Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
10.1-jadval.1990-2000 yillarda Rossiyada federal ahamiyatga ega bo„lgan erkin iqtisodiy hududlar97
97 Зименков Р.И. Свободние экономические зони. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2005. – С. 197-198.
Rossiyada tashkil topgan EIHlarni qisqa davr o„tganligiga qaramasdan, ularning faoliyatini dastlabki natijalarini baholash mumkin bo„ldi. Tashkil etilgan ko„pchilik EIHlarning faoliyati xalqaro standartlar bo„yicha tahlil qilinganda samarasiz chiqqan edi. Ya‟ni xalqaro EIHlarni rivojlantirish assotsiatsiyasi tomonidan o„tkazilgan tadqiqotlarga ko„ra, Rossiyada EIHlarni tashkil etishdan ko„zlangan maqsadlar samarasiz chiqqan edi. EIHlarni tashkil qilish bo„yicha ishonchli qonuniy bazaning yo„qligi ushbu EIHlar faoliyatining iqtisodiyotni barqarorlashtirish va o„stirish, mintaqaviy rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish sohasidagi muammolarni hal etishga olib kelgan edi. EIHlardagi imtiyozlar mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va chet el investorlarini jalb qilish o„rniga, ayrim guruhlarni yashirin subsidiyalash va shuningdek, xorijga ko„rlab kapitallarni chiqib ketish usuliga aylanib qolgan edi. Rossiyada EIHlarni tashkil qilishdagi asosiy kamchiliklardan biri bo„lib, EIHlarni tashkil etishning Davlat konsepsiyasining va shuningdek, qonuniy va me‟yoriy hujjatlarning yo„qligi bo„ldi. 2005-yilning 10 martida Rossiya hukumati maxsus iqtisodiy hududlar to„g„risidagi qonun loyihasini ma‟qulladi. Ushbu qonun loyihasiga ko„ra, mamlakatda ikki turdagi (sanoat-ishlab chiqarish va texnikani joriy etish hududlar) hududlarni tashkil qilish ko„zda tutilgan edi. Birinchi turdagi sanoat-ishlab chiqarish hududlari, asosan, yirik sarmoyalar bilan bog„liq bo„lib, iqtisodiy turg„unlikdagi tumanlarni, xususan, Uzoq Sharq va Sharqiy Sibirni rivojlantirish ko„zda tutildi. Ikkinchi turdagi – texnikani joriy etish hududlar esa, asosan, iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida yirik ilmiy-tadqiot markazlarini tashkil etib, ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirishga qaratilgan edi. Rossiyaning Iqtisodiyot va savdo vazirligi maxsus iqtisodiy hududlarning rezidentlarini 5 yil muddatga mulk va yer soliqlaridan ozod qilishni ko„zda tutadi. Sanoat-ishlab chiqarish hududlarida tezlashgan amortizatsiya (oddiyga nisbatan 2 marta jadal) to„lovlarini joriy etish, shuningdek, ilmiy xarajatlarga soliq to„lovlarini kamaytirish ko„zda tutilgan. Texnikani joriy etish hududlarida esa tashkil qilingan kompaniyalar uchun yagona ijtimoiy soliqning maksimal stavkasini 14 %gacha tushirish mo„ljallandi. EIHlar faoliyatidagi yana bir yirik muammolardan biri xorijiy investitsiyalar faoliyatini qonuniy ta‟minlash bilan bog„liqdir. Bu borada “RSFSRda xorijiy investitsiyalar to„g„risida”gi qonunning (1991 y.) qabul qilinishi katta ahamiyatga ega bo„ldi. Biroq, ushbu qonun 90 yillarning birinchi yarmidayoq eskirgan bo„lib, “Rossiya Federatsiyasida xorijiy investitsiyalar to„g„risida”gi yangi federal qonun esa 1999-yilning iyulida qabul qilingan edi, xolos. Bundan tashqari, ushbu qonunda EIHlar zonasida xorijiy kapitallarning faoliyati to„g„risidagi bo„lim o„z o„rnini topmagan edi. EIHlarda xorijiy kapitallarning faoliyati to„g„risidagi hujjatlar, Rossiya Federatsiyasining Fuqarolik kodeksi, shuningdek, soliq, valyuta va ma‟muriy qonunchiligining ayrim bo„limlari to„liq o„z aksini topmagan edi. Ayrim hollarda berilgan imtiyozlar bekor qilinardi. Bu esa xorijiy investorlarning ishonchsizligiga olib kelgan. 2004-yilda Rossiyada to„g„ridan-to„g„ri yo„naltirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 26,1 mlrd. dollarni tashkil etib, bunda EIHlarning ulushi atigi 2 %ni tashkil etgan. Jahon tajribasi ko„rsatishicha, EIHlarning samarali faoliyat ko„rsatishi uchun infratuzilmaviy baza mavjud bo„lishi kerak. Masalan, Xitoyda 1 dollar xorijiy investitsiyani jalb qilish uchun 5,5 dollar atrofidagi milliy mablag„larni transport tarmoqlariga, barqaror suv va energiya ta‟minotiga, uy-joy qurilishiga sarflanadi. Rossiyada EIHni obodonlashtirish uchun esa davlatning ko„magi nihoyatda chegaralangan. 1993-mayda Rossiya hukumati “Naxodka” EIHga texnoparklarni tashkil etish, xarbiy aeroportni qayta jihozlash, samarali aloqa tizimini tashkil qilish va yuk ortish terminallarini qurish uchun 20,1 mln. rubl ajratdi. Shuningdek, “Saxalin”, “Eva”, Kaliningrad viloyatidagi “Yantar” EIHlari imtiyozli ravishda moliyalashtirildi. Boshqa EIHlarga esa moliyaviy yordam ko„rsatilmaganligi uchun ham ular samarali faoliyat ko„rsata olmagan edi. EIHlarning juda katta territoriyalarga egaligi ham ularning faoliyatini qiyinlashtiradi. Rossiyada tashkil topgan dastlabki 11 ta EIHning umumiy yer maydoni Fransiya va Ispaniya kabi davlatlarning birgalikdagi umumiy yer maydonidan ham kattadir. Bu esa ularning, hatto, texnik jihatdan bojxona hududi sifatida tashkil etilishiga ham katta to„sqinlik qiladi (bunda maxsus bojxona hududini tashkil qilish xarajatlari kelgusi daromadlardan ancha yuqori turadi). Rossiya EIHlarining faoliyatidagi zaif tomonlaridan yana biri – bu federal va mahalliy darajadagi boshqaruvning samarasizligidir. Barcha EIHlar uchun xos bo„lgan moliyaviy va tashkiliy muammolardan tashqari umumiy bo„lgan quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni ko„rishimiz mumkin. Ular birinchidan, korxonalarning xo„jalik aloqalaridagi uzilishlar ikkinchidan, xalqaro bozorlarda milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan himoyalanmasligi uchinchidan, erkin tadbirkorlikni rivojlantirishda byurokratik va kriminal to„siqlarning mavjudligi to„rtinchidan, rossiyalik ishchi va rahbar xodimlarning malaka hamda tajribasining pastligi beshinchidan, hukumatga bo„lgan ishonchsizlik va boshqalarni ko„rishimiz mumkin. Bugungi kunga kelib, Rossiya Federatsiyasida EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bo„yicha o„ziga xos tajriba to„plangan bo„lib, ularning dastlabki tashkil etilishidan to bugungi kunga qadar EIHlar sonining ko„payib va kamayib turganligini (ochilib, yopilib) ko„rish mumkin. Lekin, hozirgi vaqtga kelib ular faoliyatida ma‟lum rivojlanishlar kuzatilmoqda va samarali faoliya ko„rsatayotgan EIHlar saqlanib qolindi. Shunga ko„ra, Rossiya Federatsiyasida hozirgi vaqtda jami 25 ta MIHlar mavjud bo„lib, ularda 660 ta rezident faoliyat ko„rsatmoqda hamda ularda 25 mingdan ziyod ishchi-xodimlar mehnat faoliyatini olib bormoqdalar. Endilikda Rossiya Federatsiyasi bu ko„rsatkichlarni yanada rivojlantirish ustida faol ish olib bormoqda. |