Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
RRaqobat – xo„jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo„lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta‟sir ko„rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi. Real investitsiyalar – xo„jalik subyektining operatsion faoliyatini amalga oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishi bilan bog„liq aktivlarni yaratishga sarflangan kapital. Rezidentlar – kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam bo„lmagan muddatda yashagan, O„zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo„lgan va bo„lmagan soliq to„lovchilar. Shu mamlakatning rezidentlarining daromadlari shu mamlakatda soliqqa tortilishi shart. Reimport operatsiyalari – o„z mohiyatiga ko„ra – amalga oshmagan eksport operatsiyalaridir, ular mamlakatga undan oldin olib ketilgan tovarlarni qayta olib kelishni bildiradi. Ularga xaridor tomonidan brak qilingan, auksionda sotilmagan, konsignatsion omborlar orqali sotilmagan tovarlarning qaytarib olib kelinishi kiradi. Reinvestitsiya – investitsiyalar bo„yicha daromadlar ko„rinishida olingan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yo„naltirilgan mablag„lar; investorning faoliyati natijasida olingan foydani (daromadni) muomalaga kiritish (qayta investitsiyalash). Rekvizitsiya (lot. reguisitio – talab qilib olish, olib qo„yish) – mulkni haq to„lab majburiy ravishda davlat egaligiga to„la yoki vaqtincha foydalanish uchun olish. Rekonstruksiya (qurilish, qayta tiklash) 1) mavjud narsa (bino, inshoot)ni yaxshilash, amaliy ahamiyatini oshirish, takomillashtirish maqsadida tubdan qayta qurish; 2) faoliyat yuritayotgan korxonani ma‟naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo„g„inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo„qotish yo„li bilan almashtirish yordamida to„liq yoki qisman o„zgartirish. Rentabellik (nem. rentabel – daromadli, foydali) – korxona yoki tadbirkorlikning daromadliligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi. Rentabellik foyda olib ishlashning qiyosiy, ya‟ni sarf- xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan ko„rsatkich bo„lib, foizlarda ifodalanadi. Reeksport – mamlakatga oldin olib kirilgan tovarlarni qayta ishlovsiz xorijga chiqarish va sotishni nazarda tutadigan operatsiyalar. Risk – bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning paydo bo„lib qolish ehtimoli. Risk kutilishi mumkin bo„lgan xatar bo„lib, investitsiyadan mo„ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo„lgan umidsizlik. |