Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Скачать 5.37 Mb.
|
VValyuta konvertatsiyasi (lot. conversio – almashtirish) – valyuta almashinuvi – mamlakat milliy valyutasining xorijiy valyutalarga yoki xalqaro to„lov vositasi sifatida amal qiluvchi valyutaga erkin almashtirilishi. Valyuta kursi – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalangan narxi. Valyuta siyosati – 1) davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida valyutaga, valyuta kursiga, valyuta operatsiyalariga ta‟sir ko„rsatish chora-tadbirlari; davlat iqtisodiy siyosatining va tashqi iqtisodiy faoliyatining tarkibiy qismi; 2) mamlakatning joriy strategik maqsadlarga muvofiq halqaro valyuta va boshqa iqtisodiy munosabatlar sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlari majmuasidir. U iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlariga erishishga qaratilgan. Valyuta riski – bir valyutaning boshqasiga nisbati bo„yicha kursning o„zgarishi bilan bog„liq valyuta yo„qotilishi xavfi sifatida namoyon bo„ladi. GGATT Savdo va tariflar bo„yicha Bosh kelishuv) – tashqi savdo operatsiyalarini o„tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo„lgan mamlakatlarni birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo„yicha xalqaro akt. Garov huquqi (fuqarolik huquqida) – bir shaxsning majburiyatlarni ta‟minlash uchun boshqa shaxsga mol-mulkka oid huquqni berishi (garov)ni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi huquqiy me‟yorlar majmui. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz – jahonning deyarli barcha mamlakatlarida moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mutanosiblik va nisbatlarning keskin izdan chiqishi natijasidagi beqarorlik va chuqur tanglik holatlarining vujudga kelishi. DDavlat krediti – kredit munosabatlarida bevosita davlatning ishtiroki bilan xususiyatlanadi. Davlat krediti davlat budjetidan ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo„yicha tasdiqlangan dasturlar asosida beriladi. Daromad solig„i – moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo„lgan jismoniy shaxslarning soliq solinadigan jami daromadlaridan, yuridik shaxslarning soliq solinadigan jami daromadi (foydasi)dan undiriladigan to„g„ri, umumdavlat solig„i. Daromadlilik indeksi (profitobility index, PI) – investitsiya loyihasining diskontlangan daromadlarining diskontlangan investitsiya xarajatlariga nisbati tushuniladi, bu ko„rsatkich investorning 1 so„m sarf qilgan investitsiyalariga necha so„m daromad kelishini aniqlab beradi. Davlat tashqi qarzi – davlat tomonidan xorijdan mablag„ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O„zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig„indisi. Devalvatsiya (de va lot. valeo – qiymat) – milliy pul birligi kursining xorij valyutalariga nisbatan pasaytirilishi. Deklarant – tovarlarni va (yoki) transport vositalarini o„z nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yohud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs. Deklaratsiyalash – bojxona chegarasi orqali olib o„tilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari to„g„risidagi zarur ma‟lumotlarni bojxona organlariga ma‟lum qilish. Diversifikatsiya – (lot. diversificatio – o„zgarish, xilma-xil taraqqiyot) – korxonalarning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Disversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Dividend – (lot. dividendum – taqsimlanadigan narsa) – aksiyadorlar jamiyati foydasidan aksiya egasiga har yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. Dividendning miqdori aksiyadorlar jamiyatining sof foydasi, aksiyalar soni va qiymatiga bog„liq. Direksiya – erkin iqtisodiy zona faoliyatini tezkor boshqarish uchun tashkil etiladigan, davlat unitar korxonasi shaklidagi yuridik shaxs. Diskont (ingl. discount – chegirma, lot. computare – hisobga olmoq) – qimmatli qog„ozning fond birjasida ayni paytda sotilayotgan narxi bilan nominali yoki uni qaytarib sotib olishdagi narxi o„rtasidagi farq. |