Главная страница

Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


Скачать 5.37 Mb.
НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
Анкорtezis
Дата25.05.2022
Размер5.37 Mb.
Формат файлаdoc
Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
ТипДокументы
#549598
страница114 из 142
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   142

Tayanch iboralar:


Erkin iqtisodiy hududlar, offshor hududlar, offshor markazlari, investor, soliq rejimi, aktiv, sug„urta, bank, pul, eksport, import.

Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


      1. Offshor hududlar o„zida dunyo moliyaviy operatsiyalarining yarmidan ortig„ini, katta investitsiya, bank aktivlarini jamlaganligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda bunday offshor hududlar G„arbiy Yevropada keng tarqalgan. Ular xorij tadbirkorlarini o„zining qulay valyuta-moliyaviy qonunchiligi, soliqqa tortishning imtiyozli xarakteri, bank va tijorat sirlarining yuqori darajadaligi bilan o„ziga jalb qiladi.

      2. Xalqaro offshor biznesini yurituvchi yetakchilarga Men, Buyuk Britaniyadagi Gernsi va Djersi, Vengriya, Irlandiya, Kipr, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malta,





106 Логинов Б.Б. Международный банковский бизнес. Мировая экономика и международный бизнес. М.: 2005.

– 504 с.

Monako, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Dunyodagi eng mashhur 34 ta offshor hududlarda 32 trln. AQSh dollariga teng aktivlar joylashtirilgan. Bu esa ularning qanchalik katta moliyaviy-iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko„rsatadi.

      1. Offshor hududlar yuridik va jismoniy shaxslar kapitalini qanchalik o„ziga jalb etmasin, uning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy jihatlari ham mavjudligini unutmaslik lozim. Masalan, yashirin iqtisodiyotni qo„llab-quvvatlashi, kapitalning, eng avvalambor, chayqovchilik kapitalining katta hajmda to„planib qolishligi, alohida kompaniyalarga oqlanmagan raqobat ustunliklarini berish shular jumlasidandir.



Nazorat uchun savollar:


  1. Offshor hududlarning afzalliklari nimalardan iborat?

  2. Offshor hududlarning salbiy jihatalari nimalardan iborat?

  3. Offshor hududlarning turli xizmatlar, aktivlar va investitsiyalarni o„zida jamlashida nimalar sabab bo„ladi?

  4. Dunyodagi eng yetakchi offshor hududlar sifatida qaysi hududlarni keltira olasiz?

  5. Offshor hududlar bilan bog„liq turli yo„qotishlar haqida qanday fikrdasiz?

  6. O„zbekistonda offshor hududini tashkil etish masalasiga qanday qaraysiz?



    1. Offshor hudularda offshor kompaniyalar va ularning turlari


Offshor hududlarda offshor kompaniyalar faoliyatining rivojlanishi tez sur‟atlarda yuz berishi kuzatiladi. Bunga o„ziga xos bir qator omillar ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Shu sababli offshor hududlarda offshor kompaniyalarni tashkil etishga bo„lgan intilish tobora ortib bormoqda.

Offshor kompaniyalar turlari:

  1. Savdo kompaniyalari. Ushbu guruhga, nafaqat, tovarlarni sotuvchi firmalar, balki, ishlab chiqaruvchilar, yuk tashishlar bilan shug„ullanuvchi, xizmatlar ko„rsatuvchi tashkilotlar va boshqalar kiradi.

  2. Xolding kompaniyalar. Bu qimmatbaho qog„ozlar va boshqa aktivlarning egalari hisoblangan tashkilotlar bo„lib, ular ushbu qimmatbaho qog„ozlarni va aktivlarni boshqa korxonalarga joylashtirishadi va moliyalashtirishadi.

  3. Trast kompaniyalar omonatlar qo„yiluvchi kompaniyalar.

  4. Transport kompaniyalari kemalar va yaxtalarni ro„yxatga olish maqsadida tashkil etiladi.

  5. Sug„urta – zahira fondlarini jamg„arish maqsadida yirik korxonalar tashkil etiladi.

  6. Offshor moliyaviy markazlar Kayman orollari (jahondagi yirik beshta moliyaviy markazlarga tegishli) va Karib xavzasidagi boshqa orollar Panama, Niderland, Lyuksemburg, Lixtenshteyn, Monako, Gonkong, Singapur, Shveytsariya.

  7. Sug„urta markazlari Bermud orollari jahondagi eng yirik sug„urta offshor markazlar, Gern oroli – Yevropadagi yirik sug„urta offshor markaz, Karib xavzasidagi orollar, Lyuksemburg, Kipr, Gibraltar.

  8. Xolding hududlar Lyuksemburg (15 mingdan yuqori xoldinglar),

Gibraltar, Kipr, Shveytsariya, Niderland, Antil orollari, Mavrikiy, Madeyra, Lixtenshteyn, Vanuatu.

  1. Kemalarni nazorat ostidagi hududlar Panama, Liberiya, Niderland (EI uchinchi o„rinni egaluvchi, ko„p yuk qabul qiluvchi flot), Lyuksemburg (dengizga chiqish imkoniyati yo„q), Vanuatu va boshqalar.

  2. Xarid qiluvchi va vositachi savdo hududlari Seyshel orollari, Lixtenshteyn, Vanuatu, Karib havzasi orollari, Gibraltar, Gonkong.

  3. Investitsion faoliyatni barpo etish hududlari – Shveytsariya, Lixtenshteyn, Seyshel orollari, Vanuatu, Karib havzasi orollari, Gibraltar, Gonkong, Gernsi oroli, Lyuksemburg, Niderland Antil orollari, Kipr.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   142


написать администратору сайта