Главная страница
Навигация по странице:

  • Silikon (Kremniy) vodiysi”

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница90 из 142
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   142

    Tayanch iboralar:


    Erkin iqtisodiy hududlar, tadbirkorlik hududlari, kichik va o„rta biznes, depressiya, chegirma, soliq, investitsiya, imtiyoz, daromad.

    Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


    1. AQShda THlari kichik va o„rta biznesni depressiya sharoitlarida qayta tiklash uchun tashkil etildi va etilib kelmoqda. Ular tashqi savdoni ta‟minlash bilan bevosita bog„liq bo„lmagan maqsadlarni o„z ichiga oladi. Bu holatda, bojxona imtiyozlari ma‟lum bir (ikkinchi) darajaga tushadi va asosiy rolni turli soliq, moliyaviy va ma‟muriy imtiyozlar amalga oshiradi.

    2. AQShda THlari maydoni 2,5-5 km2, ayrim hollarda 13 km2 gachani tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kengroq maydonni egallaydi. Ular, asosan, yuqori ishsizlik darajasiga ega shaharlarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 10-20 yil muddatga tashkil etiladi. Bunda THlari tashkil etilayotgan makon kamida 20% bo„lgan kambag„allik darajasiga ega bo„lishlari kerak va o„rtacha oilaviy daromad o„rtacha 80% dan ortiq emas, yoki bunday hududga “qo„shni” bo„lishi kerak.

    3. AQShda tadbirkorlik hududlari mahalliy kapital va mehnatga tayanib ichki iqtisodiy muammoarni hal qilishga xizmt qiladi va ularning federal, davlat va mahalliy boshqaruvida bo„lgan turlari mavjud. Boshqa turlardagidan farqli ravishda federal tadbirkorlik hududlari muddatni uzaytirish imkoniyati bilan 20 yilga tashkil etiladi.

    Nazorat uchun savollar:


    1. AQShda tadbirkorlik hududlari nima maqsadda tashkil etiladi?

    2. AQShda tadbirkorlik hududlarini tashkil etish zaruriyati qachondan yuzaga kelgan?

    3. AQShda tadbirkorlik hududlarida qanday soliq, ma‟muriy va boshqa

    imtiyozlar taqdim etiladi?

    1. AQShda tadbirkorlik hududlarining qanday turlari mavjud?

    2. AQShda tadbirkorlik hududlari qancha muddatga va qanday shartlar asosida tashkil etiladi?

    3. AQShda tadbirkorlik hududlarini tashkil etishda qanday talablarga muvofiqlik ta‟minlangan bo„lishi lozim?



      1. AQShda ilmiy parklarning tashkil etilishi, ularning maqsadi, turlari va faoliyat xususiyatlari



    Ilmiy parklar (texnik-joriy etish hududlari) fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi samarali shaklidir. Bu hududlarda innovatsiyaviy faoliyat va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan band firma va korxonalar joylashgan bo„ladi.

    Odatda, ular ilmiy labaratoriyalar va ishlab chiqarish xonalarining hududiy jamlanishidan iborat bo„lib, ular istiqbolli ilmiy va texnik g„oyalarni ishlab chiqish bilan shug„ullanadigan venchur firmalarga imtiyozli shartlarda ijaraga beriladi. Tashqi savdo va tadbirkorlik hududlaridan farqli ravishda texnologik parklarni yaratish uchun hukumat organlarining ruxsati talab qilinmaydi.

    Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishning muhim omili bo„lib innovatsion infratuzilmani yaratish hisoblanadi.

    Bunday infratuzilmani yaratishning eng samarali va bosh omili texnoparklar

    hisoblanadi.
    Texnopark – bu innovatsion faoliyat bilan shug„ullanuvchi, yuqori ilmiy sig„imli texnologiyalar va mahsulotlar yaratuvchi kompaniyalarni birlashtirish uchun tashkil etilgan, ajratilgan alohida, maxsus hudud.
    Texnoparklarning asosiy maqsadi:

    • mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish;

    • mintaqa yoki mamlakatni innovatsion rivojlanishini ta‟minlash;

    • innovatsiyalarni jamlash, ro„yobga chiqarish. Texnoparklarda:

    • ishlab chiqarish va ma‟muriy binolarni, laboratoriya uskunalarini ijaraga taqdim etish;

    • konsultativ xizmatlarni ko„rsatish;

    • individual ixtirolarni texnologik ekspertizadan o„tkazish;

    • tashkil etiladigan kompaniyaning biznes-rejasi tuzish;

    • kichik biznesni tashkil etishda imtiyozli shartlarda kreditlar olish va sh.k. amalga oshiriladi.

    Jahon amaliyotida texnoparklar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish hamda unda ijtimoiy-iqtisodiy subyektlar (ilmiy-tadqiqot institutlari, olim ta‟lim muasasalari, laboratoriya markazlari, ishlab chiqarish-tadqiqot korxonalari, ilmiy salohiyatli xodimlar va mutaxassislar)ning ilmiy-texnik salohiyatidan innovatsion g„oyalarni ro„yobga chiqarish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratgan holda ularni bir joyga jamlash asosida yangi va zamonaviy ishlanmalarni, mahsulotlarni yaratish,

    ularni tijoratlashtirish maqsadlarida tashkil etiladi.

    Texnoparklar rezidentlari mazkur tashkil etilgan hududning o„zida barcha zauririy ijtimoiy va biznes-xizmatlari komplekslariga ega bo„lmog„i lozim. Ushbu faoliyani maxsus tashkil etilgan kompaniyaboshqarib boradi.

    AQShda texnoparklarni tashkil etishdan maqsad – venchur kompaniyalarga, yangi turdagi mahsulotlar va texnologiyalarni kashf etuvchi, ishlab chiquvchi alohida ixtirochilar va olimlarga imtiyozli shartlarda yordam ko„rsatish.

    AQShda texnoparklarning tashkil etilishi o„tgan asrning 50 yillari boshiga borib taqaladi.

    Mazkur davlatda birinchi texnopark Koliforniya shtatidagi Stenford universitetilmiyparkitashkil etilishi bilan paydo bo„lgan.

    Universitet o„zi egalik qilgan hududda bo„sh er uchastkasini topib, uni va binolarni mustаqil kichik korxonalar va yuqori texnologiyalar sohasida faoliyat ko„rsatuvchi, federal hukumat buyurtmalari hisobiga jadal rivojlanib borayotgan va o„z bo„linmalarini tashkil etishga intiluvchi, yuqori imkoniyatli amaldagi kompaniyalarga ijaraga bera boshladi.

    Ijaradagi firmalar universitet bilan uzviy aloqa va hamkorlikda faoliyat ko„rsatdilar. Lekin, taxnopark sifatida to„la shakllanishi uchun va o„z ilmiy parki er maydonini va binolarni ijaraga berish uchun zaruriy infratuzilmani shakllantirish, qurilishlarni yakunlashga 30 yil kerak bo„ldi.

    Silikon (Kremniy) vodiysi” deb nom olgan mazkur ilmiy park sanoatning ilmiy sig„imli sektorini rivjlantirishda fenomenal natijani taqdim etdi.

    Texnoparkning zamonaviy Yevropa modeli unda o„nlab kichik firmalarni (jamoaviy xizmatlar tizimining barcha afzalliklaridan samarali foydalanuvchi bu ko„p sonli yangi kichik va o„rta inovatsion korxonalarning shakllanishiga imkon beradi) va bir qator ta‟sischilarni joylashtirishni nazarda tutadi (bu boshqaruv mexanizmi bitta ta‟sischi bilan boshqarish mexanizmidan murakab hisoblanadi, biroq, moliyalashtirishga imkon topishda juda qulay hisoblanadi).

    Bugungi kunga kelib texnoparklar oliy ta‟lim, fan, sanoat, tadbirkorlik, moliyalashtirish manbalari, mintaqaviy va mahalliy hokimlik organlari kabilar integratsiyasining yangi shakli va tarkibi sifatida mintaqaning va iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini ta‟minlash imkoniyatlarini taqdim etadi.

    Texnoparklarning AQShda tashkil etilishi stixiyali tarzda, sekin-astalik bilan yuz bergan bo„lsa, o„tgan asrning 70 yillaridan boshlab G„arbiy Yevropada ular jadal tashkil etila boshlandi.

    Yaponiyada esa texnoparklarning tashkil etilishi boshidan boshlab davlatning strategik maqsadiga aylandi va aniq davlat dasturlari (rejalari) asosida rivojlanib kelmoqda.

    AQShda 2-Jahon urushidan keyin mamlakatning G„arbiy qirg„og„ida, Koliforniya shtatida bir qator korxonalar hukumatdan elektron qurilmalar tarkibiga kiruvchi mahsulotlarning yangi turlarini yaratish bo„yicha buyurtmalarni olishdilar.

    Buning uchun tadqiqotlar olib borish va yangi mahsulotlar turlarini yaratish lozim edi. Bu esa texnoparklarga bo„lgan ehtiyojni oshirdi va ularning tashkil etilishi keng tus olishiga sabab bo„ldi.

    G„arbiy Yevropada birinchi oliy ta‟lim texnoparki 1947 yilda Boston shahrida paydo bo„ldi. Uning o„n yillik faoliyatlari va keyingi yuzaga kelgan oliy ta‟lim texnoparklari XX asr 70 yillaridan boshlab sezilarli darajada o„sishga erishib bordilar. Bugungi kunga kelib AQShda texnoparklar 200 dan ortiqni tashkil etsa,

    Yevropada 1500 dan ortiq turli innovatsion markazlar va 260 dan ortiq ilmiy-texnik parklar faoliyat ko„rsatmoqda.

    AQShda texnoparklarning ikkitaturimavjud:

    • ayrim shaxslar yoki xususiy tashkilotlar tashabbusi bilan tashkil qilingan texnoparklar;

    • ayrim shtatlar hukumatlarining qarori bo„yicha tashkil qilingan texnoparklar.

    Ikkinchi turdagi texnoparklar hozirgi kunda ham yaratilmoqda, ammo, eng mashhur va samarali texnoparklar birinchi turga mansub. Ulardan quyidagilarini ajratish mumkin:

    • “Silikon vodiysi” (Kaliforniya);

    • “128 Boston yo„nalishi” (Massachutis texnologik universiteti va Garvard universiteti yaqinida);

    • “Uchburchak - park” (Shimoliy Karolina).

    Ushbu uchta texnopark bunday markazlarning nafaqat AQSh, balki chet elda ham tashkil etilishining modellari sifatida xizmat qiladi.

    Texnoparklarni tashkil etishda turli xarajatlar – investitsiyalar talab etiladi. Bu uning maydoni, davlat, qurilishlar hajmi, risk darajasi kabilarga ham bog„liq.

    Masalan, AQShda o„rtamiyona texnoparklarni tashkil etishga kamida 10-12 mln. AQSh dollari, Buyuk Britaniyada – 800 ming AQSh dollari, Polshada – 200-300 AQSh dollari kerak bo„ladi.

    Texnoparklarni moliyalashtirish turli xil manbalardan amalga oshiriladi:

    • universitet va xayriya jamg„armalari tomonidan ta‟sis etilgan fondlar hisobidan;

    • mahalliy hokimiyat mablag„lari hisobidan;

    • federal muassasalar va vazirliklar mablag„lari hisobidan;

    • sanoat firmalari mablag„lari hisobidan

    • shaxsiy mablag„lar hisobidan.

    Texnoparklarning ayrimlari daromad asosida faoliyat yuritsa, ayrimlari daromadsiz tashkilotlar hisoblanadi.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   142


    написать администратору сайта