Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница107 из 142
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   142

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, “Yantar” erkin iqtisodiy hududi, import, eksport, bojxona, xomashyo, mahsulot, kapital.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. RFda Kaliningrad “Yantar” EIHning tashkil etilishi o„ziga xos sabab va tarixga ega. O„tgan asrning 90 yillarining boshida Kaliningrad viloyati uchta davlat chegaralari bilan o„zaro bog„langanligi sababli muhim EIH deb e‟lon qilingan edi. Biroq, bu davrda ushbu iqtisodiy hududni rivojlantirish uchun huquqiy asoslar bo„lmaganligi sababli o„z faoliyatini ko„rsata olmadi. 1996-yilning 22-yanvarida Rossiya Prezidenti tomonidan tasdiqlangan “Kaliningrad maxsus iqtisodiy hududi to„g„risida”gi qonun qabul qilinishi bilan bu hududga erkin bojxona maqomi berildi va Kaliningrad viloyatid “Yantar” EIHi tashkil etildi.

  2. Kaliningrad “Yantar” EIHda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish davrida bojxona to„lovlari olinmaydigan va shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ham nazorat qilinmaydigan bo„ldi. Bundan tashqari, import qilinadigan tovarlardan bojxona, qo„shimcha qiymat va aksiz soliqlari ham olinmaydigan bo„ldi. Bu EIHning tashkil etilishidagi muhim hususiyat uning Yevroosiya va Yevropa savdo yo„llarining kesishuvidagi qulay iqtisodiy-geografik joylashuvi va muzlamaydigan dengiz portining mavjudligidir.

  3. Kaliningrad muhim EIHi orqali olib o„tiladigan tranzit yuklar uchun bojxona va boshqa soliqlar olinmaydi. Investorlarning olgan foydalari va dividendlarini chet el banklariga o„tkazishda ham hech qanday muammolar yo„q. Kaliningrad MIHning mavjud salohiyati uning tashqi savdo aylanmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bu hudud orqali xorijga neft, qog„oz tsellyulozasi, ayniqsa, katta hajmda eksport qilinadi.

Nazorat uchun savollar:


  1. RFda Kaliningrad “Yantar” EIHning tashkil etilishining sababi, tarixi va muammolari tushuntirib bering.

  2. Kaliningrad “Yantar” EIHning ahamiyati nimalardan iborat?

  3. Kaliningrad “Yantar” EIHda qanday imtiyoz va qulayliklar mavjud?

  4. Kaliningrad МIHda qanday tovarlar eksporti va importi amalga oshiriladi?

  5. Kaliningrad МIHning joylashuv o„rni va xususiyatlari nimalardan iborat?

  6. Kaliningrad МIHning rivojlanish imkoniyatlariga qanday qaraysiz?



    1. Rossiya Fedaratsiyasidagi “Sankt-Peterburg”, “Viborg”, “Texnopolis Zelenograd” erkin iqtisodiy hududlarini tashkil etilish va faoliyati xususiyatlari


“Sankt-Peterburg” erkin tadbirkorlik hududi uning intellektual va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va zamonaviy texnologik jarayonlarni o„zlashtirish, zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yaratish, Shimoliy-G„arbiy tuman iqtisodiyotining xalqaro mehnat taqsimotiga samarali jalb etish asosida shakllanadi. “Sankt-Peterburg” hududining ixtisoslashuvi:

  • mashina va uskunalar transport vositalari;

  • kimyoviy mahsulotlar;

  • xalq iste‟moli mollarini ishlab chiqarish;

  • xalqaro turizm;

  • noishlab chiqarish xizmatlari eksportini rivojlantirishidan iborat.

Hozirgi kunda Sankt-Peterburgda 1,5 mingta qo„shma korxona ro„yxatga olinib, Rossiyada qo„shma korxonalar eng ko„p tashkil etilgan hududlardan hisoblanadi. “Sankt-Peterburg” hududi uchun turli xil ixtisoslashuvdagi subhudud yoki mini- hududlarni tashkil etish samarali bo„ladi. Shuningdek, Sankt-Peterburgda ilmiy parklar, texnopolislar va eksport-ishlab chiqarish hududlarini tashkil etish istiqbolli yo„nalish hisoblanadi.

“Viborg” EIH. Viborg ma‟muriy tumani hududida shakllangan. U ishlab chiqarishga mahalliy va chet el ilmiy-texnik ishlanmalarini va kashfiyotlarini joriy etish maqsadida tashkil etilgan. Hudud, Sankt-Piterburg va chet elga ixtisoslashgan. Hududni shakllantirishda Finlandiya faol ishtirok etadi. Hudud chegarasida, ishlab chiqarish faoliyatiga ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini tezkor joriy etish uchun texnologik markaz yaratish nazarda tutilgan. Markaz faoliyatining asosiy sohalari bo„lib, hisoblash texnikasi, elektronika, biotexnologiya, yangi materiallarni ishlab chiqarish va boshqa shu kabi yuqori texnologik va ekologik toza ishlab chiqarishlar xizmat qiladi. Viborgni geografik joylashuvi (undan Finlandiyagacha – 7 km, Sankt- Piterburggacha 156 km) Rossiya va Finlandiya mutaxxasislarga hududda Rossiyadagi birinchi texnologik park loyihasini ishlab chiqish imkoniyatini berdi.

Markaziy iqtisodiy hududda hududiy ilmiy-tenik integratsiyaning samarali shakli bo„lib texnopolislar, texnoparklar yoki ilmiy-texnik hududlar xizmat qiladi. Zelenograd shahrining ma‟muriy chegaralarida, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va diversifikatsiyalash hamda korxonalar eksport salohiyatini oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida “Texnopolis Zelenograd” erkin iqtisodiy hududi tashkil topdi.

“Texnopolis Zelenograd” EIH faoliyatining ustuvor yo„nalishlari quyidagilar:

  • yuqori texnologiyalar;

  • mikroelektronika;

  • axborot va aloqa vositalari;

  • molekulyar va biotexnologik materiallar;

  • sanoat va maishiy radioelektronika va boshqalar.

Erkin iqtisodiy hudud tashkil etish maqsadida Mamuriy Qo„mita zaruriy moliyaviy resurslarni jamlash, infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish uchun – notijorat rivojlanlanish jamg„armasi tashkil etildi.

Shunday qilib, rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarda mavjud va EIHlar faoliyatining salbiy va ijobiy tomonlari to„g„risida to„liq tushuncha beradigan natijalarni bahosi bir-biriga mos emas va bu, o„z navbatida, bunday hududlarni yaratish arafasida turgan davlatlar qat‟iy qarorga kelishiga halaqit bermoqda. Iqtisodiy hududlar oldiga qo„yilgan vazifalar ko„pligidan, bunday fikrlar qarama- qarshiligi tabiiy hol. Dunyo tajribasi ko„rsatishicha, barcha maqsadlarga erishib bo„lmaydi. Va buning natijasida bir necha xulosa qilish mumkin:

EIHlar faoliyatini baholashda bir maqsadlar boshqa maqsadlardan yuksakroqligini e‟tiborga olish kerak, ya‟ni ularni aniq taqsimlash zarur. Bir vaziyatda bunday maqsad bandlik darajasini oshirishdir, ikkinchi vaziyatda – eksort darajasini oshirish, boshqa vaziyatda – davlat iqtisodini rivojlantirish va h.z. Yuksak maqsadga etish boshqa maqsadlarga ham erishish bilan bir emas;

EIH faoliyatining ijobiy natijalarini iqtisodiy hudud va davlatning ichki iqtisodi orasida bosqichma-bosqich rivojlangan aloqa natijasida olish mumkin. Bu ham ichki bozorga, ham tashqi bozorga yo„naltirilgan hududlar uchun tegishli. Tayyor mahsulot qiymatida milliy komponent ulushi oshishi bilan birga, valyutada daromad olish asosalari paydo bo„ladi va bundan tashqari, yangi texnologiyalar, nou-xau, litsenziya va patentlar kelishi natijasida hamda bu hududlarda ta‟lim olgan ishchilar ko„chishi natijasida qayta ishlash sanoati va ichki iqtisodning ashyoviya sanoatining texnik darajasi oshishiga imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun qabul qiluvchi davlatning xo„jalik mexanizmining islohoti, uning narh, valyuta va mablag„ bilan bog„liq muammolarini yechimi hududiy tajribadan ajralgan holda emas, balki parallel tarzda, mikro va makroiqtisodiyotning yangi elementlarini qabul qilish bilan rivojlanishi shart. Rossiyada EIHlar Xitoy tajribasidan foydalangan holda tashkil etilgan. Rossiya investitsiyalar oqimini o„ziga jalb qiluvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni

hisoblaydi:

  • yirik ichki bozor;

  • arzon xomashyo va energiya resurslari;

  • malakali va nisbatan arzon ishchi kuchi hamda foydalanilmayotgan ilmiy potensial;

  • olim va yuqori malakali mutaxassis kadrlarning nisbatan arzonligi;

  • harbiy-sanoat kompleksining qudrati va zamonaviy potensiali.

Rossiyada EIHlarni tashkil etish siyosati o„ziga xos xususiyat va tarixga ega bo„lib, ularni yaratishning dastlabki bosqichida markaziy hukumatda EIHlar siyosati yaxshi yuritilmagan. Natijada ular “quyidan”, mahalliy hokimiyatlar tashabbusi bilan, katta-katta maydonlarni EIHlar, deb e‟lon qilishdan boshlandi. Ammo, 1994 yildan mamlakatda EIHlar siyosati shakllana boshladi. Buning xususiyatlari quyidagilardan iborat bo„lganligini izlanishlarimiz orqali ko„rib o„tdik. Masalan:

  • yirik maydonda hudu yaratishga qt‟iy to„siq qo„yilganligi;

  • yaratilajak hudud maydonini iloji boricha davlat tomonidan qisqartirishga harakat qilinganligi;

  • mahalliy sharoit xususiyatlarini chuqur o„rganmasdan, xorijdagi EIHlarning sodda shakllarini kiritish boshlangani;

  • hududni boshqarish byurokratik tamoyillar bo„yicha olib borishga katta e‟tibor qaratilganligini anglash mumkin.

Rossiyaning birinchi texnoparki 1990-yilda Tomsk davlat nazorat tizimlari va radioelektronika universiteti bazasida ochilgan Tomsk Fan va Texnologiya Parki deb ataladi. Shundan so„ng texnoparklar rivojlanishni boshladi: 90 yillarning boshlarida ular deyarli mamlakatning barcha universitetlarida ochildi. 1991-yilda Moskva elektron texnika institutida Zelenograd shahrida MIET texnoparki ochildi. 2006- yildan boshlab, Rossiya hukumati tomonidan 2006-yil 10 martda tasdiqlangan “Rossiya Federatsiyasining yuqori texnologiyali sohasidagi texnoparklarni yaratish” kompleks dasturini amalga oshirmoqda. Dastur Rossiya Federatsiyasi Aloqa va axborotlashtirish vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. Texnologik parklarni qo„llab-quvvatlash maqsadida, Aloqa vazirligi “Skolkovo Innovatsiya Markazi” (2011-yil, iyul) va RVC (2011-yil, oktabr) bilan rezident-kompaniyalarning loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilish va qo„llab-quvvatlash to„g„risida bitim tuzdi. Bundan tashqari, Klasterlar va texnoparklar uyushmasi tashkil etildi.

Rossiyada to„rtta innovatsion zonalar mavjud. Bular Tomsk, Sankt-Peterburg, Moskva va Moskva viloyatining Dubna shahrida joylashgan. Innovatsion zonalarning ustuvor tarmoqlari: nano va biotexnologiyalar, tibbiy texnika, elektron va telekommunikatsiya uskunalari, Informatsion texnologiya, nozik va analitik vositalar, yadro fizikasi kiradi. Rossiyaning sanoat hududlaridagi ustuvor tarmoqlari: Avtotransport vositalari va ehtiyot qismlar, qurilish materiallar, kimyoviy moddalar va neft-kimyosi, uy anjomlari va chakana moslamalar kiradi.

Ammo, Rossiya Federatsiyasi texnik-tadbiq etish hududlarini yaratishda o„ziga xos tajribaga ega, desak mubolag„a bo„lmaydi. Chunki, ular harbiy vazifalarni bajarish uchun “yopiq” va “yarim yopiq” deb nomlangan ilmiy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan shaharlar paydo bo„ldi. Ularni naukograd deb nomlashadi. Naukograd (ilm shaharchasi) aholi yashaydigan joy sifatida Rossiyada yirik ilmiy tadqiqot va ilmiy ishlab chiqarish komplekslarida mamlakatning oliy hukumat organi qarori asosida ilmiy-texnik yo„nalishning davlat ahamiyatidagi muhim vazifalarni hal kilish uchun barpo etilgan. Ular odatda bir yirik zavod yoki ilmiy-tekshirish instituti atrofida barpo etildi. Ular fanni oldinga surishda katta xizmat qildi. Hozirgi paytda Rossiyada naukogradlar soni 70 dan ortiqdir.

Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, Rossiya tajribasidan texnik-tadbiq etish hududlari amaliyotini o„rganish maqsadga muvofiqdir.

EIHlar tashkil etayotgan yoki yaratayotgan ko„plab mamlakatlar quyidagilarga erishganlar:

  • birinchidan, iqtisodiy jihatdan qoloq mintaqalarni rivojlantirish;

  • ikkinchidan, texnologiyalarni modernizatsiyalash;

  • uchinchidan, yangi nou-xaularni, texnologiyalarni mamlakatga o„zlashtirish;

  • to„rtinchidan, o„z mutaxassislarini va ishchilarini mehnatning, boshqaruvning va sotishning yangicha usullariga o„qitish va o„rgatish;

  • beshinchidan, eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun o„z xomashyo resurslaridan oqilona va yuqori samaradorlikda foydalanish.



1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   142


написать администратору сайта