Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
Xitoyga jalb etilgan TTXIlar dinamikasi839.4-jadval.
9.4-jadval ma‟lumotlaridan ko„rinib turibdiki, Xitoyga jalb etilgan TTXIlar hajmi tahlil etilayotgan davrda notekis dinamikani ifoda qilsa ham, biroq, ularning umumiy hajmi yil sayin salmoqli o„sib bormoqda. Umuman olganda, YuNCTAD tomonidan chop etilgan Jahon investitsion hisoboti 2017-yil ma‟lumotlariga ko„ra, dunyodagi uchinchi yirik xorijiy investitsiyalar ishtirokchisi bo„ldi. Mamlakat iqtisodiyoti AQShdan keyin 2017-2019 yillarga mo„ljallangan ko„p millatli kompaniyalar uchun ikkinchi o„rinda turadi. To„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish Xitoyni tashqi dunyoga ochish siyosatining bir qismidir. Xitoyga TTXIlar oqimining yuqoriligiga qulay investitsiya muhiti va arzon va ko„p sonli ishchi kuchining mavjudligidir. Bunda Xitoyga TTXIlarni joylashtirgan 80 https://www.mckinsey.com/global-themes/china/what-can-we-expect-in-china-in-2018 81 Export Entreprises SA, All Rights Reserved. Last Updates: January 2018 82 Chaoqing Yuan, Sifeng Liua, Yingjie Yang, Ding Chen, Zhigeng Fanga, Lulu Shui. An analysis on investment policy effect of China‟s photovoltaic industry based on feedback model. // https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S030626191400926X. 83 Source: UNCTAD, Latest available data. yirik investor-davlatlar bo„lib quyidagilar hisoblanadi (9.5-jadval). Xitoyga TTXI kiritigan yetakchi investro-davlatlar ulushi84 9.5-jadval.
Ushbu jadvaldan ko„rinib turganidek, Xitoyga kapital olib kiruvchi asosiy investor Gongkong va keyingi o„rinda Singapur va Taivan bo„lib qolmoqda. Bu esa Xitoyning Osiyo mintaqasi davlatari bilan o„zaro tashqi iqtisodiy hamkorligi yuqori darajada ekanligi va mamlakatning ular uchun boshqa davlatlarga nisbatan jozibador ekanligini ko„rsatadi. Bugungi kunda Xitoy G„arbiy va Shimoli-Sharqiy hududlarini rivojlantirish maqsadida ko„p millatli kompaniyalarni mamlakatda mintaqaviy shtab-kvartirani tashkil etishga da‟vat qilmoqda va ushbu maqsadga erishishda “Bir makon, bir yo„l” global loyihasidan samarali foydalanishga umid qilmoqda. Xitoy davlatiga kiritilgan TTXIlarning investitsiyalash obyektlari bo„yicha joylashuvi holati, tarkibi va salmog„i to„g„risidagi ma‟lumotlar quyidagi 9.6-jadvalda keltirilgan. 9.6-jadval. Xitoyda 2016-2017 yilda jalb etilgan TTXIlar va ularning korxonalar bo„yicha taqsimoti85
84 Source: Invest in China - Latest available data. 85 Годовой обзор состояния экономики и основных направлений внешнеэкономической деятельности Китайской Народной Республики в 2017 году. По данным ГТУ КНР.
9.6-jadval ma‟lumotlaridan ko„rinib turibdiki, Xitoyda 2017-yilning o„zida TTXIlar ishtirokida 35652 ta qo„shma korxona tashkil etilgan va bu 2016-yilga nisbatan 27,78 %ga ko„p demakdir. Shuningdek, jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi ham 4 %lik o„sishga ega bo„lgan. Mazkur investitsiyalarning asosiy qismi xorijiy investitsiyalar hisobidan tashkil etilgan korxonalar hisoblanadi va bu ko„rsatkich 2017-yilda 27007 tani tashkil etib, 2016-yilga nisbatan 28,46 %ga yuqori bo„lgan. Qolaversa, bunday o„sish Xitoy va xorijiy investor sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan korxonalarda (25,55 % o„sish) va xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida (45,35% o„sish) ham kuzatiladi. Bu esa Xitoyning hozirgi kunda ham xorijiy investorlar uchun o„ta jozibador mamlakat bo„lib qolayotganligidan dalolat beradi va bu tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada rivoj topib borishi orqali yaqin kelajakda dunyoning eng rivojlangan davlatiga aylanishiga olib kelishiga imkon beradi. O„z navbatida, mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining faol investitsiya siyosatiga bog„liqlikda rivojlanishi Xitoy davlatning 2017-yildan buyon dunyodagi eng yirik tashqi savdo aylanmasiga ega davlatiga aylanishiga olib keldi. Xitoyning tashqi savdo aylanmasi 2018-yil yakunlariga ko„ra rekord natijani ko„rsatdi va 4,62 trln. dollarga etdi. Bu qiymat 2017-yilgiga nisbatan 12,6 foiz ko„pdir. Jumladan, Xitoy eksporti 2018-yilda 9,9 foizga o„sib, 2,14 trln. dollarni, importi esa 15,8 foizga o„sib, 2,14 trln. dollarni tashkil qilgan. Savdo balansining ijobiy saldosi 546,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan86. Xitoy davlatining tashqi savdosi va YaIMning o„sishida faol investitsiya siyosati o„z samarasini ko„rsatmoqda. Buning natijasida Xitoyning 2016-yil yakuni bo„yicha ichki manbalar hisobidan o„z iqtisodiyotini investitsiyalash hajmi jalb qilingan tashqi investitsiyalashdan yuqori bo„lishini ta‟minladi (9.3-rasm). 86 Xitoyning tashqi savdo aylanmasi rekord qiymatga etdi. // https://kun.uz/news/2019/01/14 9.3-rasm. To„g„ridan-o„g„ri xorijiy investitsiyalarning 2016-yildagi hududlar bo„yicha ichki va tashqi investitsiyalari87. 9.3-rasm ma‟lumotlaridan ko„rinib turibdiki, Xitoyning 2016-yildagi ichki investitsiyalash hajmi 1354 mlrd. AQSh dolarini tashkil etgan va bu vaqtda tashqi investitsiyalash hajmi 1281 mlrd. AQSh dollariga teng bo„lgan. Bu esa Xitoyning ichki investitsiyalash salohiyati yil sayin ortib borayotganligidan dalolat beradi. Ularning umumiy miqdori esa 2635 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.Bu holatni 2018-yilning 1-yarim yilligi bilan taqqosaganda esa yanada katta farqni ko„rish mumkin. Ya‟ni 2018-yil 6 oylik yakunga ko„ra, Xitoyda asosiy kapitalga umumiy investitsiyalash (ichki va tashqi manbalar hisobidan) hajmi 4,4 tlrn. AQSh dollari (29,7 trln. yuan)ni tashkil etgan. Bunda xususiy sektorning ulushi o„tgan yilga nisbatan 8,4 %ga yuqori bo„lgan88. Xitoy davlatining faol investitsiya siyosatini olib borishi va xorijiy va ichki investitsiyalarni o„zlashtirishdagi samarali islohotlar mamlakatda ishsizlik darajasining pasayib borishiga sabab bo„lmoqda. Bunda 2017-yilda hukumat ishsizlik darajasini 4,5 %ga taxmin qilgan bo„lsa, amalda u 3,9 %ni tashkil etdi. Bu ko„rsatkich 2018-yilda 3,8 %ni tashkil etdi. Bu holat Xitoyda 2017-yilda 13,5 mln. va 2018-yilda 11 mln. kishini ish bilan ta‟minlashning natijasidir89. 5 yillik davrda (2012-2017 yy.) Xitoyda jalb etilgan jami xorijiy investitsiyalar hajmida sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlari ulushi 14,5 %ga o„sdi. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, xorijiy kapitl ishtirokidagi korxonalari hissasining kichikligiga qaramay (mamlakatdagi jami xo„jalik subyektlari sonining 3 %idan oshmaydi), ularning mamlakat tashqi savdo aylanmasidagi ulushi qariyb 50 %ni tashkil etadi, sanoat korxonalarini hisobga olgan holdagi foydasi (yillik 20 mln. yuandan yuqori hajmdagi tushumlarni hisobga olgan holda) – 25% atrofidagi, soliq to„lovlari summasida esa – qariyb 20% ulushni tashkil etadi90. 87 Source: World Investment Report 2017, United Nations, 2017 88 Темпы роста ВВП Китая иобъем инвестиций обгоняют прогнозы. // https://www.vestifinance.ru/articles/103955 89 Темпы роста ВВП Китая иобъем инвестиций обгоняют прогнозы. // https://www.vestifinance.ru/articles/103955 90 Годовой обзор состояния экономики и основных направлений внешнеэкономической деятельности O„z navbatida, Xitoy Tijorat vazirligi ma‟lumotlariga ko„ra, xitoylik tadbirkorlar 2017-yilda dunyoning 174 ta mamlakati va hududlariga 6236 ta korxonani tashkil etish maqsadida 810,7 mlrd. yuan (-28,2%), ili 120,1 mlrd. doll. (-29,4%) nomoliyaviy investitsiyalarni kiritishgan. Ularning 85 %i portfel investitsiyalarga (aksiyalar va obligatsiyalar bilan bog„liq holda qo„shib olish va birlashish shartnomalari asosida), ya‟ni 689,2 mlrd. yuan (-31,8%) yoki 102,1 mlrd. doll. (- 32,9%)ga, 15 %i foydani qayta investitsiyalashga – 121,5 mlrd. yuan (+1,6%) yoki 18,0 mlrd. doll. yo„naltirilgan91. Mazkur investitsiyalarning obyektlar bo„yicha joylashtirilishi to„g„risidagi ma‟lumotlar quyidagi 9.7-jadvalda batafsil keltirilgan. Xitoyning 2017-yilda xorijga yo„naltirgan TTXIlari92 9.7-jadval.
Xitoy davlati faol iqtisodiy rivojlanib borayotganligi sababli jahonda jamg„armaning YaIMga nisbatan ulushi bo„yicha Hindistondan keyingi 2-o„rin (35- 40%), miqdor jihatdan esa 1-o„rinni egallovchi davlat hisoblanadi. Buning natijasida, Xitoy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan birga, xorijga kapital olib chiqish bo„yicha ham faol siyosat olib bormoqda. Bu natijaga erishishda EIHlarning ham o„z o„rni mavjud. |