Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница110 из 142
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   142

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, offshor hududlar, soliq imtiyozlari, sanoat, bank, investor, bojxona, offshor kompaniya, soliq yuki.


Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. Erkin iqtisodiy hududlarning bir turi sifatida offshor hududlar bugungi kunda tez rivojlanib bormoqda. Ular amaliyotda offshor markazlar ham deb ataladi. Offshor hududlarning paydo bo„lishining o„ziga xos sabablari va tarixi mavjud. Ularning vujudga kelishi, asosan, 2-Jahon urushi tugaganidan keyingi global iqtisodiy-ijtimoiy farayonlar va muammolar bilan bevosita bog„liqdir.

  2. “Offshor” atamasi ilk bor 1950-yillarning oxirlarida AQShda qo„llanila boshlangan. “Offshor” so„zining lug„aviy ma‟nosida “off shore” inglizchaso„z bo„lib, “qirg„oqdan tashqarida”, “sohildan tashqarida”, “ochiq dengizda” degan ma‟noni anglatadi. Offshor hududlar boshqi EIHlardan keng rivojlanish xarakteriga egaligi, investitsiyalar, kompaniyalar, xoldinglarni o„ziga jalb etishi bilan ajralib turadi. U klassik offshor hududlar, soliq yuki past bo„lgan offshor hududlar va korxonalarni ro„yxatdan o„tkazish, biznesni yuritish va soliq to„lovi bo„yicha ayrim imtiyozlarga ega offshor hududlarga bo„linadi.

  3. Offshar hududda imtiyozli faoliyat yuritish, shuningdek, valyuta cheklovlari yo„qligi, foydani erkin eksport qilish, chet ellik investorlar uchun bojxona to„lovlari va to„lovlarning yo„qligi, ustav kapitalining past darajasi bilan belgilanadi. Offshar hududda offshor kompaniyalari faoliyat ko„rsatib, ular mazkur hududlarda ro„yxatdan

o„tgan holda dunyoning istalgan hududida erkin faoliyat olib borishlari mumkin.

Nazorat uchun savollar:


  1. Offshor hududlar qachondan va nima sabab bilan boshlab tashkil etila boshlandi?

  2. Offshor hududlar EIHlarning boshqa turlaridan nimasi bilan farqlanadi?

  3. Offshor hududlarning lug„aviy ma‟nosi nimani anglatadi?

  4. Offshor hududlarda qanday imtiyoz va qulayliklar beriladi?

  5. Offshor hududlarning qanday turlari mavjud?

  6. Offshor hududlarda offshor kompaniyalar faoliyati xuusuiyatlari nimalardan iborat?



    1. Offshor hududlarning tashkil etilishining jahon tajribasi



Jahon xo„jaligida juda keng tarqalgan erkin savdo, eksport-ishlab chiqarish va ilmiy-sanoat hududlari, bugungi kunga kelib, offshor markazlarini tashkil etish va rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti bilan to„ldirlmoqda. Xalqaro offshor biznesi mamlakatlar aro tashqo iqtisodiy aloqalarni bo„yicha tadbirkorlik investitsiyalari va ssudalarni harakatlantirishda o„sib boruvchi, ya‟ni progressiv rolni bajarmoqda.

Offshor hududlari va soliq gavanlari, birgalikda servis hududlarini tashkil etadi. Offshor hududlari va soliq gavanlari tadbirkorlarni qulay valyuta-moliya, fiskal sharoitlar, bank va tijorat sirlarining yaxshi saqlanishi, davlat boshqaruvining kamligi bilan o„ziga jalb qiladi.

Offshor markazlari deyilganda, umumiy ko„rinishda, faoliyatlari bo„yicha soliqqa tortishning imtiyozli tizimi amal qiladigan chet el, xorijiy kompaniyalarning o„z hududdida faoliyatini tashkil etuvchi mamlakatlar yoki hududlar tushuniladi. Offshor markazlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar davlat yurisdiktsiyasi ostida bo„ladi va mahalliy qonunchilikga qat‟iy amal qilishlari majburdir. Offshor hududlar faoliyat ko„rsatuvchilarga soliq imtiyozlari va faoliyat erkinligi beriladi, valyuta nazorati olib tashlanadi, har turdagi valyutada operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin, moliyaviy operatsiyalar anonimligi ta‟minlanadi. Offshorning klassik varianti offshor hududlarida faqatgina norezidentlar xo„jalik va moliyaviy faoliyat olib borishlarini nazarda tutgan.

Offshor hududlarida soliq imtiyozlari turli xil variantlarda bo„lishi mumkin. Irlandiya va Liberiya offshor hududlarida soliq umuman olinmaydi. Shveysariyada soliqlar juda ham past stavkalarda olinadi. Lixtenshteyn va Antil orollari offshor hududlarida soliq sifatida yagona to„lov amalga oshiriladi, bu kabi hududlarda yana yillik ro„yxatga olish badallari, bank va sug„urta xizmatlaridan foydalanganlik uchun to„lov, trast faoliyati uchun litsenziya to„lovlari ham olinadi. Shimoliy Samoada esa buxgalteriya hisobi tartibi kompaniya egalarining hohishi bo„yicha tanlanadi.

Zamonaviy offshor biznesining asoslari britaniyalik yuristlar, bankirlar, sug„urtachilar va yuristlari tomonidan ishlab chiqarilgan va amalga oshirilgan. Shuning uchun birinchi “soliq gavanlari” Britaniyada tashkil etilgan. Buyuk Britaniya

va boshqa bir qator mamlakatlar hukumatlari qonunchilikka ma‟suliyatni cheklashni kiritishdi, bu vaziyatda maksimal yo„qotish aksioner kapitaliga teng bo„ladi. Bu ishchan investitsiyalashni qo„llab-quvvatlash uchun amalga oshirilgandi, bankrotlik yuz bergan hollarda kreditorlar kompaniya egasining mulkiga egalik qilish huquqiga ega bo„ldilar. Bu kabi ma‟suliyat cheklashning yo„lga qo„yilishi mamlakatda ishchi faoliyatni jonlanishiga olib keldi. Bundan tashqari, jismoniy shaxslar va kompaniyalarga turli xil soliqlar qo„yilardi, bu esa soliq tizimini rejalashtirishni amalga oshirish imkoniyatini berdi, amaliyotda esa bu soliq stavkalarini pasaytirishning qonuniy yo„llarini izlab topish deb tushuniladi.

Eng birinchi tashkil etilgan offshor hududlariga Men, Gernsi, Djersi, Gibraltar orollari hamda Irlandiya va Panamalar misol bo„la oladi. Xuddi mana shu mamlakat va hududlar uzoq vaqt davomida, nafaqat, Yevropa biznesi imkoniyatlarini, balki, o„z hududlarida offshor operatsiyalarining salmoqli ulushini amalga oshirishgan.

Hozirda esa offshor kompaniyalar faoliyat ko„rsatayotgan davlatlar qatoriga Lixtenshteyn, Panama, Normandiya orollari, Men orollari (Britaniya), Antil orollari, Gonkong, Madeyra, Liberiya, Irlandiya, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Oxirgi o„n yillikda bular tarkibiga Malta, Mavrikiya, Garbiy Samoa, Isroil, Malayziya (Labuan oroli) va boshqa davlatlar qo„shildi.

Offshor hududlardagi sanoat, savdo, bank, sug„urta va boshqa kompaniyalar, yo umuman, soliqqa tortilmaydi (Irlandiya, Liberiya), yoki kichik miqdordagi soliqlar to„laydi (Lixtenshteyn, Antil orollari, Panama, Men oroli va b.). Masalan, Shveytsariyada nisbatan kam soliq miqdori belgilan-gan. Bu soliq ma‟lum holatlarda umuman to„lanmasligi mumkin. Shuningdek, offshor hududlar valyuta cheklashlarining yo„qligi, daromadni olib chiqish erkinligi, xorijiy investorlar uchun bojlarning yo„qligi bilan ajralib turadi. Offshor hududlarni tashkil qiluvchi davlatlar qo„shimcha xorijiy kapital jalb qilish, offshor hududda ro„yxatga olingan korxonadan foyda olish, mahalliy mutaxassislar uchun qo„shimcha ish joylari tashkil qilinishi orqali foyda ko„radilar.

Odatda, offshor biznes bank, sug„urta ishi, dengiz kemachiligi, ko„chmas mulk bilan operatsiyalar, trast faoliyati, eksport-import operatsiyalari, konsaltingda jamlanadi. Ba‟zi ma‟lumotlarga qaraganga offshor biznesda band bo„lgan kapital 500 mlrd. doll.ga etadi. Unda kariyb 2 mln. kishi qatnashadi va har yili bir necha ming yangi kompaniyalar ro„yxatga olinadi.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   142


написать администратору сайта