Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
8.1-jadval.Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda tashkil qilingan EIHlarning farqli jihatlari
8.1-jadvaldan ko„rinib turibdiki, rivojlangan davlatlarda EIHlarni tashkil etish rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan birmuncha keng qamrovli ekanligi bilan ajralib turadi va shuning uchun ham ular iqtisodiyot rivojiga sezilarli ta‟sir ko„rsata oladi. AQShdagi faoliyat ko„rsatayotgan EIHlarning o„ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, ularni quyidagicha tasniflash mumkin (8.2-rasm). 8.2-rasmdan ko„rinib turibdiki, AQShda tashkil etilgan EIHlar tasnifi ularning 3 turga ajratilishi va har biri yana bir necha turlarga ajratilishi bilan xususiyatlanishini ko„rish mumkin. Ularning o„ziga xos xususiyatlari haqida esa keyingi paragraflarda alohida to„xtalib o„tiladi. Umuman olganda, bugungi kunga kelib AQShda EIHlar katta tajribalarni to„plagan va rivojlangan hududlar sifatida dunyo mamlakatlari uchun muhim tajriba maktabi hamda tadqiqot obyekti hisoblanadi. Ularning tashkil qilina boshlashi esa 1930-yillar boshiga to„g„ri keladi. Mazkur EIHlarning faoliyat ko„rsatilishida 1934- yilda AQShda qabul qilingan “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi Qonun muhim ahamiyat kasb etgan. 8.2-rasm. AQShda tashkil etilgan EIHlar tasnifiMazkur qonun asosida tashqi savdo hududlari tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish va ishsizlik darajasini pasaytirish maqsadida tashkil qilingan. Tashqi savdo hududlari nomiga ega bo„lgan hududlar, bojxona to„lovlari rejimlariga bo„lgan imtiyozlar bilan, ular orqali boj to„lashdan ozod etish belgilanishi, ichki soliqlar va har qanday tovar uchun kvotalar, AQSh hududidan uchinchi mamlakatlar hududiga eksport qilinayotgan, sanoatni qayta ishlanishiga kerakli tovarlarga import soliqlarini kamaytirish kabi imtiyozlarga ega hisoblanadi. asr boshlarida AQShning 48 ta shtatida ro„yxatga olingan tashqi savdo hududlarida 320 ming kishi band bo„lgan 3 mingdan ortiq kompaniyalar faoliyat yuritadi. Hududlardan olib ketilayotgan mahsulotlar hajmi bir necha 100 mlrd. dollardan oshadi. |