Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
Tayanch iboralar:Erkin iqtisodiy hududlar, texnoparklar, laboratoriya, innovatsiya, ixtiro, imtiyoz, kredit, rezident, daromad, investitsiya, jamg„arma. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:Texnopark – bu innovatsion faoliyat bilan shug„ullanuvchi, yuqori ilmiy sig„imli texnologiyalar va mahsulotlar yaratuvchi kompaniyalarni birlashtirish uchun tashkil etilgan, ajratilgan alohida, maxsus hudud. AQShda ilmiy parklar (texnoparklar) 1950-yillarning boshidan boshlab paydo bo„ldi va bugungi kunga qadar rivojlanib kelmoqda. Hozirda ularning soni AQShda 200 dan ortadi. AQShda texnoparklarni tashkil etishning bir qancha maqsadlari mavjud bo„lib, ularning amalda ta‟minlanishi mamlakatning innovatsion rivojlanishini jadallashtirishda muhim omil bo„lib xizmat qilmoqda. Jumladan, butun dunyoga mashhur “Silikon (Kremniy) vodiysi” deb nom olgan ilmiy park sanoatning ilmiy sig„imli sektorini rivjlantirishda fenomenal natijani taqdim etdi. AQShda texnoparklarni tashkil etishdagi asosiy maqsad venchur kompaniyalarga, yangi turdagi mahsulotlar va texnologiyalarni kashf etuvchi, ishlab chiquvchi alohida ixtirochilar va olimlarga imtiyozli shartlarda yordam ko„rsatishdan iborat bo„lib, dastlab birinchi texnopark Koliforniya shtatidagi Stenford universitetilmiy parki tashkil etilishi bilan paydo bo„lgan. Uning faoliyati o„zining bo„sh er uchastkasini topib, uni va binolarni mustaqil kichik korxonalar va yuqori texnologiyalar sohasida faoliyat ko„rsatuvchi kompaniyalarga ijaraga berish boshlandi. Nazorat uchun savollar:AQShda texnoparklar qanday maqsadlarda tashkil etiladi? AQShda texnoparklarni tashkil etishdagi boshqa maqsadni tushuntirib bering. AQShda texnoparklar dastlab qachon va qayerda tashkil etildi? AQShda texnoparklar soni bugungi kunda qanchani tashkil etadi? AQShda texnoparklarning rivojlanganligiga katta misol bo„la oluvchi dalilni keltiring. AQShda texnoparklar faoliyati qanday sohalarga yo„naltirilgan va ularda qanday mahsulotlar tayyorlanadi? Tavsiya etilayotgan adabiyotlar:Воловик Н.П. Международная практика создания специальных экономических зон. – М.: ИПЕИ, 2016. – 99 с. Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити, 2005. – 230 с. Мотовиц Т.Г., Мотовиц Р.В. Свободные экономические зоны: становление и развитие. Монография. – Хабаровск: изд-во Тихоокеан. гос. ун- та, 2017. – 170 с. Приходко С.В., Воловик Н.П. Особие экономические зоны. – М.: ИЕПП, 2007. – 268 с. Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – 176 b. Рыбаков С.А. Особые экономические зоны в России. Налоговые льготы и преимущества. / С.А.Рыбаков, Н.А.Орлова. – М.: Вершина, 2006 – 248 с. Фуршчик М.А., Шутова А.В. Особие экономические зоны: опыт и перспективы. – М.: Медиа Инфо Групп, 2014. – 216 с. Шаропов С.А. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити, 2006. – 167 с. AQShda 1934-yilda qabul qilingan “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi Qonun. “U.S. Foreign-Trade Zones”. Import Administration. International Trade Administration. January 13, 2013. Retrieved 2013-01-20.
|