Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница119 из 142
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   142

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, kichik sanoat zonalari, infratuzilma, kichik biznes, texnologiya, investitsiya, sanoat, raqobat, tadbirkor.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. Kichik sanoat zonalari bu tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishga mo„ljallangan, muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilma obyektlarini, ma‟lum yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonini o„z ichiga oluvchi hudud. O„zbekistonda so„nggi yillarda KSZlarini tashkil etishga katta e‟tibor qaratilib, ular faoliyatini rivojlantirishda kichik biznes subyektlarini jalb etish asosida investitsiyalash, sanoatlashuv, ish bilan bandlik va modernizatsiyani rivojlantirishga erishish maqsadlari ko„zda tutilgan.

  2. O„zbekistonda KSZlarini tashkil etishga bundan bir necha yil oldin – 2014 yildan e‟tibor qaratila boshlandi. Bunga O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-sonli Qarori, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyundagi 192-sonli hamda 2014-yil 31-dekabrdagi 378- sonli Qarorlari muhim asos bo„lib xizmat qildi. Buningnatijasida bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida KSZlari tashkil etilib, faoliyat ko„rsatmoqda.

  3. O„zbekistonda KSZlari EIHlardan farqli ravishda katta iqtiyoz va imkoniyatlarga ega bo„lmasa-da, biroq, kichik biznesni rivojlantirish uchun zarur bo„lgan muhim sharoit yer, bino va inshootlarga investitsiya resurslari yetarli bo„lmagan sharoitda ham qulay ijara rejimida yangi biznesni tashkil etish va 3 yillik samarali faoliyat natijasida faoliyati yo„lgan qo„yilgan bino-inshootlarni “nol” qiymtda balansga qabul qilish imkoniyatni taqdim etadi.



Nazorat uchun savollar:


  1. O„zbekistonda KSZlari qachondan boshlab va qanday hujjatlar asosida tashkil etila boshlandi?

  2. O„zbekistonda KSZlari nima maqsadda tashkil etiladi?

  3. O„zbekistonda KSZlari respublikamizning qaysi hududlarida qancha miqdorda tashkil etilgan?

  4. O„zbekistonda KSZlari faoliyatida qanday muammolar mavjud?

  5. O„zbekistonda KSZlaridagi qulayliklar va imtiyozlar EIHlardagidan nimasi bilan farqlanadi?

  6. O„zbekistonda KSZlari istiqboliga qanday baho berasiz?

Tavsiya etilayotgan adabiyotlar:


  1. O„zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonuni.

  2. O„zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-apreldagi “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Qonuni.

  3. O„zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to„g„risida”gi yangi tahrirdagi Qonuni.

  4. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo„shimcha chora- tadbirlar to„g„risida”gi PF-4853-sonli Farmoni.

  5. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi “Erkin

iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi PQ-3356-sonli Qarori.

  1. Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – 176 b.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   142


написать администратору сайта