Главная страница
Навигация по странице:

  • Xaynan

  • 9.9-jadval. Xitoy EIHlarining yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqarishida turli tarmoqlar ulushi va

  • MIHlar Jami Mlrd.

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница100 из 142
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   142

    Tayanch iboralar:


    Erkin iqtisodiy hududlar, soliq, bojxona, mahsulot, imtiyoz, investor, iqtisodiyot, investitsiya, rezident, dengizbo„yi ochiq shaharlar.

    Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


    1. Xitoydagi EIHlarining o„ziga xosligi shundaki, zonadagi korxonaning ishlab chiqarishi tashqi bozorga yo„naltirilgan hisoblanadi. Mahsulotlarni ichki bozorga sotish EIH boshqaruv organining ruxsati bilan amalga oshiriladi va ulardan odatdagi tartibda bojxona to„lovlari undiriladi. Shu sababli ayrim EIHlarda eksport hajmi hudud ishlab chiqarishining 80 %ini tashkil etadi.

    2. Xitoyda EIHlarda investorlar uchun taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari va boshqa qulay shart-sharoitlar EIHlarga xorijiy investitsiyalar kirib kelishini rivojlantirishga ta‟sir ko„rsatmoqda. Endilikda iqtisodiyotning investitsiyalarga birmuncha to„yinganligi va jamg„armalari hajmi birmuncha ortishiga erishilganligi sababli xorijiy investitsiyalarga taqdim etiladigan imtiyozlar ma‟lum darajada qisqartirildi.

    3. Xitoyda xorijiy investorlar EIHlarda imtiyozlarga ega bo„lishi uchun ular kiritadigan investitsiyalar kamida 50 mln. AQSh doll. bo„lishi va ustav kapitalidagi ulushi kamida 25 %ni tashkil etishi lozim. EIH rezidentlari uchun 5 yil davomida alohida soliq imtiyozlari tizimi yo„lga qo„yilgan. Birinchi 2 yil davomida ular umuman daromad solig„ini to„lashmaydi va keyingi 3 yil davomida soliqning faqatgina 50 %ini to„lashadi, xolos. 2012 yildan boshlab qat‟iy 25 % qilib o„rnatildi. Savdo, qayta ishlash va import-eksport faoliyati bilan shug„ullanuvchi EIH rezidentlari uchun QQS 17 % deb belgilangan.



    Nazorat uchun savollar:


    1. Xitoyda EIHlarni rivojlantirishda investorlarga taqdim etilgan imtiyozlar qanday ahamiyat kasb etgan?

    2. Xitoyda EIHlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda qanday imtiyozlar mavjud?

    3. Xitoy EIHlarida imtiyozlar tizimida qanday o„zgarishlar kuzatilmoqda?

    4. Xitoy xorijiy investitsiyalarga nisbatan qanday siyosatni qo„llamoqda?

    5. Xitoy EIHlarida qanday boj siyosati joriy etilgan?

    6. Xitoy dengizbo„yi ochiq shaharlaridagi imtiyozlar nimalardan iborat?
      1. Xitoyda erkin iqtisodiy hududlar faoliyati va rivoji bilan bog„liq muammolar



    Bugungi kunda Xitoyda 6 ta erkin iqtisodiy hududlar faoliyat olib borib, ulardan 4 tasi mamlakatning Janubi-Sharqiy qirg„oqlarida joylashgandir:

    • Shantou EIH Shantou erkin iqtisodiy zonasi Guandun shahrining Shantou shahrida joylashgan. U ikki qismdan iborat: Birinchi qism Shantou shaxrining sharqiy qismini o„z ichiga olib 22,6 km2 maydonni egallaydi va ikkinchi qism Shantouning janubiy qismida joylashgan Guanjou yarim oroli bo„lib, 30 km2 maydonni egallaydi. Unda neft-kimyo, port infratuzilmasi, kiyim-kechak, oyoq-kiyim, elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida xorijiy kapital ishtirokidagi 3000 dan ortiq loyihalar amalga oshiriladi. Iqtisodiy hududiga jalb qilinayotgan investitsiyalarning 95 %i Gonkong, Tayvan va Singapurga tegishlidir.

    • Shenjen EIH Xitoydagi eng yirik iqtisodiy hudud hisoblanadi va u Guandun provinsiyaning janubida joylashgandir. Hudud 327,5 km2 maydonni egallaydi. Unda umumiy hajmi 22,4 mlrd. AQSH doll.hajmidagi 17,5 mingta korxona faoliyat ko„rsatmoqda va ularning 85% i Gonkong kapitaliga asoslangandir. Ulardagi sarmoya kiritilgan asosiy sohalar yadro energetikasi, elektronika, mashinasozlik, xizmat ko„rsatish, moliya, yuqori texnologiyalar sohasi hisoblanadi.

    • Chjuxay EIH ham Guandun provinsiyasining janubida joylashgan. U G„arb tomonidan Marvarid daryosi bilan, Janubda Makao (Aomen) bilan chegaradosh. EIH 15,16 km2 maydonni egallaydi. Unda xorijiy kapital ishtirokidagi 4980 tadan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda. Xorijiy investitsiyalar xizmat ko„rsatish, og„ir sanoat, elektronika, port va yo„l qurilishi sohalariga jalb qilinib, ularning 80 %i Gonkong, Makao, Tayvan va Singapur hissasiga to„g„ri keladi.

    • Syamen EIHda Futszyan provinsiyasining Syamen shahrida joylashgan. U o„z ichiga Syamen orolini va Gulan orolchasini oladi, umumiy maydoni 131 km2 ni tashkil etadi. Unga 15 mlrd. AQSh doll.hajmida xorijiy sarmoya asosan, Tayvandan elektronika, tekstil, oziq-ovqat va kimyo sanoatlariga (80%) kiritilib, unda 4150ta korxona faoliyat ko„rsatmoqda.

    • Xaynan EIH alohida orol hududi bo„lib, uning maydoni 34 ming kv.km.dan iboratdir. Unda 7320 tadan ortiq korxonalar faoliyat olib borib, horijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 22,3 mlrd. AQSh doll.ni tashkil etadi.

    • Yangi Pudun tumani Shanxayning tarkibiy qismi sifatida 1990-yillar boshida tashkil etildi. 1992-yildan boshlab, bu hudud xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo„yicha, katta muvaffaqiyatlarga erishib, bugungi kunga qadar unda avtomobilsozlik, elektronika, uskunasozlik, telekommunikatsiya, yuqori texnologiyalar va energetika sohalari bo„yicha 27,3 mlrd. AQSh dollardagi 5405 ta loyihalar amalga oshirildi93.

    Quyidagi 9.8-jadvalda Xitoydagi 5 ta muhim MIH faoliyatiga doir ma‟lumotlar va statistikalar keltirilgan.





    93 Шухунь Г. Эволюция развития свободных экономических зон в Китае. // Журнал “Европейской экономики”.

    2013. Том 11 (№2). – С.201-202.


    XXR MIHlarining faoliyat doirasi va investitsiya manbasi94

    9.8-jadvаl.




    MIH

    nomi

    Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni


    Ixtisoslashuvi


    Kiritilgan xorijiy investitsiyalar manbasi

    1

    2

    3

    4


    Shantou


    3000 dan ortiq

    Neft-kimyo, tekstil, poyafzal va elektronika,

    agrosanoat

    Kiritilgan 95 % xorijiy investitsiyalar Gonkong, Tayvan

    va Singapurga tegishli



    Shenjen



    17500 dan ortiq

    Yadro energetikasi, elektronika, Mashinasozlik, yuqori texnologiyalar va turli

    xizmatlar


    Kiritilgan 85 % xorijiy investitsiya Gonkongga tegishli


    Chjuxay


    5000 dan ortiq

    Og„ir sanoat, elektronika, dengiz va yo„l qurilishi,

    turizm va bosliqa xizmatlar

    Kiritilgan 80 % xorijiy investitsiyalar Gonkong, Makao,

    Tayvan va Singapurga tegishli


    Syamen


    4150 dan ortiq

    Elektronika, tekstil, oziq-

    ovqat sanoati, kimyo sanoati va turizm

    Kiritilgan 80 % xorijiy investitsiyalar Tayvanga tegishli


    Xaynan


    7320 dan ortiq

    Elektronika,

    telekommunikatsiya va yuqori texnologiya

    Jami xorijiy investitsiyalar

    ishtirokidagi shartnomalar 22,3 mlrd. AQSh doll.


    Xitoy hukumati maxsus iqtisodiy hududlar faoliyatining shart-sharoitlari yuzasidan doimiy monitoring olib borib, MIHlarning ijobiy tomonlaridan yuqori darajada foydalanish va salbiy ta‟sirini kamaytirishga harakat qiladi. Buning natijasi o„laroq, Xitoy EIHlarining mintaqaviy yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqarishida turli tarmoqlar hissaning ta‟minlanishi va rivojlanishiga erishilmoqda (9.9-jadval).

    9.9-jadval.

    Xitoy EIHlarining yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqarishida turli tarmoqlar ulushi va miqdori95



    MIHlar


    Jami

    Mlrd. yuan

    Ulushi, %

    qishloq xo„jaligi

    sanoat va

    qurilish

    xizmatlar sohasi

    qishloq xo„jalig

    i

    sanoat va

    qurilish

    xizmatla r sohasi

    Shenjen

    2243,8

    1,8

    926,7

    1315,3

    0,1

    41,3

    58,6

    Syamen

    378,4*

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    Chjuxay

    256,5

    4,5

    128,9

    123,1

    1,8

    50,2

    48,0

    Shantou

    235,0

    10,8

    118,1

    106,1

    4,6

    50,2

    45,2

    Xaynan

    404,5

    97,1

    90,2

    217,2

    24,0

    22,3

    53,7

    Bu erda: * 2016 yil ma‟lumoti.





    94 http://newinspire.ru/lektsii-po-mirovoy-ekonomike/osobie-svobodnie- ekonomicheskie-zoni-v-kitae-1688.

    95中国经济特区发展报告 2017 = Доклад о развитии специальных экономических зон Китая 2016. Пекин:

    社会科学文献出版社, 2018. – R. 152.

    9.9-jadvaldan ko„rinib turganidek, 2017-yilda 5 ta MIH tomonidan yaratilgan yalpi ichki mahsuloti hajmi bo„yicha Shenjen MIH eng asosiy ulushni egallaydi. Undagi yaratilgan yalpi hududiy mahsulotlarning esa 58,6 %i xizmatlar sohasiga to„g„ri keladi. Keyingi ulushni (41,3 %) sanoat va qurilish sohani tashkil etadi. Qolagn qismi qishloq xo„jaligi (0,1 %) hissasiga tegishlidir. Bu tarmoqlar boshqa MIHlarda boshqa nisbatdagi ulushlarni tashkil etgan. Umuman olganda, Xitoyda EIHlar rivojida tarmoqlar, ayniqsa xizmatlar sohasining ulushi ortib bormoqda. Bu esa EIHlar iqtisodiy yuksalishida muhim omilga aylanmoqda.

    Tadqiqotlarga ko„ra, Xitoy iqtisodiy rivojlanishida erkin iqtisodiy hududlar o„rnining yildan-yilga oshib borishi quyidagilar bilan izohlanadi:

    • EIHlarda faoliyat yurituvchi xorijiy investorlar uchun bojxona to„lovlari va soliqlar bo„yicha imtiyozlarning berilganligi;

    • EIHlarda yuqori xorijiy texnologiya asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish orqali, yaratilgan mahsulotlarni keng ko„lamli eksport qilishning samarali mexanizmi tashkil etilganligi;

    • oddiy va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonlari o„zaro uyg„unlikda rivojlanishi ta‟minlanganligi;

    • EIHlarda iqtisodiy rivojlanishga erishishda ilmiy-texnik jarayonlardagi moddiy resurslar iste‟molini oshirish va boshqaruvdagi innovatsiyalarni oshirishga qaratilgan har tomonlama mustaqil innovatsiyalarga keng imkoniyatlar berilganligi.

    Jahon iqtisodiyotida yetakchi o„ringa ega bo„lgan Xitoyda ham EIHlar faoliyatida o„ziga xos kamchiliklar yo„q emas. Bunday kamchiliklar tarkibiga erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etilishining asosiy maqsadi hisoblangan, sanoat ishlab chiqarish korxonalarini mamlakatning rivojlangan hududlaridan rivojlanish darajasi past hududlarga o„tkazilishi, ishchilarni ish bilan ta‟minlash, mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro andozalarga to„la rioya etishni ta‟minlash muammolari to„liqligicha hal etilmaganligi hisoblanadi. Shu boisdan, EIHlarni tashkil etishda shoshilmasdan puxta o„ylangan chor-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Chunki, uzoq muddatli dasturlarning qanday unum bilan ishlashini oldindan bashorat qilish qiyin.

    Shu bilan birga Xitoyda EIHlar faoliyat yuritishining o„ziga xos muammolari ham mavjud bo„lib, ularning asosiylari quyidagilar:

    • EIHlarga qo„yilgan qo„yilmalarning katta qismi (80% i), Gonkongdagi xitoyliklar tomonidan amalga oshirilgan. Yirik zamonaviy ishlab chiqarishlarni barpo etish imkonini beruvchi transmilliy korporatsiyalarning investitsiyalari, asosan, mamlakatning boshqa tuman-lariga yo„naltirilgan;

    • joriy etilayotgan chet ellik texnologiyalarning past darajasi, xitoylik ishchi kuchining past malakasi va mutaxassislar etishmovchiligi;

    • er ijarasi va ishchi kuchi xarajatlarining oshib borishi, bu chet ellik kapitalni jalb qilish sur‟atlariga o„z ta‟sirini ko„rsatadi (EIHlarda ishchi kuchii xarajatlarining birmuncha yuqoriligi, hududning mamlakatning rivojlanmagan mintaqasida tashkil etilganligi va shu kabilar hisobiga bir necha barobar qimmatroqga tushadi);

    • qo„shma korxona barpo etish va faoliyat yuritishidagi byurokratik to„siqlar;

    • xomashyo va energiya tanqisligi;

    • EIHlar bo„yicha yagona qonunchilikning yo„qligi.

    Shunga qaramasdan EIHlar o„zi joylashgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta hissa qo„shdi. Aynan EIHlar tufayli Xitoy jahon bozoriga chiqishi mumkin bo„ldi.

    Umuman olganda, XXR hukumati tomonidan mamlakat iqtisodiyotida integratsiyalashuvni faqatgina bir hududga yo„naltirib qolmasdan, balki, investitsiyalarni butun bir mamlakat hududiga bir maromda joylashtirib, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish lozim deb ko„rsatishmoqda. Bu sohada qo„shma korxonalarni tashkil etish to„g„risidagi qonun-qoidalarni takomillashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar 80 yillarga qadar qo„shma korxonalar tuzish uchun XXRning Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligidan ruxsat olingan bo„lsa, 90 yillarga kelib bunday huquq mahalliy hukumat organlariga berilgan edi.

    Bugungi kunga kelib chet ellik va xitoylik investorlarning imtiyozlari deyarli tenglashtirilganligi bois chet ellik investorlarning imtiyozlari faqatgina yuqori texnologiyali, fundamental infratuzilma sohalarni rivojlantirish tarmoqlarida saqlab qolindi, xolos. Imtiyozlarning olib tashlanishi, albatta, xorijiy investorlarning foyda me‟yorini ancha cheklab qo„ygan edi. Shuning uchun ham hozirgi kunda xorijiy investorlar, asosan, Xitoyning imtiyozlar saqlanib qolingan EIHlariga ko„plab kirib kelmoqda.

    Bu esa yuqoridagi paragrafda keltirilganidek, chet el investitsiyalarining EIHlarga kirib kelishi nisbatan yuqoriligini ta‟minlamoqda.

    Shunday qilib, Xitoy tajribasini o„rganish va uning ijobiy tomonlarini respublikamizda tashkil etilayotgan EIHlar faoliyatida qo„llash muhim ahamiyat kasb etadi.

    Xitoy tajribasidan xulosa qiladigan bo„lsak, EIHlarni yaratishda va rivojlantirishda ular qo„yidagilarga asosiy e‟tibor qaratganlar:

    1. Puxta o„ylangan huquqiy-me‟yoriy baza yaratilganligi;

    2. Iqtisodiy, moliyaviy va boshqa imtiyozlarning turi va darajasi mahalliy sharoit, qo„yilgan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda puxta ravishda tabaqalashtirilgan.

    3. Hududlarda moslashuvchan investitsiya siyosati amalga oshirilganligi.

    4 Ishlab chiqarish, ilmiy tadqiqot bazasi va savdo-sotiq tizimini qayta ishlash sanoatini kompleks rivojlantirishga qaratilganligi.

    1. Katta miqdorda nisbatan arzon bo„lgan ishchi kuchining mavjudligi.

    2. Eksport uchun real va shaffof ishlash imkoniyatining yaratilishi.

    3. Xitoy sug„urta kompaniyalari xorijiy investorlarni sug„urtalashni o„z bo„yniga olganligi.

    4. EIHlar rivojlanishini davlat tomonidan keng tarzda qo„llab-quvvatlash ammalga oshirilganida, deb bilamiz.

    Bu tajribani O„zbekistonda ishlab chiqish va EIHlarni yaratishda o„rganish lozim.
    1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   142


    написать администратору сайта