tanlab solishtirgandan keyin bojxona organlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat tilida markirovka qilinishi shart bo„lgan olib kirilgan tovarlar davlat tilida markirovka qilinmagan shaklda “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimida bojxonada rasmiylashtirilishiga yo„l qo„yilmaydi.

Erkin industrial (iqtisodiy) zonaga olib kiriladigan tovarlar “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimida rasmiylashtirilgan hollarda davlat tilida markirovka qilinadi.

Tovarning davlat tilidagi markirovkasi matnining to„liqligi va to„g„riligi uchun import qiluvchi va sertifikatlashtirish bo„yicha akkreditatsiya qilingan organlar javob beradi.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   142


написать администратору сайта