Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница74 из 142
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   142

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, tashqi savdo hududlari, tadbirkorlik hududlari, texnoparklar, tovar, boj, korxona, imtiyoz, soliq, hukumat, investor, ilmiy-texnik rivojlanish.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. Bugungi kunda jahonda 140 dan ortiq davlatda 5000 dan ortiq EIHlar faoliyat ko„rsatmoqda va ularda 80 mln. kishidan ziyod xodimlar mehnat qilishadi. Bu esa EIHlarni tashkil etishda boy va katta tajribaga ega rivojlangan davlatlar amaliyotini o„rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

  2. Jumladan, hozirgi paytga kelib AQShda 266 ta EIHlar (TSHlari) mavjud. Bundan tashqari, 200 dan ortiq texnoparklar va 1500 dan ortiq turli darajada tashkil etilgan tadbirkorlik hududlari mavjud. EIHlarni tashkil etishda, shuningdek, G„arbiy Yevropa davlatlari ham katta tajriba to„plaganlar.

  3. G„arbiy Yevropada tovar va texnologiyalar sifatida juda katta e‟tibor qaratilishi va ularning yuqori sifatda yaratilishida texnoparklar muhim o„rin egallagan. shu sababli G„arbiy Yevropaning texnoparklari rivojini o„rganish alohida ahamiyatga ega. O„z navbatida, rivojlangan Yevropa davlatlari singari Turkiyada ham EIHlar soni ortib bormoqda va ularni rivojlantirish bo„yicha o„ziga xos tajribalarga ega.



Nazorat uchun savollar:


  1. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bo„yicha rivojlangan davlatlar tajribalarini o„rganishdan maqsad nima?

  2. EIHlarning G„arbiy Yevropa davlatlarida tashkil etilishi va rivojlanishi xususiyatlarini tushuntirib bering.

  3. G„arbiy Yevropa davlatlarida texnoparklarning tashkil etilishi va rivojlanishining samaralarini qanday izohlaysiz?

  4. Turkiyaning geografik joylashuv o„rni EIHlar rivojida qanday ahamiyat kasb etadi?

  5. Bugungi kunda AQShda EIHlarning qanday turlari mavjud va ular soni qanchaga etgan?

  6. Rivojlangan davlatlarda EIHlarning faol rivojlanishda bo„lgan turlarini va sabablarini aytib bering.



    1. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi hududlar (Beliz, Men, Bermud,


Britan-Virgin va Nauru)da erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish xususiyatlari
Buyuk Britaniya hududida tashkil etilgan kompaniyalar faoliyati va soliq tizimida joriy etilgan qonun-qoidalar jahon iqtisodiyotida eng takomillashgan tizimlardan biri bo„lib, ushbu qonun-qoidalar, ayniqsa, offshor hududlarni tashkil topishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Beliz Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat hisoblanib, Shimolda Meksika bilan, Janub va Janubiy-G„arbda esa Gvatemala davlatlari bilan

chegaralanib turadi. Mamlakatning ichki qismlari “kayes” deb nomlangan kichik- kichik orolchalardan iborat bo„lib, bu jannatmakon orolchalar suvosti sayohatida muhim rol o„ynaydi. Dunyodagi eng achchiq, kishi organizmini o„tdek kuydiruvchi qalampirlar ham aynan shu orolda etishtiriladi. Mamlakatning Janubiy qismlari “Mayya” tog„lari va Kokoskomb landshaft tizimlari bilan o„ralgan bo„lib, bu tizimlarning eng baland nuqtasi Viktoriya (1120 metrni tashkil etadi) cho„qqisidir. Mamlakatning umumiy yer maydoni (orollari bilan birga qo„shib hisoblanganda) 22923 km2 ni tashkil etib, Janubdan Shimolgacha bo„lgan uzunligi 280 km ni, Sharqdan G„arbgacha bo„lgan uzunligi esa 109 km ni tashkil etadi.

1970-yilda Beliz davlatining poytaxti Belmapon shahri barpo etildi. Poytaxt, asosan, 1961-yilda bo„lib o„tgan Xetti dovuli oqibatida vayron bo„lgan Beliz-Siti shahridan 80 km Janubiy-G„arbda qad ko„targan bo„lib, uning aholisi 5000 dan ortiqroq kishini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda mamlakatda Beliz-Siti, San- Ignasio, Benk-Viexo, Del Karmen, Manki-River, Punta, Gorda kabi yirik shaharlar mavjud.

Mamlakat iqlimi doimo subtropik-passat shamollari bilan yumshab turadi. Qirg„oq bo„ylarida temperatura + 10,0 gradusdan to + 30-31 gradusgacha o„zgarib, issiqlik harorati mamlakatning ichki qismlariga borgan sari ko„tarilib boradi. Yog„ingarchilik miqdori esa Shimolda o„rtacha 1.295 mm ni tashkil etsa, Janubiy tumanlarda 4.445 mm ni tashkil etadi. Yog„ingarchilik miqdori kam bo„ladigan oylar, asosan, fevraldan may oyigacha qadar bo„lib, ba‟zi hollarda, bu holat avgust oyigacha ham cho„zilishi mumkin.

Mamlakatning umumiy aholisining soni 256000 kishini tashkil etadi. Aholining 23-24 %i Beliz-Siti shahrida yashaydi. Mamlakat aholisining 48 %i shaharliklarni tashkil etsa, qolgan 52 %i qishloq joylarida istiqomat qiladi. Aholining etnik tarkibi, asosan, kreollar (Afrikadan kelganlar), metislar (ispanlar va mayyaliklar) va garifunlardan (karibliklar) iborat. Bundan tashqari, mamlakatda ispanlar va boshqa Yevropaliklar, shuningdek, hindlar, xitoyliklar, arablar ham yashaydi. Mamlakat aholisining umumiy zichligi 1km2 maydonga 11 kishi to„g„ri keladi. Aholining 80 %i oliy va o„rta ma‟lumotga ega bo„lib, mehnatga layoqatli aholi soni 70 ming kishidan ortiqni tashkil etadi. Davlat tili bo„lib ingliz tili hisoblanadi. Mahalliy aholining bir qismi garifun, mayya, ketchi va kreol tillarida ham gaplashishadi. Mamlakat Konstitutsiyasida din erkinligi berilgan bo„lib, aholining 62 %ini katoliklar, 28 %ini xristianlar, qolgan 10 %ini esa iudizm va islom diniga e‟tiqod qiluvchilar tashkil etadi.

Mamlakatning davlat qurilishi Vestminstr tizimidagi Parlament tamoyillariga asoslanadi. Davlatning ijroiya mahkamasi – Bosh Vazir va uning Mahkamasidan iborat bo„lib, qonun chiqaruvchi organ esa 28 ta saylanuvchi va 8 ta tayinlanuvchi a‟zosiga ega bo„lgan Umumiy palata hisoblanadi (ya‟ni quyi va yuqori palatalardan iboratdir). Davlat boshlig„i bo„lib qirolicha janobi oliylari Elizaveta II hisoblanib, uning bu erdagi vakili esa General gubernatordir. Tayinlangan General gubernator Beliz fuqarosi bo„lishi talab etiladi.

Mamlakatda umumiy saylov 5 yilda bir marta o„tkaziladi. Saylovda 18 yoshdan oshgan har bir fuqaro saylash va saylanish huquqiga ega. Mamlakat Bosh Vaziri

General gubernatorga Milliy Assambleyani tarqatib yuborish to„g„risida o„z taklifini ham berishi mumkin. Beliz hududi ma‟muriy jihatdan oltita tumanga (Beliz, Kayo, Korosal, Oranj Uolk, Stani Krik va Toledo) bo„lingan.

Mamlakatning pul birligi bo„lib Beliz dollari (BZ $) hisoblanadi. Beliz dollari o„z qiymati bo„yicha AQSh dollariga nisbatan 1/2 nisbatni tashkil etadi. Ya‟ni, ikki Beliz dollari bir AQSh dollariga ayirboshlanadi.

1994-yilda Beliz davlatining Janubiy qismida joylashgan Korosal tumanida erkin savdo zonasi tashkil etildi. Mazkur hududning asosiy maqsadi va vazifasi, birinchidan, chet ellik diplomatlarga ulgurji va va chakana savdo xizmatlarini ko„rsatishdan, ikkinchidan, chet elga safarga ketayotgan kemalarga tovarlarni sotish yoki ayriboshlashdan, uchinchidan, bojxona xizmatchilari nazorati ostida tovarlarni suv, quruqlik va havo yo„llari orqali eksport qilishni tashkil etishdan, to„rtinchidan, ulgurji tovarlarni bojxona xizmatlari hududiga olib kirish va saqlab berish ishlarini amalga oshirishdan, beshinchidan, tovar mahsulotlarini bir tadbirkordan olib ikkinchi bir tadbirkorga sotish, ya‟ni vositachilik funksiyalarini bajarish va boshqalardan iborat bo„lgan edi.

Korosal erkin savdo zonasida, birinchidan, chet el valyutasini olib kirish va olib chiqish qattiq nazorat qilinmaydi, ikkinchidan, iqtisodiy zonada tadbirkor shu erdagi banklarning birida, istalgan davlatning pul birligida hisobraqamini ochishi mumkin, uchinchidan, erkin savdo zonasiga olib kirilgan tovarlardan soliq yoki bojxona to„lovlari olinmaydi, to„rtinchidan, yangi tashkil etilgan korxonalar yoki firmalar 5 yil mobaynida turli soliq to„lovlardan ozod qilinib, bu muddat davlat tomonidan 10 yilga uzaytirilishi ham mumkin, beshinchidan, eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar esa 25 yil muddatga turli soliqlardan ozod etiladi.

Korosal erkin savdo zonasida tashkil etilgan yangi ishlab chiqarish korxonalari va firmalari besh yildan so„ng Davlat budjeti uchun soliqмqa tortiluvchi foydaning miqdoriga ko„ra quyidagi miqdorda soliq to„lashlari lozim bo„ladi:

- 15000 BZ $ gacha 2 %;

- 15000 dan 30000 BZ$ gacha 4 %;

- 30000 dan 100000 BZ$ gacha 6 %;

  • 100000 BZ$ dan yuqorisiga esa 8 %lik soliq stavkalari o„rnatilgan.

Ushbu soliq stavkalari erkin iqtisodiy hududda ishlaydigan ishchilar soniga qarab kamaytirilishi ham mumkin.

  • 10 kishidan 30 kishigacha 1 %;

  • 30 kishidan 50 kishigacha 1,5 %;

  • 50 kishidan ortiq –2 %ga kamaytirilishi mumkin.

O„tgan asrning 90 yillaridan beri Beliz erkin iqtisodiy biznes markazida eksport uchun mahsulot ishlab chiqarish dasturi amal qilib kelmoqda. Mazkur dastur asosida faoliyat ko„rsatib kelayotgan investorlarga bir qator imtiyozlar belgilangan. Agar investor noyob ishlab chiqarish bilan, ya‟ni kompyuter ehtiyot qismlarini olib kirib yig„adigan bo„lsa, ular uchun barcha imtiyozlar va hattoki, butun bir ish faoliyati mobaynida soliqdan ozod qilingan. Shunday qilib, Beliz erkin iqtisodiy zonasi tabiiy resurslarga unchalik boy emasligiga va shuningdek, yaqindagina mustamlakachilik tizimidan ozod bo„lganligiga qaramasdan biznes olamida o„ziga yarasha xalqaro

mavqega, ayniqsa chet ellik investorlarni ko„plab jalb etish xususiyatiga ega bo„lgan hududlardan biri hisoblanadi.

XVIII asrlardan beri Men erkin iqtisodiy orolida soliq tizimi hukmronlik qilib keladi. Bu davr “vassallar patriarxiyasining votchinasi” hisoblanib, asosan, britaniya monarxlari “fritrederchilik” bilan shug„ullanib kelganlar. Keyinchalik Londondagi ma‟muriyat tomonidan nazorat qila boshlangandan so„ng bunday savdoga barham berilgan. XX asrning 50 yillariga qadar Men oroli Buyuk Britaniyaning boshqa orollari orasida o„zining mavqeini yo„qotgan bo„lsa, 60 yillarning boshlariga kelib esa soliq miqdorini kamaytirgan holda tadbirkorlik faoliyatni (offshor) kengaytira boshlagan edi.

1972-yilda Buyuk Britaniyaning EI umumiy bozoriga qo„shilish to„g„risidagi shartnomasining 3-bandiga muvofiq Men oroliga assotsiatsiyalangan status berildi. Ushbu statusga muvofiq Men orolida EIga a‟zo-mamlakatlarning mehnat resurslari va kapitalining erkin faoliyat ko„rsatishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berildi. Shu bilan birga bu orol yagona bojxona ittifoqiga a‟zo bo„lib kirganligi uchun ham oroldagi mavjud soliq tizimidan qa‟tiy nazar EI mamlakatlarining tadbirkorlari kabi 17,5 % QQSni to„laydigan bo„ldi.

Men orolida offshor tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi uchun siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhit ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oroldagi barcha moliyaviy tashkilotlar tashkil etilgan moliyaviy nazorat va sug„urta kompaniyalarning nazorat qiluvchi komissiyalari tomonidan boshqarib boriladi. Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan bu tadbirlar, birinchidan mamlakat xavfsizligini ta‟minlashga qaratilgan bo„lsa, ikkinchi dankirib kelayotgan investitsiyalarning xaqqoniyligiga ishonch hosil qilishdan iboratdir.

Men iqtisodiy orolida offshor biznesining faoliyat ko„rsatishi uchun barcha qulayliklar (mexmonxonalar, zamonaviy aloqa vositalari, ishonchli banklar, sug„urta kompaniyalar va hokazolar) yaratilgan. Ushbu kompaniya va banklarda yuqori malakali huquqshunoslar, auditor buxgalterlar, vositachilar va menejerlar xizmat qiladi. XX asrning 80-90 yillarida orolning offshor tadbirkorligi sohasida xizmat qiluvchilar soni 200 %ga ko„payib, jami aholi sonining 14 %ini tashkil etgan. 90 yillarning oxirida Men hukumatining registrida 35 mingdan ortiq xorijiy kompaniyalar ro„yxatga olingan bo„lib, bu kompaniyalarning 5,5-6 mingtasi esa birgina 1996-yilning o„zida tashkil etilgan.

Men offshor iqtisodiy hududidagi qonunchilikni va amal qilib kelayotgan me‟yoriy-huquqiy hujjatlarni ikki toifaga ajratib o„rganish mumkin. Birinchi toifaga umumiy ishlab chiqarish korxonalari kirsa, ikkinchi toifaga esa banklarni, sug„urta kompaniyalarni va moliyaviy institutlarni kiritish mumkin. Jahonning boshqa offshor hududlarida amal qilayotgan qonunlardek, Men orolida ham soliq imtiyozlari, asosan, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etilgan kompaniyalarga berilgan.

Jahon iqtisodiyotida tashqi foyda deb offshor kompaniyalar tomonidan ro„yxatga olingan huquqlar majmuasidan tashqarida olingan foyda tushuniladi. Ya‟ni, berilgan soliq imtiyozlaridan tashqarida olingan foydadir. Men iqtisodiy offshor hududida bank va boshqa qo„yilma mablag„lardan olingan foizlar, offshor bo„lmagan

kompaniyalarning ba‟zi birlarini aksiyalarining dividendlari imtiyozli mavqega ega bo„lib, ulardan soliq olinmaydi. Norezident kompaniyalar deb oroldagi mavjud huquqiy qoidalar majmuasidan tashqarida turib boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi kompaniyalarga aytiladi. Men erkin iqtisodiy hududidagi kompaniyalarning orolda faoliyat ko„rsatishining xususiyatlarini aniqlash maqsadida ushbu korxonalarni alohida-alohida tahlil qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, birinchidan rezident kompaniyalarga orolning har bir fuqarosi tomonidan tashkil etilishi mumkin bo„lgan va hech qanday imtiyozlarga da‟vogar bo„lmagan offshor kompaniyalar to„g„risidagi qonunlarga asosan, chegaralar qo„llanilmaydigan kompaniyalarni kiritish mumkin. Bunday kompaniyalarning faoliyati odatda orolning o„zida turib boshqariladi va nazorat qilib turiladi. Ikkinchidan, norezident kompaniyalarga esa orolda yashamaydigan fuqarolarga qarashli bo„lgan kompaniyalarni kiritish mumkin. Bunday kompaniyalarni 3 toifaga (norezident kompaniyalar, ozod qilingan kompaniyalar, xalqaro kompaniyalar) bo„lish mumkin.

Birinchi toifaga kiruvchi norezident kompaniyalarga orolning o„zida tashkil qilinib, ro„yxatdan o„tkazilayotgan vaqtda amal qilayotgan qonun va qoidalarga asoslanuvchi, ma‟lum jihatdan boshqaruv va nazoratni talab etuvchi, ro„yxatdan o„tkazuvchi davlat tashkilotlariga deklaratsiya takdim etuvchi kompaniyalar majmuasini kiritish mumkin. Bunday kompaniyalarning direktorlar kengashi oroldan tashqarida ham faoliyat yuritishi mumkin, chunki kompaniya a‟zolarining ko„pchiligi norezident bo„lib, bu orolda doimiy yashash joyi talab etilmaydi. Orolning o„zida huquqiy va jismoniy shaxslar bilan o„zaro tuzilgan shartnomalar asosida olib borilgan faoliyatidan topgan daromadidan esa standart miqdorda 20 % soliq to„lovlarini amalga oshirib boradi.

Ikkinchi toifaga kiruvchi ozod qilingan kompaniyalar, odatda, Men orolining o„zida va oroldan tashqarida ham tashkil etilishi mumkin. Lekin, oroldan tashqarida tashkil etilgan ozod kompaniyalar keyinchalik bu oroldan ro„yxatdan o„tishi shart qilib qo„yilgan. Bunday kompaniyalar rezident kompaniyalar hisoblanib, direktorlarning bittasi yoki yuqori malakali sekretarlardan biri shu mamlakatning fuqarosi bo„lishi lozim.

Uchinchi toifaga kiruvchi xalqaro kompaniyalar to„g„risidagi qonun orolda asosan, 1994 yilda kuchga kirgan bo„lib, ushbu qonun 1984 yilda qabul qilingan ozod etilgan kompaniyalar to„g„risidagi qonunga asoslanib, ba‟zi bir qo„shimchalar bilan to„ldirilgan. Bunday kompaniyalarning tashkil etilish joyi, rezident yoki norezidentligi ozod etilgan kompaniyalar kabi chegaralanmagan. Lekin, ulardan farqli o„laroq xalqaro kompaniyalar ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati bo„lishi ham mumkin. Bundan tashqari, xalqaro kompaniyalarga bank va sug„urta faoliyatlari bilan shug„ullanishga ruxsat etilmaydi hamda ishlab chiqarish, savdo va boshqa sohalardagi cheklashlar qo„llanilmaydi. Shu bilan bir qatorda xorijdagi operatsiyalar, oroldagi boshqa offshor kompaniyalar bilan olib borilgan iqtisodiy aloqalardan olinadigan %lar va dividendlardan olinadigan soliq hajmi 20 %dan oshmasligi lozim. Xalqaro kompaniyalar yiliga 300 funt sterling miqdorida to„lov to„laydi.

Men iqtisodiy orolida tashkil etilgan ushbu kompaniyalarning faoliyati orolning “Kompaniyalar to„g„risida”gi qonuniga asosan, tartibga solinadi. O„zlarining faoliyat

ko„rsatish shakllariga ko„ra ushbu kompaniyalar mas‟uliyati cheklangan kommandit tashkilotlarga (paylar asosida aksiyadorlarning kapitalisiz tashkil etilgan kompaniyalar, ma‟suliyati cheklangan aksiyadorlik jamiyatlar va javobgarligi cheklanmagan aksiyadorlik jamiyatlarga) bo„linadi.

Tashkil etiladigan ushbu kompaniyalarning javobgarligi Bosh prokurorning qarori asosida nazorat qilinadi. Kompaniyalar o„zlari faoliyat ko„rsatayotgan tadbirkorlik faoliyati yo„nalishi bilan “tahallus” asosida ham ish yuritishlari mumkin. Lekin, bunday tahalluslar ham, albatta, ro„yxatdan o„tkazilmog„i lozim. Bunday “tahallus”larda, birinchidan, kompaniyalarga direktorlik qiluvchi shaxsning ismi yoki familiyasi ham ko„rsatilgan bo„lishi mumkin. Agar ularning ism-familiyasi o„zgargan bo„lsa, oldingi ismi va familiyasini ham ko„rsatish talab etiladi, ikkinchidan “tahallus”larga kompaniyaning ro„yxatdan o„tkazilgan joyi, nomi va nomeri ham ko„rsatilishi mumkin, uchinchidan, kompaniya rahbariyati kompaniya uchun to„langan aksiyadorlik kapitalining miqdori to„g„risidagi ma‟lumotnomani ham ko„rsatishi mumkin.

Kommandit aksiyadorlik jamiyatlarini ro„yxatdan o„tkazish davrida paydorlarning ro„yxati keltirilib, ularning huquqlari doirasi ham belgilanishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot topshirilganda ham offshor korxonalar uchun joriy qilingan

42 funt sterling to„langanligi to„g„risida kvitantsiya va paychilar ro„yxati ilova qilinadi. Shu bilan birga korxona rahbarlari to„g„risidagi ma‟lumotnomalar ham talab etiladi.

Kompaniyani tashkil etish va ro„yxatdan o„tkazish bosqichlari, asosan, kompaniya uchun ruxsatnoma olish, kompaniya nizomi va ta‟sis hujjatlarni taqdim etishdan iboratdir. Agar nizom ta‟sis hujjatlar bilan birgalikda ko„rib chiqilmasa, bu hujjatlarda kompaniyaning maqsadini yoritib berish talab etilmaydi. Agar nizom bu hujjatlar bilan birgalikda ko„rib chiqiladigan bo„lsa, bu hujjatlarga talab kuchliroq bo„ladi va ularda, birinchidan, kompaniyaning to„liq nomi, ikkinchidan, Men orolida joylashgan manzilgohi, uchinchidan, aksiyador va paychilarning javobgarligi cheklanganligi to„g„risidagi qarori, to„rtinchidan, kompaniyani tugatish davrida kommandit jamiyatlari ishtirokchilarining majburiyatlari, beshinchidan, kompaniyaning imtiyozlari, vakolatlari va boshqalar ko„rsatilishi talab etiladi.

Kommandit jamiyatlariga yangi a‟zolar qabul qilayotgan vaqtda ularga a‟zolik badallarining miqdori kompaniya nizomida ko„rsatilishi lozim. Offshor tadbirkorlik faoliyati davrida talablarga bo„ysunmaslik yoki ularni qo„pol ravishda buzishlik hollariga yo„l qo„ygan kompaniyalardan qonun yo„li bilan 65 funt sterling miqdorida jarima undiriladi. Kompaniyalarni tashkil etishda ularga yuridik maslaxatlarni bergan yuristlarning xizmat xaqi kompaniyaning katta kichikligi va tayyorlanadigan hujjatlarning hajmiga karab 100 funt sterlingdan 850 funt sterlinggacha belgilangan. Kompaniya nomi kelishilgandan so„ng kompaniya nizomini ro„yxatdan o„tkazish bir- ikki hafta ichida amalga oshiriladi. Kompaniya tashkil etilgandan so„ng direktorlar kengashining birinchi yig„ilishi o„tkaziladi. Bu yig„ilishda ikkinchi direktor va sekretarning vakolatlari tasdiqlanib, kompaniya manzili va muhri to„g„risidagi hujjatlarga ham o„zgartirishlar kiritilishi mumkin. Kengashning vakolatlari kompaniya nizomida belgilangan bo„lib, “Kompaniyalar to„g„risida”gi Qonunda

belgilangan qoidalarga amal qilgan holda faoliyat ko„rsata boshlaydi. Kompaniya umumiy yig„ilishiga quyidagi masalalarni, birinchidan, direktorlarni tayinlash, ikkinchidan, yillik hisobotni tekshirish uchun auditorlarni tayinlash va ularga moddiy rag„batlantirish miqdorlarini belgilash, uchinchidan, dividendlarni to„lash miqdorini belgilash, to„rtinchidan, kompaniya nizomi va ta‟sis hujjatlariga o„zgartirishlar kiritish, beshinchidan, aksiyador kapitali tarkibidagi o„zgartirishlarni tasdiqlash, oltinchidan, kompaniyani tugatish va boshqa masalalarni ko„rib chiqish huquqi berilgan.

Umumiy yig„ilish kompaniya a‟zolarining shaxsiy ishtiroki bilan va shuningdek, ularning ishtirokisiz, ya‟ni modemlar, fakslar orqali ham o„tkazilishi mumkin. Ovoz berish esa shaxsan yoki ishonchli vakillar orqali amalga oshiriladi. Qabul qilinadigan qarorlar quyidagi ko„rinishlarda bo„lishi mumkin:

  • yig„ilishga kamida 7 kun qolgunga qadar kompaniya a‟zolariga tanishtiriladigan umumiy qarorlar;

  • yig„ilishga 21 kun qolguniga qadar tanishtiriladigan, maxsus qarorlar, bu qarorlarning qabul qilishda yig„ilish qatnashchilarining kamida 75 %i ovoz berishi talab etiladi;

  • yig„ilishga 4 kun qolgunga qadar tanishtiriladigan maxsus qarorlar bilan bir qatordagi favquloddagi qarorlar.

Qabul qilingan qarorlarning nusxalari qaror qabul qilingandan so„ng 1 oylik muddat ichida ro„yxatdan o„tkazuvchi tashkilotga taqdim qilinishi lozim. Kompaniyaga tegishli barcha hujjatlar – aksiyadorlar ro„yxati, yillik buxgalteriya va boshqa turdagi hisobotlar, umumiy va direktorlar yig„ilishining qarorlari kompaniyaning asosiy manzilgohidagi arxivda saqlanishi zarur.

Men iqtisodiy orolida kompaniyalardan tashqari offshor tadbirkorlik bilan shug„ullanuvchi xalqaro sherikchilik asosida ma‟suliyati cheklangan jamiyatlarni ham tuzish mumkin. Bunday shirkatlarning bosh sheriklari bo„lib rezident xalqaro kompaniyalar, norezident firmalar va ma‟suliyati cheklangan jamiyatlar bo„lishi ham mumkin.

Shunday qilib, Men orolida faoliyat ko„rsatayotgan barcha banklarni va sug„urta kompaniyalarni, qurilish tashkilotlari, investitsiya, ijtimoiy sug„urta va boshqa ixtisoslashtirilgan kompaniyalarning faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish hamda soliqka tortish yuqorida qayd etilgan qonun-qoidalar asosida amalga oshiriladi. Biroq, ushbu orolda ham tavakkalchi kompaniyalarni yoki yangi banklarni tashkil etish masalalari muammoligicha qolmoqda. Chunki, bu erda yangi banklarni emas, balki faoliyat ko„rsatib turgan banklarning filiallarini ochishga ruxsat etiladi. Shuning uchun ham Men orolida doimo mavjud offshor tadbirkorligi bilan bog„liq qonun-qoidalarni takomillashtirish ustida izlanishlarni olib borilishi maqsadga muvofiqdir.

Bermud erkin o„z-o„zini iqtisodiy boshqarish hududi Atlantika okeanining Shimoliy-G„arbiy qismida joylashgan bo„lib, 7 ta yirik va 150 dan ortiq mayda orolchalardan tashkil topgan. Umumiy maydoni 54 km2 ni tashkil etib, aholisi 60 ming kishidan ortiqdir. Mamlakatning pul birligi bo„lib Bermud dollari (BD $) hisoblanadi (ushbu dollar kursi mamlakatda AQSh dollari bilan baravar kursda

yuritiladi). Bermud orollari jahonning eng so„lim va sirli oromgohlardan biri bo„lib, bu erda tashkil etilgan offshor hududlar o„zining ishonchliligi bilan dunyo hamjamiyatining hurmatiga sazovordir.

Bermud orollarida faoliyat ko„rsatayotgan tadbirkorlar foyda va daromad solig„ini, dividendlardan olinadigan soliqni, ko„chmas mulk va meros soliqlarini to„lashmaydi. Erkin iqtisodiy hududda faoliyat ko„rsatayotgan kompaniyalar ta‟sis shartnomalar asosida ro„yxatga olinib, ularning shaxsi, moliyaviy barqarorligi va faoliyat yo„nalishlari o„z vaqtida nazorat qilib turiladi.

Bermud EIHda faoliyat ko„rsatayotgan kompaniyalarga nisbatan ba‟zi-bir cheklanishlar ham qo„llaniladi. Masalan, offshor kompaniyalarga depozitlar qo„yishga ruxsat etilmaydi. Chunki, bu odat Bermud orolining milliy urf-odatlariga zid bo„lib, uning ustidan nazoratni Moliya vazirligining ko„rsatmasi bilan Bermud orolining g„aznachiligi amalga oshiradi.

Bermud orollarida kompaniyani tashkil etishning dastlabki bosqichida kompaniyaning nomi ro„yxatga olish tashkilotlari bilan kelishib olinadi. So„ng kompaniyaning shug„ullanishi mumkin bo„lgan yo„nalishlarini to„laligicha aks ettiruvchi ma‟lumotlar orol ro„znomalarining birida e‟lon qilinadi. Shundan so„ng esa ta‟sis shartnomasiga Moliya vazirining ruxsatnomasini olish uchun Bermud orolining g„aznachiligiga ariza beriladi. Arizaga ta‟sischining ismi-sharifi, yashash joyi, kompaniyaning har bir a‟zosining yashash joyi ko„rsatiladi. Bundan tashqari ularning daromadlari to„g„risidagi deklaratsiya ham qo„shib topshiriladi.

Bermud orollarida kompaniyani ro„yxatdan o„tkazish uchun 12000 BD$ miqdoridagi minimal ustav kapitali talab etiladi. Biroq, bu orolda ro„yxatdan o„tkazilgan kompaniyalarning asosiy qismi Gongkong rezidentlari bo„lganligi uchun ulardan 100000 Gongkong dollari (NK$) miqdoridagi minimal ustav kapitali talab etiladi. Aksiyadorlar kompaniyalariga faqatgina o„zlarining nomlari yozilgan aksiyalar chiqarishga ruxsat etiladi.

Bermud orollarida tashkil etilgan kompaniya xususiy “trast”ga tegishli bo„lsa, u holda moliya vaziri uchun g„aznachilikka quyidagi ma‟lumotlarni topshirish lozim bo„ladi:

  • kompaniyaning nomi, manzili va uning faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar;

  • kompaniyani tashkil etuvchining ismi-sharifi, familiyasi va fuqaroligini ko„rsatuvchi hujjat;

  • kompaniyaning ijrochi “ishonchli vakili”ning ismi-sharifi, familiyasi va fuqaroligini ko„rsatuvchi hujjat;

  • ikkala mulkdor tomonidan imzolangan ta‟sis shartnomasi.

Bermud orollarida jismoniy shaxsdan har doim ham deklaratsiya talab qilinavermaydi. Faqatgina ta‟sis etuvchining shaxsiy deklaratsiyasi yoki naf oluvchiga tavsiya berish bilan kifoyalanishi mumkin. Agar naf ko„ruvchiga ishonib topshirilgan mulkning tuzilishi murakkab bo„lsa, u holda muassis xolding kompaniyalar zanjirida faoliyat ko„rsatishi mumkin.

Bermud orollarida ishonchli boshqaruv asosida mulkni boshqarish kompaniyalarini tashkil etish uchun ruxsat etilgan. Bunday korxonalarni tashkil etish

1991 yilda qabul qilingan “Ishonchli mulklarni boshqarish kompaniyalari to„g„risida”gi qonunga asosan, tashkil etilib, faoliyat ko„rsatish uchun litsenziya berilishi talab etiladi. Litsenziya olish davrida kompaniya rahbariyati kompaniyaning faoliyat ko„rsatishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligini va bu xizmatlar ko„rsatishning samaradorligi yuqori darajada bo„lishligini isbot qilib berishi lozim.

Bermud orollarida sug„urta va qayta sug„urta qilish kompaniyalarini tashkil etish esa xizmat ko„rsatish hajmi va sifati bilan baholanadi. Bu kompaniyalarni tashkil etish 1978-yilda qabul qilingan “Sug„urta to„g„risida”gi qonunga asosan, amalga oshiriladi. Kompaniyalar ustavi va ta‟sis hujjatlari esa ushbu qonunning talablari asosida ishlab chiqiladi. Asosiy faoliyatning boshqa turlari bilan shug„ullanish uchun esa kompaniya ruxsatnoma olishi zarur. Ruxsatnomani olish davrida kompaniya faoliyati to„liq tekshiruvdan o„tkaziladi. Kompaniya o„z ta‟sis hujjatlarini Bermud oroli g„aznachiligiga topshirishdan oldin tajribali mutaxassislar bilan maslaxatlashib olishi lozim. Chunki, Moliya vaziri kompaniya faoliyatining asosiy yo„nalishlari milliy an‟analarga zid bo„lsa, kompaniyani ro„yxatdan o„tkazish uchun ruxsat bermaydi. Kompaniyaning ta‟sis hujjati ro„yxatdan o„tkazilgandan so„ng kompaniya o„z faoliyatini boshlashi mumkin. Kompaniya faoliyatini boshlashidan oldin ichki boshqaruv tuzilmalarini shakllantirib olishi lozim. Kompaniyaning birinchi yig„ilishi odatda vaqtinchalik direktorlar kengashi vazifasini bajaruvchi yig„ilish hisoblanib, unda ta‟sischilar tomonidan tavsiya qilingan vakillar ishtirok etadi. Yig„ilishda vakillar birinchidan kompaniyaning nizom loyixasini va kompaniyaning ichki boshqaruv tuzilmalariga oid me‟yoriy-huquqiy hujjatlarni imzolaydi, ikkinchidan aksiyalarni taksimlaydi, uchinchidan aksiyadorlar yig„ilishining bayonnomasini va yig„ilishda qabul qilingan kompaniyaning nomini ko„rsatuvchi hujjatlarni hukumat organlariga topshirish uchun qabul qiladi.

Bermud orollarida Xalqaro biznes kompaniyalar (International business companies) ham faoliyat ko„rsatib kelmoqda. Orollarda faoliyat ko„rsatayotgan sug„urta kompaniyalar sifatli va ishonchli ish yuritishlari bilan London, Nyu-Yorkda faoliyat ko„rsatayotgan sug„urta kompaniyalaridan so„ng 3 o„rinda turadi. Orollarda kompaniyalarni soliq to„lashdan ozod etish Moliya vaziri tomonidan amalga oshiriladi. Kompaniyalar foyda solig„ini kamaytirilgan miqdorda to„lashi bilan bir qatorda kapitalning o„sishidan olinadigan daromad solig„ini va shuningdek, aksiyadorlar daromadidan olinadigan soliqlarni ham to„laydi.

Britan-Virgin orollari Karib dengizi basseynida joylashgan bo„lib, Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tayinlangan gubernator tomonidan boshqariladi. Ushbu davlat jahon xo„jaligida ijtimoiy-siyosiy jihatdan tinch davlatlardir. Pul birligi bo„lib AQSh dollari hisoblanadi. Britan-Virgin orollarida butun dunyoga mashhur bo„lgan moliya korporatsiyalarining (Barglays, Deloitte d Touche, KPMG, Chase Manhatten) ofislari joylashgan. Shuningdek, ushbu orollarda 200 mingdan ortiq kompaniyalar ro„yxatdan o„tgan bo„lib, ular imtiyozli soliq tizimlari asosida faoliyat ko„rsatadi. Bu kompaniyalar ichida sug„urta faoliyati bilan shug„ullanuvchilar, o„zaro yordam fondlari, xolding va trast kompaniyalari va shuningdek, jahonning boshqa turli xil kompaniyalarining vakolatxonalari o„zlari uchun mustaxkam sharoitni yaratgan holda faoliyat ko„rsatib kelmoqda. Shuni unutmaslik lozimki, “offshor”

biznes faoliyati shunday nozik tadbirkorlik faoliyatki, bunda faqatgina soliq tizimi imtiyozlarini emas, balki bu kompaniyalarning faoliyatini nazorat qilib turish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham orol ma‟muriyati turli xil mablag„larning orolga kirib kelishini nazorat qilib, oroldagi boshqaruv usullarni yildan-yilga takomillashtirib kelmoqda. Orol davlatining gerbida tasvirlangan Buyuk Britaniya bayrog„i chet el investorlarini turli nopok yo„llardan (jinoiy ishlardan) saqlab turuvchi gerb sifatida tasvirlangan.

Britan-Virgin orollarida soliq stavkalari past bo„lib, aholi jon boshiga to„g„ri keladigan daromad miqdori esa yuqoridir. Orollarda 1 akra (1 akra – 0,405 ga) erning bahosi esa 100 ming AQSh dollaridan yuqoridir. Shu bilan birga aholi ma‟lumotliligining yuqoriligi jihatdan ham Karib basseynidagi boshqa orollardan farq qiladi. Chunki bu yerda AQSh va Buyuk Britaniyaning obro„li oliygohlarini bitirib chiqqan tajribali mutaxassislar xizmat qilishadi. Orollarda immigrant aholi yuqori bo„lib (umumiy aholining 51-52 %ini tashkil etadi), asosan, Karib havzasining Sharqiy tumanlaridan kelgan Dominikan Respublikasining fuqarolaridir. Agar shu tendensiyalar orollarda davom etaversa, tez orada mahalliy aholining assimilyatsiyasi, ya‟ni urf-odatlari mutlaqo yo„qolib ketishi ham mumkin. Shuning uchun ham mamlakatda hozirgi kunda immigratsiyaning qonun- qoidalariga bir qator o„zgartirishlar kiritilmoqda.

Britan-Virgin orollari davlati moliya va turizm sohalari bo„yicha xizmatlar ko„rsatishdan yiliga 200 mln. AQSh dollari miqdoridan yuqori daromad ko„radi. XX asrning 80-90 yillarida orolning offshor mexanizmini shakllantiruvchi xalqaro biznes kompaniyalari garchi qisqa muddatli inqirozlarni boshdan kechirgan bo„lsada, jahon davlatlari bilan iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda.

Nauru davlati Tinch okeani havzasining markazida, ya‟ni ekvatordan 42 km Janubda va 167 gradus Sharqiy uzunlikda joylashgan. Nauru oroliga eng yaqin joylashgan orol Oshen hisoblanib, ushbu orollar o„rtasidagi masofa 300 km ni, Avstraliyaning Melburn shahridan esa 4000 km ni tashkil etadi. Bu orolga birinchi bo„lib kelgan Yevropaliklar Nauru orolining go„zal tabiati va iqlimini, aholisining mehmondo„stligini juda yoqtirib qolishgan edi. Shuning uchun ham Nauru oroliga kit ovlovchilar va savdo kemalari tez-tez kirib turishadi.

Nauru dunyodagi yagona poytaxtsiz davlat bo„lib, uning umumiy maydoni 21 km2 ni, orol aylanasining uzunligi esa 19,3 km ni tashkil etadi. Shuning uchun ham bu orol Buyuk Britaniya qo„shma qirolligining eng kichik a‟zo-davlatlaridan biri hisoblanadi. Bu mamlakatda ishsizlar sinfi deyarli yo„q, chunki 1907 yildan beri faoliyat ko„rsatib kelayotgan fosfor konlari deyarli barcha aholini ish bilan ta‟minlab turibdi. Ushbu konlarda ishlayotgan ishchilarning jon boshiga to„g„ri keladigan daromadlari garchi yuqori bo„lsa-da, biroq, Katta Erdan uzoqda joylashganligi sababli aholining turmush darajasi birmuncha past. Aholining transport vositasi bo„lib, asosan, mototsikl hisoblanadi, chunki, unda butun bir orolni aylanib chiqish mumkin.

Mamlakatda 100 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ularning 700 mingi tub aholi hisoblanib, etnik kelib chiqishi jihatdan polineziyaliklarga yaqin bo„lgan 12 ta urug„ga bo„lingan. Aholining qolgan qismini esa fosfor konlarida ishlash uchun

Tinch okeanining boshqa orollaridan kelganlar tashkil etadi. Orol aholisining ko„pchiligi ingliz tilida gaplashadi. Davlat tili garchi ingliz tili hisoblansa-da, mahalliy tub aholi o„zining qadimgi tili va madaniyatini saqlab qolgan.

Nauru davlatini 18 kishidan iborat bo„lgan Parlament boshqaradi. Parlament a‟zolari yoshlariga qarab o„tkaziladigan referendumlar orqali saylanadi. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga 5 vazir kiritilib, Vazirlar Mahkamasining raisi bir vaqtning o„zida mamlakat Prezidenti bo„lib ham hisoblanadi. Mamlakatning Oliy sudini esa Bosh hakam boshqaradi.

1888 yilga qadar mamlakat Marshall orollarining protektorati sifatida Germaniya qaramog„ida bo„lgan. Nemislarning yirik savdo korxonasi hisoblangan Jaluit Gassellscaft firmasi protektorat orol davlatlarni rivojlantirish uchun katta moliyaviy mablag„ ajratgan. Buning evaziga esa birmuncha iqtisodiy imtiyozlarga va hattoki, Marshall orollari va Naurudagi tabiiy boyliklardan foydalanish huquqiga ham ega bo„lgan.

1900-yilda Buyuk Britaniya kompaniyasi Nauru va Oshen orollarida tasodifan fosfor konlarini ochishdi. Avstraliyaning Pacific Islands Company firmasi britaniyaliklarning Nauru orolida tabiiy boyliklarni izlab topish va qayta ishlash bo„yicha izlanishlar olib borishi yuzasidan Germaniyaning Jaluit Gassellscaft kompaniyasi bilan muzokaralar olib borgan edi.

Tinch okeani fosfat kompaniyasi shartnomaga (1905 y.) muvofiq Nauru davlatida o„tkaziladigan qazuv-qidiruv ishlari natijasida yetkaziladigan moddiy zararni qoplash majburiyatini olgan edi. Shuning uchun ham 1907-yilda boshlangan fosfat qazib chiqarish ishlari hozirgi kunga qadar (Ikkinchi jahon urushi yillarini hisobga olmaganda) davom etib kelmoqda. Mamlakat hududi Birinchi jahon urushi yillarida Avstraliya qo„shinlari tomonidan bosib olingan bo„lsa-da, 1921-yilga qadar Nauru oroli Buyuk Britaniya nazorati ostida bo„lgan.

Birinchi jahon urushidan keyin Germaniya mustamlakalarining parchalanishi oqibatida Nauru orolini qo„la kiritish uchun g„olib chiqqan kapitalistik davlatlar o„rtasida kurash kuchayib ketgan edi. Jumladan, AQSh bu orolning manfaatlarini himoya qilib, orolda boshqaruvning mandat tizimini qo„llashni taklif qilib chiqqan bo„lsa, boshqa kapitalistik davlatlar esa anneksiya (bosqinchilik) ko„rinishini ma‟qullashgan edi.

Avstraliyaning o„sha davrdagi Bosh Vaziri Xyuz ham Nauru davlati ustidan nazorat qilishning mandat usulini qo„llab-quvvatlab, o„z fikrini quyidagicha izohlab bergan edi: “...Nauru davlati er yuzida xarajatlarga nisbatan daromadlari oshib borayotgan yagona davlat hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakat hududidan qazib olingan fosfor o„g„itlari, nafaqat, tijorat maqsadlari uchun, balki, dehqonchilik qilinadigan erlarimizning hosildorligini oshirish uchun ham lozimdir. Agar bu fosfor bo„lmasa yerlarimizning hosildorligi pasayib, aholining daromadlari kamayib, o„zlariga yetarli bo„lmay qolishi, natijasida, boshqa joylarga ish izlab ketib qolishi mumkin…”. Yangi Zelandiya davlati esa Avstraliya hukumatining bunday fikriga qarshi chiqib, Nauru orolini yakka o„zi idora etishini bildirgan edi.

Buyuk Britaniya hukumati boshqarishning optimal yo„lini izlab topdi. Bu usul Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya hukumat boshliqlari tomonidan

ishlab chiqilib, “The Nauru Island Agreement” deb nomlangan qo„shma shartnoma imzolandi. Ushbu shartnomaga ko„ra konga egalik qiluvchi Tinch okeani fosfor kompaniyasiga barcha xarajatlarni qaytarib berish ko„zda tutildi va kompaniyani dastlabki besh yillar mobaynida Avstraliya hukumati boshqarib turadigan bo„ldi.

XX asr 60 yillarining oxiriga kelib Nauru hukumati konlarga egalik huquqini saqlab kelgan shartnomaga a‟zo bo„lgan davlatlarga 21 mln. doll. atrofida tovon puli to„lab, fosfor konlariga mustaqil egalik qila boshladi. Bu davrga kelib konlarning 1/3 qismi qazib olingan bo„lib, orol er maydonining 4/5 qismini tashkil etgan edi. Mustaqillik tufayli (1970 yil) dunyoga kelgan Nauru fosfor korporatsiyasi faoliyat ko„rsata boshladi.

Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlari Nauru fosforit konlaridan yiliga 2 mln. tonna fosfor qazib olishgan edi. Bu davrda Nauru EIHda Yaponiya, Janubiy Koreya, Filippin kabi yangi iste‟molchi davlatlarni ham paydo bo„lganligini ko„ramiz. Nauru fosfor kompaniyasi, nafaqat, mahsulot qazib olish va uni eksport qilish bilan, balki, oroldagi erlarni qayta tiklash fondiga mablag„larni yig„ish ishlari bilan ham shug„ullangan edi. Nauru hukumati, hatto, bu davrda Avstraliya hukumatidan va shuningdek, Buyuk Britaniya va Yangi Zelandiyadan uning yerlariga yetkazilgan zararni qoplashi zarur bo„lgan to„lovlarini to„lash shart ekanligini ham 1968-yildan beri ta‟kidlab kelmoqda.

Avstraliya hukumati Nauru orolida “Davey commitee” nomli qo„mita tashkil etdi. Biroq, qo„mita, haqiqatda ham, oroldagi erlarni qayta tiklash zarurligini tan olgan bo„lsa-da, lekin, hech qanday ishni amalga oshirmadi. Chunki, Avstraliya va Buyuk Britaniya davlatlarini Yangi Zelandiyaning kichik orollarining muammosi mutlaqo qiziqtirmasdi, kompensatsiya (tovon) to„lashni esa, umuman, hayoliga ham keltirmagan edi. Faqatgina 1987-yilga kelib, bu uch hukumat ma‟muriyati tomonidan aktivlari 60 mln. dollarga teng bo„lgan Britaniya fosfor kompaniyasini tarqatib yuborish to„g„risidagi o„zaro bitim imzolandi, xolos. Sobiq sheriklar qaroriga muvofiq, agar Nauru hukumati Britaniya fosfor kompaniyasining mulkini to„lig„icha qo„lga kiritsa, er uchun ham kompensatsiya to„lovini amalga oshiradigan bo„ldi. Shuning uchun ham Nauru hukumati tomonidan 1986-yilda mazkur muammolarni o„rganish va kompensatsiya to„lovini amalga oshirish masalalarini hal etish maqsadida maxsus komissiya tuzilgan edi.

Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaning hukumat a‟zolaridan iborat maxsus komissiya oroldan fosfor o„g„itini qazib olish davrida konning ochilgan qismidagi erlarni qayta tiklab, uni yaroqli holga keltirish uchun, konni ekspluatatsiya qilgan Germaniya hukumati javobgar, degan xulosaga keldi. Shu bilan bir qatorda, komissiya o„tkazgan tekshirishlar asosida sobiq sheriklar tomonidan orolda fosfor qazib olishda, birinchidan, fosfor qazib olingan joylardagi erlarni qayta ishlab, yaroqli holga keltirish to„g„risidagi majburiyatlarga rioya qilmaganliklarini, ikkinchidan, erni qayta ishlamasdan Nauru xalqiga katta ziyon keltirganliklarini, uchinchidan, tabiiy resurslarga tegmaslik to„g„risidagi tamoyilga mutlaqo rioya qilmaganliklarini ham ko„rsatib o„tgan edi.

Bundan tashqari, komissiya a‟zolari sobiq sheriklarni Nauru mamlakatida qazib olingan fosforit o„g„itidan katta foyda olganligini, mamlakat mustaqil deb e‟lon

qilingandan so„ng (1970 y.) esa o„zining mulkini o„ziga 21 mln. dollarga sotib olishga majbur etganligini ham qayd etgan edi. Komissiyaning bunday xulosasi Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi davlatlarining hukumat boshliqlariga yuborilgan bo„lsa-da, ulardan hech qanday ijobiy javob xati olinmagan edi.

1989-yilda Nauru hukumati 1920-yildan to 1967-yilgacha oroldagi boyliklarni qazib olib, erlarni qayta tiklash uchun qayg„urmagan sherik mamlakatlardan biri Avstraliya davlatini xalqaro sudga berdi. 1993-yilda Gaaga xalqaro sudi Avstraliya hukumatidan yetkazilgan zararni qoplash uchun 100 mln. dollar miqdorida mablag„ni undirish to„g„risida hukm chiqardi. Mazkur hukm asosida undirib olingan mablag„ni sarf etish uchun Nauru hukumati strategik reja loyihasini ishlab chiqdi. Ushbu reja asosida mamlakatda erlarning hosildorligi tiklandi, ohakli tuproqlardan ohakli marmar ishlab chiqarish yo„lga qo„yildi va oroldagi hayvonot va o„simlik dunyosini saqlab qolishga e‟tibor qaratildi. Oroldagi asosiy muammolardan biri ichimlik suvi manbalarini izlab topish chora-tadbirlari ham ishlab chiqildi.

Nauruda tadbirkorlik bilan shug„ullanishning o„ziga xos xususiyatlari mavjud bo„lib, u ham bo„lsa bu davlatda hech qanday soliq va yig„imlar olinmasligidir. Orolda munitsipal xo„jalik va tijorat bilan shug„ullanuvchi tadbirkorlar faoliyati, asosan, mamlakatning 12 ta tumanidan saylangan vakillar tomonidan nazorat qilib turiladi. Faoliyat ko„rsatayotgan barcha agentliklar, telegraf, televon va telekommunikatsiya tarmoqlari mamlakatni AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Hindiston, Filippin, Yaponiya, Gonkong, Singapur kabi davlatlar bilan bog„lab turadi.

Mamlakatning Markaziy banki Parlament tomonidan qabul qilingan “Banklar faoliyati to„g„risida”gi Qonunga (1975 y.) asosan, tashkil etilgan bo„lib, u barcha tijorat banklari bilan korrespondent aloqalarini o„rnatgan edi. Nauru Markaziy banki bir vaqtning o„zida ham Milliy bank, ham Xalqaro bank vazifasini o„taydi. 1972- yilda “The Republik of Nauru Finanse Corporation” korporatsiyasi “Moliya tashkilotlari to„g„risida”gi Qonunga asosan, tashkil etilgan bo„lib, uning maqsadi xo„jalik subyektlarini va qurilishlarni kapital qo„yilmalar orqali moliyalashtirishdan iborat edi. Nauru mamlakati o„zining milliy valyutasiga ega emas. Ular milliy valyuta va muomala vositasi sifatida, asosan, Avstraliya dollaridan keng foydalanishadi. Shuning uchun ham mamlakatda valyuta nazorati mavjud emas.

1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   142


написать администратору сайта