Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница106 из 142
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   142

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, Oltoy erkin ekologik hududi, texnika, sanoat, tadbirkorlik, investitsiya, investor, kredit, qimmatli qog„ozlar.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. RFda 1997-yil dekabr oyidan boshlab Oltoy erkin ekologik hududi garchi faoliyat ko„rsata boshlagan. Mazkur hudud o„zining geografik-iqtisodiy joylashuvi, salohiyati bilan mamlakat iqtisodiyotida alohida o„rin tutadi. Ekologik hududning umumiy er maydoni 168 ming km2 ni tashkil etib, o„lkada 12 ta shahar, 14 ta shahar tipidagi poselka, 7 ta qishloq tumanlari, shu jumladan, nemis milliy tumani mavjud.

  2. Oltoy o„lkasining ko„pchilik joylari qalin o„rmonlardan iborat, O„lkada 13 mingdan ortiq ko„llar bo„lib, qishloq xo„jaligi rivojida muhim ahamiyatga ega. O„lkada ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarning 30-35 % mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoat tarmoqlariga to„g„ri keladi, er osti qazilma boyliklariga boyligi va yoqilg„i-energetika sanoat majmuasining rivojlanishi xo„jalik yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

  3. Oltoy erkin ekologik hududini tashkil etish borasida o„lka ma‟muriyati investitsiyalarni qishloq xo„jalik mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash; xalq

iste‟moli mahsulotlarini, qurilish va konstruktsiyaviy qurilish materiallarini, mashinasozlik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish; o„rmon xo„jaligi va yog„och materiallarni qayta ishlash; tog„-kon, kimyo va neft-kimyo, to„qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarni ishlab chiqarish; turizm sohasini va shuningdek, sanatoriya va kurort tumanlarni rivojlantirishga taqsimlab kelmoqda.

Nazorat uchun savollar:


  1. RFda Oltoy erkin ekologik hududi qachon tashkil etilgan?

  2. Oltoy erkin ekologik hududi mamlakat iqtisodiyoti uchun qanday ahamiyat kasb etadi?

  3. Oltoy o„lkasi qanday geografik-iqtisodiy salohiyat va imkoniyatlarga ega?

  4. Oltoy erkin ekologik hududiga investitsiyalar qanday yo„nalishlarda jalb etilmoqda?

  5. Oltoy erkin ekologik hududi ma‟muriyati qanday vazifalarni bajaradi?

  6. Oltoy erkin ekologik hududida qanday imtiyoz va qulayliklar mavjud?



    1. Kaliningrad “Yantar” erkin iqtisodiy hududining rivojlanish imkoniyatlari



O„tgan asrning 90 yillarining boshida Kaliningrad viloyati uchta davlat chegaralari bilan o„zaro bog„langanligi sababli muhim EIH deb e‟lon qilingan edi. Biroq, bu davrda ushbu iqtisodiy hududni rivojlantirish uchun huquqiy asoslar bo„lmaganligi sababli o„z faoliyatini ko„rsata olmadi. 1991-1995 yillarda Kaliningrad EIHning faoliyatini tartibga soluvchi Rossiya Prezidenti va shuningdek, hukumatining bir qator farmon va qarorlari chiqqan bo„lsada, biroq ushbu hudud to„g„risidagi Federal qonunning yo„qligi sababli davlatning turli xil idoralarining rahbar xodimlari tomonidan hududning faoliyat ko„rsatishi paysalga solib kelingan edi. 1994-yilda Rossiya Prezidentining “Soliq va bojxona to„lovlaridagi imtiyozlar to„g„risida”gi Farmoni 1995-yilda bekor qilindi.

1996-yilning 22-yanvarida Rossiya Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Kaliningrad maxsus iqtisodiy hududi to„g„risida”gi qonun qabul qilinishi bilan bu hududga erkin bojxona maqomi berildi va ushbu hududda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish davrida bojxona to„lovlari olinmaydigan va shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ham nazorat qilinmaydigan bo„ldi. Bundan tashqari, import qilinadigan tovarlardan bojxona, qo„shimcha qiymat va aksiz soliqlari ham olinmaydigan bo„ldi.

Kaliningrad viloyatidagi “Yantar” EIHni shakllantirishdan maqsad Kaliningrad viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalarini tezroq hal etish, chet mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hankorlikni rivojlantirish asosida chet el kapitalini jalb qilish uchun qulay sharoitlarni ta‟minlash, mintaqa eksport imkoniyatlarini oshirish, xo„jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish edi.

EIH Kaliningrad viloyati va unga tegishli tumanlarda tashkil topgan, mudofaa va strategik ahamiyatga ega tumanlar bundan mustasno.

Ko„rib chiqilayotgan hududning asosiy xususiyatlari quyidagilar:

  • Evroosiya va Yevropa savdo yo„llarining kesishuvidagi qulay iqtisodiy- geografik joylashuv;

  • muzlamaydigan dengiz portining mavjudligi;

  • o„ziga xos yantar konlarining mavjudligi (jahon zahiralarining 90% i );

  • viloyatning Rossiya boshqa hududlaridan izolyasiyalashganligi, bu transport xarajatlari oshishiga va xo„jalik faoliyatining siyosiy tavakkalchiligi o„sishiga olib keladi;

  • viloyat katta maydonidan harbiy maqsadlarda foydalanilishi, harbiy maydon fuqarolar yashash maydonlaridan uch barobar kattaligi.

Kaliningrad muhim EIHi orqali olib o„tiladigan tranzit yuklar uchun bojxona va boshqa soliqlar olinmaydi. Hattoki, bu yuklar Rossiya Federatsiyasining boshqa joylariga jo„natilgan taqdirda ham, mahsulotni eksport qilishdan tushgan valyuta tushumi uchun 30 %lik majburiy to„lovlar talab qilinmaydi. Investorlarning olgan foydalari va dividendlarini chet el banklariga o„tkazishda ham hech qanday muammolar yo„q.

Kaliningrad viloyati Rossiya Federatsiyasining viloyatlari orasida chet el kapitali ishtirokida tuzilgan korxonalarning soni bo„yicha yetakchi o„rinlardan birida turadi. 1996-yilda 1175 ta chet el kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar ro„yxatdan o„tgan bo„lib, ularning 1/3 qismi chet el kapitali ishtirokida qurilgan korxonalarni tashkil etgan. Ushbu viloyatda korxonalarni tashkil etishda Polsha, Germaniya va Litva davlatlari yetakchi o„rinlardan birini egallasa, kiritilgan investitsiyalar miqdorining ko„pligi jihatidan esa Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Fransiya davlatlari oldingi o„rinlardan birida turadi.

Kaliningrad viloyat ma‟muriyati chet el mamlakatlarining vazirliklari va hukumat organlari bilan to„g„ridan-to„g„ri iqtisodiy aloqalar o„rnatish va shartnomalar tuzish maqomiga ega bo„lib, viloyat hududiga xorijiy investorlarning kirib kelishi, ayniqsa, “Kaliningrad mahsus iqtisodiy hududi to„g„risida”gi qonun qabul qilingandan so„ng yanada kengaydi. Hozirgi kunda hududning “Yantar” nomidagi eski kema qurilish zavodi bazasida yiliga 60 minga yaqin mashinalarni ishlab chiqarish quvvatiga ega bo„lgan avtomobil (14-16 rusumdagi) yig„ish konveyeri qurilib ishga tushdi.

Kaliningrad MIHning mavjud salohiyati uning tashqi savdo aylanmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu hudud orqali xorijga neft, qog„oz tsellyulozasi, ayniqsa, katta hajmda eksport qilinadi.

Kaliningrad viloyatidan ko„proq xomashyo materiallari, qora va rangli metallar eksport qilinadi. Eksportga jo„natilgan tovarlarning 20 % qog„oz tsellyulozasiga to„g„ri kelsa, mineral o„g„itlar (14 %ni), neft mahsulotlari (10 %ni), baliq mahsulotlari (9 %ni) va qora va rangli metallar (4 %ni) tashkil etgan. Shuningdek, ushbu hududda eksportga yo„naltiriadigan xomashyolarni qayta ishlash korxonalarining tashkil etilishi va ularning ishlab chiqarish quvvatining oshishi natijasida tayyor mahsulotlar eksporti ham rivojlanib bormoqda.

Kaliningrad viloyatiga, asosan, oziq-ovqat, poyafzal va kiyim-kechak mahsulotlari, tele-radioapparatura mahsulotlari import qilinadi. Ular Buyuk Britaniya, Litva, Chexiya, Vengriya kabi davlatlardan import qilinadi.

Shunday qilib, Kaliningrad viloyatida “Yantar” EIHni tashkil etilishi va unda erkin bojxona hududi tartibotini o„rnatilishi bilan hududning inflyatsiya darajasi birmuncha kamaydi, chet el kapitali ishtirokida qurilgan korxonalarning ishlab chiqargan mahsulotlarining hajmi esa birmuncha oshdi. Tashqi savdo aylanmasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport va importi birmuncha ko„paydi. Kaliningrad portlariga olib kelingan va olib ketilgan yuklarning hajmi ham birmuncha ko„payib, ishchi va xizmatchi xodimlarga to„lanadigan o„rtacha ish haqi ham biroz ko„tarildi. Kaliningrad viloyatida “Yantar” EIHi tashkil etilgandan beri viloyat budjeti tomonidan federal budjetga to„lanishi lozim bo„lgan mablag„ning 93,4

% kompensatsiya qilindi. Biroq, shuni qayd etib o„tish lozimki, ushbu EIHni tashkil etishdan kutilgan foyda o„z natijasini hozirgi kunga qadar ham bergani yo„q. Chunki, iqtisodiy hududning to„laligicha faoliyat yuritishi uchun avvalambor to„liq huquqiy baza va me‟yoriy hujjatlar yaratilgani yo„q. EIHga bosqichma-bosqich o„tish maqsadga muvofiqdir.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   142


написать администратору сайта