Главная страница
Навигация по странице:

  • Mamlakatlar

  • 11.3-jadval.

  • Mamlakatlar Umuman

  • Umumiy

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница113 из 142
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142

    Tayanch iboralar:


    Erkin iqtisodiy hududlar, offshor hududlar, imtiyoz, eksport-import operatsiyalari, soliq, offshor markazlari, valyuta.

    Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


    1. Offshor hududlarda informatsion xizmatlarni ko„rsatishga ixtisoslashuv kuchli rivojlangan. Shuningdek, xizmat ko„rsatishning bank, sug„urta xizmatlariga






    99 Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч.пос. М.: Юнити, 2005. С. 40.

    100 Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч.пос. М.: Юнити, 2005. С. 41.

    ixitsoslashgan offfshor hududlar ham faoliyat ko„rsatib, ular eksport-import operatsiyalari, ko„chmas mulk oldi-sottisi, dengiz kemalarini oldi sottisi, trast va konsalting faoliyatlarini amlga oshiradilar.

    1. Offshor hududlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari katta bo„lib, bir qancha mahalliy va foyda soligidan umuman yoki katta miqdorda ozod silinadi. Soliq imtiyozlaridan tashqari, offshor hududidagi kompaniyalarga shuningdek, valyuta, investitsiya, bojxona imtiyozlari va yillik hisobot hamda audit tekshiruvlari bo„yicha imtiyozlar, boshqaruv usullari bo„yicha va maxfiylik tartibi bo„yicha imtiyozlar beriladi. Shuningdek, byurokratiya va ishning sudralishining oldini olish maqsadida beriladigan imtiyozlar ham mavjud.

    2. O„tgan asrning o„rtalarida jahonda bir nechtagina offshor markazlari mavjud edi. Ammo, 1970-yillarning boshiga kelib bu sohada o„ziga xos portlash yuz berdi. Yangi asr boshiga kelib butun dunyo bo„yicha 60 ta offshor markazlari faoliyat yuritdi. Ularning 70% rivojlanayotgan mamlakatlarda qolgani esa sanoati rivojlangan mamlakatlarda tuzilgan. Hozirda offshor hududlar soni yil sayin ortib bormoqda.



    Nazorat uchun savollar:


    1. Offshor hududlarda qanday xizmatlar ko„rsatiladi?

    2. Offshor hududlarning dastlabki tashil etilganlari sifatida qaysi hududlarni bilasiz?

    3. Nima sababdan ko„plab offshor moliyaviy tashkilotlari Buyuk Britaniyaning dengiz orti hududlarida joylashgan?

    4. Offshor hududlarining qaysi turi eng yaxshi rivojlanish imkoniyatlari va istiqboliga ega?

    5. Offshor hududlarining istiqboli haqida qanday fikrdasiz?

    6. Offshor hududlari jahon iqtisodiyoti rivoji va inqiroziga qanday ta‟sir ko„rsatishi mumkin?



      1. Rivojlangan mamlakatlar xo„jaligida offshor hududlarning tutgan o„rni.


    Mamlakatlar iqtisodiyotiga offshor hududlarning ijobiy va salbiy ta‟siri, soliq raqobati

    O„tgan asrning 80 yillaridan beri jahon xo„jaligida an‟anaviy offshor hududlar kapital harakati va boshqa aktivlar harakatida muhim rol o„ynab kelmoqda. An‟anaviy offshor hududlar deganda investor-korporatsiyalarga va xususiy shaxslarga nafaqat maxsus past soliqli yoki soliqsiz rejimni taqdim etuvchi, balki tadbirkorlik va kapitalni boshqarish uchun boshqa bir qator qulay sharoitlarni ham yaratuvchi hududlar tushuniladi. Jahon iqtisodiyotida hozirgi kunda 300 dan ortiq offshor hududlar mavjud. Ayrim ma‟lumotlarga ko„ra 90 yillarda offshor hududlar umumiy jahon boyligining 20 %i ustidan nazorat qilib, ularda tashqi bank aktivlarining 22 % jamlangan edi101. 2006-yilda esa offshor hududlarda jahon pullarining 60 % jamlangan bo„lib, ushbu hududlar orqali moliyaviy


    101 Cassard M. The Role of Offshore Centers in International Financial Intermediation. IMF Working Paper. 1994.

    №107.

    transaksiyalarning yarmiga yaqini amalga oshirilgan102.

    G„arbiy Yevropada offshor markazlari keng tarqalgan. Ular xorij tadbirkorlarini o„zining qulay valyuta-moliyaviy qonunchiligi, soliqqa tortishning imtiyozli xarakteri, bank va tijorat sirlarining yuqori darajadaligi bilan o„ziga jalb qiladi.

    Xalqaro offshor biznesini yurituvchi yetakchilarga Men, Buyuk Britaniyadagi Gernsi va Djersi, Vengriya, Irlandiya, Kipr, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malta, Monako, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Offshor biznesi bank va sug„urta faoliyatini, ko„chmas mulk operatsiyalarini, eksport-import operatsiyalarining ko„pgina turlarini, konsaltingni o„zida mujassamlashtiradi. G„arbiy Yevropa offshor biznesi sohasidagi kapital 130 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Unda 400 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar faoliyat yuritadi, har yili bir necha minglab yangi kompaniyalar ro„yxatdan o„tadi, ular offshor operatsiyalari ko„lamlarini kengaytiradi. Boston Consulting Group (BCG) kompaniyasi ma‟lumotlariga ko„ra, 2006-yilda offshor hududlarda jamlangan boshqaruv ostidagi aktivlar (AiM) 6,7 trln. dollarni yoki ularning umumiy qiymatini 6,9 %ni tashkil qilgan. Fors ko„rfazi mamlakatlarining offshor hududlari o„z aktivlarining taxminan 40 %ini, Lotin Amerikasi davlatlari, Yaqin O„rta Sharq va Afrika mamlakatlari esa 30 %ini saqlaydi. Ayni bir vaqtda Yevropa mamlakatlarida bu ko„rsatkich 9 %ni, Shimoliy Amerika va Yaponiyada esa atigi 2-3 %ni tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, davlat institutlari va fuqarolik jamiyati rivojlangan, barqaror iqtisodiy va siyosiy vaziyat hukmron bo„lgan mamlakatlarda maxsus offshor hududlar rejimidan foydalanishga

    bo„lgan qiziqish kamroq ekanligini ko„ramiz.

    BCG hisob-kitoblari, asosan, Ixtisoslashgan xalqaro reyting tashkiloti ma‟lumotlariga mos keladi. Ularga ko„ra, offshor moliya markazlaridagi kapital miqdori 5-7 trln. dollarga teng bo„lib, bu 80 yillardagi ko„rsatkichdan 5 barobar ko„pdir. Ayrim boshqa ma‟lumotlarga ko„ra, masalan, Tax Justice Network mutaxassislarining fikricha, 2003-yildayoq offshor hududlar 11-12 trln. dollarga teng bo„lgan aktivlarni nazorat qilgan.

    Dunyodagi eng mashhur 34 ta offshor hududlarda 32 trln. AQSh dollariga teng aktivlar joylashtirilgan. Bu esa ularning qanchalik katta moliyaviy-iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko„rsatadi.

    Offshor hududlarning jahon moliya oqimlaridagi rolini haqida ularda joylashgan banklarning xalqaro mavqei bo„yicha ham aniqlash mumkin.

    TTXIlarning harakatlanishida offshor hududlarning roli YuNKTADning jahon investitsiyalari to„g„risidagi ma‟ruzasida aks ettirib boriladi. Bu erda barcha offshor hududlar ko„rsatilmaydi. Bundan tashqari, TTXIlar ushbu yurisdiktsiyalarda amalga oshiriladigan moliyaviy oqimlarning bir qismini, ba‟zan, juda kam qismini tashkil qiladi, xolos. Shunga qaramay, bu ma‟lumotlar ham TTXIlarning harakatlanishida ayrim offshor hududlarning tutgan o„rni katta ekanligini ko„rsatadi.

    Jahon amaliyotida xorijiy mamlakatlarga kapital olib chiqish uchun, odatda, offshor hududlarga joylashtirilgan turli moliyaviy aktivlardan keng foydalaniladi, maxsus investitsion kompaniyalar va jamg„armalar tashkil etiladi. Ular, hatta, TTXI oqimida yetakchi o„rinlarni ham egallash imkoniga egadirlar.





    102 McCann H. Offshore finance. Cambridge, 2006.

    Offshor hududlar, o„z navbatida, bir vaqtning o„zida ijobiy va salbiy tomonlarga ham ega hisoblanadi. Offshor hududlarning jahon iqtisodiyotidagi ijobiy tomonlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Uning ijobiy tumonlari quyidagilardan iborat:

    • birinchidan, transchegaraviy moliyaviy oqimlarning faollashishi va xalqaro ko„lamda moliyaviy aktivlar aylanmasini tezlashishi, moliya bozorlarini rivojlanishiga ko„maklashish, investitsiyalarni diversifikatsiya qilishga va kredit resurslarga erishishni kengaytirishga shart-sharoitlar yaratish;

    • ikkinchidan, umumiy soliq yukini kamaytirishga harakat qilib, shu asosda global iqtisodiyotda iqtisodiy faollikni rag„batlantirish;

    • uchinchidan, ekspropriatsiya xatarini kamaytirib, mulkchilik huquqlarini himoya qilish uchun shart-sharoitlar yaratish. Bu o„z navbatida, avvalambor, donor- mamlakatlarda iqtisodiy o„sishning oshishiga olib kelishi mumkin;

    • to„rtinchidan, offshor hududlar joylashgan mamlakatlarning rivojlanishiga ko„maklashish natijasida jahon xo„jaligini uyg„un rivojlanishiga yordam berish;

    • beshinchidan, egiluvchan rivojlanish strategiyalaridan keng foydalanish hisobiga kompaniyalarning milliy va global darajada raqobatbardoshligini oshirish va boshqalar.

    Offshor hududlarning salbiy tomonlariga esa odatda quyidagilarni kiritish mumkin:

    • birinchidan, offshor (donor) mamlakatlarning daromadlarini kamaytiruvchi g„irrom soliq raqobatining mavjudligi;

    • ikkinchidan, offshor hududlarda kapitalning, eng avvalambor, chayqovchilik kapitalining katta hajmda to„planib qolishligi. Buning oqibatida jahon iqtisodiyoti va moliyasida beqarorlik unsurlarni paydo bo„lishi;

    • uchinchidan, kapitalning chiqib ketishiga ko„maklashishi;

    • to„rtinchidan, yashirin iqtisodiyotni qo„llab-quvvatlashi;

    • beshinchidan, donor-mamlakatlarda bandlikning pasayishi;

    • oltinchidan, alohida kompaniyalarga oqlanmagan raqobat ustunliklarini berish;

    • yettinchidan, donor-mamlakatlarda soliqlardan qochishni salbiy baholash bilan bog„liq bo„lgan noqulay ijtimoiy vaziyatlarni paydo bo„lishi va h.k.lar.

    Shunday qilib, offshor hududlarning ma‟lum bir o„ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ularning faoliyatini xususiy investorlarning, milliy hukumatlarning (eng avvalo soliq organlarining), xalqaro tashkilotlarning qarama-qarshi manfaatlarini ham ustunlik, ham kamchilik sifatida baholash mumkin.

    Offshor hududlarning tarafdorlarining fikricha, offshor yurisdiktsiyalari, ayniqsa, yirik moliyaviy markazlar xalqaro moliyada va savdoda muhim rol o„ynaydi. Ma‟lum bir vaziyatlarda ular korporatsiyalarga va jismoniy shaxslarga tavakkalchilikni samarali boshqarish va moliyaviy rejalashtirish sohasida ulkan ustunliklar beradi.

    Offshor hududlarga qarshi bo„lgan tarafdorlar esa, asosan, rasmiy shaxslarni o„z ichiga oladi. Hukumat rahbarlarining fikricha, offshor hududlar g„irrom soliq raqobatini vujudga keltiradi, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardan ko„plab resurslarni chiqib ketishiga olib keladi. AQSh voqealaridan so„ng (2001 yil) offshor hududlarga terrorizmni moliyalashtirish bo„yicha ochiq ayblovlar qo„yildi, ularning

    iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini tartibga solishning aniq huquqiy me‟yorlari yo„qligi yuzasidan e‟tirozlar bildirildi. Chunki, aynan offshor hududlarda tartibga solishning zaifligi soliq to„lashdan qochishni va jinoiy yo„l bilan topilgan pullarni yashirishni osonlashtiradi.

    2007-yilda BMT va Jahon banki “O„g„irlangan aktivlarni qaytarish bo„yicha tashabbus: vazifalar, imkoniyatlar va harakatlar dasturi” deb nomlangan hujjatni tayyorladi. Ushbu hujjatda turli noqonuniy faoliyat turlari (poraxo„rlik, narkotik mahsulotlarni sotish, soxta tovarlarni va pul qog„ozlarini tayyorlash, yashirin qurol- yarog„ savdosi va soliq to„lashdan qochish va boshqalar) natijasida topilgan mablag„larning xalqaro oqimlari yiliga 1-1,6 trln. dollar deb baholagan edi.

    Yurisdiktsiyalar raqobatida, ayniqsa, soliq sohasida offshor hududlarning roli katta bo„lib, ularning tarafdorlari va tanqidchilari o„rtasida qizg„in baxslarning bo„lib turishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislarning fikricha, globallashuv o„yin qoidalarini o„zgartirdi. Bu rivojlangan va rivojlanayotgan boy mamlakatlarga ko„p ustunliklarni berishi bilan bir qatorda kapitalni soliqlardan yashirish uchun ham ko„p imkoniyatlarni beradi. Hozirgi kunda ko„pgina rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar budjeti uchun offshor biznesi bilan bog„liq bo„lgan yo„qotishlar juda katta bo„lib, ular yildan-yilga o„sib bormoqda. 2005-yil ma‟lumotlariga ko„ra, offshor sxemalari yordamida to„lanmagan soliqlar yig„imi yiliga 255 mlrd. dollarni tashkil etgan103. Michigan universitetining professori R.Avi-Yoxanning fikricha, birgina AQShning o„zida soliqlar yig„imi yiliga 50 mlrd. dollarni tashkil etar ekan. Germaniya Moliya vaziri P.Shtaynbryukning ta‟kidlashicha, soliq to„lashdan qochish Davlat budjetga taxminan 30 mlrd. evroga tushadi. Umuman, EI davlatlarining soliq to„lashdan qochishi natijasida har yili taxminan 100 mlrd. evro yo„qotilar ekan104.

    Offshor yurisdiktsiyalari bilan bog„liq soliq yo„qotishlari to„g„risida Tax Justice Network mutaxassislarining boshqa ma‟lumotlari ham mavjud. 2006-yilda uchta offshor hududlarning (Djersi, Gernsi va Men oroli) norezidentlariga tegishli moliyaviy soha aktivlari 935,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu offshor hududlar 7 % daromad va 30 % soliq stavkasi mavjud bo„lganda 65,5 mlrd. dollar foyda va tegishli mamlakatlar budjetiga 19,6 mlrd. dollar miqdorida soliq tushumlarini berishi mumkin edi.

    Offshor yurisdiktsiyalar tadbirkorlar va fuqarolarning o„z mamlakatlarining soliq siyosatiga qarshi chiqishlarini rag„batlantirib turadi. Masalan, Fransiyada umumiy soliq yuki YaIMning 45,5 %ga teng bo„lgan bir sharoitda YaIMning 17 % miqdoridagi daromadlari berkitiladi. Fransiya, Italiya, Daniya va Germaniyaning o„n minglab tadbirkor-fuqarolari yuqori soliqlar siyosatiga qarshi chiqishadi. 150 mingdan ortiq frantsuzlar esa daromad solig„i pastroq bo„lgan Angliyada yashaydi (so„nggi 15 yil ichida minglab yangi texnologiyalarga ega bo„lgan frantsuz kompaniyalari Angliyaga ko„chib o„tishgan). 2006-yilda chet ellik fuqarolar Shveytsariyada 607 mlrd. dollarga teng bo„lgan moliyaviy aktivlarni joylashtirishgan. Jahon iqtisodiyotida offshor hududlar shubxasiz soliq raqobatida katta ustunliklarga ega. PriceWaterhouse-Coopers analitik kompaniya va Jahon banki





    103 www.taxjustice.net

    104 Independent. 11.03.2008.

    reytingiga ko„ra, umumiy soliq iqlimi bo„yicha dunyo mamlakatlarining birinchi yigirmataligida yetakchi o„rinlardan birini offshor yurisdiktsiyalari va ular joylashgan mamlakatlar egallaydi (11.3-jadval).

    11.3-jadval. Soliqlar to„lash bo„yicha birinchi yigirmatalik mamlakatlarning reytingdagi o„rni105






    Mamlakatlar

    Umuman soliq to„lashning

    osonligi

    Soliq to„lovlarining soni

    Soliq majburiyatlarini bajarish uchun

    vaqt

    Umumiy soliq yuki

    1

    Maldiv orollari

    1

    1

    1

    2

    2

    Singapur

    2

    5

    3

    14

    3

    Gonkong

    (XXR)

    3

    3

    13

    15

    4

    BAA

    4

    31

    2

    3

    5

    Ummon

    5

    31

    5

    11

    6

    Irlandiya

    6

    15

    9

    23

    7

    Saudiya

    Arabistoni

    7

    31

    12

    5

    8

    Quvayt

    8

    31

    26

    4

    9

    Yangi

    Zelandiya

    9

    10

    7

    45

    10

    Kiribati

    10

    7

    28

    31

    11

    Mavrikiy

    11

    7

    52

    12

    12

    Buyuk

    Britaniya

    12

    10

    22

    52

    13

    Daniya

    13

    15

    37

    40

    14

    Botsvana

    14

    46

    39

    8

    15

    Shveytsariya

    15

    68

    6

    24

    16

    Norvegiya

    16

    3

    16

    86

    17

    Lyuksemburg

    17

    58

    4

    47

    18

    Vanuatu

    18

    83

    28

    1

    19

    Iordaniya

    19

    72

    20

    27

    20

    Latviya

    20

    7

    78

    37


    Jadvaldan ko„rinib turibdiki, qulay soliq muhiti bo„yicha dunyoning birinchi yigirmataligiga yetakchi Yevropa mamlakatlari (offshor soliq rejimlarining ayrim unsurlari qo„llaniladigan Buyuk Britaniyadan tashqari) va shuningdek, AQSh va Yaponiya kirmaydi.

    Mutaxassislarning fikricha, offshor hududlar sog„lom soliq raqobatiga ko„maklashadi, budjetning xarajatlar qismini ko„paytirishga to„sqinlik qiladi. Oxir- oqibatda ular iqtisodiy o„sishni va raqobat rivojlanishini rag„batlantirib, jahon iqtisodiyotini globallashuvining ajralmas unsuriga aylanadi. M.Desai, K.Folli va Dj.Xayns ta‟kidlashicha, “agar hozirgi offshor moliyaviy markazlar bekor qilinsa,





    105 Paying Taxes 2008. The Global Picture. PriceWaterhouseCoopers. The World Bank. 2007. P. 47-49.

    ularning o„rniga o„xshash narsa o„ylab topish zarur bo„ladi”. 80-90 yillarda AQSh TMKlarining faoliyati misolida soliq gavanlarining offshor mamlakatlar iqtisodiyotidagi ijobiy ta‟sirini ko„rsatgan edi. Bu holatlarni ushbu mualliflar birinchidan, TMKni filiallarining bosh kompaniya daromadlariga yuqori xissa qo„shishi bilan, ikkinchidan, filallar o„z faolligini offshor moliyaviy markazlarga yo„naltirib, o„z mamlakati hududini investorlar uchun yanada jozibali qilishi bilan tushuntiradi. Bir qator mutaxassislar offshor hududlarni soliq raqobatida ishtirok etishini qoralash mumkin emas, deb hisoblaydi. B.Loginovning fikricha, offshor hududlar global iqtisodiyotda o„ziniing muhim vazifalarini bajarib, rivojlangan mamlakatlarning milliy kompaniyalarini faolligini rag„batlantiradi. Bunday kompaniyalar soliqqa tortiladigan bazani kamaytirib, ushbu mamlakatlarda ishlab chiqarish xajmini, bandlikni va boshqalarni oshiradi. Offshor kompaniyalarning ulkan xalqaro aktivlari faqat ro„yxatdan o„tkazilgan va xalqaro banklarning hisob- kitoblari bo„yicha qayd etiladi. Amalda esa ularning asosiy qismi rivojlangan va qisman rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga to„g„ri keladi106.

    Xaqiqatan ham, faqat soliqdan iqtisod qilish imkoniyatiga murojaat qilinsa, ko„pgina rivojlangan mamlakatlar offshor yurisdiksiyalari bilan raqobatda yutqazib, xorijiy investitsiyalarning chiqib ketishiga duch kelar edi. Lekin, xammasi, aksincha, barcha rivojlangan mamlakatlar hozirgi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi markazlar bo„lib qolmoqda.

    Offshor yurisdiktsiyalar amalda onshor yurisdiktsiyalarni almashtirmaydi, balki, ularni to„ldiradi, ular o„rtasidagi o„zaro munosabatlar dunyodagi umumiy iqtisodiy faollikni oshiradi. Bundan tashqari, aynan past soliqli yurisdiktsiyalardan foydalanish yuqori soliq darajasiga ega bo„lgan mamlakatlarda joylashgan kompaniyalarning faoliyat yuritishiga yordam beradi. Buning natijasida, turli yurisdiktsiyalarning raqobati oqibatida ko„pchilik mamlakatlar biznesga soliq yukini kamaytirish bo„yicha choralar ko„radi. Jahon xo„jaligida yurisdiktsiyalar, shu jumladan, offshor hududlar o„rtasida, eng avvalo soliqqa tortish va umuman olganda biznes yuritish sharoitlarini erkinlashtirish borasida raqobat kurashi shubhasiz davom etadi.

    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   142


    написать администратору сайта