Главная страница
Навигация по странице:

  • Lizing

  • Markaziy

  • Majburiy

  • Marketing

  • Mas‟uliyati

  • Maqsadli soliq imtiyozlari

  • Milliy

  • Moliyaviy investitsiyalar

  • Moddiy ishlab chiqarish

  • Mehnat

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница125 из 142
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   142

    L


    Lizing (ingl. lease foydalanish) 1) mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlashning shakllaridan biri; 2) ijara munosabatlarining alohida turi bo„lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig„iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va

    foydalanish uchun lizing oluvchiga o„n ikki oydan ortiq muddatga beradi.

    Lizing to„lovlari lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko„p qismi, shuningdek, lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog„liq bo„lgan boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadi. Lizing to„lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bo„lib-bo„lib to„lanadi. Lizing to„lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi.

    Lizing obyektlari tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste‟mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan, korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko„char va ko„chmas mulklar.

    Litsenziya – u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo„jalik ishlab chiqarish va ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma‟lum bir turi va miqdorini eksport yoki import qilishga davlat yoki boshqaruv mahalliy organlarining rasmiy ruxsati.

    M


    Markaziy bank mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank «banklarning banki» bo„lib, pul muomalasini tartibga solishda va budjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi.

    Majburiy zahira talabi tijorat banklari jalb qilgan mablag„laridan ma‟lum bir qismining Markaziy bankning zahira fondiga o„tkazilishi.

    Marketing xizmatlari maxsus tayyorgarlik ko„rgan marketologlar guruhi, uyushmasi, bo„limi va boshqarmasining faoliyat majmui.

    Mas‟uliyati cheklangan jamiyat a‟zolari jamiyat majburiyatlari bo„yicha faqat o„zlari qo„shgan ulush doirasida javobgar bo„ladigan jamiyat.

    Maqsadli soliq imtiyozlari – xo„jalik yurituvchi subyekt tomonidan davlatning maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, investitsion va boshqa dasturlarining bajarilganligi uchun soliqqa tortish hajmining pasaytirilishi. Investitsion soliq kreditidan farqli ravishda o„zaro manfaatdorlik (o„zaro foydalilik) asosida mintaqaviy budjetga borib tushuvchi soliq summalari doirasida ijroiya hokimiyati organlari tomonidan har qanday korxonaga berilishi mumkin.

    Milliy valyuta – bu muayyan mamlakatda muomalada yuruvchi va tanho to„lov vositasi deb qabul qilingan puldir. Har bir milliy valyutaning boshqa valyutaga almasha olish xususiyati valyuta konvertatsiyasi deyiladi. To„liq konvertirlanuvchi va qisman konvertirlanuvchi valyutalar bo„ladi. Valyutalarning konvertirlanish darajasi mamlakat iqtisodiyotining ochiqligi, uning rivojlanganligi va eksport salohiyatiga bog„liq bo„ladi.

    Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi halol raqobat sharoitida jahon bozori talablarini qondiruvchi, iqtisodiy o„sish va turmush sifatini oshirishni ta‟minlaydigan tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko„rsatish hamda o„rta va uzoq muddatga iqtisodiy o„sishning yuqori sur‟atlarini ta‟minlab turish qobiliyati.

    Mikrolizing mikromoliyaviy xizmatlar ko„rsatuvchi tashkilotlar (tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari) tomonidan lizing oluvchining topshirig„iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmat. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun «Mikromoliyalash to„g„risida»gi hamda «Lizing to„g„risida»gi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi.

    Moliyaviy investitsiyalar – mulkka egalik qilish va mulkdan daromad olish bilan bog„liq bo„lgan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog„ozlar orqali qo„yilmalar kiritish.

    Moddiy boylik, moddiy ne‟mat – muayyan insoniy ehtiyojlarni qondiradigan narsa, hodisa, mehnat, mahsulot; milliy boylikning tarkibiy qismi.

    Moddiy ishlab chiqarish – jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun zarur bo„lgan moddiy ne‟matlarni yaratish jarayoni.

    Moddiy resurslar – iqtisodiyot taraqqiyoti va ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo„lgan moddiy-ashyoviy ne‟matlar yig„indisi, moddiy-ashyoviy shakldagi iqtisodiy resurslar.

    Modernizatsiya, modernizatsiyalash, modernizatsiya qilish (frants. moderne – eng yangi, zamonaviy) – biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq o„zgartirish. Modernizatsiya qilishda mashina, apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti talablariga muvofiq qayta ishlanadi.

    Moliya – maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo„ladigan iqtisodiy munosabatlar; pul oqimlari harakati. Moliya pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi: taqsimlash vazifasi; rivojlantirish vazifasi; ijtimoiy himoya vazifasi; axborot berish vazifasi; nazorat vazifasi.

    Moliya yili – birinchi yanvardan o„ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo„lgan vaqtni o„z ichiga oluvchi davr.

    Monitoring – (ingl. monitoring – kuzatish, nazorat qilish) – ma‟lum bir hodisa yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasida qo„llaniladigan monitoring berilgan ssuda (qarz)ni qoplash va unga foiz to„lash jarayonining borishi ustidan nazorat qilishda namoyon bo„ladi.

    Monopoliya (yun. mono tanho, poleo sotaman) iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli.

    Moddiy xarajatlar – xomashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, yoqilg„i, energiya va boshqa xarajatlardan iborat.

    Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi. Mehnat unumdorligi ishlovchining ma‟lum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan o„lchanadi. Mehnat unumdorligining o„sishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda mehnat sarfining kamayishi demakdir.

    Mualliflik huquqi – keng ma‟noda – fan, adabiyot va san‟at asarlarini yaratish, foydalanish va huquqiy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me‟yorlar yig„indisi; fuqarolik huquqining bir bo„limi. Tor ma‟noda – asar muallifiga tegishli bo„lgan va qonunlarda mustahkamlanib qo„yilgan shaxsiy va mulkiy huquqlar tizimini tashkil etadi.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   142


    написать администратору сайта