Главная страница
Навигация по странице:

  • Soliq

  • Ssuda kapitali

  • Sug„urta

  • Sug„urta faoliyati

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница128 из 142
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   142

    S


    Savdo-ombori hududlari – xorij tovarlari bojxona boji to„lovlarisiz saqlanishi, sotilishi va sotib olinishi mumkin bo„lgan hududlar. Bunday hududlar quyidagi xususiyatlarga ega bo„lishi mumkin: ularni jahon bozoriga xizmat ko„rsatishi uchun tashkil qilish; mamlakatning qolgan hududlarida amalda bo„lgan ko„pgina soliq normalari va bojxona cheklovlarining bu hududda amal qilmasligi; tashqi iqtisodiy aloqalarda davlat tartibga solishining tarqalishi.

    Sarmoya (fors.-tojik. – bosh va mablag„) – asosiy savdo mablag„i. Sarmoya o„zining kelib chiqishi jihatidan savdo kapitali yoki savdo mablag„idir. Ko„pgina iqtisodiy adabiyotlarda sarmoya investitsiya deb ham ataladi.

    Soliqlar – qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo„yicha xo„jalik yurituvchi subyektlardan va fuqarolardan davlat tomonidan davlat yoki mahalliy budjetga olinadigan majburiy to„lovlar.

    Soliq imtiyozi soliq to„lovchi soliq majburiyatlari hajmining to„liq yoki qisman qisqarishi, to„lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga surilishi. Soliqlarning rag„batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari tizimi orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish obyektining o„zgarishida, soliqqa tortish bazasining kamayishida (qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va boshqalarda o„z ifodasini topadi.

    Soliq stavkasi soliqqa tortish birligiga to„g„ri keluvchi soliqning hajmi (miqdori, darajasi).

    Soliq tizimi mamlakat doirasida (hududida) to„lovchilardan (yuridik va jismoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan soliqlar, yig„imlar va boshqa to„lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakl va uslublari yig„indisi.

    Ssuda (rus.) – moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to„lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik.

    Ssuda kapitali – vaqtincha foydalanib qaytarish, ma‟lum foiz haq to„lash sharti bilan qarzga beriladigan pul kapitali. Ssuda kapitalining iqtisodiy ma‟nodagi o„ziga

    xos xususiyati shundaki, u foiz ko„rinishida foyda keltiradi.

    Sug„urta – 1) tabiiy ofatlar, har xil baxtsiz hodisalar ro„y berishi natijasida ko„rilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari to„lash uchun maqsadli pul jamg„armalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog„liq iqtisodiy munosabatlar tizimi; 2) yuridik yoki jismoniy shaxslar to„laydigan sug„urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug„urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug„urta shartnomasiga muvofiq sug„urta tovonini (sug„urta pulini) to„lash yo„li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish.

    Sug„urta kompaniyasi 1) sug„urta faoliyatini amalga oshirishga ixtisoslashgan yuridik shaxs, sug„urta xizmatlari bozorining professional ishtirokchisi; 2) sug„urtalovchi rolida maydonga tushuvchi, ya‟ni sug„urta hodisasi ro„y bergan chog„da sug„urtalangan shaxsning zararlarini qoplash majburiyatini o„ziga oluvchi tashkilot.

    Sug„urta mukofotlari (to„lovlari) sug„urta qilinuvchilar tomonidan sug„urtalovchilarga to„lanadigan badal pullari bo„lib, ularning miqdori va hisoblash tartibi sug„urta shartnomasi bilan belgilanadi va ham so„m, ham chet el valyutasida to„lanadi.

    Sug„urta polisi, sug„urta vasiqasi sug„urta shartnomasi yuridik kuchga kirganini, sug„urta qiluvchi tomonidan beriladigan va sug„urta to„g„risidagi shartnomani tasdiqlaydigan hujjat.

    Sug„urta faoliyati – sug„urta bozori professional ishtirokchilarining sug„urtani amalga oshirish bilan bog„liq faoliyati.

    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   142


    написать администратору сайта