Главная страница
Навигация по странице:

  • 12.1-jadval. O„zbekiston

  • Tadbir

  • Jami: 102802,5

  • Book June 2020 citations 0 reads 11,135 author


    Скачать 5.37 Mb.
    НазваниеBook June 2020 citations 0 reads 11,135 author
    Анкорtezis
    Дата25.05.2022
    Размер5.37 Mb.
    Формат файлаdoc
    Имя файлаERKINIQTISODIYHUDUDLAR.doc
    ТипДокументы
    #549598
    страница116 из 142
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   142

    Tayanch iboralar:


    Erkin iqtisodiy hududlar, ilmiy-texnik taraqqiyot, erkin savdo zonalari, sanoat zonalari, texnologik zonalar, kichik sanoat zona lari, imtiyoz.

    Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:


    1. O„zbekistonda EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishi o„ziga xos sabab, tarix va rivojlanish xususiyatlariga ega. O„zbekistonda EIHlarni tashkil etish g„oyasi o„tgan asr 80 yillari oxirida ko„rib chiqilgandi. Lekin, 1996-yilga kelib 25-aprel sanasida mamlakatda “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi 220-I Qonun qabul qilindi. Biroq, mazkur qonun asosida 2008-yilda rasman dastlabki “Navoiy” EIH tashkil etildi.

    2. O„zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuniga binoan Respublika hududida bunday zonalarning uch modeli, yani 1) erkin savdo zonalari; 2) sanoat zonalari; 3) texnologik zonalarni rivojlantirish ko„zda tutilgan. Biroq, hozirda respublikamizda sport sohasi, baliqchilik sohasi, turizm sohasi va agroplisga ixtisoslashgan EIHlar ham tashkil etilib, faoliyat ko„rsatmoqda.

    3. O„zbekistonda EIHlarni tashkil etishga zaruriyat bo„lgan bir qancha sabab va ehtiyojlar mavjud edi. Buning natijasida oxirgi 2,5 yil ichida mamlakatimizda yana 18 ta EIH tashkil etilib, hozirgi kunda respublikamizda 21 ta EIH hamda 153 ta





    109 Xalilova F. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish. // Sbornik statey slushateley, professorsko-propodavatelskogo sostava Akademii gosudarskogo upravleniya pri Prezidente Respubliki Uzbekistan. Krugliy stol: “Voprosi modernizatsii sistemi gosudarstvennogo upravleniya”. – Tashkent: 1 noyabrya 2013 goda, 134-bet.

    kichik sanoat zonalari tashkil etildi. O„zbekistonda EIHni tashkil etishda bir qator hujatlar talab etilib, mzkur hujjatlar ro„yxati boshqa davlatlardagiga nisbatan kamligi bilan ajralib turadi.

    Nazorat uchun savollar:


    1. O„Zbekistonda EIHlarni tashkil etish sabablari, tarixi va rivojlanish xususiyatlari nimalardan iborat?

    2. O„Zbekistonda bugungi kunda EIHlar qaysi qonun hujjati asosida tashkil etiladi?

    3. O„Zbekistonda bugungi kunda nechta EIHlar va KSZlari faoliyat ko„rsatmoqda?

    4. O„Zbekistonda bugungi kunda EIHlarni tashkil etishda qanday hujjatlar taqdim etilishi talab etiladi?

    5. O„zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?

    6. O„Zbekistonda dastlabki EIH qachon tashkil etilgan?



      1. O„zbekistonda “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini tashkil etish shart-sharoitlari va iqtisodiy asoslari


    O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-yanvardagi 21- sonli Qarori asosida tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi to„g„risidagi Nizomga muvofiq, ushbu zonada maxsus huquqiy rejim, shu jumladan, soliq, valyuta va bojxona rejimlari, O„zbekiston Respublikasi norezidentlari bo„lgan fuqarolarning kirishi, bo„lishi va chiqib ketishining, shuningdek, mehnat faoliyatini amalga oshirishga ruxsatnoma olishining soddalashtirilgan tartibi amal qiladi. Zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnikani, texnologik liniyalari va modullarni, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarning keng doirasini ishlab chiqarish “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatining asosiy yo„nalishi hisoblanib, faoliyat ko„rsatish muddati 30 (o„ttiz) yilni tashkil etib, ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin.

    Jahon andozalari talablariga javob beradigan texnologiyalaridan foydalanilayotganligi, har qanday ob-havo sharoitida ham 1000 tonnadan ortiq yuklarni saqlash va qayta ishlash imkoniyatiga ega bo„lib, samarali tarzda eksport, import va tranzit yuklarga xizmat ko„rsata oladi. Janubiy Koreyaning “Korean Air Co” havo yo„llari hamkorligida tashkil etilgan xalqaro logistika markazining rivojlantirish yo„nalishlari 3 bosqichga mo„ljallangan bo„lib, 1-bosqichda (2009-2010 yy.) qulay infratuzilmani barpo etish, 2-bosqichda (2011-2013 yy.) faoliyat yo„nalishini kengaytirish, 3-bosqichda (2014-2019 yy.) ushbu logistika markazinining to„laqonli faoliyatini ta‟minlashdan iboratdir. 2010-yilda logistika markazi tomonidan 11 ta yo„nalish bo„yicha, jumladan, Bangkok, Bombey, Bryussel, Dakka, Dehli, Dubay, Seul, Istambul, Milan, Frankfurt, Shanxay shaharlariga yuk va yo„lovchi tashish qatnovlari yo„lga qo„yildi. 2011-yildan esa 7 ta yo„nalish (Olma- ota, Boku, Bishkek, Tehron, Xanoy, Chendu, Saragosa) bo„yicha doimiy qatnovlar

    yo„lga qo„yildi.

    “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasiga jalb etilgan to„g„riridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalar hisobiga o„z mahsulotini eksportga yo„naltiruvchi korxonalar faoliyatining samarasi sababli Navoiy viloyatining tashqi savdo aylanmasi tobora kengayib bormoqda. Buni quyidagi rasmlardan ko„rish mumkin. Unga ko„ra, tashqi savdoda asosiy hamkorlar sifatida Osiyo va Yevropa mintaqalari davlatlari o„rin olgan.

    Umuman, “Navoiy” EIIZning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun hozirda quyidagi omillar mavjud:

    • turli xomashyo resurslarining mavjudligi va ularni 30%dan kam bo„lmagan mahalliylashtirish darajasida chuqur qayta ishlash imkoniyati;

      • ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan bog„liq yirik bozorlarning mavjudligi;

    • transport infratuzilmasining rivojlanganligi;

    • katta inson salohiyatining mavjudligi;

      • hududda yuqori texnologiyalarni jalb etish orqali diversifikatsiyalangan ekologik toza sanoat bazasini shakllantirish imkoniyati.

    Mazkur hududning rivojlanishi iqtisodiyot rivoji va raqobatbardoshligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, bugungi kunda respublikamizda yana bir qancha EIHlarning tashkil etilganligi ularni rivojlantirishga bo„lgan e‟tiborning yanada ortishiga sabab bo„lmoqda.

    Bu borada to„plangan tajribani va Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan foydalanish, Farg„ona vodiysidagi korxonalar bilan barqaror iqtisodiy aloqalarni yo„lga qo„yishning kelajakda muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olgan holda, 2012-yilda “Angren” maxsus industrial zonasini tashkil etish to„g„risida qaror qabul qilingan edi.

    “Angren” EIH, birinchi galda, o„z vaqtida sanoat shaharlari sifatida tashkil qilingan, ammo bu salohiyat o„z davrida bir yoqlama, markazga yo„naltirilgan ishlab chiqarishga asoslanib qolgan Angren va Ohangaron shaharlarining bugungi kunda isloh etilayotgan sanoat tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa, o„z navbatida, zamonaviy texnologiyalar asosida qo„shimcha ish o„rinlari yaratilishini ta‟minlaydi. Bu bilan ushbu maxsus iqtisodiy zona Toshkent viloyatidagi ikkita yirik hudud Angren hamda Ohangaron shaharlari va ularning atrofidagi mahalliy punktlarda istiqomat qilayotgan aholi farovonligini oshirishga ham munosib ulush qo„shadi.

    Mazkur EIHning yana bir afzalligi shundaki, u mamlakatimizning shimoli- sharqiy qismidagi Angren va Ohangaron shaharlari hamda ular atrofidagi hududlarda barpo qilinadi. Bu hududda “Angren” logistika markazi ham joylashganligi esa, yangi industrial zona salohiyatining oshishiga qo„shimcha yordam bo„ladi.

    Shuningdek, O„zbekistonni Qirg„iziston orqali Xitoy bilan bog„lovchi bo„lajak avtomagistralning Angren shahridan o„tishi, qolaversa, ushbu shahar mamlakat poytaxtini Farg„ona vodiysi bilan bog„lovchi asosiy nuqtalardan biri ekanligini inobatga olsak, “Angren” EIH ham milliy, ham mintaqaviy, ham xalqaro miqyosda

    ahamiyatga molikligi yanada oydinlashadi. Shu tariqa bugungi kunda mamlakatimizning markaziy qismida joylashgan va ishlab chiqarish bilan bir qatorda, havo transporti vositasida xalqaro miqyosda xizmat ko„rsatishga asoslangan “Navoiy” EIH safiga shimolda joylashgan va ishlab chiqarishdan tashqari milliy hamda xalqaro miqyosda avtomobil yo„llari yordamida yuk tashishga asoslangan “Angren” maxsus industrial zonasi ham qo„shildi.

    “Jizzax” EIH viloyat sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu hudud soliq va bojxona to„lovlari uchun belgilangan imtiyozlar hamda xomashyo va butlovchi qismlar boj to„lovlaridan ozod etilishi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida ham sanoat ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishda muhim omil bo„lmoqda. “Jizzax” EIH tashkil etiishi natijasida o„tgan qisqa muddatda 19 zamonaviy korxona ishga tushirildi. Iqtisodiy hududning Jizzax shahridagi hududida 363,7 gektar maydonda 14 ta, Sirdaryo viloyatidagi filialining 150 gektar maydonida

    5 ta loyihani amalga oshirish uchun 91,3 million dollar miqdorida investitsiya sarflandi. Zamonaviy texnologiya asosida barpo etilgan korxonalarda mingdan ortiq yangi ish o„rni yaratildi. Doimiy ish o„rniga ega bo„lganlarning 60 foizi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir.

    2017-yilda “Jizzax” EIHda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 255,2 milliard so„mni, eksport hajmi 11,9 million dollarni tashkil etdi110. Hozirgi kunda hududda avtomobillar va yuk mashinalari uchun tormoz kolodkalari, televizor, konditsioner, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mikroto„lqinli pech, svetodiodli lampalar, polipropilen iplar, video va IP telefonlar, telekommunikatsiya uskunalari, internet tezligini oshiruvchi butlovchi qismlar kabi turli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda111. Bu mahsulotlarning aksariyati nafaqat Jizzax va Sirdaryo viloyatlari, balki mamlakatimizdagi boshqa bozorlar uchun ham yangilikdir.

    Ayni paytda erkin iqtisodiy zona ma‟muriy kengashi xorijiy va mahalliy investorlar bilan dastlabki qiymati 213,3 million dollar bo„lgan 25 loyihani amalga oshirish ustida ish olib bormoqda.

    Bugungi kunda mamlakatimizda ayrim EIHlar endi tashkil etilganligini hisobga olib, ularni tashkil etish va rivojlantirishda quyidagi masalalarning hal etilishini ta‟minlash maqsadga muvofiqdir:

    • EIHlar faoliyatini butun xo„jalik huquqiy masalalarini tartibga solish, maxsus ishlab chiqarish;

    • transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish;

    • zarur infrastruktura: suv ta‟minoti, elektr ta‟minoti, ijtimoiy sharoit va boshqalar;

    • tijorat infrastrukturasi: bank, konsalting, yuridik xizmatlarning mavjudligi;

    • bozorga kira olish;

    • mehnat qiymati va unumdorligi;

    • mavjud sanoat bazasi;

    • EIHlar ma‟muriy boshqaruvining samarali tuzilmasi.

    Shuningdek, EIHlarda investitsiyalarni jalb etish qulayligini oshirish evaziga





    110 www.sizjizzakh.uz sayti ma‟lumotlari

    111 www.jizzax.uz/wp-content/uplo sayti ma‟lumotlari

    mamlakat investitsion jozibadorligini yanada oshirishga erishish lozim. Bunda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish o„zining ijobiy samarasini beradi, deb hisoblaymiz:

    • investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan milliy marketologlarimiz tomonidan marketing tadqiqotlarini turli omillar ta‟sirini inobatga olingan holda olib borishni yanada rivojlantirish;

    • investitsion loyihalarni moliyalashtirishning nokredit usullaridan bo„lgan lizing, faktoring, franchayzing operatsiyalaridan keng fodlanishni kengaytirish;

    • respublikamizning nufuzli universitetlari negizida to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan ilmiy tadqiqot innovatsion markazlar tashkil etish;

    • mamlakatimizdagi yuqori ishlab chiqarish potensialga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo„lgan hududlarida yangi tashkil etilgan EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda ushbu EIHlar joylashgan hudud mahalliy hokimliklarining xorijiy davlavtlar bilan mustaqil aloqalar o„rnatish va hamkorlikni yo„lga qo„yish bo„yicha mustaqilligi va mas‟uliyatini oshirish lozim.

    O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo„shimcha chora- tadbirlar to„g„risida”gi PF-4853-sonli Farmoni qabul qilinishi asosida “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb nomlanadigan bo„ldi.

    Ushbu Farmon bilan mazkur EIZlar faoliyatini yanada rivojlantirishning quyidagi asosiy yo„nalishlari belgilab berildi:

    • xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni birxillashtirish;

    • mahalliy mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan va yuqori qo„shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil qilish uchun to„g„ridan-to„g„ri investitsiyalarni, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini qo„llab-quvvatlash va ularda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish;

    • erkin iqtisodiy zonalarda “yagona darcha” tamoyili asosida barcha turdagi davlat xizmatlarini ko„rsatishga, jumladan, ruxsat berish tartib-taomillariga bosqichma-bosqich o„tish;

    • ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo„l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko„rsatish bo„yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;

    • oliy, o„rta maxsus kasb-hunar ta‟limi muassasalarida erkin iqtisodiy zonalarning soha kadrlariga bo„lgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o„tashini nazarda tutgan holda, yuqori malakali mutaxassislarni

    tayyorlashni tashkil etish.

    Shuningdek, Farmon asosida tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:

    • 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar – 3 yil muddatga;

    • 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar – 5 yil muddatga;

    • 5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar – 7 yil muddatga;

    • 10 million va undan ko„p AQSh dollari hajmidagi investitsiyalar so„nggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig„i va yagona soliq to„lovi stavkalari qo„llangan holda 10 yil muddatga beriladigan bo„ldi.

    O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017-yil 26- oktabrda imzolangan “Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi Farmoni EIHlarni izchil rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish borasida yana bir muhim omil boʼlib xizmat qilmoqda.

    O„tish iqtisodiyoti davrida turgan O„zbekiston Respublikasi uchun oldimizga qo„yilgan ulkan maqsadlarga erishishda investitsiya zahiralarining chet el manbalariga murojaat etilishi ham strategik, ham joriy masalalarni hal qilish zaruriyatiga ko„p jihatdan bog„liqdir. Bu vazifalardan eng muhimlari:

    • milliy iqisodiyotni qayta tuzish;

    • mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotidagi nomutanosibliklarni yo„qotish;

    • mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytirish;

    • import o„rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish;

    • raqobat muhitini rivojlantirishga yordam beradigan iqtisodiyotning xususiy va aralash sektorlarini shakllantirish;

    • bozor infratuzilmasini yaratish;

    • ilg„or chet el texnologiyasi, nou-xau va boshqaruvchilik tajribasini jalb qilish.

    O„z navbatida, respublikamizda ko„p yillar davomida yaratilgan qulayliklar asosida aytish mumkinki, O„zbekistonda xorijiy investorlarni jalb etish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud:

    • siyosiy barqarorlik;

    –xususiy mulk va raqobatni himoyalaydigan qonunchilik bazasining shakllangani;

    • investitsiya jarayonini qo„llab-quvvatlaydigan infratuzilmaning barpo etilgani;

    • mamlakatning qulay geografik joylashuvi;

    • agrosanoat sektorini rivojlantirish salohiyatining yuqoriligi va mamlakatning mineral-xomashyo resurslariga boyligi;

    • yuqori malakaga ega mehnat resurslarining mavjudligi;

    • savdo uchun ichki bozor hajmining yetarli darajada kengligi.

    Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va belgilangan vazifalar davla investitsya siyosati ijrosi va samarasi uchun xizmat qilib, pirovardida, tashqi iqtisodiy

    aloqalarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish va unga qaratilgan faoliyatlarni takomillashtirishni taqozo etadi. Bular esa, o„z navbatida, mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada rivojlantirishda to„laroq o„z aksini topadi. Shu sababli, mamlakat eksport salohiyati rivojlantirishning barcha zamonaviy va qulay tizimi, shart- sharoitlarini yaratish va unga qaratilgan investitsiyalashda xorijiy sarmoyalardan ham keng foydalanishni izchil davom ettirib bormog„imiz lozim.

    Bu esa bevosita eksport salohiyatimizni oshirish maqsadida transport-logistika tizimini takomillashtirish lozimgini keltirib chiqaradi. Chunki, dengizga chiqish imkoniyatimiz cheklangani uchun mahsulotni eksport qilishda ko„plab qiyinchiliklar paydo bo„lmoqda. Shu ma‟noda respublikamizda qulay transport-logistika tizimini va xalqaro transport-logistika tarmog„ini yaratishda olib borilayotgan ishlar va ularning milliy eksport salohiyatmizni oshirishga, jumladan, EIZlar korxonalari eksporti hajmini yanada oshirishga ham xizmat qilishida muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta‟kidlamoq lozim. Buni quyidagi 12.1-jadval ma‟luomtlari ham taqdislaydi.

    12.1-jadval.

    O„zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo„ljallangan Investitsiya dasturi doirasida barcha yo„nalishlar bo„yicha ajratilgan mablag„lar112






    Tadbir nomi

    O„lcho v birligi

    Ishlar hajmi

    Investitsiyalar miqdori, mln.

    so„m




    Jami:







    102802,5

    I.

    Avtomobil yo„llarini qurish va ta‟mirlash

    km

    127,3

    61200

    1.

    “Navoiy” EIZda ichki va kirish yo„llarini qurish

    km

    6,4

    5000

    2.

    “Angren” EIZda A-373 aylanma yo„lini avvalgi “Rezino-texnika” AJ avtobazasigacha

    rekonstruksiya qilish

    km

    6,7

    9200

    3.

    “Jizzax” EIZda kirish yo„llarini qurish va

    rekonstruksiya qilish

    km

    7

    3000

    4.

    Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzax” EIZning

    kengaytirilayotgan hududida 2 ta yo„l ko„prigi bilan kirish yo„llarini qurish

    km

    5,7

    1000

    5.

    “Urgut” EIZda kirish yo„llarini qurish

    km

    65,1

    15000

    6.

    “Qo„qon” EIZ hududining “A” blokidagi ichki

    avtomobil yo„llarini qurish

    km

    6,2

    10000

    7.

    “Qo„qon” EIZ ichki avtomobil yo„llarini qurish

    km

    4,6

    5000

    8.

    “Hazorasp” EIZ hududidagi Pitnak shaharchasi Yu.Sherjonov massivining 2-zonasida avtomobil

    yo„lini qurish

    km

    5,2

    8000

    9.

    Hazorasp tumanidagi “Hazorasp” EIZ hududidagi Amudaryo qishlog„ining 5-zonasida

    avtomobil yo„lini qurish

    km

    0,4

    900

    1

    0.

    “Nukus-farm” EIZ hududiga kirish yo„llarini

    qurish

    km

    1,5

    1000

    1

    1.

    “Namuna” massividagi “Kosonsoy-farm” EIZ

    hududiga kirish yo„llarini qurish

    km

    5

    2000

    1

    “Bo„stonliq-farm” EIZ hududiga kirish yo„llarini

    km

    4,5

    100





    112 O„zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo„ljallangan Investitsiya dasturi doirasida tuzildi.

    2.

    qurish










    1

    3.

    “Parkent-farm” EIZ hududiga kirish yo„llarini

    va “Parkentsoy” orqali ko„prik qurish

    km

    9

    1000

    I

    I.

    Suv ta‟minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini

    qurish hamda rekonstruksiya qilish







    41602,5

    1

    4.

    “Angren” EIZ hududida (Angren shahri qismida) suvta‟minoti va kanalizatsiya

    obyektlarini qurish

    km//oby ekt

    11//2

    11820,9

    1

    5.

    “Urgut” EIZ hududida suv ta‟minoti

    obyektlarini qurish

    km//oby

    ekt

    6,2//3

    9929,8

    1

    6.

    “Urgut” EIZ hududida kanalizatsiya

    tarmoqlarini qurish

    km

    6,5

    7286,0

    1

    7.

    “Qo„qon” EIZ hududida suv quvurlari

    tarmog„ini qurish

    km

    17,96

    6767,3

    1

    8.

    “Xazorasp” EIZ hududida suv ta‟minoti

    obyektlarini qurish

    km

    4,8

    1861,5

    1

    9.

    “Kosonsoy-farm” EIZ hududida suv quvurlari

    tarmog„ini qurish

    km

    5

    1000

    2

    0.

    “Kosonsoy-farm” EIZ hududida kanalizatsiya

    tarmog„i obyektlarini qurish

    obyekt

    1

    1400

    2

    1.

    “Bo„stonliq-farm” EIZ hududida suv quvurlari

    tarmog„ini qurish

    km

    3

    1537


    12.1-jadval ma‟lumotlaridan ko„rinib turibdiki, 2019-yilda Davlat investitsiya dasturida barcha moliyalashtirish mabnbalari hisobidan mamlakatimizda tashkil etilgan 21 ta EIHning 11 ta EIHida transport-logistika va muhanjislik-ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish bo„yicha 102802,5 mln. so„mlik investitsiyalar yo„naltirilishi ko„zda tutilgan. Bu esa mazkur hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa hududlarda xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilishi va ular faoliyati rivojlanishiga ham o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Jumladan, 2016-yilda O„zbekiston hududlarida faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 5008 tani tashkil etgan bo„lsa, 2017-yilda ular soni 5517ga etdi, 2018-yil mart oyi holatiga bunday korxonlar soni 5711 taga etib, ularning 3186 tasi qo„shma korxonalar, 2525 tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi113.

    Mintaqa va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga EIHlarga orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish va shu asosda iqtisodiyotning mintaqalar kesimidagi eksport salohiyatini yanada oshirib borish lozim va buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozimdir:

    1. Mintaqalar iqtisodiyotini yanada rivojlantirish imkonini beruvchi iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning ishtirokini oshirishga katta e‟tibor qaratish lozim.

    2. Ishlab chiqarishlarni eng ilg„or texnologiyalar asosida tashkil etuvchi va yangi ish o„rinlarini barpo etuvchi, mintaqalarda tayyorlanadigan xomashyolardan






    113 O„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo„mitasi ma‟lumotlari. // www.stat.uz

    ichki va tashqi bozorlar uchun tayyor mahsulotlar tayyorlovchi loyihalarni xorijiy investitsiyalar ishtirokida moliyalashtirishga ustuvorlik berish zarur.

    1. Xorijiy hamkorlar bilan ish yuritishda ularning zamonaviy bilim va tajribalaridan oqilona foydalanish, mahalliy kadrlar orasida potensial kadrlar sonini oshirib borish maqsadga muvofiqdir.

    2. Mintaqalardagi infratuzilmalarni rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalardan samarali foydalarish tadbirlarini ishlab chiqish lozim.

    3. Har bir mintaqada ma‟lumotlarning axborot-tahlil bazalarini joriy etish va hududlarning investitsiya imkoniyatlari to„g„risida investorlarni axborot bilan ta‟minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, har bir mintaqa uchun ko„rgazma va biznes-seminarlar o„tkazishni ta‟minlash lozim.

    4. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida barpo etilgan korxonalar faoliyatini kengaytirish yoki takomillashtirish maqsadida joriy etiladigan yangi texnologiyalarni xalqaro lizing hisobiga ta‟minlash va shu orqali mintaqalarda xalqaro lizing munosabatlarini yo„lga qo„yish va bu munosabatlarni davlat tomonidan rag„batlantirish tizimini joriy etish lozim.

    5. Mintaqalarga xorijiy investitsiya ishtirokida resurslarni tejovchi kam chiqimli yoki chiqimsiz yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish asosida eksportga yo„naltirilgan loyihalarni davlat tomonidan keng qo„llab-quvvatlash maqsadga muvofiqdir.

    6. Kelgusida ham tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, eksportni har tomonlama qo„llab-quvvatlash yo„lida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

      • eksport yuklarini qo„shni davlatlardan temir yo„l orqali imtiyozli narxlarda o„tkazish bo„yicha muzokaralarni izchil davom ettirish;

      • kelgusi yillarda ham bojxona tartiblarini keskin soddalashtirish, bojxona nazorati punktlari hamda yuklarni rasmiylashtirish postlarini tubdan isloh qilishni davom etirish;

      • Jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi”da mamlakatimiz o„rnini yuqori pozitsiyaga ko„tarish choralarini ko„rish;

      • milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini yanada oshirib borish orqali ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish asosida ishlab chiqarishning eksportga yo„naltirilganlik salohiyatini rivojlantirish borish;

      • soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy etish, samarasiz soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish;

      • turizm eksportidan keladigan daromadni oshirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, jumladan, 2026-yilga borib yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 9 million nafarga, jumladan, uzoq xorijdan keluvchilar sonini 2 mln. nafarga turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2,2 mlrd. AQSh dollarigacha etkazish lozim.



    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   142


    написать администратору сайта