Главная страница
Навигация по странице:

  • Bir-birining

  • Bojxona

  • Bojxona hamrohligida kuzatib borish

  • Bozor

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница121 из 142
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   142

    B



    Bankdlik – aholini ish bilan ta‟minlash, mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashg„ul bo„lishi.

    Bank kafolati kafil banklarning mijozlari majburiyatlarini o„z zimmasiga olishi. Mijozlar qarzlarini o„z hisobidan va o„z muddatida to„lay olmagan hollarda banklar ularning topshirig„iga ko„ra va ularning hisobidan majburiyatlarni zimmasiga oladi. Qarz tegishli ta‟minot (garov) asosida bank tomonidan to„lanadi.

    Bank krediti – banklarning mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun ma‟lum shartlar va tamoyillarga asoslanib, kapital berishi.

    Bank ssudasi bankning foiz to„lovi sharti bilan kreditga berilgan pul mablag„i.

    Qisqa va uzoq muddatli turlarga bo„linadi.

    Bank foiz stavkasi – bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq miqdori. Qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kreditning turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bog„liq.

    Bankrot 1) qarzdorlik, nochorlik, tadbirkorning o„z qarz majburiyatlari bo„yicha mablag„i bo„lmaganligi uchun to„lashdan bosh tortishi; 2) xo„jalik sudi tomonidan e‟tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo„yicha kreditorlar talablarini to„la hajmda qondirishga yoki majburiy to„lovlar bo„yicha o„z majburiyatini bajarishga qodir emasligi.

    Bankrotlik riski tadbirkor tomonidan xususiy kapitalini butkul yo„qotish xavfi bilan bog„liq risklar.

    Biznes – (ingl. business) – daromad keltiradigan yoki boshqa naf beradigan xo„jalik faoliyati; foyda olish maqsadlari ko„zlangan va qonunlarga xilof bo„lmagan har qanday tashkiliy faoliyat.

    Biznes-reja aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari

    tavsiflangan va taxminan hisob-kitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari o„z aksini topadi.

    Bir-birining o„rnini bosadigan tovarlar o„zining belgilangan vazifasi, qo„llanilishi, sifat va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa parametrlari bo„yicha taqqoslanishi mumkin bo„lgan shunday tovarlarki, ularni oluvchi iste‟mol qilish chog„ida bir tovarni boshqasiga haqiqatan ham almashtiradi yoki almashtirishga tayyor bo„ladi.

    Bojxona bojlari – ma‟lum bir mamlakatning hududiga mahsulotlarni kiritish, undan chiqarish va olib o„tishda undiriladigan iste‟mol soliqlaridan biri. Ularning asosiy maqsadi daromad olish bo„lmasdan, balki ichki bozorni, milliy sanoatni va qishloq xo„jaligini himoya qilishdir. Davlat iqtisodiy (moliya-soliq) siyosatining instrumenti sifatida maydonga chiqadi. Import qilinadigan mahsulotlarning bahosi bilan ichki bozordagi xuddi shunga o„xshash mahsulotlarning bahosini tenglashtirishi lozim. Odatda, mahsulotlar bahosidan olinadi. Buning uchun, ayrim hollarda, maxsus me‟zonlar (masalan, og„irlik, maydon) ham qo„llanilishi mumkin.

    Bojxona brokeri bojxona rasmiylashtiruvi bo„yicha operatsiyalarni deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirig„iga binoan va uning nomidan shartnoma asosida amalga oshiradigan yuridik shaxs.

    Bojxona deklaratsiyasi – asosiy bojxona hujjati bo„lib, yukni tasarruf qiluvchi shaxsning arizasidan iboratdir. Bu hujjat yukni tasarruf qiluvchi tomonidan tovarni import yoki eksport qilishda bojxonaga taqdim etiladi.

    Bojxona ittifoqi ikki va undan ortiq davlatlarning bir-biriga va uchinchi mamlakatlarga nisbatan soddalashtirilgan tarif siyosatini o„tkazishi.

    Bojxona ishi iqtisodiy, tartibga solish va huquqni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga qaratilgan, bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta‟minlaydigan usullar va vositalar majmui.

    Bojxona nazorati – O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta‟minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan, xavfni boshqarish tizimi qo„llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui.

    Bojxona operatsiyasi tovarlarning va transport vositalarining bojxona

    rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona organlarining mansabdor shaxsi va (yoki) vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat.

    Bojxona rejimi bojxona chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlarning va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui.

    Bojxona tarifi – tovar oqimlarining chegarani kesib o„tishida davlat tomonidan olinadigan soliq miqdori ko„rsatilgan tartiblangan tovarlar ro„yxati.

    Bojxona tartib-taomili bojxona maqsadlari uchun amalga oshiriladigan bojxona operatsiyalarining majmui.

    Bojxona to„lovlari – mamlakat chegarasi orqali o„tkaziladigan (olib kiriladigan va chiqariladigan) tovar-moddiy boyliklar uchun to„lanadigan haq.

    Bojxona ekspertizasi tovarlarni identifikatsiyalashga qaratilgan hamda ekspert tomonidan fan, texnika, san‟at yoki hunarmandchilik sohasidagi maxsus

    bilimlar asosida tadqiqotlar o„tkazish va xulosa berishdan iborat protsessual harakat.

    Bojxona hamrohligida kuzatib borish – avtotransport vositalarining bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati ostida kuzatib borilishi.

    Bojxona hujjatlari tovarlarni bojxona chegarasidan olib o„tish uchun rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarga quyidagilar kiradi: bojxona deklaratsiyasi, import va valyuta litsenziyalari, tovarning qayerdan kelib chiqqanligi to„g„risidagi guvohnoma, konsullik fakturasi, tranzit hujjatlari, veterinar, sanitar va karantin guvohnomalari va boshqalar.

    Bozor infratuzilmasi bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini ta‟minlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.

    Bozor konyunkturasi muayyan davrdagi bozor holati; bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan tavsiflanadi.

    Boshlang„ich kapital – investitsiya qilish uchun to„plangan dastlabki summa yoki ish boshlash uchun kerak bo„ladigan sarmoya.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   142


    написать администратору сайта