Главная страница
Навигация по странице:

  • Ikkinchi

  • Uchinchi

  • “Bir makon, bir yo„l”

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница94 из 142
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   142

    9.1-rasm. XitoydaEIH tashkil etish bosqichlari



    Birinchi bosqich – 1978-1982 yillar. Bu bosqichda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy-shartnomaviy va institutsional asoslari yaratildi. Mazkur bosqichda dastlabki EIHlar – Guandun (Shenjen, Chjuxay, Shantou) va Futszyan viloyatlarida (Syamen) tashkil etildi. Bu EIHlar maxsus iqtisodiy hudud (MIH)lar sifatida tashkil etildi va shu nom bilan tilga olinadi. 1979-yilda Guangdong va Fujian provinsiyalarida “maxsus siyosat va moslashuvchan choralar” tizimining joriy etilishi birlamchi qadam edi va shu maqsadda 1981-yil noyabrda “Guangdong va Fujian provinsiyalariga alohida iqtisodiy maqom berish to„g„risida” XXR Davlat Kengashi qarori e‟lon qilindi. Dastlab, 1980-yil avgustda Guangdong provinsiyasidagi Shenzhen, Chjuxay va Shantou hamda shu yilning oktabrida esa Fujian provinsiyasidagi Xiamen hududlari 4 ta MIHlarga aylantirildi. Ularning umumiy maydoni 15 kv. km.dan (Chjuxay) 52,4 ming kv. km.ni (Lyaodun yarim oroli) tashkil etgan edi.

    Ushbu MIHning maqsadi deyarli bir xil bo„lib, maxsus moliyaviy, investitsion va savdo imtiyozlari orqali hududda barqaror iqtisodiy o„sishga erishish edi. Ular, asosan, joriy innovatsion siyosatni amalda sinovdan o„tkazish uchun tashkil etilgan bo„lib, agar loyiha o„zini oqlasa, bunday MIHlarni mamlakat bo„ylab keng tarqatish rejasi ko„zda tutilgan. MIHlarda joriy etilgan imtiyozlar va qulay ishlab chiqarish omillari yig„indisi kutilmagan iqtisodiy o„sishga sabab bo„ldi. 1980-1984 yilda yillik Xitoy YaIMi o„rtacha 10 % o„sdi. Bu ko„rsatkich Shenzhenda 58 %, Zhuhaida 32 %,

    Xiamenda 13 % va Shantouda esa 9 % bo„ldi.

    Bu provinsiyalarning EIHlar uchun tanlanishi tasodifiy emas. EIHlarning Gonkong, Singapur, Tayvan va Syamenga yaqin joylashganligi muhim ahamiyatga ega. EIH tashkil etishda Xitoy hukumati xorijdagi xitoyliklar bilan an‟anaviy xo„jalik aloqalaridan keng foydalanishni nazarda tutgan. Ta‟kidlab o„tish kerakki, bu masalada, Xitoy xato qilmadi. 90 yillarning boshida EIHlarga jalb etilgan 80 % xorijiy kapital Gonkong, Syamen, Singapur va Tayvan hissasiga to„g„ri kelgan edi.

    Ikkinchi bosqich 1983-1989 yillar. Bu bosqich xorijiy investorlar bilan shartnomaviy huquqiy asosdagi hamkorlikning takomillashuvi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va undan foydalanishdagi davlat siyosatining erkinlashtirilishi bilan ajralib turadi.

    1986-yilgacha Shenjenda kapital, mehnat, yer, texnologiya, aloqa va transport kabi ishlab chiqarish omillari kompleksi shakllanib bo„lgan edi. 1988-yildan keyin yuqoridagi MIHlar safiga Hainan 5-MIH sifatida qo„shildi. Yuqorida sanab o„tilgan savdo va investitsiya muhitini rivojlantirish maqsadidagi zonalar o„zini oqlagach, Xitoy o„z “Ochiq eshiklar” siyosatini yanada kengaytirdi. 1984-yilda boshqa turdagi MIHlar iqtisodiy texnologik taraqqiyot hudud (ITTH)lari, boshqacha aytganda milliy sanoat parklari (ayrim manbalardan texnik-iqtisodiy hududlar TIHlar deb ham nomlanadi), tashkil etila boshlandi. MIHlarning ITTH farqi shundaki, MIH kattaroq hududda, ba‟zan, butun shahar yoki provinsiya (viloyat)da joylashishi mumkin. Birgina 1984-1988 yillarda qirg„oq bo„yi shaharlarida 14 ITTH tashkil etildi.

    Bu bosqichda bir qator rivojlanishlarga erishildi. Misol uchun maydoni 131 kv. km., aholisi 350 ming kishi bo„lgan “Syamin” EIHini olsak, bu hududga 1981-1989 yillar mobaynida kapital qo„yilmalar hajmi 1,5 mlrd. dollarni tashkil etib, uning 500 mln. dollari xorijiy investitsiyalar hisoblangan edi. Bu davr mobaynida 315 ta sanoat korxonasini qurish ishlari to„g„risida shartnoma tuzildi. 1989-yilda ularning 194 tasi foydalanishga topshirilgan edi. Hudud asosan, sanoat, savdo va turistik funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan. Kapital qo„yilmalarning asosiy qismi (54 %) elektronika, yengil va kimyo sanoatiga, aniq mashinasozlik sanoatiga, qurilish sanoatiga yo„naltirilmoqda. Bu erda faoliyat olib borayotgan qo„shma korxonalar xomashyo va butlovchi qismlarni qaerdan sotib olishni o„zi mustaqil belgilaydi. Shartnomada xorijiy korxonalarning ishtirok shartlari belgilangan bo„lib, u 20 yilgacha bo„lgan muddatga tuziladi. Qo„shma korxona odatda direktorlar kengashi tomonidan boshqariladi. Tezkor masalalarni bosh direktor hal etadi. Qo„shma korxonada xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda Xitoy mutaxassislari ham ishlaydi. Ular ish tajribalari va texnologiyalarni o„zlashtiradi. Qo„shma korxonalarda mutaxassislarni qayta o„qitish va malakasini oshirish markazlari ham tashkil etilgan.

    Shuningdek, Shenzhen MIHda 1980-1987 yillar mobaynida ishlab chiqarish 90 barobarga ko„payishiga erishildi.

    1983-1989 yillar mobaynida yangi turdagi maxsus iqtisodiy hududlar (dengiz bo„yi iqtisodiy ochiq hududlar) tashkil etildi. Ular Yantszi daryosi xavzasi va Futszyan provinsiyasining janubidagi Chjuntszyan (1985-yil) va Lyaodun, Shandun yarim orollarida (1988-yil) va Xaynan orolida joylashgan. Ularning iqtisodiy va

    huquqiy tartibi 70 yillarda tashkil etilgan EIH tartibidan farq qiladi. Ular ko„proq dengizbo„yi ochiq shaharlariga (DOSh) o„xshab, 1984-yilda tashkil etila boshlangan edi.

    Tashkil etilgan EIHlar o„zining iqtisodiy rivoji bo„yicha Xitoyning boshqa tumanlaridan o„zib ketmoqda. Xitoy mutaxassislari esa ular o„rtasidagi tafovutning o„sishidan xavfsirashmoqda. Shuning uchun ham mamlakatda vujudga kelgan mutanosiblikni to„g„rilash masalasi vujudga keldi. Bu esa mamlakatda imtiyozli investitsiya tartibi joriy qilingan hududlarni kengaytirishga sabab bo„ldi. Biroq, bunda hukumat xorijiy investitsiyalarni mintaqaviy va soha ustuvorligi asosida amalga oshirdi.

    Soha ustuvorligi nuqtai nazaridan qaraydigan bo„lsak, ilg„or texnologiyalar asosida eksportga yo„naltirilgan korxonalar ustunlikka ega edi. EIHda oziq-ovqat sanoati, mexmonxona xo„jaligi va boshqa korxonalar rivojlanishi ma‟muriy jixatdan cheklangan.

    Mintaqaviy nuqtai nazardan qaraydigan bo„lsak, investitsiya siyosati mamlakatning qirg„oq bo„yi va ichki mintaqalarini muvofiqlashtirishga yo„naltirilgan. Bu bosqichda 1984-yilda Xitoyda dengiz bo„yi ochiqshaharlar instituti tashkil etilib, 14 ta dengiz bo„yi shahri shu maqomga ega bo„ldi. Ularda mamlakat aholisining 8 %i yashab, Xitoy YaMMning 20 %i ishlab chiqarilmoqda.

    Mamlakat iqtisodiyotida sanoatning rivojlanish darajasi va funksiyasiga ko„ra bu shaharlarni to„rt guruhga ajratib o„rganish mumkin.

    1. Kompleks sanoat shaharlar (Shanxay, Tyantszin, Gunchjou). Shanxayda Xitoyda mavjud 164 ta sanoat sohasining barchasi, Tyantszinda 154 tasi, Guanchjouda – 147 tasi mavjud. Bu shaharlar mamlakatning yirik port shaharlari hamdir. Shanxay Yantszi daryosi xavzasida, Tyanszin Sariq dengiz bo„yida (Pekinning “dengiz darvozasi”), Guanchjou esa Janubiy Xitoy dengizi bo„yida joylashgan.

    2. Yirik portlar (Dalyan va Tsindao). Ushbu portlar rivojlangan, lekin, sanoat bazasi nomuvofiq joylashgan. Dalyan portida og„ir sanoat, Tsindao portida esa yengil sanoat rivojlangan.

    3. O„rtacha kattalikdagi (Yangay, Nantun, Chjanszi) va katta bo„lmagan (Fuchjou, Venchjou, Beyxay) mahalliy xomashyoni qayta ishlashda ko„p mehnat talab qiladigan sanoat portlari.

    4. Yirik (Tszyankuandao) va o„rtcha (Lyanyungan) sanoat bazasi rivojlangan, yuk tashish va yuk ortish-tushirishga ixtisoslashgan portlar.

    XXRdagi 14 ta ochiq port shaharlar o„zini iqtisodiy jihatdan oqladi. Ular mamlakatni ilg„or xorijiy texnika, texnologiya bilan bog„lovchi markazlar bo„lib, jahon iqtisodiyotiga “ko„prik” bo„ldi. 1984-1990 yillarda DOShlarning eksport savdosi 2 marta ko„payib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 1/3 qismi tashqi bozorlarga chiqarilgan edi. Port shaharlarni ochish bilan birga ularning hududida iqtisodiy va texnik taraqqiyot hududlari (ITTH) ham tashkil etildi. Bu DOShdagi subhududlar hisoblanib, ular uchun avtonom boshqaruv organlari va shuningdek, xorijiy kapital uchun imtiyozlar amal qiladigan maxsus hududlar ajratilgan edi.

    Uchinchi bosqich 1990-yildan hozirsh vaqtgga qadar. 1990-yilda Shanxay

    shahri yaqinida yangi ochiq tuman Pudun barpo etildi. Bu tuman iqtisodiy va huquqiy tartibiga ko„ra EIHga to„liq mos keladi. Pudun rayonini tashkil etishdan maqsad Shanxay shahrini modernizatsiya qilish va Yantszi daryosi havzasi mintaqasini rivojlantirish edi. 1990-yilda uning hududida birinchi erkin savdo hududi (ESH) – “Veygatsyao” tashkil etildi. Ushbu hudud eksport ishlab chiqarish faoliyati bilan shug„ullanadi. Bu erdagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 200 dan ortiq korxonaning 140 tasi to„liq xorijiy investitsiyali korxona hisoblanadi. Uning tashkil etilishini mamlakatning jahon iqtisodiyotiga ochilishini ta‟minlashdagi yangi bosqich sifatida baholash mumkin.

    1989 va 2006 yillarda mos ravishda Shanghai va Tianjin Binhai yangi zonalari ham tashkil etildi. 1992-yilga kelib Xitoyda 35 ta ITTH muvaffaqiyatli faoliyat yuritar edi. Keyinchalik, boshqa turdagi MIHlar ham butun mamlakat bo„ylab tarqala boshladi va bunday zonalarni tashkil etish odatiy holga aylandi. 2008-yilda Xitoyda 14 ta ochiq qirg„oq shaharlar, 15 ta erkin savdo hududlari, 17 ta eksportni rag„batlantiruvchi hududlar, 52 ITTH, 53 ta yuqori texnologiyali taraqqiyot hududlari va 15 ta chegaradosh iqtisodiy hamkorlik hududlari ro„yhatdan o„tkazilgan edi. 2013-yil oxirida Xitoyda 5 ta MIH, 210 ta ITTH, 15 ta chegaradosh iqtisodiy hamkorlik hududlari, 105 ta yuqori texnologiyali hududlar 13 ta erkin bojxona hududlari faoliyat yuritishi aniqlandi. Bundan tashqari, 2013 yil 29 sentabrda XXR Davlat Kengashi tomonidan Shanxay (Pudun) erkin savdo hududi (ESH)ni tashkil etish to„g„risida qaror qilindi.

    Bugungi kunga kelib Xitoyda 5 ta MIH, 219 ta ITTH, 16 ta chegaradosh iqtisodiy hamkorlik hududlari, 146 ta yuqori texnologiyali hududlar 13 ta erkin bojxona hududlari, 16 ta erkin savdo hududlari, 14 ta ochiq qirg„oq shaharlar, 46 ta eksportni rag„batlantiruvchi hududlar faoliyat ko„rsatmoqda.

    “Bundan tashqari, yuqorida ko„rsatilgan davlat darajasidagi EIHlardan tashqari provinsiya (viloyat)lar va shaharlar darajasigagi ko„pgina hududlar faoliyat ko„rsatadi. 2003-yilga qadar Xitoyda 38,6 ming km2 hududiy maydonni egallovchi 6866 ta turli EIHlar mavjud edi”74.

    MIZlar to„g„risida haligacha yagona me‟yoriy hujjat yo„q bo„lib, ularning tashkil etilishi, tugatilishi va faoliyati bilan bog„liq munosabatlar 1982-yilda qabul qilingan XXR Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi. Uning 18-moddasi 2-bandiga ko„ra, “XXR barcha xorijiy korxonalar, tashkilotlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo„shma korxonalarga investitsiya kiritishga ruxsat beradi hamda ularning huquq va manfaatlari qonun bilan himoyalanadi”.

    Uchinchi bosqichda Xitoy hukumati eksport ishlab chiqarishga qaratilgan investitsiya siyosatiga e‟tibor berishni saqlagan holda yuqori va yangi texnologiya loyihalariga ko„proq e‟tibor berib kelmoqda. Aynan shu loyihalar aloxida soliq va boshqa imtiyozlarga ega hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda past malakali ishchi kuchi ishlatiladigan qayta ishlash sanoatiga bo„lgan munosabatda cheklovlar qo„llanilmoqda. Bu bosqichda oldin tashkil qilingan va tashkil etilayotgan EIHlar, DOShlar, ITRHlar va boshqa iqtisodiy ochiq tumanlar rivojlanib kelmoqda.





    74 Мотовиц Т.Г., Мотовиц Р.В. Свободные экономические зоны: ствновление и развитие. Монография. Забаровск: Издательство ТОГУ, 2017. С. 35.

    Davlatning mamlakat iqtisodiyotidagi ochiqligi asosan, “ochiq belbog„lar”ni tashkil etish siyosatida aks etadi. Sharqiy dengiz bo„yi tumanlar – Lyaonin, Xebey, Shandun, Tszyansu, Chjenzyan, Futszyan, Guandun, Guansi-Chjuan avtonom tumanlarda, Pekin, Shanxay va Tyantszinni o„z ichiga olgan sharqiy ochiqlik belbog„i vujudga keldi. Uning aholisi 200 mln. kishini tashkil etib, umumiy er maydoni 320 ming km2 ni tashkil etadi. Bu tumanlar o„zining qulay geografik o„rni va ortiqcha ishchi kuchlari bilan ajralib turadi.

    Xitoyning “Sharqiy ochiqlik belbog„i” turli darajadagi va ko„rinishdagi EIHlarni o„z ichiga oladi. Bu esa xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoit yaratadi. 1992 yildan boshlab Xitoy «shimol ochiqlik belbog„i”ni tashkil qilishga kirishgan edi. Buni biz Rossiya va Mongoliya bilan chegaradosh shimoli-sharqiy mintaqada EIHlar tartibini joriy etilishida ko„ramiz. Bu erda Xayxe, Suyfinxe (Xeyluntszyan provinsiyasi), Xuanchuan (Tszimen provinsiyasi), Menchjouli (ichki Mongoliya avtonom tumani) shaharlarida DOShlarga o„xshash tartib o„rnatilgan.

    Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegaradosh bo„lgan hududlarida Inin, Gachen, Guanchjou, Sichuan, Shansi, Guansi, Tsinxay, Janubi-Sharqiy Osiyo bilan chegaradosh bo„lgan hududlarida Nannin, Pinsyan, Dunsin (Guansi-Chjuan avtonom tumani), Kunmin, Xekou, Vannin (Yunnan provinsiyasi) “ochiqlik belbog„lari” barpo etilmoqda. Shu tarzda mamlakat iqtisodiy ochilmoqda.

    Xitoy davlatining mazkur siyosati bugungi kunda “Bir makon, bir yo„l” global loyihasining amalga oshirilishiga zamin yaratdi. “Bir makon, bir yo„l” konsepsiyasi Xitoyning Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikaning 65 ta davlatini bog„lovchi savdo-transport yo„laklarini tashkil etish va mavjudlarini takomillashtirish bo„yicha xalqaro tashabbusi bo„lib, ushbu davlatlar va Xitoy o„rtasida savdo munosabatlarini rivojlantirishda ko„mak berishga chorlangan.

    Shu maqsadda 2017-yil may oyida Pekinda tashkil “Bir makon, bir yo„l” forumida 29 ta davlat ishtirok etgan bo„lsa (O„zbekiston ham), 2019-yil 25-27 aprel kunlari yana Pekinda tashkil etilgan tavbatdagi Forumda 40 dan ortik davlatlar va xalkaro tashkilotlar. Shundan 37 ta davlat prezidentlari va bosh vazirlari ishtirok etdilar.

    Ushbu Forumda qatnashuvchi mamlakatlar quruqlik, havo va dengizda hamda raqamli sohada hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi va ular tomonidan umumiy qiymati 64 mlrd dollarlik 283 ta kelishuv imzolandi.

    EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishi amaliyotining ko„rsatishicha, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun infratuzilma zarur bo„lib, uni rivojlantirish yirik kapital qo„yilmalarni talab etadi. Xitoyda, masalan, 1 dollar chet el investitsiyasini jalb etish uchun 5,5 dollar milliy resurslarni transport tizimi, barqaror suv va energiya ta‟minoti, shinam turur-joy uchun sarflash zarur bo„lgan.

    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   142


    написать администратору сайта