Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница123 из 142
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   142

E



Er uchastkasidan foydalanish to„g„risidagi shartnoma tegishli shahar (tuman) hokimligi va EIZ qatnashchisi o„rtasida tuziladigan, EIZ hududida yer uchastkasidan tezkor foydalanish to„g„risidagi shartnoma.

Er uchun ijara haqi uning hajmi, shartlari va o„tkazish muddatlari shartnomaga muvofiq o„rnatiladi. Qishloq xo„jaligi maqsadlariga mo„ljallangan yerlar ijaraga olinganda uning miqdori ijaralangan uchastkalardan olinadigan yer solig„ining summasidan oshmasligi kerak.

J


Jamg„arish joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy asosini kengaytirish orqali kelajakda aholi iste‟molini oshirishga yo„naltirilgan jarayon. Jamg„arishning asosiy funksiyasi takror ishlab chiqarish jarayonining pirovard maqsadiga erishishga ko„maklashishdir. Takror ishlab chiqarish jarayonining maqsadi aholining o„sib va o„zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdan iborat.

Jamg„arma aholi, korxona va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to„planib borishi.

Jahon bozori xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan o„zaro bog„langan mamlakatlar o„rtasidagi barqaror tovar pul munosabatlari tizimi.

Jahon bozori konyunkturasi – jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o„zgarish tendensiyalari.

Z



Zararlar fuqarolik huquqida qonunga xilof harakatlar tufayli bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga yetkazilgan ziyonning pulda ifodalangan shakli.

I


Ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi – buxgalteriya hisobi to„g„risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) to„lovi summasi bilan ijara (lizing) obyektining qiymatini qoplash summasi o„rtasidagi farq ko„rinishidagi ijara (lizing) to„lovining bir qismi.

Ijara shartnomasi fuqarolik-huquqiy shartnoma. Unga ko„ra, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.

Ijara haqi – ijara sharoitida taqdim etilgan mulk uchun to„lovning turi. Asosiy fondlarning alohida obyektlari ijaraga olinganda ular ijara shartnomasining butun amal qilish davomida teng hissalarda mahsulot tannarxiga kiritiladi.

Ijtimoiy investitsiyalar inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne‟matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo„shiladigan investitsiyalar.

Import (ingl. import – keltirish, olib kelish) – mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga o„tkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qog„ozlar va boshqalarni keltirish.

Import litsenziyasi – unda ko„rsatilgan tovarlarning cheklangan miqdorini yoki shunday tovarlarni cheklanmagan miqdorda ushbu hujjatda aytib o„tilgan vaqt davomida olib chiqib ketishga ruxsatnoma.

Imtiyozli aksiya dividend olingan foydaga qarab emas, balki oldindan belgilangan qat‟iy foizlarda beriladigan aksiya.

Investitsion faollik – turli iqtisodiy subyektlarning daromad olish maqsadida milliy yoki xorijiy iqtisodiyotlarga investitsiya resurslarini kiritishga intilishi.

Investitsiya (lot. investio o„rash) iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o„z

mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo„yish). Pulning vaqtga bog„liq qiymati nazariyasiga ko„ra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablag„lar qo„yishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bog„lashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki kapital qiymatini vaqt mobaynida o„stirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga bo„lgan huquqlarni aks ettiradi.

Investitsiya dasturi respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo„li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o„zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo„naltirilgan bir-biri bilan o„zaro bog„langan chora-tadbirlar majmui. O„zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi respublikani ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish istiqbolining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya siyosatining ustuvor yo„nalishlarini aks ettiradi.

Investitsiya muhiti 1) investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui;

  1. xorijiy investitsiyalarning risklilik darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig„indisi.

Investitsiya obyekti mahsulotni ishlab chiqarish bo„yicha investitsiya loyihasida ko„zda tutilgan barcha muhandislik kommunikatsiyalar, ishlab chiqarish texnologiyasi va uskunasini hisobga olgan ishlab chiqarish kompleksi.

Investitsiya siyosati investitsiya faoliyatini jonlantirish, iqtisodiyotni yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida iqtisodiy subyektlar uchun qulay xo„jalik yuritish sharoitlarini yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmui.

Investitsiya faoliyati 1) iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga resurslarning kapitallashuvini ta‟minlash va foyda (daromad) olish maqsadida investorlarning resurslarni jamg„arish va ularni turli shakllarda qo„yish bilan bog„liq bo„lgan barcha amaliy harakatlari yig„indisi; 2) investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog„liq harakatlari majmui.

Investitsiya me‟yori – investitsiyalar hajmining yalpi ichki mahsulotga bo„lgan nisbati.

Investor o„z mablag„larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag„larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek, intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati obyektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti.

Investor belgilangan tartibda tanlovdan o„tgan hamda erkin iqtisodiy zona hududida investitsiyalashni amalga oshirayotgan investitsiya faoliyati subyekti.

Investitsiya faoliyati ishtirokchilari 1) buyurtmachilar, pudratchilar, yetkazib beruvchilar, banklar, sug„urta kompaniyalari, loyihalovchilar, vositachilar, ilmiy-maslahat firmalari, o„z mamlakatidagi qonunchilikka ko„ra investitsiyaviy

mulk egalari (tasarrufchilari) yoki buyurtmalardan foydalanuvchi sifatida qatnasha oluvchi xorijiy tashkilotlarni kiritish mumkin; 2) investorning buyurtmalarini bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta‟minlovchi investitsiya faoliyati subyektlari;

Investitsiya loyihasi – iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko„rish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o„zaro bog„liq tadbirlar va ishlar majmui.

Investitsiya loyihasi investitsiya obyektining muayyan erkin iqtisodiy zona hududida, avvaldan belgilangan vaqt davomida, o„z mablag„larini va (yoki) turli manbalardan jalb qilinadigan kapitalni (to„g„ridan-to„g„ri investitsiyalarni) kiritib, loyihaoldi, tayyorlov, loyiha qurilish-montaj ishlari, uskunani yetkazib berish va ishga tushirish, xomashyo va butlovchi qismlarni yetkazib berish hamda investitsiya obyektini ishga tushirish va kelgusida foydalanish bo„yicha tashkiliy-texnik chora- tadbirlarning yig„indisi.

Import ishlab chiqarish hududlari – importni joylashtirish bo„yicha hudud. Ular qabul qiluvchi mamlakatlarni yangi tovarlar bilan, mahalliy korxonalarni esa zamonaviy texnologiyalar bilan ta‟minlashga mo„ljallangan.

Imtiyoz – ma‟lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman (yoki to„liq) ozod etish, ma‟lum bir qulayliklarga ega bo„lish.

Innovatsiya (ingl. innovations kiritilgan yangilik, ixtiro) 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta‟minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag„lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg„or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo„llanilishi.

Innovatsiya texnologiyalari iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish bosqichlarida qo„llaniluvchi usul va vositalar majmui bo„lib, o„z ichiga joriy etish, trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini oladi.

Intellektual mulk ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochlik va mualliflik obyekti huquqi majmuiga kiruvchi fan, adabiyot, san‟at va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik san‟ati, jumladan, ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, ma‟lumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy obyektlar.

Inflyatsiya (lot. Inflatio shishish, bo„rtish, ko„tarilish), pulning qadrsizlanishi – tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xo„jalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qog„oz pullar miqdorining ko„payib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan ta‟minlanmagan pullarning paydo bo„lishi.

Inflyatsiya darajasi ma‟lum vaqt ichida (oy, yil) baholar darajasining foizdagi o„zgarishi.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma‟naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o„z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo„lib

quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsiya texnologiyalarini joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.

Ishlab chiqarish samaradorligi korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega bo„lgan resurslarni qo„llagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab bo„lgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi.

Ishlab chiqarish xarajatlari korxonaning mahsulot ishlab chiqarish maqsadlarida iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari.

Iqtisodiy kontsentratsiya xo„jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning holatiga ta‟sir ko„rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni sodir etish.

Iqtisodiy faol aholi – milliy xo„jalikda band bo„lgan barcha kishilar bilan bir qatorda ish qidirayotgan mehnatga layoqatli aholi. Ular iqtisodiy jihatdan faol va tegishli faoliyatda qatnashishi mumkin, biroq, daromad oladigan manbalari kam yoki mablag„lari yo„qligi tufayli bu faoliyatni amalga oshira olmaydilar.

Iqtisodiy siyosat choralari – tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirishga va ushbu hududdan olib chiqishga doir cheklovlar bo„lib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo„jaligi bilan o„zaro hamkorligini tartibga solishning boshqa chora-tadbirlarini o„z ichiga oladi.
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   142


написать администратору сайта