Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница118 из 142
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   142

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, xomashyo, raqobat, investor, samara, tarmoq, investitsiya, soliq, bojxona, valyuta, eksport.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


  1. O„zbekistonda so„nggi yillarda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratib kelinmoqda. Buning natijasida Davlat investitsiya dasturida ularni rivojlantirishga qaratilgan strategik ahmiyatga molik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida o„rin ajratilmoqda. Tashkil etilgan EIHlar viloyat, shahar va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, imkoniyatlari va salohiyatlarini hisobga olgan holda tegishli me‟yoriy hujjatlar asosida yaratildi va ularning har birining maqsad va faoliyat yo„nalishlari belgilab berildi.

  2. O„zbekistonda EIHlarga faoliyat muddatlari, imtiyozlari belgilab berilgan bo„lib, ular faoliyatini boshqarishda Ma‟muriy kengash va direksiyalar faoliyatini muvofiqlashtirildi hamda takomillashtirildi. O„z navbtida, ularning huquq va vakolatlari kengaytirilishi bilan birga, javobgarliklari yanada kuchaytirildi. Bu EIHlar rivojida muhim omildir.

  3. Bugungi kunda O„zbekistonda turli yo„nalishdagi EIHlar faoliyati yo„lga

qo„yilgan bo„lib, ular respublikamizning mavjud 14 ta hududining 12 tasida tashkil etildi. EIHlarnig eng ko„pi Toshkent viloyatida tashkil etilgan bo„lib, unda bugungi kunda 6 ta EIH faoliyat ko„rsatmoqda. Shuningdek, endilikda shahar hududlarida texnoparklarni tashkil etishga ham alohida e‟tibor qaratila boshlandi.

Nazorat uchun savollar:


  1. O„zbekistonda bugungi kunda nechta EIH nechta hududda tashkil etilgan?

  2. O„zbekistonning qaysi hududida eng ko„p EIH tashkil etilgan va sababi nimada?

  3. O„zbekistonda EIHlar faoliyat yo„nalishlari nimalardan iborat?

  4. O„zbekistonda tashkil etilgan EIHlarda qanday soliq, bojxona va ma‟muriy imtiyozlar mavjud?

  5. Bugungi kunda O„zbekistonda EIHlar rivoji uchun qanayd qulayliklar taqdim etilmoqda?

  6. O„zbekistonda EIHlar faoliyatini rivojlantirish uchun yana qanday chora- tadbirlarni amalga oshirish lozim, deb hisoblaysiz?



    1. O„zbekistonda tashkil etilgan kichik sanoat zonalari va ularning xususiyatlari



Hozirgi vaqtda kichik biznesni rivojlantirish va uni davlat tomonidan qo„llab- quvvatlashning samarali yo„llaridan biri bo„lib kichik sanoat zonalari (KSZ) hisoblanadi. Kichik sanoat zonalari – bu tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishga mo„ljallangan, muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilma obyektlarini, ma‟lum yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonini o„z ichiga oluvchi hudud. Kichik sanoat zonalari ular joylashgan hududlarni rivojlantirishga katta imkoniyatlar yaratadi. Xususan, sanoat ishlab chiqarishni jadallashtiradi, hududlarni tadbirkorlik uchun investitsion jozibadorligini oshiradi, yangi investitsiya va yangi texnologiyalarni jalb qilishga, tadbirkorlik faoliyatini rag„batlantirishga va ularni rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib beradi, jamiyat uchun o„lik yuk bo„lib yotgan bo„sh maydonlardan real iqtisodiy sektorni rivojlantirish orqali ulardan samarali foydalanishga, aholi uchun ish joylarini yaratishga, hamda yangi raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga olib keladi. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-iyuldagi “Davlat mulki obyektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish borasidagi qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi PQ-2200- sonli Qarori, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15- iyundagi “Zarar ko„rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning foydalanilmayotgan hududlarini hamda ortiqcha ishlab chiqarish maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 192-sonli Qarori hamda O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi “Kichik sanoat zonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi to„g„risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 378-sonli Qarori bilan tasdiqlangan nizom Respublikamiz hududlarida kichik sanoat zonalarini barpo etish va rivojlantirishga huquqiy zamin yaratdi, desak bo„ladi.

Kichik sanoat zonalar zarar ko„rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor va past rentabelli tashkilotlarning va davlat mulki bo„lib foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarida va binolarda tashkil etiladi. Bu joylarda ma‟lum darajada ishlab chiqarish infratuzilmasi mavjud, ya‟ni, suv, gaz, elektroenergiya ta‟minoti va avtomobil yo„llari. Bu, o„z navbatida, tadbirkorlarning o„z ishlarini yo„lga qo„yish uchun ketadigan boshlang„ich xarajatlarini keskin kamaytirishga olib keladi va biznesni boshlashni tezlashtiradi. Kichik sanoat zonalar uchun ajratiladigan maydonlar tadbirkorlik subyektlariga minimal stavka bilan qo„shimcha koeffitsientlarsiz uzoq muddatga ijaraga beriladi. Ular uchun zarur bo„lgan tashqi muhandislik kommunikatsiya va infratuzilma obyektlarining qurilishi DAK “O„zbekenergo”, AK “Uztransgaz” va mahalliy hokimiyatlar budjeti mablag„idan amalga oshiriladi va kichik sanoat zonasida joylashgan tadbirkorlik subyektlari elektroenergiya va tabiiy gaz bilan muntazam ravishda ta‟milanadi.

Kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish tanlov asosida amalga oshiriladi. Bunday yondashuv kichik sanoat zonalarga raqobatbardosh va eksportbop mahsulot ishlab chiqaruvchi, ya‟ni zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqrishni yo„lga qo„yuvchi tadbirkorlarni jalb qilishga sharoit yaratadi. Bu kichik sanoat zonalarning raqobatbaroshligini oshiradi114.

Kichik sanoat zonalari iqtisodiyot tarmoqlarini sanoatlashtirish, mahalliy xomashyo va materiallardan samarali foydalanish, yangi ish o„rinlarini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning ishlab chiqarish, eksport xajmini oshirish kabilar orqali iqtisodiyot raqobatbardoshligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan respublikamizda so„nggi yillarda barcha mintaqalarda kichik sanoat zonalari (KSZ)ni tashkil etishga katta e‟tibor qaratilmoqda.

Kichik sanoat zonalarining samaradorligini oshirishga ta‟sir etuvchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarshni klaster asosida tashkil etilishi sinergetik samaraga olib keladi.

  • kichik sanoat zonalarida kichik biznes subyektlariga umumiy xizmat ko„rsatuvchi tuzilmalarni tashkil etilishi ham qo„shimcha samaraga olib keladi. Masalan: yagona omborxona xizmati, transport xizmati, uskuna va texnologiyalarni ta‟mirlash xizmati, ta‟minot xizmati, qo„riqlash xizmati va boshqalar.

  • kichik sanoat zonalaridagi tadbirkorlik subyektlari o„rtasida kooperatsiyani yo„lga qo„yilishi har bir tadbirkorlik subyekti amalga oshira olmaydigan yirik loyihalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Masalan: qimmatbaho yangi uskuna yoki texnologiyani sotib olish, eksportni qo„llab quvvatlash, qo„shimcha ishlab chiqarish tsexlarini tashkil etish, logistika xizmatlarini kengaytirish. Yuqoridagilar kichik sanoat zonalarini ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshishga olib keladi.

KSZlarini barpo etishni tashkil etish masalalari zonalarning o„zida ishlab

chiqarish subyektlarini joylashtirishga tayyorlash bilan bog„liq ishlarni amalga oshirishni talab etadi. Maydonlarni tekislash, muhandislik-kommunikatsion elementlarini barpo etish, markaziy avtomobil yo„liga chiqishni taminlaydigan yo„lni qurish, zona atrofini o„rash, zonada qancha kichik biznes subyektlarini joylashtirish mumkinligini aniqlash, tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko„rsatish obyektlarini aniqlash va ularni joylashtirish, har bir tadbirkorlik subyekti uchun qancha joy ajratish kerak, ularni bir-biridan ajratib turadigan masofa qanday bo„lishi kerak degan masalalarni hal qilishga to„g„ri keladi. Odatda, KSZlarida har bir tadbirkorlik subyekti uchun 0,2-0,5 ga atrofida er uchastkasi ajratilishi kuzatiladi.

KSZlarini barpo etishni asoslashda ularning iqtisodiy samaradorligini baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda, birinchi navbatda, zona hududiga joylashtiriladigan tadbirkorlik subektlarining loyixalari samaradorligini baholashga e‟tiborni qaratish zarur. Keyingi bosqichda zona hududini tayyorlash, unda muhandislik-kommunikatsion elementlarini, xizmat ko„rstish obyektlarini qurishga sarflangan xarajatlarni etiborga olgan holda zonaning umumiy iqtisodiy samaradorligini baholash zona faoliyatini iqtisodiy asoslashda muhim ko„rsatkich hisoblanadi. Bundan tashqari, KSZlarni ijtimoiy samaradorligini baholash va uni atrof-muhitga ekologik ta‟sirini baholash ham zonalarni tashkil etilishini asoslashda muhim ko„rsatkichlardan hisoblanadi. Bu erda yangi ish o„rinlarini yaratish, aholini daromad bilan ta‟minlash, atrof-muhitga salbiy ta‟sirini minimal darajada bo„lishiga erishish nazarda tutiladi. KSZlarning iqtisodiy samaradorligini baholash quyidagi bosqichlar bo„yicha amalga oshirilishi mumkin:

- hududni tayyorlash, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini yaratishga qilingan xarajatlarni aniqlash, ya‟ni, suv, gaz, elektroenergiya ta‟minoti va avtomobil yo„llarini yaratish sarflari;

- har bir tadbirkorlik subyekti loyixasining samaradorligini uning biznes rejasiga ko„ra aniqlash;

- KSZda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan tushum, foyda va xizmatlar ko„rsatishdan tushgan foydani hisoblash;

- zonalarda kichik biznes subyektlariga umumiy xizmat ko„rsatuvchi tuzilmalarni tashkil etilishi bilan bog„liq xarajatlarni hisoblash;

- KSZning umumiy samaradorligini baholash.

KSZlarning samaradorligini baholshda malum bo„lgan quyidagi ko„rsatkichlardan foydalanish mumkin: sof joriy qiymat (NPV), rentabellikning ichki me‟yori, qoplash yoki samaradorlik koeffitsienti (IRR), loyixalarni rentabelligini hisoblash (PI)115.

O„zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari asosida mamlakatimiz hududlarida KSZlari tashkil etilib kelinmoqda. Ularning bugungi kundagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida esa O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi

qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi PQ-3356-sonli Qarori qabul qilinganligini muhim hujjat sifatida baholash mumkin.

Mazkur Prezident qarori asosida O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-yanvardagi “O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoatzonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi 2017-yil 25-oktabrdagi PQ- 3356-son Qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 29-sonli Qarori qabul qilindi va ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq erkin iqtisodiy zonalar to„g„risidagi nizom, 2-ilovasiga muvofiq Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish va erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini ro„yxatdan o„tkazish tartibi to„g„risidagi nizom, 3-ilovasiga muvofiq Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga er uchastkalari berish tartibi to„g„risidagi nizom, 4-ilovaga muvofiq “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo„stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarlari tarkibiga kiruvchi hududlar chegarasini belgilash tasdiqlandi. Qarorning 1 va 2-ilovalari bevosita KSZlariga ham taalluqli hisoblanadi. Mazkur Nizomlar orqali EIH va KSZlarining faoliyatini samarali va tizimli tashkil etish tartibi belgilab berildi.

Umuman olganda, bugungi kunga, ya‟ni 2019-yil 1-yanvar holatiga respublikamizning barcha 14 ta hududida jami 137 ta, 1 may holatga esa 153 ta KSZlari tashkil etilgan. Bu esa mamlakatimizda KSZlarini tashkil etishga bo„lgan e‟tiborning yuqoriligini va unga bog„liq holda iqtisodiyot rivojini ta‟minlashga erishish masalaahlari diqqat markazida ekanligidan dalolat beradi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda “2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda O„zbekiston Respublikasi hududlarini kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish, hududlarda aholining o„zgarib borayotgan ehtiyojlarini to„laroq qondirishga erishishga, hududiy korxonalar faoliyatiga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng tatbiq etishga, hududiy raqobatdosh va xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga, hududlarda ishlab chiqarishni ixtisoslashuvini to„g„ri tashkil etish va ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga o„tishga, hududlarning tabiiy resurs salohiyatidan oqilona foydalanish mexanizmlarini takomillashtirishga, hududlardagi mavjud mineral-xomashyo resurslari imkoniyatlarini to„g„ri baholash va qazib olish hamda qayta ishlash borasida tejamkor texnologiyalarni joriy qilishga, hududlarda kichik sanoat zonalarini tashkil etish mexanizmini yanada takomillashtirish va ishlab chiqarishning to„liq tsiklini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi EIHlarni yanada rivojlantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   142


написать администратору сайта